Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Abdulazizxon madrasasi

Buxoro - Abdulazizxon madrasasi

Buxoro shahridagi me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug‘i bilan me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. U o‘rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo‘lib, Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan.

Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx – 1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan esa Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi fazifasida faoliyat yuritgan. 1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.).

Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islomiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylanasi 50×67 m., hovli — 28×35 metr bo‘gan. Madrasa XVII asrda Buxoro mahobatli me’morchiligining yetuk namunasidir.

Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi va UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Abdullaxon madrasasi

Buxoro - Abdullaxon madrasasi

Abdullaxon madrasasi Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi.

Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi.

Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.

Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.

Abdullaxon madrasasi bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet elllik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan.

Me’moriy obida UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi

Buxoro - Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi

XV asr. 1103 yilda G‘ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va sofiylik tariqati shayxi Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlari sharafiga bag‘ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida, hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. Hazrat xalq orasida “Xojayi jahon” nomi bilan mashhur tasavvufga oid bir qancha asarlar muallifidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileyi o‘tkazilishi munosabati bilan 2003 yilda G‘ijduvon shahri markazi xamda Abduxoliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi va atrof hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, G‘ijduvon shahrinig markazida go‘zal xiyobon tashkil etilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Ark qo‘rg‘oni

Buxoro - Ark qo‘rg‘oni

Eng ko‘hna madaniy meros obyektlaridan biri Ark qo‘rg‘oni bo‘lib, u qadimda Buxoro shahrining markazi hisoblangan. Buxoro Ark qo‘rg‘oni milodning boshlarida qurila boshlanib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida ansambl holiga kelgan.

Ark qo‘rg‘onining barpo etilishi Eron podshosi va turk ayolining farzandi Siyovush nomi bilan bog‘liqdir. Ma’lumotlarda keltirilishicha, Siyovush Samarqand podshosi Afrosiyobdan yengilgach, shu yerda – Zarafshon daryosining quyi irmoqlaridan birining sohilida to‘xtagan va shaharning yaratilishiga asos solgan. Siyovush Afrosiyob tomonidan o‘ldirilganidan keyin Buxoroning Sharq darvozasi yonida ko‘milgan degan rivoyatlar bor.

VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan arkni qayta tiklatgan. O‘sha davrda ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar va zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar – shahriston joylashgan.

Ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘zida jamuljam etgan ko‘hna Ark qo‘rg‘oni ko‘p asrlar mobaynida Buxoro Amirining qarorgohi bo‘lib kelgan. Bu yerda amir, uning bosh vazirlari, harbiy boshliqlar, amirning ko‘p sonli xizmatchilari yashaganlar. Ark qo‘rg‘onida hukmdorlar uchun saroy, ko‘rinishxona, masjid va turar-joy binolari bunyod etilgan.

Ark qo‘rg‘oni baland mustahkam peshtoq bilan ulug‘langan. Registon maydonining salobati hokimiyatning buyukligini ko‘rsatgan, uni bosib olish mumkin emaslik belgisini bildirgan. Uning devorlari tevaragida shahriston joylashgan. Shahristonni savdo-hunarmandchilik maskani – rabot qurshab turgan.

Ark qo‘rg‘oni Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Umar Xayyom singari ulug‘ insonlar yashab ijod qilganlar. Ark to‘g‘risida Abu Ali ibn Sino quyida keltirilgan fikrni bildirgan: “Men bu yerdagi kutubxonada shunday kitoblarni topdimki, ularni avval ko‘rmaganman va umrimda boshqa ko‘rmadim ham. Men ularni o‘qidim va shundan keyin har bir olimning o‘z fani bo‘yicha o‘rnini angladim. Mening oldimda fanlarning tubidagi shunday eshiklari ochildiki, men ularni tasavvur ham qilolmasdim. Arkdagi kitobxonaning keyingi taqdiri sir bo‘lib qolgan. Kutubxona janglardan birida talab ketilgan bo‘lsa ajab emas”, degan ma’lumotlar bor.

Ark qo‘rg‘oni to‘g‘risida birinchi yozuvlar Abu Baxr Narshaxiyning (899-939-yillar) “Buxoro tarixi” kitobida ham uchraydi. Buxoro podshosi Bidun bu qal’ani qurdi, ammo u tezda buzildi, yana yangidan qurdi, u yana buzildi. Shundan keyin uzoqni ko‘ra biladigan dono kishilarni chaqiradi. Donishmandlar arkni katta ayiq yulduzi shaklida barpo etishni maslahat berdilar. Ark qo‘rg‘oni ana shu shaklda quriladi, keyin esa u buzilmadi degan ma’lumotlar bor.

Ark qo‘rg‘oni yer ustidagi katta balandlik, u balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan. Ark g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan noto‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega. Janubi-sharq burchagi biroz kesilgan. U qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrining g‘arb tomonida joylashgan. Qal’a devorining uzunligi 789,6 m., balandligi 16-20 m., yer maydoni 3,96 ga ni tashkil etadi.

Ark qo‘rg‘oni bir necha marta ta’mirlangan va qayta qurilgan. Ko‘tarila boruvchi yo‘l (pandus) orqali arkning g‘arb tomonidan ulkan yog‘och darvoza (XVI asr) orqali ichkariga kiriladi. Pandusning uzunligi 20 m ni tashkil etadi. Uning ikki yoni massiv toshli piramida bilan o‘ralgan.

Ark qo‘rg‘oni peshtoqining ikki tarafidagi burchaklardagi minorachalar – “guldastalar” konstruksiyasi va ular oralig‘idagi uch qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dolon – yo‘lakning chap devorida 12 ta va o‘ng devorida 13 ta taxmon-tokcha joylashgan. Chap tomondagi tokchalarning ba’zilarida zindonga kiradigan eshikchalar bor.

“Guldasta”lar tagida xavfli jinoyatchilar saqlanadigan zax va dim yerto‘la – kanaxonalar bo‘lgan. Dolonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchada afsonaviy qahramon Siyovush arvohiga Navro‘z bayramlarida chiroq yoqilgan. Amir saysxonasiga (otxonasiga) ham shu yerdagi zinadan kirilgan (otxona mahbuslar joylashgan xonalar ustida bo‘lgan).

Dolondan chiqaverishda to‘pchi boshining mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagidagi yerto‘lada esa qiynoqxona bo‘lgan. Undan sal narida (g‘arbiy burchakda) XVIII asrda peshayvonli Juma masjidi qurilgan. Masjid devorlarini ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlaridan bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girrix naqshlar bilan bezatilgan.

Ark qo‘rg‘onining shimoli-g‘arb burchagida to‘pchi boshining uyi joylashgan. Masjidning sharq tarafida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qiladigan xona) joylashgan. Zarbxonaning shimoli-sharqida zargarxona, janubida devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar bo‘lgan (ba’zi binolar hozir ham bor). Juma masjididan boshlangan tor yo‘lak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan.

Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli – ko‘rinishxona o‘rnashgan. U yerda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga o‘tirish marosimlari o‘tkazilgan. Hovliga kiraverishdagi naqshli peshtoq 1605-yilda qurilgan. Hovlining uch quyosh tushar tomoni peshayvon bilan o‘ralgan. Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar bo‘lib, ularning qoshi pastdan yuqoriga yo‘g‘onlashib boruvchi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt ana shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan.

Hovlining janub tomonida Mehmonxonai Rahimxoniy va qorixona qurilgan (XVIII asr). Bu binolar tagida yerto‘lalar bo‘lib, ularda xazina saqlangan. Arkning g‘arb tomonidagi hovlida mirzalar va xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida salomxona, undan Sharq tomonda mehmonxonalar, mansabdorlarga qarashli boshqa binolar (miyon hovli) joylashgan. Janubroqda hammom, uning Sharq tomonida kichkina masjid qurilgan, ular hozirgacha saqlangan.

Arkning markazida o‘rda (amirning xotinlari turadigan uylar), shimolida qushbegi xotinlari turadigan uylar joylashgan. Hammomning sharqida duxtarxona – amir haramidagi qizlar uylari o‘rnashgan. Shimoli-sharqiy burchakda Chil duxtaron masjidi va Battol g‘ozi mozori bo‘lgan. Arkning sharqiy devori bo‘ylab g‘ulombachchalar (soqchilar) xonasi, janubi-sharqiy burchakda dorixona (o‘q-dorilar xonalari) joylashgan. Hozirgi paytda bu binolarning taxminan 20%i saqlangan. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari va ularning burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Ark ansambli mustaqillik yillarida so‘nggi bor restavratsiya qilingan.

Agar Buxoro shahrining me’moriy yodgorliklarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ishni Ismoil Somoniy maqbarasi (IX-XII asrlar) bilan tanishishdan boshlagan ma’qul. Ushbu maqbara Buxoro Arkining g‘arb tomonida, undan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.

1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Bahouddin Naqshbandiy

Buxoro - Bahouddin Naqshbandiy

Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xo‘jai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) – mashhur avliyo, naqshbandiy tariqatining asoschisi 1318 yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. U tug‘ilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin Bahouddin Naqshband Muhammad payg‘ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan.

Otasi to‘quvchi hamda o‘yma naqsh soluvchi (naqshband) bo‘lgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosining alohida xizmati bor. U so‘fiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uyg‘otdi. Bahouddin Naqshbandning birinchi piri – ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni o‘rinbosarlaridan bo‘lmish Amir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini o‘rgatib bo‘lgandan keyin shogirdiga ijozat beradi.

Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo‘lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab hozirgi Qarshi shahriga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland bo‘lgan, ayni chog‘da Qusam shayx ham uni o‘z o‘g‘lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi.

Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda so‘fiylik bilan o‘tgan. U ikki marta haj qilgan. G‘aribona hayot kechirgan, faqat o‘z mehnati – kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun ko‘rgan. Xizmatkor yoki qul saqlashni gunoh deb bilgan. Quyidagi baytlar Hazrat Bahouddin Naqshband qalamiga mansubdir:

Na maro mafrash, na mafrashkash,
Na g‘ulomonu turku turkashkash.
Hama shab chun sagoni qahdoni
Sar ba dum ovaram ba xasmi xush.

Mazmuni: na menda palos boru na uni ko‘tarib yuruvchi kishi bor. Na turk g‘ulomlarim boru na g‘ulomlar ustidan nazorat qiluvchi kishiga ehtiyojim bor. Har kecha xuddi samonxona itlari kabi (ya’ni egasiz itlar kabi) dumimni ustiga boshimni qo‘yib yotaman (hamma narsani tark etganim uchun).

Bahouddin Naqshband xalq orasida “Balogardon” (ya’ni xalq orasida balo-qazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. O‘z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abduholiq G‘ijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Ta’limotining asosida “Dil- ba yor-u dast-ba kor” (“Ko‘ngil Xudoda bo‘lsinu, qo‘l ish bilan band bo‘laversin”) degan shior yotadi.

Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, mo‘’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Allohga intilish ko‘ngil bilan amalga oshishi kerak. Qo‘l esa ish – mehnat bilan band bo‘laversin. Bahouddin Naqshbandning tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qo‘l siltamay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi g‘oyasi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini ta’minladi.

Hazrat Bahouddin “Hayotnoma”, “Dalelul oshiqin” nomli kitoblar muallifidir.

Hazrat Bahouddinning birinchi xalifalari Alouddin Attor, ikkinchi xalifalari Xoja Muhammad Porso ( 1419 yil vafot etgan) hisoblanadilar. Bu zoti sharifning ismlari Muhammad ibn Muhammad al Hofiz al-Buxoriydir.

Xoja Alouddin G‘ijduvoniy uchinchi xalifalari hisoblanadi. Shayx Pirmastiy, Xoja Abul Qosim Buxoriylar Bahouddinning ashoblaridirlar.

Zamonasining ulug‘laridan bo‘lgan Mavlono Muhammad Miskinning aytishicha, Hazrat Bahouddin vafotidan bir kun oldin muridlarining hammasini Xoja Muhammad Porsoga tobe’ bo‘lishini vasiyat qilgan. 1389 yili Bahouddin Buxoro yaqinidagi Qasri Orifonda vafot etgan. Juda ko‘p shoirlar Hazrat vafotlariga atab tarix bitgan, lekin eng mashhuri mana budir:

Raft shohi Naqshbandon Xojai dunyovu din,
On ki budi shohi rohu dinu davlat millatash.
Maskanu ma’voi u chun bud Qasri Orifon,
“Qasri irfon” z-in sabab omad hisobi rehlatash.

Mazmuni: dunyo va dinning Xojasi shohi Naqshband vafot qildi, u dinu davlatning shohi edi. Uning maskanu ma’vosi Qasri Orifon bo‘lgan. Shu sabab vafot etish tarixi “Qasri irfon” dan chiqadi.

“Qasri irfon” dan abjad hisobida 791 (1389) yil hosil bo‘ladi.

Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga o‘tirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband dahmasini ziyorat qilishgan.

Hazrat Bahouddin Naqshband qabrlari Abdulazizxon tomonidan tartibga solinib, ko‘rkam shaklga kiritilgan. Bu muborak qadamjoni obodonlashtirishda Temuriylardan tortib mang‘it amirlarigacha o‘z hissalarini qo‘shganlar. Xonaqoh Shayboniylar sulolasiga mansub Ubaydulloxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1549 yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan 1544 – 1545 yilda qurilgan Maqbara atrofida masjid, hovuz, quduq, minora, darvozaxona bor. Bahouddin mozorlarining kun botar tomonida Dahmai Shohon, ya’ni shohlar dahmasi joylashgan. Bunda ko‘plab Buxoro amirlari va ularning avlod-ajdodlari ko‘milgan.

Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-asrda Xo‘ja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar.Ular ijodida naqshbandiya g‘oyalari keng va atroflicha targ‘ib etildi.

Naqshbandiya tariqati Qur’oni Karim va hadisi sharifdagi ta’limotga asosan shakllangan. Tariqat pirlarining asosiy maqsadi – payg‘ambar alayhissalomning sunnatlarini qayta tiriltirish. Ikkinchi vazifalari esa bid’at va xurofotga qarshi kurashish. Zero, payg‘ambar alayhissalom: “Bid’at va xurofotga berilganlar eng yomon kishilardir, bid’at- xurofotga berilgan odam to uni tark etmaguncha uning qilgan savob ishlarini Tangri qabul qilmaydi”, deganlar. Qalb Allohning nazargohidir. Alloh nazargohi hisoblangan qalbni pokizalash- naqshbandiya ta’limotining asl muddaosidir. “Naqsh band bar dil band”, ya’ni Alloh nomini qalbingda naqsh ayla, deyiladi ta’limotda.

Bahouddin Naqshband haqida, uning ta’limoti xususida, naqshbandiy shayxlar to‘g‘risida talay asarlar yaratilgan. Birgina O‘zbekiston FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasining o‘zida naqshbandiyaga doir195 kitob mavjud. Jumladan, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning “Anisu-t-toli-biyn va uddatu –s-solikiyn” (“Toliblar oshnasi va soliqlar rahnamosi”) asarida (1383) Naqshbandning hayot tarzi, kashfu karomatlari va purhikmat so‘zlaridan namunalar beriladi. Bu asar “Maqomati hazrati Xojai naqshband” nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismdan iborat “Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband” (“Xojda Bahouddin Naqshbandning ta’rif va tavsiflari”) asari ham bor. Bulardan tashqari Bahouddin Naqshbandning suyukli xalifasi Xoja Muhammad Porso yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning ta’rifi, Bahouddin Naqshbandning tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli so‘zlari bilan tanishish, islom aqidasi, ibodat, shariat va tariqat ahkomlaridan bahramand bo‘lish mumkin.

1993 yili Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda Bahouddin Naqshband ta’limotini o‘rganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat universiteti huzurida “Naqshbandiya” ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yo‘lga qo‘yildi. Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasida ham “Naqshbandiya” markazi tuzildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Baland masjid

Buxoro - Baland masjid

Baland masjid – bu Navoiy davrining oxiri va O’zbek xonligining dastlabki o’n yilliklarida Buxoro shahrining me’morchilik yangiliklarining odatiy namunasidir. Baland masjidi nomi baland tosh poydevorda joylashganligi bilan mashhur.

Shahar bog’i va Kosh madrasasining janubida, Buxoro shahrining turar joy binolari tubida Baland nomli tarixiy masjid joylashgan. Buxoro viloyatining ushbu masjidi qurilganligiga besh yuz yildan oshdi.

Masjidning eng qadimgi qismi to’rtburchaklar shaklidagi qishki bino. U yozgi masjid vazifasini bajaradigan L shaklidagi qoziq ayvon bilan tutashgan. Bino poydevorining stalaktit marmarlari va ayvoning yog’och ustunlar 19-asrda avvalgi inshootlarning o’rnini bosgan holda qilingan.

Baland masjidining shipi noyob bo’lib, geometrik naqshlar va yog’ochdan ishlangan gumbazlar bilan bezatilgan. Binoning kichik ichki zali mo’l-ko’l bezatilgan mihrab va yog’och minbarga ega. Mixrab va devor panellari ko’k-yashil rangda o’yilgan “Koshin” mozaikasi bilan qoplangan.

Masjidning devorlari kundalik usulda polixromli zarhal bo’yoq bilan qoplangan. Gullar va o’simliklarning bezaklari tufayli ushbu rasm devor “gilamchalari” taassurotini uyg’otadi.

Alohida ma’naviy muhit murakkab tulut yozuvidagi arab yozuvlari bilan yaratilgan.

Yassi osma shiftga va ayvonga o’yilgan yog’och ustunlar ustiga kubik hajmi, bu Guzar masjidiga odatiy misoldir. Masjidning rang-barang ko’rkamligi uning ichki qismida, shift va devorlarni bezashda to’plangan.

Bu erda sirtlarning ustunligi klassik ravishda topilgan tafsilotlarning nisbati bilan qoplanadi: panel, uning ustida joylashgan katta va kichik panellar, so’ngra friz. Baland masjidi paneli to’rtburchaklar ramkalardan iborat bo’lib, ularning har biri mozaik naqsh bilan to’ldirilgan.

Devorning markaziy qismi guldastali naqsh bilan to’ldirilgan lanset paneli bilan bezatilgan, so’ngra ramka ustidagi tor yozuvlar paneli, so’ngra ramka ustidagi gips shnur – ular bir-biri bilan almashib turadilar va shakli va naqshlari bilan farqlanadi.

Shiftni o’ymakor yog’ochdan ishlangan, yulduzcha shaklidagi figuraning markazida tomizuvchi teshikcha bor. Panelning olti burchakli plitalari bezakli oltin rangtasvir bilan bezatilgan.

Baland masjidida Buxoroda devorlarni chiroyli bezatish vositalari ajoyib darajada rivojlanmoqda.

Keyingi davrlarning me’morchiligida me’morlar bir necha marotaba namuna va taqlid qilishga loyiq masjidning ichki qismiga murojaat qilishlari ajablanarli emas.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Bolo Hovuz majmuasi

Buxoro - Bolo Hovuz majmuasi

Sharqning eng yirik shaharlari bir ajoyib xususiyatga ega edi – har bir shaharning o’z Registoni mavjudligi. Bu ko’plab jamoat binolari joylashgan markaziy shahar maydonining nomi edi. Bu erda shaharning asosiy masjidlari, katta saroylar va minoralar, shuningdek kasalxonalar, savdo xonalari va davlat kantselyariyalari bo’lgan. Buxoroning ham o’z Registoni bor edi, u Ark deb nomlangan qal’a qarshisida joylashgan edi. Afsuski, Buxoro shahridagi ushbu ulkan maydonning barcha binolaridan faqat Bolo Hovuz majmuasi bugungi kungacha saqlanib qolgan. U 17-asr boshlarida o’sha paytda Buxoro hukmdori bo’lgan amir Shaxmurodning buyrug’i bilan qurilgan. Amir shahar aholisiga o’zining oddiy odam ekanligini isbotlamoqchi edi. Shuning uchun u Registonda jamoat masjidini qurmoqchi bo’lib, har hafta juma kuni shaxsan o’zi tashrif buyurishni rejalashtirgan.

Majmuaning nomi “bolalar hovuzi” deb tarjima qilingan. Bolo havuz suv manbai sifatida ishlatilganligi bilan bog’liq. Markaziy Osiyoning deyarli hamma joylarida ichimlik suvi bilan bog’liq muammolar mavjud edi. Shu sababli, aholini hayot beradigan suv bilan ta’minlaydigan sun’iy suv havzalarini (havuz) qurish zarur edi. Suv tashuvchilar suv omborlaridan suv yig’ib, uni bozorlarda, kasalxonalarda va aholi yashash joylarida pul evaziga tarqatishgan.

Bu suv taqsimlash an’anasi Buxoro shahridagi Bolo Hovuz majmuasi hududida Sovet Ittifoqi hokimiyat tepasiga kelguniga qadar davom etdi. Yangi hukumat turg’un suv tufayli kelib chiqadigan katta kasalliklardan saqlanish uchun aholini sun’iy suv omboridan foydalanishni taqiqladi. Biroq, aholi ushbu suvdan eski odat bo’yicha foydalanishni davom ettirdi, shuning uchun suv omborini quritish kerak edi.

Masjid shu kungacha omon qolishga muvaffaq bo’ldi va hanuzgacha juma namoziga tashrif buyuruvchilarni qabul qilmoqda. Binoning o’zi hamon nafis va hashamatli ko’rinishga ega (esda tutingki, u hukmdor uchun qurilgan), bu uni zamonaviy Buxoroning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biriga aylantiradi. Uch asrdan ko’proq vaqt davomida bino masjidning ayvoni yigirmata nafis o’yma yog’och ustunlar bilan bezatilgan. Shahar aholisi uchun Bolo-Xavuzni “qirq ustunli masjid” dan boshqa narsa emas. Yigirma ustun va ularning suv havzasida aks etishi tufayli majmuaga bu nom berilgan.

Biroz keyinroq qurilgan masjid yonida minora bor. U nafis uslubda qurilgan va Osiyoning hashamati va ulug’vorligini o’zida mujassam etgan. Uzoq vaqt davomida minora biroz moyil bo’lib, asta-sekin moyillik darajasini oshirdi. Ko’pchilik buni Italiyadagi mashhur Piza minorasiga taqqoslashgan. Biroq, rekonstruksiyadan so’ng, bino yaxshilab mustahkamlanib, tik burchak ostida o’rnatildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Chashma Ayub maqbarasi

Buxoro - Chashma Ayub maqbarasi

Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi (va shu nomdagi Buloq) “Ayub bulog’i” deb tarjima qilinadi. Arab tilidan “Hiyob” “Ayub” degan ma’noni beradi. Bu joy uchta din uchun muqaddas hisoblanadi. Afsonalarga ko’ra, payg’ambar Hiyob bu erga Buxoro shahri bunyod etilishidan oldin ham kelgan. O’sha paytda mahalliy aholi chanqog’idan o’layotgan edi. Ular qurg’oqchilikdan qutulish uchun Xudoga ibodat qilishardi. Payg’ambar Hiyob ya’ni Ayub azob chekayotgan odamlarning iltimoslariga javob berib, tayog’i bilan erni urdi – zarba joyida toza va salqin suv bilan quduq paydo bo’ldi. Ushbu sehrli hodisa natijasida, asrlar davomida mahalliy aholi quduqqa yangi mo”jizalarni atashgan. Quduqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega va istaklarni ro’yobga chiqarishi mumkin deb ishoniladi.

Ayub nomi bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu tarzda, ammo noma’lum hodisalar bu erda shaharning shakllanishida va Buxoro yahudiylari diasporasining paydo bo’lishida muhim rol o’ynadi. Hatto islomgacha bo’lgan davrda ham Chashma Ayub maqbarasi Buxoro shahrining muqaddas markazi bo’lgan va uning yonida Naukand qabristoni tashkil etilgan.

Maqbara XII asrda Qoraxoniylar sulolasi davrida qurilgan. Ikki asr o’tgach, Amir Temur avvalgilar tomonidan boshlangan ishni davom ettirishga qaror qildi va qurilishni o’zgartirish va takomillashtirish uchun eng yaxshi ustalarni yolladi. Arxitektura yodgorligining mahobatli ko’rinishini yaratish ustida ishlagan me’morlar Xorazm Shahrisabzdan bo’lgan va ularning individual va o’ziga xos uslubini binoning ko’pgina xususiyatlaridan ko’rish mumkin.

14-asrdan 19-asrgacha bo’lgan besh asr davomida maqbara bir necha bor tiklandi va qayta qurildi. Uning hududida bir nechta qabrlar mavjud. Xo’ja Hofiz Gyunjori qabri ularning eng qadimiysi hisoblanadi. Mashhur olim va ilohiyotshunos bu erda 1022 yilda dafn etilgan.

Bugun Buxoro shahridagi Chashma Ayub maqbarasi nafaqat qadimiy qabr toshlari, balki suv muzeyi sifatida ham qiziqarlidir. Muzey eksponatlari mintaqada suv ta’minoti shakllanishi va o’rnatilishi jarayonini batafsil o’rganishga imkon beradi. Bu erda 18-19 asrlarga oid keramik suv quvurlari, teri, shisha va boshqa materiallardan tayyorlangan, faqat suv uchun mo’ljallangan turli xil idishlar, suv omborlari modellari va boshqa narsalarni topishingiz mumkin. Muzeyda siz 10 asr davomida suv ta’minoti tarixini kuzatishingiz mumkin. Bundan tashqari, Suv muzeyi Orol fojiasi tarixini aniq namoyish etmoqda: tarqalayotgan cho’l xaritalari va qayg’uli fotosuratlar bilan. Chashma-Ayub hududida o’tkazilgan noyob gilam ko’rgazmasi sayyohlarda katta qiziqish uyg’otmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Chor Bakr majmuasi

Buxoro - Chor Bakr majmuasi

Chor Bakr majmuasi Buxoro shahridan 6 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, bu hududning qadimiy nomi Sumitandir. “G‘iyosul-lug‘at” kitobida yozilishicha Sumitan so‘zining ma’nosi “jundan mato to‘quvchilar yashadigan joy” degan ma’noni anglatadi. X asrda Sumitan qishlog‘iga Buxorodan Xodsharun nomli darvoza orqali o‘tib borilgan. Xodsharun darvozasi XV-XVI asrlarda Talipoch ya’ni “Xon tepaligi” deb nomlangan. To‘rtta buyuk avliyo- Hazrat Abu Bakr Sa’d Yamaniy (vaf. 970), Hazrat Abu Bakr Homid (vaf 937), Hazrat Abu Bakr Muhammad ibn Fazl (vaf.991),Hazrat Abu Bakr Tarxon (vaf.945) sharofatlaridan bu mavze Chor Bakr, ya’ni to‘rtta Bakr deb atalgan.

Tarixiy rivoyatlarga qaraganda, Chor Bakrlarning shajaralari Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Tarixchi Muhammad Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” nomli kitobida keltirgan ma’lumotga ko‘ra, 889 yilda Ali ibn al-Husayn Xurosondan o‘tib, Amudaryo bo‘ylab Buxoroga keladi. Amir Ismoil Somoniy u kishini juda yaxshi kutib oladi. Ali ibn al-Husayn bilan birga o‘sha mashhur Chor Bakrlar – Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Abu Bakr Homid, , Abu Bakr Fazl ibn Ja’far, Abu Bakr Tarxonlar ham bu quyoshli yurtga tashrif buyurib, bir umr shu yerda qolib ketadilar. Ja’far va Ali avlodidan bo‘lmish Chor Bakrlar Buxoro shohi atrofida jipslashib, ilmu irfonning targ‘ibotiga katta hissa qo‘shadilar. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Buxoro Amiri Ismoil Somoniy Chor Bakr avliyolariga behisob yerlarni vaqf qilib bergan. Ular esa vaqf yerlaridan keladigan daromadlarni el-ulusga tarqatgan, yurtni obodonlashtirish uchun sarflagan. Boshpanasizlarga boshpana qurib bergan, tolibi ilmlarga ilm o‘rgatgan, adashgan kimsalarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan, bemorlarga, yetim-esirlarga xolis xizmat qilgan, bir so‘z bilan aytganda Olloh rizosini topish maqsadida, xalqqa beminnat xizmat qilganlar. Ming yillar davomida Chor Bakr avlodlari Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lib, bu yerlarning ilmu ma’rifati, ma’naviy hayotida ishtirok etganlar. Buxoro hukmdorlari ular bilan doim hisoblashgan. Qiyinchilik paytlarida maslahat olganlar. Yurtning tinchligi va osoyishtaligi uchun kurashda ularning yordamlariga suyanganlar.

Sumitandagi Chor Bakr majmuasi bir-biriga tutashib ketgan oilaviy xazira va dahmalardan iborat bo‘lib, ularning old tomoni peshtoqlar va hujralar husn berib turuvchi yaxlit devor bilan o‘ralgan. Chor Bakr nomi bilan mashhur bu majmua O‘rta Osiyo me’morchiligining eng ajoyib namunalaridan hisoblanib, unda XVI-XVII asr me’morchiligining Buxoro maktabi usullari yaqqol o‘z ifodasini topgan. Xazira va dahmalar ancha puxta ishlangan bo‘lib, koshinkor devorlar bilan qurshalgan devorlarning har joy-har joyida ichkariga olib kiruvchi mehrobnusxa eshik mavjud, miyonsaroy (dahliz)ning har ikki tomonida hujralar joylashgan.

Chor Bakr va Jo‘ybor xojalari

Jo‘yi muliyon deb atalishining sababi: Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida yozilishicha, 680 yilda Muslim ibn Ziyod tomonidan Buxoroning podshohi Bidun Buxorxudot o‘ldirilgan vaqtda undan bir emadigan o‘g‘il bola qoladi. Uning oti Tag‘shoda edi. Tag‘shodaning onasi Xotun 680-695 yillar mobaynida Buxoroni boshqaradi. Xotunning vafotidan so‘ng taxtga Tag‘shoda o‘tiradi. Qutayba ibn Muslim Buxoroni fath qiladi.Tag‘shoda islomni qabul qilgach, Qutayba hokimiyatni unga topshiradi.

Jo‘yi muliyon yerlari serhosil yerlar bo‘lgan. Ismoil Somoniy (892-907) Otasining mavlosi Simo ul-Kabir “Ulug‘ siymo” ni do‘st tutgani va uni yaxshi ko‘rgani uchun bu yerlarni abbosiy xalifa Musta’in ibn Mu’tasimning lashkarboshisi Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan sotib oladi va mavlaviylarga (ozod etilgan qullar) beradi. shunday yo‘l tutadi. Nihoyat u yerlar Jo‘yi mavoliyon deb ataladi. Xalq orasida esa Jo‘yi muliyon deb nom qozondi. Somoniylar podshohligi davrida faoliyat ko‘rsatgan Chor Bakrlar Jo‘yi muliyon atrofida o‘rnashib, shu yerda yashab qolganlari sababli Buxoro xalqi ularni Jo‘yboriy xojalar (Xojayi Jo‘yboriyon) deb ataganlar. Jo‘ybor – tojikcha so‘z bo‘lib, “katta oqar ariq” ma’nosini beradi.

Abu Bakr Sa’d ulug‘ shayx, olim, obid edi. Bu zoti sharif payg‘ambar (s.a.v.) avlodidan bo‘lib, Somoniylar hukmronligida yashab, Buxoroda “Shayxul islom” rutbasiga ega bo‘lgan. Rivoyat qilishlaricha, Hazrat Abu Bakr Xizr (a.s.)ni uchratib qoladilar. Xizr (a.s.) u kishining ilm yo‘lidagi g‘ayratini sezib, qirq yil cho‘lda saboq beradilar. Halol luqma, ta’masiz xizmat, taqvo, ota-onasining duosi tufayli Abu Bakr Sa’d valiy bo‘ldi. Hazrat 970 yilda vafot qildilar.

Abu Bakr Fazl (q.s.) buyuk faqih, taqvodor olim, muhaddis bo‘lganlar. U kishi sababidan Buxoro islomga yot bo‘lgan turli firqalardan tozalangan. “Musnadi Fazl” kitobini yozganlar. Afsuski, bu kitob johil Chingizxon bosqini davrida yoqib yuborilgan. Tabarruk zot 991 yilda vafot etganlar.

Abu Bakr Homid (q.s.) ulug‘ shayx, muhaddis olim, o‘z zamonasining buyuk tarbiyachisi bo‘lib, minglab odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan. O‘sha davr olimlari orasida Qur’on tafsirida unga teng keladigani bo‘lmagan. Nufuzining balandligi uchun u kishiga “Shayxi olam” unvoni berilgan. Ja’fariyzoda Abu Bakr Homid 937 yilda vafot etganlar, qabrlari mozori Behishtiyonda.

Abu Bakr Tarxon (q.s.) muhaddis, faqih, buyuk avliyo, ulug‘ tarbiyachi bo‘lib, “Jome’ ul-Musnad” kitobining muallifidirlar. “Tuhfat az-zoirin” kitobida yozilishicha, Hazrat dinu diyonat yo‘lida buyuk xizmatlar qilganlar va 945 yilda vafot qilganlar.

Jo‘ybor xojalari nomi bilan mashhur bo‘lgan avliyolar Abu Bakr Sa’dning avlodi bo‘ladi. Shu avlodga mansub valiyulloh Hazrat Xoja Faxriddin Muhammad Islom (q.s.) 1493 yilda Buxoroda tug‘ilganlar. Ulug‘ avliyo, naqshbandiya tariqatining piri murshidi Xoja Muhammad Islom hazratlari ilk saboqni bobosidan oladi. Tariqat sabog‘ini Hazrat Xoja Ahmad Mahdumi A’zam Dahbediydan (1461-1542) olgan. Xoja Islomni Hazrat Ali (r.a.) ruhlari ham tarbiyat etgan, bu kishi “uvaysiy” hisoblanadi. Shayboniylardan Iskandarxon (1561- 1583) va uning o‘g‘li Abdullohxon (1583-1598) Xoja Islomni o‘z piri murshidlari deb bilgan. U zoti sharif Husayn Boyqaroning amirlaridan biri Muhammad Tuman mang‘it qiziga uylanadilar. Birinchi farzandlari o‘g‘il bo‘ladi. Xoja Islom bir yumush bilan Miyonqolga, Iskandarxon huzuriga boradilar va xon o‘g‘li Abdullohxon dardga chalinganini eshitib, shunday deydilar: “ Agar u kishining hayoti xavf ostida bo‘lsa, biz o‘z farzandimizni u kishiga fido qildik.” Oqibatda hazratning farzandlari vafot etadi va Abdulloxon shifo topadi. Oradan bir yil o‘tgach, Xudo hazratga yana bir o‘g‘il ato qiladi. Uning otini Xoja Sa’d (Kalonxoja) deb qo‘yadilar. Xoja Islom Abdullohxonni o‘z tarbiyasiga olib, umrining oxirigacha unga farzandiday g‘amxo‘rlik qiladi. Abdullohxonning Xoja Islomga hurmat – e’tibori shu qadar baland ediki, hazrat o‘zi uchun man qilgan narsani albatta Abdullohxon uchun ham man qilardi. Buxoro, uning yorqin kelajagi uchun munosib shoh Abdullohxonni tarbiyalab, uni shuhrat egasi, tarixda “ Qutli qadam xon” qilib qo‘ygan ham Xoja Islom edi. Hazrat Xarbun (Jondor) hududidagi Somonchuq va Tali mahsi degan joylaridan katta yer maydoni sotib olib, u yerdan ariq qazdirib, suv tanqisligiga barham berdi va u yerlarni dehqonlarga bo‘lib berdi. Xoja Islom 68 yil barakali umr ko‘rdi. Vafot etadigan kunlari 12 kun oldin u kishiga ayon bo‘ldi. O‘g‘illari Kalonxojaga janozaxat yozdirib, bobolari Abu Bakr Sa’d qabrlari yoniga dafn etishni vasiyat qildilar. 1563 yil oktyabr oyining 25-kuni, juma tongida olamdan o‘tdilar. Hazrat vafotida shoh Abdullohxon uch kun motam libosini kiyib, boshqalarni ham shunga undaydi. “Abdullanoma” kitobining muallifi Hofiz Tanish Buxoriy ham janozaga qatnashib, hazratning vafotlariga atab marsiya o‘qidi. Xoja Islom o‘rniga Xoja Kalonxoja “qoyim maqom” deb e’lon qilinadi.

Xoja Sa’diddin – Kalonxoja Xoja Islomning katta o‘g‘li, 1531 yilda tug‘ilgan. Otasining vafotidan so‘ng Abdulloxon saroyida shayx ul-islom lavozimida xizmat qildi. U kishini Nosiriddin Xoja Sa’d ham deyishadi. Uchta o‘g‘illari- Tojiddin Hasan, Abdurahim Xoja (Oyposhshaoyim shu kishining qizlari), Abdu Xojalar ham xon darborida xizmat qilganlar. Otasi Xoja Islomga qaynotasi Muhammad Tuman mang‘itning Xuroson yerlaridan katta yer, mol-mulk meros qoladi. Bu merosiy hujjat Husayn Boyqaro, Badiuzzamon, Muzaffar Husayn va Alisher Navoiy muhrlari bilan tasdiqlangan edi. 1588 yilda Xoja Sa’d mazkur hujjatni shoh Abdulloxonga ko‘rsatadi. Shoh hujjatni qayta tasdiqlash uchun farmon chiqaradi. Merosiy mulk daromadidan Xoja Sa’d juda katta xayrli ishlarni amalga oshiradilar. Karvon yo‘llari ustida bir nechta sardobalar qurdiradilar, ariqlar qazdirib, suv chiqaradilar. Xoja Sa’d 1589 yilda vafot etadilar, qabrlari Chor Bakrda. U kishidan keyin o‘g‘illari Tojiddin Hasan “qoyim maqom” bo‘ladilar.

Xoja Tojiddin Hasan ibn Xoja Sa’diddin 1574 yilda tug‘ilgan. Otasining ishlarini davom ettiradi. Kenja o‘g‘illari Abul Abbos Muhammad Tolib o‘zining “Matlab ut-tolibin” kitobida otasi haqida juda ko‘p ma’lumot beradi. Unda aytilishicha, Tojiddin Hasan tabobat, me’morchilik ilmi bilan ham shug‘ullangan. Hazrati Eshon (Tojiddin Hasan) ning sa’y –harakatlari bilan 70 dan ortiq masjid, madrasa, hammom, jumladan, Buxoro shahristonida, masjidi Jome’ning shimol tomonida madrasa, Korxona masjidi, Ko‘i Sari xiyobon masjidi, Jo‘ybor mahallasidagi xonaqoh, Kalobod masjidi (aslida Gulobod bo‘lgan), Jo‘i zar masjidi, Dehnav, Isqara, Shojamin, Zandana, Qorako‘l tumanidagi masjid, 12 ta hammom va sardobalar qurildi. Buxoro shahristonida katta “Dorush-shifo” (Shifo uyi) dorixonasini qurdiradilar va u yerda o‘zlari dori – darmon tayyorlab, ehtiyojmandlarga bepul tarqatadilar. Tojiddin Hasan 1646 yilda vafot etdilar. Qabrlari Chor Bakrda, ota-bobolari Xoja Abu Bakr Sa’d va Xoja Islom qabrlarining qibla tomonida, peshtoqli mehrobning orqa qismida joylashgan. U kishining Yusuf Xoja, Muhammad Xoja, Toyyib Xoja va Abul Abbos Muhammad Tolib ismli o‘g‘illari bo‘lgan.

Chor Bakrdagi nurafshon obidalar Hazrat Xoja Faxriddin Muhammad Islom – Hazrat Xoja Islom Jo‘yboriyning sa’y-harakatlari bilan bunyod etilgan.Chor Bakr me’moriy ansambli Xuroson yo‘li yoqasida joylashgan eng muhtasham bino hisoblanib, uni barpo etish g‘oyasi Jo‘ybor xojalarining yirik vakili Xoja Islomda paydo bo‘ladi. Obida qurilishiga sarf etilgan mablag‘larning bir qismi Jo‘yboriy xojalar xonadoni hissasiga to‘g‘ri keladi. Abdulloxon Buxoro taxtiga o‘tirgach, Sumitan mavzeida o‘z piri Xoja Islom rejalashtirgan binolarni qurishga kirishadi. Qurilishning bosh me’mori – Xalifa Ne’matulloh degan kishi bo‘ladi. Natijada 1559-1570 yillar mobaynida masjid, madrasa va xonaqohdan iborat ajoyib bir me’moriy yodgorlik vujudga keladi. Jo‘yboriy xojalardan Nasriddin Xoja Sa’d (Xojayi Kalon), Xoja Tojiddin Hasan, Hazrat Abdurahim Xoja, Hazrat Muhammad Xoja va Yusuf Xojalar ham ota –bobolarining ishlarini davom ettirib, bunyodkorlik ishlari bilan shug‘ullanganlar. Chor Bakr arofidagi yerlarni obod qilib, ularni vaqfga aylantirganlar. Vaqfdan tushgan mablag‘lar hisobidan majmuadagi masjid, madrasa, xonaqoh, dahma va xaziralar ta’mirlangan. Madrasada ilm oladigan talabalar ham vaqf tushumlaridan ta’minlangan. Chor Bakr ziyoratgohi tom ma’noda musulmonlarning ilm oladigan, ibodatlarini ado etadigan, yetim-esir, beva-bechoralarni o‘z bag‘riga olgan xayr-saxovat manzili bo‘lgan.

Chor Bakr majmuasi

Xonaqoh (xonai xosi Xudo) – ahli ilm va mashoyixlar yig‘ilib, zikr va ilm majlislari o‘tkazadigan joy bo‘lib, peshtoqining balandligi 20 metr. Poydevori yer ostida bo‘lib, 12 metrni tashkil etadi. Eni ikki metr. Gumbaz balandligi 22 metr, aylanasi 17 metr bo‘lib, aylana yuzasida Kalimayi Toyyiba koshinkoriy bilan yozilgan.

Madrasa – peshtoqi uch qavatli, ko‘p hujrali, ko‘rinishi juda chiroyli inshootdir. Chor Bakr madrasasi Buxoro madrasalarining oliy toifasiga kiritilgan bo‘lib, o‘z zamonasining eng mashhur ilm dargohlaridan biri bo‘lgan. Ilm toliblariga qulay sharoit yaratish maqsadida hujralar ichida o‘choq vazifasini bajaruvchi hamda qish faslida uyni isituvchi vosita sifatida o‘choqdon, sandal, kitoblar uchun ravoqlar qurilgan.

Masjid – ko‘rkam gumbazli, go‘zal peshtoqli juda hashamatli binodir. Masjid peshtoqida « Al-Isro» surasining avvalgi to‘rt oyati suls xatida bitilgan. Masjid peshtoqining balandligi 20-30 metr. Poydevorining yer sathidagi qismi 12 metr.

Uch hashamatli binoning shundoq ro‘parasida Mirzo Hoji Jo‘yboriy tomonidan 1896 (hijriy 1318) yilda uncha baland bo‘lmagan minora qurilgan.

Shuningdek, Chor Bakr majmuasida Jo‘yboriy xojalarning mangu xilxonalari, dahma va xaziralari mavjud. Sa’dulloh Xoja xazirasi, Akobir Xoja xazirasi, Nasriddin Xoja xazirasi, Abdulaziz Xoja xazirasi, Atoulloh Xoja xazirasi, Zaynab Bonu Sulton Xonim xazirasi, Obid Xoja xazirasi, Poshshooyim xazirasi, Imomat xazirasi, Masturabonu Sultonim xazirasi, Jonkeldibiy daxmasi, mirza Muhammad Bilgun xazirasi, saqoxona, garmoba ( tahoratxona) va chillaxonalar o‘rta asr me’morchilik uslubida qurilgan.

Sa’dulloh Xoja xazirasi

Mazkur avlodiy daxma 19-asr boshlarida qurilgan. Xazira xonaqohdan janub tomonda joylashgan. Xaziraning ko‘rinishi: tashqari- ichkari peshtoq, miyonsaroy, yozgi, qishki ayvon va oltita hujradan iborat. Eshiklari 1986 yilgi ta’mirda qaytadan yasalgan. Xazira ichidagi qabrlar soni 110 ta bo‘lib, umumiy go‘rxonalarda 300 yildan ziyod vaqt mobaynida mingga yaqin jasad qo‘yilgan. Bu esa ekin yerlarini tejash maqsadida qo‘llanilgan tadbirdir.

Akobir Xoja xazirasi

Xazira xonaqohning ro‘parasida joylashgan bo‘lib, 19 asrda qurilgan. Peshtoqi unchalik muhtasham emas. Ixchamgina ikki tabaqali darvozasi gujum yog‘ochidan ishlangan. Supadan ikkita hujraga kiriladi. Ichkari qismida tilovat qiluvchilar uchun joy mavjud. Kiraverish eshigining chap tomonida Ahmadi Taxtabozi Jo‘yboriyning qabri bor. Marhumning vasiyatiga ko‘ra, jasadini xaziradan tashqariga ko‘mganlar. Rahmatli: “Har o‘tgan-ketgan haqimga duoyi-fotiha o‘qisin”, degan ekan.

Nasriddin Xoja xazirasi

Xazira madrasa, masjid, xonaqoh ro‘parasidagi oraliq maydonning sharq tomonida joylashgan bo‘lib, 18 asrning ikkinchi yarmida qurilgan. Yonida katta chilonjiyda o‘sadi. Kiraverish eshigining ikki tomonida oltita hujra mavjud.

Abdulaziz Xoja xazirasi

Ushbu hazira 19 asrda qurilgan. Xaziraga kirish eshigi yon tomonida bittadan hujra mavjud, poydevori unchalik katta emas. Shu sabab maqbara peshtoqi nisbatan past qurilgan. Ichkarida tilovat uchun ayvon qurilgan.

Sharqiy darvoza

16 – asrning 2-yarmida qad rostlagan. Kiraverish eshigi, juda hashamatli bo‘lgan. Darvozani shoh Abdullohxon qurdirgan. Majmuaga mana shu hashamatli darvoza orqali kiriladi.

Poshshooyim xazirasi

Mazkur xazira 17- asrning 2- yarmiga mansub bo‘lib, uning poydevori 6 metr. Peshtoq, ichkari miyonsaroy, hujra va to‘rt devori vaqtida koshinkoriy qilingan. Uning devorlarida Buxoro binokorlik bezak berish san’atining eng yorqin ko‘rinishlari o‘z aksini topgan. Peshtoqda “Zumar” surasining 53-oyati koshinkoriy qilib yozilgan.

Mastura Bonu Sultonim xazirasi

Xazira Maxdumi A’zam Xojai Kosoniy avlodidan bo‘lmish, (Buxoroga kelin bo‘lib tushgan) Mastura Bonu Sultonim va uning qizlari, kelinlariga tegishli mangu maskandir. Obida 17- asrning oxirida tiklangan. Mastura Bonu Sultonim Xo‘ja Sa’dning xotini bo‘lib, qo‘li ochiq, saxovatli, o‘qimishli ayol bo‘lgan. Jo‘ybor xojalariga kelin bo‘lgan Mastura Bonu Sultonim ko‘p xayrli ishlarning boshini tutgan. Buxoroda bog‘-rog‘ yaratish va uni obod qilishda merosiy yerlari daromadi hisobidan katta mablag‘ ajratgan. Moh Sultonim 1619 yilda vafot etgan. Uning hurmati uchun Chor Bakr ziyoratgohida xazira qurdirilgan. Xazira vaqtida parchinkoriy qilingan devor bilan o‘ralgan. Peshtoq, miyonsaroy va hujralari bo‘lgan. Bu yerda 500 dan ortiq mayyit ko‘milgan. Ayrim qabrlardan to‘rt martadan foydalanilgan.

Zaynab Sulton Poshsha xazirasi

Zaynab Sulton Poshsha xazirasiga Xoja Sa’d xazirasiga boriladigan katta darvoza orqali kiriladi. Xazira 17-arsning oxirlarida tiklangan. Kiraverish yo‘lagidan to ichma-ich chillaxonagacha bo‘lgan joylarda ham qabrlar mavjud. Qabrlar orasidan o‘tib, avval chillaxona, keyin tilovatxona, undan so‘ng esa xaziraga kiriladi.

Saqoxona

Saqoxona sedara shaklida qurilgan ko‘shk bo‘lib, unda qishin-yozin ichimlik suvi turgan. Ziyoratchilar, qori va shu yerlik aholi ichishi uchun xumlarda suv bo‘lgan. Meshkoblar har kuni xumlarni to‘ldirib turganlar va mana ishlari uchun haq olganlar.

Jonkeldibiy va uning ota-bobolari daxmasi

Poshshooyim maqbarasidan o‘ng tomonda yana ikkita peshtoqli daxma mavjud bo‘lib, u xojalar avlodiga mansub emas. Bular Jonkeldibiy va uning ota-bobolarining daxmasidir. Jonkeldibiy 18-asrda Buxoroda hukmronlik qilgan manhitlar sulolasining vakilidir. Ular Jo‘ybor xojalariga hurmatlari, e’tibor va sadoqatlari betimsol ekanligi tufayli shu yerdan joy sotib olib, daxma qurganlar. Uning chap tomonadagi xazira 16 asr oxiri -17 asr boshlarida qurilgan bo‘lib, u jo‘ybor xojalaridan biri bo‘lgan Mirzo Muhammad Bilgunga tegishlidir.

Mozori Daroz yo‘lagi

Abu Bakr Sa’d, Xoja Islom Jo‘yboriy va Tojiddin Hasan dafn etilgan xaziraga olib boradigan uzun yo‘lak bo‘lib, unga peshtoqli darvozadan kiriladi. Xoja Sa’d Kalon xazirasiga kiradigan peshtoqli darvozaning ro‘parasida joylashgan. Mozori daroz yo‘lagi oxirining chap tomonida 18-asrda qurilgan qorixona-chillaxona mavjud. Yo‘lak nihoyasidagi xazira “Buyuklar xazirasi” deb ham ataladi. U 16 asrning ikkinchi yarmida qurilgan.

Garmoba (qadimiy tahoratxona)

18-asrda qurilgan ushbu o‘ziga xos tahoratxona majmuaning janubiy-g‘arb tomonida joylashgan. Usti gumbazli bo‘lgan bu tahoratxona (hammom vazifasini ham bajargan) o‘z davrining eng mukammal binokorlik yutuqlaridan foydalangan holda qurilgan.

Sobiq Sho‘ro davrida Buxoro shahrining Chor Bakr majmuasi yarim vayronaga aylandi. Masjid, madrasa, xonaqoh va hujralar xarob qilindi. Hovuzlar, chashma-quduqlar ko‘mib tashlanib, bu muqaddas joyni ziyorat qilish tamoman ta’qiqlandi. Masjidda namoz o‘qish man’ etildi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, milliy madaniyat va diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Istiqlolimizning dastlabki kunlaridan boshlab, hurmatli Yurtboshimizning sa’y-harakatlari bilan o‘lkamizdagi barcha tarixiy yodgorliklar qayta tiklana boshlangani singari, Chor Bakr ziyoratgohida ham obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Hoji Rajab bobo To‘xtaev (1945-2010) boshchiligidagi yuzlab mahalliy namozxonlarning talablariga binoan, majmua tarkibidagi “Chahor Bakr” masjidida musulmonlar yana ibodatlarini ado eta boshladilar. Hoji Rajab To‘xtaev mustaqillikning dastlabki yillaridan to 1998 yilgacha “Chahor Bakr”masjidi imom xatibi bo‘lib xizmat qildilar.Tarixiy majmua 1999-2000 yilda viloyat hokimi S.Q. Husenov rahnamoligida, Buxoro tumani hokimi N.I. Po‘latov va boshqa rahbarlar, shuningdek, tadbirkorlar, saxovatli insonlar, qo‘li gul ustalar tomonidan ta’mirlandi.

2001 yilda viloyat va tuman hokimligining qaroriga asosan Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi direksiyasi tashkil qilindi. To‘xtaev Rajab uning direktori etib tayinlandilar.“Chahor Bakr”jome’ masjidi 1998 yil 10 avgustda qayta ro‘yxatga olinib, u yerda domla hoji Zayniddin Shodiev 1998-2015 yillar mobaynida imom xatib bo‘lib xizmat qildilar. Hozirgi kunda domla Azizxo‘ja hoji Inoyatov “Chahor Bakr” jome’ masjidi imom xatibi lavozimida faoliyat yurityaptilar va u kishining sa’y-harakatlari bilan majmuada ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 2017 yil 31 dekabr’ kuni majmuaning kiraverish darvozasidan o‘ng tomonda 16 asr Buxoro me’moriy maktabi usuliga asoslangan zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan Tahoratxona foydalanishga topshirildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Chor Minor

Buxoro - Chor Minor

Chor Minor me’moriy obidasi Xalfa Niyozqul tomonidan bunyod etilgan. Ushbu inshootning qurilishiga homiylik qilgan Xalfa Niyozqul turkman urug‘idan bo‘lib, Amir Haydar hukmronligi davrida yirik davlat lavozimlarida ishlagan. U XIX asrning o‘rtalarida vafot etgan. Chor Minor Buxoro shahrida mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos tomoni shundaki, u to‘rtta minora bilan o‘rab olingan O‘rta Osiyodagi yagona inshoot hisoblanadi.

Chor Minor me’morchilik majmuasi so‘nggi o‘rta asrlarning oxirgi davrlarida (XIX asrda), 1807-yilda bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan.

Majmua chor qavatli minora, an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan hovlidan iborat. Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubiy-g‘arbiy burchagida joylashgan (nomi ham shundan). Minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan bo‘lib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. Ikki qavatli xonaning birinchi qavati miyonsaroy ko‘rinishida bo‘lib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, ikkinchi qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli bo‘lib, sodda muqarnaslar halqasi bilan to‘ldirilgan. Ikkinchi qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi.

U o‘z davrida masjid, madrasa, darveshlar va musofirlar tunab qolishi mumkin bo‘lgan xonaqoh vazifasini bajargan. Chor Minor majmuasi Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, an’anaviy “Chor” uslubda bunyod etilgan.

Me’moriy obida bugungi kunda ham o‘z davridagi vazifasini saqlab qolgan. Chor Minor Buxoro shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida UNESCO tashkilotining “Butun Jahon madaniy yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” hamda 2008-yil 12-sentabr “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunlari madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Yuqoridagi qonunlar ijrosi sifatida me’moriy obidaning ta’mirtalab qismlari qayta tiklandi, yon-atroflari ko‘kalamzorlashtirildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Fayziobod xonaqohi

Buxoro - Fayziobod xonaqohi

Buxoro shahridagi Fayziobod xonaqohi 1598-1599 yillarda mashhur sufiy Mavlono Poyanda-Muhammad Axsi Fayzobod tomonidan qurdirilgan. Qurilishdan ikki yildan so‘ng, 1601 yilda vafot etgan. Masjid har kunlik besh mahal, juma va jamoat namozlari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, masjid sufiylarning diniy marosimlarni o‘tkazish va darveshlarning vaqtinchalik turar joyi bo‘lib xizmat qilgan.

Ushbu bino o‘z zamonasining ajoyib ijodlaridan biri hisoblangan. Uning katta, baland, yorug‘ xonasi saroylardan qolishmaydi. Binoning barcha arxitekturasi nafislik va jozibadorlik bilan ishlangan. Masjidning kompozitsiyasi tantanali. Markaziy ayvonga ikkala tomondan arka-gumbazli galereya birlashgan. Mehrob ortida uch qavatda darvishlarning vaqtincha turishlari uchun xujralar joylashgan. Ichkari gumbaz ikki xil rangli “chaspak” texnikasi asosida ganj o‘ymakorligida bezatilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Govkushon madrasasi

Buxoro - Govkushon madrasasi

Govkushon madrasasi Buxoro shahridagi jo‘ybor shayxlari tomonidan bunyod etilgan. Inshootning qurilishida homiylik qilgan jo‘yboriylar Muhammad Islom (taxminan 1493-1563) va Xoja Sa’d (1531/32-1589)lardir. Ma’lumki, xoja Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarini aslzoda va valiylar avlodi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida, o‘z shaxslarini ota tomondan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo‘jiga olib borib ulaydilar. Aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqelariga ko‘ra, Jo‘ybor xojalari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallaganlar. Shayxlarning asosiy boyliklari xonlar, sultonlar va badavlat shaxslar tomonidan berilgan tortiqlar asosida hosil bo‘lgan. Xoja Muhammad Islom ombor va sandiqlarida saqlanayotgan sarmoya va turli-tuman qimmatbaho matolardan tashqari, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Marv va boshqa viloyatlarda 300 jufti gov (2500 gektar) yer-suvga ega bo‘lgan. Shuningdek, qo‘l ostida 10 ming qo‘y, 700 ot, 500 tuya, 104 ta hunarmandchilik va savdo do‘konlari, 7 tegirmon, ko‘plab hammomlar, sardobalar va boshqa mol-mulk bo‘lgan. Xoja Muhammad Islomning o‘g‘li va vorisi Xoja Sa’d esa 2 ming jufti gov (17 ming gektar) sermahsul yer, 2,5 ming qo‘y, 1000 ta tuya, 1000 ta yilqi, 12 ta hammom, 10 sardoba, 2 karvonsaroy egasi hisoblangan. Ana shularning hammasidan u yiliga 1,6 million tanga daromad qilgan. Shuningdek, qalmoq, rus va hindlardan iborat uning 1000 ta quli ham bo‘lgan.

Govkushon madrasasi so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki bosqichida, shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan. Uning bunyod etilishda har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht, yog‘och, loy, tosh, tunuka va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Govkushon madrasasi va masjidning o‘rtasidan Shohrud arig‘i o‘tgan. Lekin bu ariq 1930-yillarda ko‘milib ketgan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli hujralar va mezana mavjud. Peshtoqning g‘arbidagi ravoq ustidagi qanosi o‘simliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, o‘ngda xonaqoh-masjid (darsxona) bor. O‘rtadagi hovli (25×35 m)ning to‘rt tomoni hujralar bilan o‘ralgan. Xo‘ja masjidi kirish peshtoqi, hovli atrofi g‘ishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (19,5 m)ga masjid tomidagi ravoqli ko‘prik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi g‘ishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bag‘ishlaydi. Govkushon madrasasi Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, naqshdor, “Chor” uslubida ishlangan.

Madrasaning nomi boshqa madrasalardan tubdan farq qiladi. Madrasa mahalla nomi bilan bog‘liq. Bundan tashqari Govkushon degan qassoblar bozori va mahalla bo‘lgan. Mustaqillik yillarigacha va mustaqillikdan so‘ng me’moriy obidaning ta’mir talab qismlari qayta tiklandi. Madrasa atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Chet el sayyohlari va yurtimiz ziyoratchilarning sayilgohiga aylangan.

1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi barcha obidalar qatorida Govkushon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” qabul qilingan qonunlar me’moriy obidaning huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Ismoil Somoniy maqbarasi

Buxoro - Ismoil Somoniy maqbarasi

O‘rta Osiyo va Buxoro shahrida Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan Ismoil Somoniy maqbarasi Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan. Ismoil Somoniy shaxsi haqida gapiradigan bo‘lsak, u Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi. Ismoil Somoniy 848-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan, 874-yilda somoniylarning Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo‘lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to‘plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bag‘dod xalifalaridan ibrat olib, o‘ziga ulkan maqbara qurdirgan. 893-yilda Tarozga yurish qilib shimoliy chegaralarni mustahkamlagan. 900-yilda Movarounnahr va Xurosonni birlashtirgan.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrda O‘rta Osiyoda arab xalifaligidan mustaqil mahalliy davlatlar tashkil topa boshladi. Xurosonda Tohiriylar, Movarounnahrda esa Somoniylar davlati vujudga keldi. Mahalliy davlatlar yagona markaz atrofida birlashtirilib, ilm-fan yuksalgan. 874-yilda Ismoil Buxoro noibi etib tayinlandi. Bu paytda Movarounnahrda akasi Nasr hukmronlik qilayotgan edi. Nasr va Ismoil o‘rtasidagi munosabatlar 888-yilda buziladi va bu urushga olib keladi. Urushda g‘alabaga erishgan Ismoil butun Movarounnahrga hokim bo‘lib oladi. 893-yilda u Tarozga yurish qilib Shimoliy chegaralarni mustahkamlagan.

Ismoil Somoniy maqbarasi o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida, hozirgi Buxoro shahrining eski shahar qismida qurilgan.

Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.

Uning qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Maqbaraning dizayniga to‘xtaladigan bo‘lsak, jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – tashqarisi 10,80×10,70 m., ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan.

Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‘ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda-mayda g‘ishtdan chorsu tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bino bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uslub jihatidan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag‘alidagi ustma-ust ravoqchalar – ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqtida (1927) xona sahnida 2 yog‘och sag‘ana borligi aniqlangan. Ismoil Somoniy maqbarasi 4 tomoni bir xil chordara shaklida, uning tuzilishida qadimiy sug‘d me’morchiligining an’analari saqlanib qolgan buyuk me’moriy asar.

Ismoil Somoniy maqbarasi jahon me’morchilik va binokorlik maktablarining noyob asari hisoblanadi. Tengi yo‘q bu arxitekturaviy yodgorlikni arxitektorlar va binokorlar faxr bilan tilga oladilar, tarixchilar yaratilishini o‘rganadilar, san’at ahli esa uning tasvirlarini turli xil buyumlarda sevib aks ettiradilar.

Ismoil Somoniy maqbarasi IX asrda Buxoroda me’morchilik san’ati, binokorlik texnikasining naqadar yuksalganligini va rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ana o‘sha davrdan boshlab binokorlikda yuqori sifatli pishgan g‘isht, albastrli qorishmalar ishlatilgan.

Ushbu nodir obidani tiklashgacha bo‘lgan davrda Buxoroda matematik bilimlar, xususan geometriya juda yaxshi rivojlangan.

Professor M.Bulatov tomonidan uni barpo etishda qo‘llanilgan handasa qoidalari va qonuniyatlarini o‘rganish asosida doktorlik dissertasiyasi yozilganligi ham bejiz emas. Hali inshootning o‘rganilmagan qanchadan-qancha qirralari, qonuniyatlari, qoidalari, qurilish usullari bor.

Yuksak professional darajada barpo etilgan bu tarixiy yodgorlik o‘sha davrdagi eng tajribali quruvchilarni, eng qobiliyatli me’morlarni loyihalash va qurilish usullari bilan qurollantirganligi, ularning bilim va malakalarini nechog‘lik oshirganligi sir emas.

Ismoil Somoniy maqbarasi markazlashma inshoot bo‘lib, uning asosiy hajmini to‘rt devori ko‘tarilgan sari bilinar-bilinmas yengil qiyshaytirilgan kub va fazoviy gumbaz tashkil qiladi. Devor kvadratlari bilan gumbazni tutashtiruvchi konstruksiya inshootning o‘ziga xos jihatlaridan hisoblanadi. Maqbaraning barcha fasadlari bir xilda bajarilgan. Devorlar ichkari va tashqi tomondan bezakli qilib yuqori sifatli pishgan g‘ishtdan bejirim terilgan, qurilishda o‘ymakorlik usullaridan ham foydalanilgan.

Dekorativ g‘isht terimi inshootga yengillik ifodasini baxsh etgan. Kirish eshik proyomlari strelka shaklidagi arka ko‘rinishida bajarilgan. Bu yechimlar, ayniqsa, strelkali arka va gumbazli tom konstruksiyalari, keyingi davrda nafaqat Buxoro me’morchiligida, balki butun Markaziy Osiyo me’morchiligida ham ko‘p ishlatilgan.

Zaruriyati tug‘ilgan gumbazli yopmalarni ishlatishning ijobiy tomonlari ko‘pdir. Ulardan biri shundan iboratki, o‘sha davrda uzoq vaqtga chidaydigan konstruksiyalarning egilish qismlarida ham yaxshi ishlaydigan temirbetonga o‘xshagan buyum va konstruksiyalar deyarli mavjud bo‘lmagan. Shu sababli ham tom yopma shunday ko‘rinishda bajarilganki, u shakl bo‘yicha bunyod etilgan har qanday konstruksiya asosan siqilishga ishlagan. Natijada inshootlarning proyomlari ko‘rsatkichli arka shaklida, tom yopmalari esa gumbaz shaklida g‘isht terimidan mustahkam qilib tiklangan.

Boshqa tomondan, quruq va issiq iqlimli, quyoshning katta radiasiyasi yerga tushadigan sharoitda gumbazli yechim samaralidir. Quyosh nuri gumbazli tomning faqat qaysidir bir bo‘lakchasiga tik tushib, o‘sha qisminigina ko‘p isitadi; shu vaqtda gumbazli yopmaning qolgan qismlariga radiasiya tik tushmaydi va tom ko‘p isimaydi. Gumbazli yopmaning uchinchi jihati shundan iboratki, bunday sirtdan issiqlik tez ketib, tom tezda soviydi. Shamol esganda esa, bu jarayon yana ham intensivlashadi.

Ismoil Somoniy arxitekturaviy yodgorligi XI asrdan ortiq vaqt ichida yaxshi holda saqlanib qolgan. U jahon arxitekturasining takomillashgan asari, «Sharqning me’moriy durdonasi» degan nomlar bilan ham ataladi. Yodgorlik arablargacha bo‘lgan davr an’anasi asosida bajarilgan bo‘lsa-da, u nafaqat Buxoroda, balki Markaziy Osiyo me’morchiligida ham yangi stil, yangi shakl va yangi yechimlarni yaratishning keyingi taraqqiyotini aniqlab bergan.

Bino gumbazining o‘rtasida yorug‘lik tushishi va issiq havoning chiqib ketishi uchun gumbazcha bilan yopilgan baraban konstruksiya o‘rnatilgan bo‘lib, uning yon tomonlariga arkali proyomlar qo‘yilgan. Inshoot devorlarining tashqi burchaklari naqshli ustunlardan, devorlar va kirish eshiklarining arkalari esa bezakli, jilo berilgan g‘ishtlardan mohirona ishlangan. Gumbazli bino intereri bilan chuqurroq tanishilsa, uni yaratish san’ati oldingi vaqtlardan boshlanganligiga va an’anaga aylanganligiga ishonch hosil qilinadi. Yodgorlikning arxitekturaviy tahlili uni Eron, Mesopotamiya me’morchiligi bilan genetik bog‘liqlikda ekanligidan guvohlik beradi.

Bu inshootda bir necha tektonik yechimlar bir butunlikda, yaxlitlikda ishlab chiqilganligini inkor etib bo‘lmaydi. Turar-joy va madaniy arxitektura asoslaridan ishonch bilan foydalanganlik ushbu inshoot misolida Buxoro me’morchilik maktabining o‘sha davrda yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatib turibdi.

Demak, Ismoil Somoniy maqbarasining hajm – samoviy va konstruktiv strukturasi undan keyin qurilgan gumbazli binolarning rivojlanishini aniqlab bergan. Me’moriy naqshlar, chiroyli jimjimador bezak elementlari, nihoyatda go‘zal va bejirim badiiy ifodalar o‘sha davrda g‘isht terish san’atining gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Maqbaradagi g‘ishtlarning yuksak badiiy did bilan terilganligi uning jahon me’morchiligi ajoyib durdonalari silsilasidan o‘rin olishiga asos yaratgan.

Maqbara gumbazsimon, Movarounnahr va Xuroson me’morchiligining o‘ziga xos “Chor” uslubida qurilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u O‘rta Osiyo arxitektura va san’at tarixidagi dastlabki maqbaralardan biridir. Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib asosida yaratilganligi uning boshqa maqbaralardan farqlantiruvchi xususiyatidir. Maqbara o‘z davrida somoniy amirlari dafn etilgan daxma hisoblangan.

Hozirgi kunda me’moriy inshoot atroflari bog‘ga aylantirilgan. U arxiologik qazishmalar orqali topilganligi uchun 60-50 sm pastda joylashgan. Bugungi kunda bu inshoot islom dunyosi ma’rifatparvarlari va allomalarining diqqat-markazida hamda turistlarning sayohatgohiga aylangan.

Maqbaraga O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.

2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risi”dagi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Ko‘kaldosh madrasasi

Buxoro - Ko‘kaldosh madrasasi

Buxoro shahrining Labi hovuz majmuasining shimolida joylashgan Ko‘kaldosh madrasasi Qulbobo Ko‘kaldosh tomonidan bunyod etilgan.

Qulbobo Ko‘kaldosh Abdullaxon II ning ko‘kaldoshi bo‘lib, Buxoro xonligida xonning dushmanlari va do‘stlari haqida ma’lumot yig‘adigan hamda ularga oid tavsiyalarni xonga taqdim qilgan, shuningdek, mamlakat xavfsizligi uchun mas’ullardan biri bo‘lgan ko‘kaldosh mansabida faoliyat yuritgan.

Ko‘kaldosh madrasasi shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida, so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki qismida, 1568-1569-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrda shayboniylar o‘rtasida siyosiy kurash avj olgan edi. Abdullaxon II 1557-yili mayda Buxoroni qo‘lga kiritadi va uni o‘z poytaxtiga aylantirdi. 1561-yilda otasi – Iskandarxonni davlat boshlig‘i – xon deb e’lon qilib, uning nomidan mamlakatni o‘zi boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortgan Shayboniy sultonlar bilan kurashib, Balx (1574-yil), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston va Farg‘ona (1583-yil)ni egallaydi. 1582-yilda shimolga yurish qilib, Ulug‘tog‘ga qadar borgan.

Me’moriy obidaning qurilishida (xom va pishiq) g‘isht, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanilgan.

Madrasaning ikki qavatli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan. Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa peshtoqidagi darvoza girrix va islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Madrasa hovlisiga 5 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning ichki gumbazlari va bag‘allari, shipi o‘ziga xos turli shakldagi murakkab to‘rsimon-yulduzsimon, qolibkori va iroqi uslubda pishiq g‘ishtda ganj qorishmasidan terilgan. Madrasa hovlisi uzun (42×37 m), o‘rtaga yangi imorat 1929-yilda bunyod etilgan. Hovli tomondagi 2 qavatli 160 hujra bilan o‘ralgan. Yon tomonidagi hujralarning pastki qavatiga xonani yoritish uchun panjaralar o‘rnatilgan. Yuqori qavatiga esa qator qilib chuqur ravoqlar ishlangan. Ravoqlar tepasini va ba’zi darcha panjaralarini bezatishda koshin ancha tejab ishlatilgan. Bosh tarzidagi peshtoq kitobasida yozuvlar saqlangan. Peshtoqining ikki yonidagi masjid va darsxona oldiga 2 qavatli 3 qismga ajratilgan chuqur ravoqlar va burchaklaridagi guldastalarda Buxoro me’morchiligiga xos qadimiy va milliy an’analarni aks ettirilgan.

Ko‘kaldosh madrasasi “Chor” uslubda, eshik va g‘ishtlarning terilishi xotamkori uslubida o‘z aksini topgan.

Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u Labi hovuz ansamblidagi eng katta imorat va Buxoro shahridagi eng katta madrasa hisoblanadi. Ko‘kaldosh madrasasida Sadriddin Ayniy tahsil olgan, hozirda u yashagan hujra muzeyga aylantirilgan va eksponatlar bilan jihozlangan.

Me’moriy inshoot ilm maskani, madrasa sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Madrasada 3 bosqichda ta’lim berilgan.

Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi me’moriy obidalar qatorida Ko‘kaldosh madrasasi ham ta’mirlandi. Madrasa atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Obidaning hovlisi hisoblangan Labi hovuz majmuasi qayta ta’mirdan chiqdi.

Ko‘kaldosh madrasasi 1960-1970 va 1995-1997-yillarda ta’mirlangan. Hozirda Ko‘kaldosh madrasasida Buxoro viloyatining “Oltin meros” jamg‘armasi joylashgan. Inshoot mustaqillik yillarida bir necha bor ta’mirlandi. Inshoot UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Labi Hovuz

Buxoro - Labi Hovuz

Labi Hovuz – 1510-1530-yillarda qurilgan ushbu ansambl Buxoro amirligi bosh vaziri Nodir devonbegi nomi bilan bevosita bog‘liqligi haqida ko‘plab tarixiy faktlar mavjud.

Dastlab bu yerda Labi Hovuz bilan birgalikda Nodir devonbegi xonaqohi va karvonsaroy quriladi. Karvonsaroy vaqf mulkiga berilib xonaqohni xarajatlarini qoplab turish rejalashtirilgan edi. Lekin o‘sha vaqtlardagi Buxoro amiri Labi hovuz ansambl’idagi Karvonsaroyni yanglishib ketib, xalq oldida madrasa deya e’lon qilib yuboradi. Shu tariqa Amrning yuzidan o‘tolmagan saroy amaldorlari Karvonsaroyni madrasaga aylantirishadi. Bu holat Nodir devonbegi madrasasining qurilishida ham yaqqol bilinib turadi. Amirlikda bir xil reja asosida qurilgan madrasalardan farqli ravishda Nodir devonbegi madrasasi ichida masjid ham, katta qiroatxona ham yo‘q. Keyinchalik karvonsaroyning xonalari madrasa faoliyatiga moslashtiriladi. Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqoh toki chor Rossiyasi bosqiniga qadar faoliyat olib borgan.

Shuningdek, xalq og‘zaki ijodida ham bu inshoot haqida ko‘plab rivoyatlar mavjud. Rivoyatlardan birida Labi Hovuz va uning atrofidagi binolarni mahr evaziga berilgan zirak bahosiga qurilgani haqidadir.

Nodir devonbegining o‘zi yirik amaldor bo‘lsa ham, oilasi o‘rta qatlam vakili bo‘lgan. Devonbegi yoshligidan ancha ilmga chanqoq bo‘ladi va tezda amal pillapoyalaridan ko‘tarilib, Buxoro amirining Bosh vaziri Devonbegi etib tayinlanadi. Amir qarorgohida ishlab yurgan vaqtlarida boy va mansabdor kishining qizini sevib qoladi hamda unga sovchi qo‘yadi. Mahrga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bir juft tilla zirak beriladi.

Kelin uchun berilgan ushbu mahr kamdek ko‘rinadi va qiz andak xafa ham bo‘ladi. Sababi bo‘lajak kelin ancha boy oilada yashagan, kuyov bola ham uncha-muncha emas, naqd Buxoro amirligining Bosh vaziri- Devonbegi edi. Shunday bo‘lsada nikohga qiz tomonidan rozilik bildiriladi hamda to‘y bo‘lib o‘tadi. O‘zining tilla-taqinchoqlarini mo‘’jazgina sandiqchalarda saqlaydigan aksar saroy xonimlari kabi Devonbegining ayoli ham o‘z tilla-taqinchoqlarini va ushbu ziraklarni sandiqchaga solib qo‘yadi.

Shu asnoda bir qancha yillar o‘tadi. Bir kun ayol sandiqchani ochib qarasa bir juft zirakning bittasi yo‘q bo‘ladi, uni qidirib ham topa olmaydi. So‘ng devonbegining ayoli xonadonda to‘polon ko‘taradi, uyimizda o‘g‘ri chiqibdi deya har tarafga jar soladi. Shu asnoda Nodir devonbegi kelib ayolini tinchlantirib, zirakni bir jufti kerak bo‘lgani uchun olganini aytadi.

Bir qancha vaqt o‘tib Nodir devonbegi keladi va ayoliga Buxoro shahrini aylanishni taklif qiladi. Devonbegi ayolini o‘sha vaqtda endigina qurib bitkazilgan Labi Hovuz ansambl’iga olib boradi. Bunday so‘lim go‘sha, katta hovuz va chiroyli binolar devonbegining ayolini o‘ziga maftun etadi. «Bunday chiroyli binolaru hovuzni kim qurdi, qachon qurildi bular ?» deya Devonbegidan savol so‘raydi. Nodir devonbegi bir qachon vaqt oldin olgan ziragini eslatadi hamda o‘sha zirakning bittasini evaziga ushbu binolarni qurdirdim deydi. Shundan so‘nggina devonbegining ayoli mahr uchun berilgan ushbu bir juft zirakning naqadar qimmatbaho ekanligini tushunib yetadi.

Hozirgi kunga kelib Buxorodagi Labi hovuz ansambli yangidan ta’mirdan chiqarilgan hamda shahar ahli va sayyohlarning sevimli go‘shasiga aylangan. Labi hovuzning salqin shamoli va unga o‘rnatilgan chiroqli favvoralar bilan bir qatorda, Buxorodagi boshqa tarixiy obidalardan farqli o‘laroq, bu inshootda kechki vaqtlarda ham odam gavjum bo‘ladi va mehmonlarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Mag‘oki Attor Masjidi

Buxoro - Mag‘oki Attor Masjidi

Buxoro shahrining Mag‘oki Attor Masjidi XII asrda qoraxoniylar hukmronligi davrida bunyod etilgan. XVI asrda shayboniylar sulolasi xonlari davrida qayta qurilgan. Uni qayta qurishni tashkil qilgan Iskandarxon (1561-1583) va Abdullaxon II (1583-1598) hukmronligining dastlabki yillarida Samarqand hokimi bo‘lgan. 1583-yilda Abdullaxon bilan oralari buzilgan, Abdullaxon Andijonda isyon ko‘targan Isfandiyor sultonga qarshi qo‘shin tortganda Isfandiyor sulton unga qo‘shilishdan bosh tortgan. Do‘stum sulton (Toshkent hokimi), Isfandiyor sulton (Andijon hokimi) va O‘zbekxon (Hisor hokimi) bilan Abdullaxonga qarshi ittifoq tuzib Isfandiyor sulton boshliq qo‘shin Buxoro atrofini talon-taroj qilgan. Isfandiyor 1586-yil 16-avgustda fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Abdullaxon o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

Me’moriy obidaning asosiy qismi va so‘nggi holatdagi ko‘rinishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, XVI asrda bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, yog‘och, loy, maxsus “qir” qotishmasi, tosh, ganj va shunga o‘xshash ashyolardan keng foydalanilgan. Me’moriy obidaning dizayni: Qadimiy 4 ustunli Moh masjidi (IX asr) o‘rnida XII asrda eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934-yilda arxeologik tadqiqotlar asosida aniqlangan). XIV asrda ta’mirlangan, XV asrda peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Shayboniy Abdulazizxon davrida (1541-1542-yillar) binoning yuqori qismi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, o‘rta gumbazi balandroq bo‘lib, uning asosidagi darchalar orqali bino ichiga yorug‘lik tushadi. Sharqiy qismini keng pillapoyali zina egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq g‘ayriodatiy ravishda binoning yon tomonida joylashgan. Keyinchalik sharqiy qismi qayta qurilgan. Peshtoqining ko‘rinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi o‘ziga xos bezaklar muhim o‘rin tutadi. Ganj va mayda g‘isht bo‘lakchalaridan bezatilgan peshtoq hashami g‘oyatda nafis va yuksak badiiy did bilan bajarilgan. Namoyon o‘lchamlariga mutanosib ravishda murakkab bo‘rtma naqshlar ishlangan. Ustun go‘shalari o‘yma naqshlar bilan, bog‘chasi vazasimon shaklda ko‘kalamzorlashtirilgan.

Me’moriy obida Sharq me’morchiligi an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubida bunyod etilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri, Mag‘ok (chuqurlik)da va Attor bozori yaqinida joylashganligi sababli Mag‘oki Attori madrasasi deb atalgan. Inshootning bezaklari XII asr Buxoro me’morchilik maktabining yuksak na’munasi sifatida O‘zbekiston me’morchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi. Vaqt o‘tishi bilan masjid ko‘milib ketgan. Masjidning sharqiy peshtoqidagi yozuvlarga ko‘ra, 1547-yilda Abdulaziz ibn Abdulloh masjidni buzdirib, o‘rniga yangi masjid qurdirmoqchi bo‘ladi. Ammo naqshbandiya tariqatining o‘sha davrdagi peshvosi va xonning murshidi Maxdumi A’zam bunga yo‘l qo‘ymaydi. Me’moriy obidaning 1939-1949-yillarda peshtoqi mustahkamlanib ta’mirlangan, atrofi obodonlashtirilgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, yurtimizdagi boshqa me’moriy inshootlar qatorida ushbu inshoot ham ta’mirlandi.

1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi barcha obidalar qatorida Mag’oki Attor masjidi ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kabilar me’moriy obidaning huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Masjidi Kalon

Buxoro - Masjidi Kalon

Buxoro shahrining Masjidi Kalon inshooti o‘rta asrlarning noyob me’morchilik namunasi bo‘lib, uning o‘rnida dastlab qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod etilgan. Shayboniylar davrida esa u Masjidi Kalon sifatida qayta qurildi. Masjidning hozirgi ko‘rinishi Shayboniylar sulolasiga mansub xonlar tomonidan bunyod etilgan.

Me’moriy obidani bunyod ettirgan shaxslar haqida gapiradigan bo‘lsak, inshootning ko‘pgina qismlari Ubaydullaxon, Abdulazizxon va Abdullaxon davrida qurilgan. Abdulazizxon (1509-1550) – Shayboniylardan, Ubaydullaxonning o‘g‘li, Xorazm hokimi (1538-1539). Otasining vafoti (1540)dan so‘ng mamlakatda ikki hokimiyatchilik yuzaga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-1550), Ko‘chkinchixonning o‘g‘li Abdulatifxon esa Samarqand xoni (1540-1551) bo‘lgan. Abdulazizxon o‘z hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini ko‘zlab qaror islohotlar o‘tkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut va tavfiri va b.)ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi devor bilan o‘rashga kirishgan (uni Abdullaxon II bitkazgan bo‘lib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqohlar bunyod ettirgan.

Abdullaxon (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon; 1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

Buxoro shahrining eski shahar qismida joylashgan Masjidi Kalon rivojlangan va so‘nggi o‘rta asrlarning o‘ziga xos me’moriy inshooti bo‘lib, 1121-yilda bunyod etilgan bo‘lsa, 1514-yilda u qayta qurila boshlagan va XVI asrning o‘rtalarida uning bunyod etilishi yakunlangan.

Me’moriy obidaning bunyod etilishida xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och, tosh, ganch va chorsu pishiq g‘ishtidan keng foydalanilgan.

Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (127×78 m), keng hovli atrofini gumbazli bostirma ayvon egallagan. 188 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular o‘ziga xos mahobatli ko‘rinishga ega bo‘lib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli poyustunlar o‘rnatilgan. Hovlining to‘rt tomoni markazida naqshinkor peshtoqlar bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan ajralib turadi. Masjidi Kalonning tashqi 7 eshigi bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va ichida keng ayvonlar joylashgan. Peshtoq ravoqidagi boloxona va uning yon tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlashgan g‘ishtlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, ganchkori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli to‘ridagi xonaqoh maksuraga o‘tiladi. Xonaqohning tashqi poygumbazi baland, moviy gumbazi uzoqdan tashlanib turadi. Ichki gumbaz bag‘allariga “qolibkori” uslubida qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik san’atining yuksak namunasidir. Masjidi Kalonning bosh fasadi sharq tomonga qaragan. Yirik va mozoika bilan pardozlangan masjid peshtoqi biroz balandda joylashgan. Masjid hovlisiga bir necha pog‘onali zinadan kiriladi. Hovlining ichki tarafida ikkita moviy gumbaz joylashgan. To‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega bo‘lgan bu hovlining atrofi 228 gumbazdan galereya bilan o‘ralgan.

Me’moriy obidaning uslubini yoritar ekanmiz, Sharq me’morchiligining gumbazsimon “Chor” uslubida qurilgan.

Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari shundaki, uning hajmi va binokorlik bezakchiligi u darajada bo‘lmasa-da, rejaviy masshtabligi jihatidan Samarqanddagi masjidlardan qolishmaydi. Bu inshoot qadimiyligi va yirikligi tomonidan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Masjidi Kalon (forscha – katta masjid) peshtoqi oldidagi sahndagi ko‘shkni qayta ta’mirlashda (pavilyon) XX asrda Usta Shirin Murodov qatnashgan. Buxoro shahridagi katta masjidlardan biri bo‘lganligi uchun Masjidi Kalon nomi bilan atalgan.

Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapirar ekanmiz, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan masjid qayta rekonstruksiyadan chiqarildi va atrofi ko‘kalamzorlashtirildi.

Me’moriy obida masjid vazifasini bajarish bilan bir qatorda yetim-yesir, darveshlar va musofirlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Masjidi Kalon ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu va boshqa qonunlar inshootning huquqiy vakolati hisoblanadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Minorai Kalon

Buxoro - Minorai Kalon

Buxoro shahrining ramzi hisoblanmish Minorai Kalon (Katta Minora) me’morchilik namunasi Qoraxoniylar davlatining Movarounnahrdagi amiri Arslon Bug‘roxon tomonidan bunyod etilgan.

Arslon Bug‘roxon Muhammad ibn Sulaymon (to‘liq ismi Muhammad ibn Sulaymon ibn Dovud Kuchtegin ibn Tamg‘achxon Ibrohim, 1130-1131) – Movarounnahr hukmdori (1102-1130). Qoraxoniylardan bo‘lgan bu amir Barqiyoruq vassalli Sulaymonteginning o‘g‘li bo‘lgan. U 1102-yil Samarqand taxtiga Arslonxon unvoni bilan o‘tqazilgan. 12 ming mamlukdan iborat qo‘shin tuzib Dashti Qipchoqqa bir necha bor harbiy yurishlar qilgan. Umrining oxirida falaj bo‘lib qolganligi tufayli taxtni o‘g‘illari – dastlab Nasr, so‘ng Ahmad bilan hamkorlikda boshqargan. Samarqand Saljuqiylar tomonidan egallangach (1130-yil,13-mart), Arslonxon Balxga jo‘natiladi va ko‘p vaqt o‘tmay o‘sha yerda vafot etadi. U Mavrdagi o‘zi qurdirgan madrasaga dafn etilgan. Arslonxon davrida madaniy hayot bir muncha rivojlangan. Buxoro va uning viloyatida ko‘plab binolar qurdirgan. Bulardan: Jarqo‘rg‘on minorasi va Masjidi Kalon yonidagi minora hozirgacha saqlangan.

Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoitga to‘xtaladigan bo‘lsak, Qoraxoniylar tomonidan 992, 996, 999-yillarda Movarounnahr tomon uyushtirilgan yurishlar natijasida Somoniylar hukmronligi tugatildi. Bu davrda Saljuqiylar g‘aznaviylarga xavf sola boshlaydi. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo‘ritegin 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari – Xuttalon, Vaxsh va Chag‘aniyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketdi. Biri poytaxti Bolasog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu davrga kelib siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib, saljuqiylar tayziqiga uchraydi va unga qaram bo‘lib qoladi.

Minorai Kalonning bunyod etilishi o‘rta asrlarning rivojlangan davriga (XII asr), aniqrog‘i, 1127-yilga to‘g‘ri keladi. Me’moriy obidaning qurilishida tosh, maxsus qir qotishmasidan, chorsu pishiq g‘ishtidan, loy, taxta va boshqa bir qator ashyolardan foydalanilgan. Uning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g‘isht o‘ymakorligi bilan bezatilib, karniz holiga keltirilgan. O‘qsimon tirgak o‘rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor ustaning ismi (usta Baqo) bitilgan. Minora ichida g‘ishtin aylanma zinapoya bo‘lib, mezanaga olib chiqadi. Kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-ko‘shk bilan bog‘langan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 aylanma zinapoya orqali chiqiladi. Masjidi Kalon tomonidan minoraga o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. Minorai Kalonning o‘zagi ham, bezagi ham chorsu pishiq g‘ishti (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy-diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik to‘kilib ketgan).

Me’moriy obidaning uslubi haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot pishiq g‘ishtdan Sharq an’analarining naqshdor shakllar uslubida ishlangan. Minorai Kalon me’moriy inshootning o‘ziga xos tomoni shundaki, u Buxoro shahrida qad ko‘targan boshqa inshootlardan o‘zining me’moriy yechimi bilan ajralib turgan. Bundan tashqari, me’moriy inshoot balandligi jihatidan ham boshqa me’moriy inshootlardan ajralib turgan.

Minora o‘z davrida muazzin uchun azon aytish joyi vazifasini o‘tagan bo‘lsa, harbiy maqsadlarda esa kuzatuv obyekti ham bo‘lganligi tarixiy manbalarda saqlanib qolgan. Minoraning bugungi kungacha bo‘lgan holatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, tanasi va muqarnaslari ta’mir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib ta’mirlangan (1960). Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Minorai Kalon majmuasida ham ta’mirlash ishlari olib borildi (1997). Bundan tashqari, me’moriy inshoot atroflari obod etilib, ko‘kalamzorlashtirilgan.

Me’moriy obidaga xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Mir Arab madrasasi

Buxoro - Mir Arab madrasasi

Mir Arab madrasasi – Buxoro shahridagi Minorai Kalonning qarshisida joylashgan me’moriy yodgorlik. “Mir Arab” madrasasi shahar markazida, aniqroq qilib aytilsa, qadimiy Shahristonda joylashgan bo‘lib, ikki ulkan gumbazi bilan boshqa tarixiy binolardan ajralib turadi. Madrasaning kirish qismi kunbotar tomondadir. Darvoza ulkan peshtoq ostida joylashgan. Bino to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, unda 114 ta xona bor. Madrasaning ichki qismi ham ajoyib tarzda loyihalashtirilgan. Hujralarni to‘rtta ulkan peshtoq ajratib turadi.

Madrasa binosini milodiy 1530–1536 (hijriy 936–942) yillari shayx Mir Arab qurdirgan. Xalq orasida “Mir Arab” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olimning asl ismi Sayyid Abdulloh Yamaniydir. U yigirma ikki yoshida ilm izlab Samarqandga keladi va Xoja Ahror Valiyga shogird tushadi. Xoja Ahror Valiy vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Muhammad Bakr Sayyid Abdullohni Buxoro amiri Ubaydullohxon bilan tanishtiradi. Tez orada u ilm-ma’rifati bilan el orasida taniladi, hurmat qozonadi.

Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (er osti arig‘i) qazdirgan, suv chiqargan, qal’a bino yetib, Shofirkon, Vobkent, G‘ijduvonda ko‘p joylarni obod qilgan (Shofirkonda Mir Arab qal’asi saqlangan).

U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536 yil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko‘ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan. Xattot Mirali Fathobodiy-Buxoriy ushbu forsiy qit’ani Madrasa darvozasiga yozgan:
“Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab”.

Madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida bo‘lib, sho‘rolar davrida diniy o‘quv yurti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1945 yilda yana tiklangan. O‘quv muddati 4 yil o‘quv yurti kunduzgi bo‘limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan o‘rta va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta’lim fanlari o‘qitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. Darslar o‘zbek va arab tillarida olib boriladi.

Me’morchiligi:
Bosh tarzi ulkan peshtoqli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, go‘rxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uyg‘unlashgan (saqlanmagan). Go‘rxona ichi gumbaz osti bag‘ali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch o‘ymakorligida bezatilgan, izorasi rangbarang koshinli. Go‘rxonada Ubaydullaxon (1537 yil v. ye.)ning yog‘ochdan xotamkori usulida ishlangan sag‘anasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor.

Madrasaning umumiy tarhi 68,5×51,8 m, hovli 35,4×31,3 m, darsxona 8×8 m. Hovlisi to‘rtburchak shaklida bo‘lib, atrofini oldi ravoqli, ikki oshyonli 114 hujra o‘rab turadi. Tomonlar o‘rtasidagi 4 baland peshtoqli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar g‘oyat nafis va nozik bo‘lganligini bilish mumkin.

Rivoyatlarga ko‘ra, Madrasa asosi chuqur qilinib, tog‘ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomg‘ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qo‘rg‘onidan tashqariga chiqarilgan.

Yana bir qiziq tomoni shundaki, madrasaning me’moriy shakli to‘rtburchak – Qur’on kitobini eslatadi. Hujralarining 114 taligi esa Qur’on suralari soniga mos keladi. Madrasa darvozasiga o‘yib yozilgan tarix ham olimlarning e’tiborini tortdi. Ushbu yozuv forsiy tilda bo‘lib, xattot usta Mirali Fathobodiy tomonidan yozilgan:

Mir Arab faxri Ajam, onki kard Madrasai olii bas bul ajab.

Bul ajab in astki, tarixi ust:

“Madrasai olii Miri Arab”.

Mazmuni: Mir Arab Ajam faxridir, ul solmish Juda ajoyib oliy Madrasa.

Kizig‘i muki, uning tarixi Bo‘ldi: “Madrasai olii Mir Arab”.

Oxirgi misralardagi tarix moddasi bo‘lgan suzlar abjad hisobida hijriy 942 (milodiy 1536) yilni, ya’ni Madrasa bunyod etilgan yilni anglatadi.

1976 yil 8 aprel’ va 17 mayda bo‘lib o‘tgan qattiq zilziladan so‘ng Madrasa gumbazlari, peshtoqi, hovli ichidagi peshtoq ham shikastlandi. Shundan so‘ng 1976-1977 yillar davomida katta gumbazlar va ichki hovli peshtoqlari qaytadan ta’mirlandi. Gumbazning ichki va tashqi qovurg‘ali temir beton konstruksiyasi mustahkam qilib bog‘landi. Ustalar – Il’ya Gontar va Baqo Sultonov, me’mor-ustalar Ochil Bobomurodov, Aminjon Salomov, Mubin Mo‘minov va Sayfullo Norovlar bu ishda faollik ko‘rsatdilar.

1997 yilda Buxoroning 2500 yilligi bayrami arafasida Mir Arab madrasasining bosh fasadi, oldingi qismi usta Qurbon Abdualiev tomonidan ta’mirlandi. Hozirgi kunda Mir Arab madrasasida qadimiy tarhi, arabcha yozuvlari va sirli koshin gullari o‘rganilib, qaytadan ta’mirlanmoqda.

Mir Arab madrasasi ko‘rku salobatini ko‘z-ko‘z qilib, chet mamlakatlardan tashrif buyurgan sayyohlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan bilim yurti orqali Madinadagi Islom universiteti, Qohiradagi al-Azhar universiteti, Toshkent Islom universiteti hamda respublikamizning boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Mir Arab madrasasi peshtog‘i va gumbazlaridagi to‘kilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Namozgoh masjidi

Buxoro - Namozgoh masjidi

Buxoro shahridagi Namozgoh masjidi — ibodat maydoni bo‘lib, Qurbon bayrami, Ramazon bayramlarida namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Buxoroning janubiy-g‘arbida joylashgan. “Namozgoh” so‘zi namoz o‘qiladigan joy ma’nosini bildirib, ahloq qoidalari chegarasidagi tabarruk amaldir. Namozgoh toza joyda ibodatni ta’minlash maqsadida xona ko‘rinishida bo‘lgani kabi musulmonlarning joynamozi bo‘lishi ham mumkin. Namozgoh namoz ibodatini odamlar to‘dasi, butun aholi va safardagi qo‘shinlar bajarishi uchun ta’minlab beruvchi joydir. Tahlillarga ko‘ra bu yerlarda namozgohSomoniylar hukmronligi davri — IX asrda barpo etilgan.

Namozgoh masjidi Buxoro shahar chegarasida joylashganligi sababli, u o‘zining ilk mohiyatini yo‘qotgan. Hozirgi kunda namozgohning Buxoro qiloyatidagi o‘rnini shahardan tashqaridagi diniy marosimlar majmualar bajaradi.

Islomiylar bosib olinishidan so‘ng Buxorodagi bayram ibodatlari Registonda o‘tkazila boshladi. Lekin IX asrda maydon torlik qildi va namozgoh shahardan tashqarida — shahardan uch kilometrga yaqin masofada barpo etilgan. Shaharning mudofaasi sustlashganligi sababli Arslon xon shahar aholisi Buxorodan uzoqqa borishlarini ma’n qilib qo‘ydi va majmua u yerda XII asrgacha xizmat qildi. Natijada, 1119-1120 yillar Shamsobod bog‘i xarid qilindi va o‘rniga pishgan g‘ishtdan, devorining uzunligi, taxminan 38 metrlik namozgoh barpo etildi. Devorida pastqam arkli mehrob bo‘lgan. Namozgoh XIII-XV asrlarda qayta qurilgan. XVII asrda masjid hashamatli ayvon ko‘rinishiga ega bo‘lgan: ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, 3 asosiy xonadan iborat. O‘rtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon yo‘lakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan ko‘chirilgan oyatlar bitilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Nodir Devonbegi madrasasi

Buxoro - Nodir Devonbegi madrasasi

Tarix sahifalarini varaqlasak, Buxoroda nafaqat mashhur olimu yozuvchilar, shoiru faylasuflar, balki dono tadbirkorlar ham yashab o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz. Tarixiy manbalar ana shunday o‘tkir zehnli insonlardan biri, Buxoro xoni Imomqulixon (1611-1642) saroyida moliyaviy ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsattan, mamlakatda tijorat va soliq-xiroj to‘plash ishlarini boshqargan, soliqlar ro‘yxatini tuzgan, elchilardan yorliqlar qabul qilgan Nodir Devonbegi va uning madrasasi haqida quyidagilarni hikoya qiladi.

O‘rta asrlarda Buxoroning ilm-fan taraqqiy etgan maskan sifatidagi nufuzi yanada oshadi. Shu bois diniy va dunyoviy bilimlar bo‘yicha tajriba almashish maqsadida Nodir Devonbegi Afg‘onistonga taklif etiladi. O‘ta zehnli va ilmli bo‘lganligi sababli uning ovozasi Hindistonga ham yetib boradi va u hindlarga ikki yil ilm o‘rgatadi. Bu xizmatlari evaziga hind podshohi Nodir Devonbegiga juda benazir va qimmatbaho ikkita gavhari shamchiroq tuhfa etadi. O‘z vataniga qaytar ekan, Nodir Devonbegi Afg‘onistongan ham kirib o‘tadi. Ajib gavhari shamchiroqni ko‘rgan afg‘on shohi Nodirbekka bu qimmatbaho toshlarni sotishni taklif etadi. U esa rozi bo‘lmaydi. Nodirbek Buxoroga shod-xursand qaytib keladi, uning xizmatlarini munosib baholagan Imomqulixon vazirga o‘z qizini uzatadi.

Bu davrda savdo ishlari gullab-yashnagan edi. Karvonlar Rossiya, Eron, Xitoy va Hindistonga qatnar, ular Buxoro orqali hatgo, G‘arbiy Ovrupoga ham yetib borgan edi. Buxorolik ustalar tayyorlagan, qimmatbaho toshlar qadalgan va oltin, kumushdan qoplama naqshlar tushirilgan shamshir, pichoq, qalqon, dubulg‘alar juda mashhur bo‘lib, shu sababli Imomqulixonning ham mavqei oshgan edi. Uning davrida yirik suv inshootlari qurildi. Eskilari qayta ta’mirlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ancha yaxshilandi. Imomqulixon davrida masjid-madrasalar qurilishiga, fan va san’at sohasiga ham katta e’tibor qaratildi. U Madina shahrida chorbog‘, Ka’baga kiraverishdagi darvozalardan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog‘och zina qurdirganligiga tarix guvoh.

Nodir Devonbegi mana shu xayrli ishlarning bevosita ishtirokchisi sifatida xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan kishilardan edi. Biroq bir g‘am vazirni ich-ichidan kemirar, na tunda va na kunduzi unga tinchlik bermas edi: u farzandsiz edi. Bir kuni saroyda parvonachi o‘g‘lining to‘yi katta hashamat va dabdaba bilan o‘tdi. Boshqa ayollar qatori to‘yda qatnashgan Devonbegining rafiqasi uyiga juda ma’yus qaytib, dilidagi g‘amni Nodirbekka to‘kib soldi: Mana, oila qurganimizga o‘n yil bo‘lay deyapti, biroq farzand ko‘rmadik. O‘zgalar vafotidan keyin orqasidan farzandi qolib, ularning chirog‘ini yoqadi. Biz-chi?! Na orzu-havas qildik, na farzand ko‘rdik… Shuncha mol-dunyo kim uchun?! Bizdan keyin kim, nima qoladi?!

Devonbegining yarasiga tuz sepilgandek bo‘ladi. Tun bo‘yi mijja qoqmay chiqdi. Ertalab Afg‘oniston safari taraddudini ko‘ra boshlaydi…

Nodir Devonbegining ilmidan boxabar Afg‘on shohi uni zo‘r ehtirom bilan kutib oladi. Nodirbek shohga:

Siz mendan gavhari shamchiroqni sotib olmoqchi edingiz. Men roziman, – deydi.

Benazir, qimmatbaho tosh evaziga afg‘on shohi unga katta miqdorda oltin beradi va Nodirbek Buxoroga qaytadi. O‘z sohasining peshqadamlari sifatida nom qozongan usta-me’morlarni yig‘ib, Ko‘kaldosh madrasasi oldida hovuz, xonaqoh va Madrasa bino etishni buyuradi. Shunday qilib, 1620 yilda hovuz va xonaqoh quriladi. Bu hovuz shahardagi eng katta hovuzlardan biri bo‘lib, 36 m. x 45,5 m. hajmga ega, chuqurligi esa 5 metrdir.

Buxoro shahrining Shohrud arig‘i bo‘ylab borsangiz, chap tomonda xonaqoh va o‘ngda 1622 yilda barpo etilgan Nodir Devonbegi madrasasi joylashgan. Ular orasida esa hovuz bunyod etilgan. Madrasa va xonaqoh o‘rtacha kattalikda, oddiy shaklda qurilgan bo‘lsa-da, hovuz, xonaqoh va Madrasa, ya’ni Labi Hovuz ansambli birgalikda ajib salobat va go‘zallik kasb etadi.

Madrasaga kiraverishda, darvozaning yuqori va yon qismlarida nafis mozaika yordamida quyoshga intilayotgan afsonaviy semurg‘ qushlari mohirona aks ettirilgan.

Labi Hovuz ansambli bitgach, erta tongda, shudring hali maysa va barglarni tark etmagan, oftob o‘z xobgohidan erinib bosh ko‘tarayotgan bir pallada Nodir Devonbegi o‘z rafiqasini olib, sayrga chiqadi va qurilgan binolarni ko‘rsatib, shunday deydi:

Siz menga, bizdan keyin kim, nima qoladi, degan edingiz. Bizdan keyin yaxshi nom va bir benazir gavhari shamchiroq qiymatiga bunyod bo‘lgan mana shu go‘zallik qoladi.

Mana, bir necha asrki, tadbirkor inson Nodir Devonbegi sa’y-harakati bilan bunyod bo‘lgan Madrasa shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. Labi Hovuz qariyb to‘rt asrdan buyon buxoroliklar va shaharga tashrif buyuradigan sayyoh hamda mehmonlar hordiq chiqaradigan ajoyib maskan bo‘lib xizmat qilmoqda.

Muhammad Nodir Mirzo Tog‘oy ibn Sulton – Nodir Devonbegi Samarqandda ham qator xayrli ishlarni qilgan: bir qancha inshoot va binolar qurdirib, shaharning ko‘rku salobati oshishiga hissa qo‘shgan. Jumladan, shahardan 4 chaqirim g‘arb tomonda Namozgoh binosini bunyod ettirgan. 1632-1635 yillarda shahardan 8 chaqirim janubi-g‘arbda me’morchilik san’atining gultoji hisoblangan Sherdor madrasasini qurdirgan. Binolar peshtoqiga Turkiston viloyatining qoplonsimon sher va kiyiklari rasmi ishlangan.

Shunday qilib, Samarqand tarixida bir davrda ikkita Sherdor madrasasi: oldin Registon markazida Sherdori Darun, ya’ni ichki Sherdor va keyinrok shahardan tashkarida Sherdori berun, ya’ni tashqi Sherdor bunyod etilgan. Sherdori darunning me’mori usto Abdul Jabbor bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra, Sherdori berun madrasasini bunyod etishda ham u boshchilik qilgan. Nodir Devonbegi qurdirgan Sherdori berun madrasasi Samarqandlik usta-me’mor A.Hakqulov rahbarligida 1977 yilda qayta ta’mirlangan.

Mazkur inshootlar bugungi ko‘hna shaharlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, yurtimizning nodir ajoyibotlari sifatida e’tirof etib kelinmoqda.

Nodir devonbegi madrasasi – Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixoning vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn Sulton) qurdirgan (1622—23).

Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro) Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‘ralgan. Hujralarga o‘ymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‘rnatilgan. Hovliga pishiq g‘isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtog‘i o‘ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‘simliksimon naqshlar orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‘uning o‘tlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungo‘shasi buramasimon. Peshtog‘ining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldasta ravoqlardagi naqshlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan. Madrasa tarhi 52×49 m, hovli 34 xZO m. Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. bir necha marta ta’mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‘qotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining sa’yi harakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolandi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Poyi Kalon ansambli

Buxoro - Poyi Kalon ansambli

Buxoro shahrining Poyi Kalon ansambli butun dunyodan tashrif buyuradigan mehmonlar e’tiborini jalb qiladigan manzil hisoblanadi. Mo’g’ul davridan ancha ilgari, XII asrda barpo etilgan Kalon Minorasini deyarli hamma joydan ko’rish mumkin. XVI asrda uning yonida Masjidi Kalon va ro’baro’sida Miri arab madrasasi qurilgan. Musulmon bayramlarida minora tepasidan muazzinning solih musulmonlarni namozga chorlovchi ovozini eshitish mumkin edi. Qadim zamonlarda kechasi minora tepasida yoqilgan olovni uzoq-uzoqlardan ko’rish mumkin bo’lgan. Hozir, xuddi ilgari paytdagidek, minora eski shahar tepasida turibdi.

Minora o’zining uygun shakllari va aniq chiziqlari bilan uzoqdan sizning e’tiboringizni tortadi. Agar siz minorani ko’rish sharafiga muyassar bo’lsangiz, uning aniq proporsiyalari va chiroyli terilgan g’ishtiga maftun bo’lasiz. Masjidi Kalon Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O’rta Osiyodagi ikkinchi eng katta masjid. Musulmon bayramida masjidga 10 ming kishi sig’ishi mumkinligi o’z isbotini topgan. Masjidning usti ochiq yirik hovlisi, uning ajoyib peshtoqlari va usti yopiq ayvonlari unutilmas taassurot qoldiradi. Masjidi Kalon ro’parasida joylashgan Miri Arab madrasasi proporsiyasi va simmetriyasi tufayli o’zidan keyin qurilgan masjidlar uchun hamisha namuna vazifasini o’tagan. Bo’lg’usi imomlar ta’lim olgan Miri Arab madrasasi ko’p yillar davomida sobiq sho’rolar ittifoqi davrida amal qilgan yagona madrasa bo’lgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Qo'sh Madrasa

Buxoro - Qo'sh Madrasa

Buxoro shahridagi Qo’sh Madrasa me’moriy obidasi Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xo’ja Muhammad ibn Abdulxayrxon; 1534 yilda Samarqand, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘ida tug’ilgan – 1598 yilda Buxoro yaqinidagi Bahovuddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining Shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi.

Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi.

Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.

Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan Qo’sh Madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.

Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet elllik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan.

Me’moriy obida UNESCO xalqaro tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy kafolatidir

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Sayid Amir Kulol maqbarasi

Buxoro - Sayid Amir Kulol maqbarasi

Sayid Amir Kulol maqbarasi Buxoro shahridan 25 km shimolda joylashgan Suxar qishlog‘ida joylashgan. U so‘fichlik maktabi nufuzli ruhoniysi, mashhur tasavvuf ilmining olimi Xo‘jagan Amir Kulolning (1281-1370) qabri o‘rnida qayd etilgan (Shaxrisabzga dafn etilgan uning zamondoshi Shayx Shamsiddin Kulol bilan adashtirilmasin) bo‘lib, eski an’analarga ko‘ra Amir Temurning diniy homiy bo‘lgan.

Qissalardan biriga, shuningdek, apokrifik asar “Malfuzat-i/Tuzukat-i Temuri»ga ko‘ra, Amir Kulol Amir Temurga fotiha bergan va unga buyuk kelajakni bashorat qilgan. Tabarruk inson haqidagi bunday tasavvur va uning o‘quchisi Baxouddin Naqshbandiyning sharafi Amir Kulolning dafn joyining dongdor bo‘lishida xizmat qildi. Shunday bo‘lsada, uning qabri tepasida bir nechta aytarli binolar barpo qilinmagan. Sovet davrida bu joylar tashlandiqqa aylangan. XIX asr boshlarida masjid butunlay buzib tashlangan.

Mustaqillik davrida Kogonlik dindorlar va Nakshbandiy-Mudjaddidiyning tashabbusi bilan Amir Kulol dafn etilgan joydan uzoq bo‘lmagan yerga ko‘rimsiz maqbara ko‘tarilgan. Shu bilan birga, avliyoning aniq ko‘milgan joyi belgilanmagan. 2008 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan avliyoning aniq dafn etilgan joyi aniqlangan va 6 ga maydon atrofiga ikkiqavatli maqbara bunyod etilgan. Asosiy ko‘milgan hujrasi ko‘fiychilik yozuvlari bilan ziynatlangan, ikkinchi bino esa shakldor g‘ishtlar bilan bezatilgan bo‘lib, ranglar va soyalar antiqa o‘yinini aks etadi. Bir vaqtning o‘zida masjid darvozalari, ibodat joylari va tahorat uchun sakkizqirrali hovuz hamda 10,5 metr balandlikdagi minora o‘rnatilgan. Atroflariga pishgan g‘ishtdan yo‘laklar va marmardan zina-poyali bog‘ barpo etilgan. Darvozaning yog‘ochdan bezatilgan tasmalari buxorolik ustalar tomonidan o‘yma naqshlarda bezatilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Sitоrаi Mоhi Хоssа

Buxoro - Sitоrаi Mоhi Хоssа

Sitоrаi Mоhi Хоssа saroyi Buxoro amirligining mang‘it sulolasiga mansub amirlari Amir Nasrullo (1826-1860), Amir Muzaffar (1860-1885), Amir Abdulahad (1885-1910), Amir Olimxon (1910-1920)lar tomonidan qurilgan.

Amir Nasrullo Amir Haydarning uchinchi o‘g‘li – Buxoro taxtiga 1826-yilda chiqqan. U 1837-yili 40 mingdan iborat muntazam qo‘shin va 2,500 dan iborat to‘pchilar qo‘shiniga Rossiyadan mutaxassislar jalb qilgan. 1856-yilda Buxoro amirligi uzoq vaqt bo‘ysunmagan Kitob, Shahrisabz bekliklarini bo‘ysundirdi.

1860-1885-yillar hukmronlik qilgan Amir Muzaffar Nasrulloning katta o‘g‘li. Uning davrida Buxoro amirligi Rossiya protektoratligiga aylandi. Amir Abdulahad davrida me’moriy inshootning katta qismi bunyod etildi. Uning Kavkazda, Qrimda va Sibirda saroylari bo‘lgan.

Amir Olimxon 1910-yili taxtga chiqqan va 1920-yil uning taxtdan tushishi bilan Buxoro amirligi tugatildi. Amir Olimxon davrida Sitоrаi Mоhi Хоssаning qurilishi yakunlandi. U 1944-yil vafot etgan.

Sitorai Mohi Xosaning qurilishi XIX asrning o‘rtalarida boshlangan va 1914-yilda qurib bitkazilgan. U Buxoro shahri markazidan 2,5 km janubda, Buxoro tumani bilan chegaradosh hududida joylashgan.

Sitоrаi Mоhi Хоssа saroyining qurilishi yangi tarix davriga, Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining protektoratligi davriga to‘g‘ri keladi.

Me’moriy inshootning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan: g‘isht (xom va pishgan), faner, yog‘och ayniqsa tut va yong‘oq daraxti, marmar, oyna, tunuka, tosh, cho‘yan, temir va boshqalar.

Uning dastlabki imoratlari Amir Nasrullo hukmronligi davri (1826-1860-yillar) qurilgan. Biroq bu yerda saroy va hushmanzara bog‘ barpo etish Amir Abdulahadxon hukmronligi davrida (1885-1910-yillar) boshlangan. Amir Olimxon hukmronligi davrida (1910-1920-yillar) yangi saroy tiklangan va shu davrdan boshlab saroy kompleksi yangi va eski saroyga ajratilgan.

Eski saroy uch hovlidan va ko‘pgina xonalardan iborat ansambldir. Bu yerdagi eng eski xona Amir Muzaffarxon mehmonxonasi (1860-1885-yillar) keng va baland zal, ikki tomonidagi boloxonali ayvonlar, yevropacha eshik va derazalar bilan ajralib turadi. Mehmonxonaning devoriy rasmlari va ranglarida motivlar uyg‘unlashtirilgan.

Uch qismga bo‘lingan kvadrat xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon zali boshqacharoq ishlangan. Bir-biriga ro‘para joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan ikkita zal o‘rtadagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning g‘arb tomonida taxt o‘rnatilgan. Abdulahadxon va Muzaffarxon zallarining badiiy bezaklarida o‘xshashlik tomonlari juda ko‘p.

Eski Sitorai Mohi Xosaning sharq tomonida Amir Olimxon hukmronligi davrida qurilgan bosh qarorgoh alohida me’moriy ahamiyatga ega. Unga koshin va rangli shisha bilan bezatilgan tantanavor peshtoq – muhtasham toqli darvoza orqali kiriladi. Bu kompleksni tiklashdan avval Buxoroning eng yaxshi ustalari Rossiyaga rus me’morlarining tajribasini o‘rganish uchun yuborilgan. Shundan keyin Xoja Hofiz rahbarligidagi buxorolik ustalar kuchi bilan hovlining janub tomonida ansamblning birinchi binosini tiklashga kirishgan. Qurilish rus injenerlarinig nazoratida bo‘lgan. Bosh binoni barpo etish jarayonida Yevropa bilan Isfagan saroylari arxitekturasi va Buxoroning boy turar-joylari binolarining me’moriy yechimlaridan foydalanilgan. Bino chiroyli me’moriy yechimga ega, biroq sintez ishi sohasida uncha tajribaga ega bo‘lmagan ustalar uchun murakkab bo‘lganligi sababli, binodagi tron zali antresol va arkalar bilan tig‘izlashtirib yuborilgan.

Ushbu binoga kiraverishda eshikning ikki tarafiga o‘sha vaqtda hali unchalik tajribaga ega bo‘lmagan nuratolik ustalar tomonidan marmardan tayyorlangan sherning haykali o‘rnatilgan. Biroq keyinchalik katta tajriba ega bo‘lgan o‘sha ustalar kompleksdagi hovuzning suv tushishi uchun mo‘ljallangan marmar novalarni kam-ko‘ssiz tayyorlab berganlar.

Hovlining ikkinchi tomoniga, bu bino bilan yonma-yon, unga tik qilib g‘arb tomonda 1912-1914-yillarda katta badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan noyob Oq zal qurilgan. Bu zal va uning dahlizi buxorolik ustalar tomonidan milliy uslubda ko‘rkam ishlangan. Oq zal ganchkorlik va ganch o‘ymakorligi san’atining eng so‘nggi yutuqlari asosida usta Shirin Murodov rahbarligida 25-30 ta qo‘li gul ustalar tomonidan ikki yil davomida ajoyib qilib ishlangan.

Bino ichi noyob me’moriy yechimga ega. Oq zalning intererini bezatishda o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan eng yaxshi tajribalar o‘z aksini topgan. Devor va shiftlarda panno ko‘rinishidagi oynalar ustida ishlangan ganchkorlik mahsuli kishi ko‘zini qamashtirib yuboradi. Ishlatilgan oynalar devor va shiftda bejirim bezaklar ostidagi fon vazifasini bajargan.

Yangi saroy “P” shaklida bunyod etilgan. Saroy rejasida, bezak va jihozlarida Sharq va yevropacha uslublar ma’lum darajada uyg‘unlashgan. 1917-1918-yillarda zinali hovuz barpo etilgan, u ansambl me’morchiligida katta ahamiyat kasb etgan.

1917-1918-yillarda hovlining uchinchi – shimol tomonida hovuz oldida yevropacha uslubda ishlangan peshayvonli bino qurilgan. Demak, me’moriy kompleksni barpo yetishda aralash, milliy va yevropacha usullardan foydalanilgan.

Sitorai Mohi Xosaga kiraverishda tashqi hovli, uning janubiy-g‘arbiy tomonida kichik hovlili xazinaxona, janubiy-sharqdagi qarama-qarshi burchakda yozgi dam olish joyiga kiriladigan darvoza bor. Yozgi dam olish joyi bog‘ning to‘rida bo‘lib, bino kichik hovli va hovuzchaga ega. Dam olish joyining atrofi baland imorat bilan o‘ralgan bo‘lgan. Bino assimetrik yechimda milliy tusda chiroyli ishlab chiqilgan.

Me’morchilikning keyingi tarixi Markaziy Osiyo, Turkiston, shu jumladan, Buxoroni ham rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Avvalo, ularning manfaatini ko‘zlovchi ba’zi bir inshootlar qurilgan. Temir yo‘l, 20 tacha kichik paxta tozalash zavodlari va boshqalar shular jumlasidandir.

O‘sha davrda Buxoroda bir necha norozilik harakatlari bo‘lib o‘tgan. Ana shundaylardan biri 1919-yilda yuzaga kelgan. Biroq, 1920-yil 2-sentabrda rus qo‘shinlari tomonidan amirlik qulatilgan. Buxoro amirligining 16 vagon oltin, kumush va shunga o‘xshash boshqa qimmatli buyumlari tashib ketilgan.

Rossiya tomonidan Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tashkil qilingan. 1921-yil 14-martda BXSR bilan Rossiya o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi va iqtisodiy kelishuv imzolangan.

Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Amir bu yerdan yozgi dam olish maskani sifatida foydalangan. Bundan tashqari Amir chet el elchilarini va rus vakillarini shu yerda qabul qilgan.

Me’moriy inshoot g‘arb va Sharq me’morchiligi asosida qurilgan. Oq zalning qurilishida yevropacha qurilish uslubi ustunlik qiladi.

Bugungi kunda inshootning ta’mir talab qismlari qayta rekonstruksiya qilingan. Inshootning kirish joyida xalq amaliy san’ati namunalari bo‘lgan buyumlar savdo rastasi mavjud. Hovlida esa tovuslar, Oq zalda amirlik huzurida bo‘lgan chet el elchilarining billur vaza, qimmatbaho gilamlar, guldonlar kabi sovg‘alaridan iborat.

O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Sitоrаi Mоhi Хоssа saroyi ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Ulug‘bek madrasasi

Buxoro - Ulug‘bek madrasasi

Buxoro shahrida joylashgan Ulug‘bek madrasasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan. U Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‘lib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan.

Madrasa qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggiga to‘g‘ri keladi. U XV asrning birinchi choragida, ya’ni 1417-yilda qurib bitkazilgan. Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro shahrining eski shahar qismida, Abdulazizxon madrasasi ro‘parasida bunyod etilgan.

XV asrning birinchi choragida Movarounnahrda Temuriylar o‘rtasida taxt uchun kurash kuchayib ketdi. Movarounnahr va Xurosondan tashqari barcha hududlar Temuriylar qo‘lidan chiqib ketdi. Me’moriy obidaninng qurilishida guvala va paxsadan tashqari xom va pishiq g‘isht, yog‘och (tut va yong‘oq daraxti)lardan keng foydalanilgan.

Me’moriy inshootdagi (dizayn) ustunlar, derazalar, devorlar ganch o‘ymakorligi asosida ishlangan. Shiftlar g‘isht o‘ymakorligi asosida naqshlangan. Bosh tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtoqida bo‘lib, unda sirkor g‘ishtchalardan tashqari, rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Hovlining shimoliy va janubiy tomonlari qisqaroq ko‘rinishga ega bo‘lib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang va sirkor g‘ishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvoqli. Madrasa 53 metrga 41,6 metrni tashkil etadi. Masjid 15,5 metrga 5,5 metrni tashkil etadi. Darsxona esa 5,5 ga 5,5 metrni tashkil etadi. Madrasa eshigining tabaqalariga arab yozuvida “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” deb yozib qo‘yilgan. Bundan tashqari peshtoqda Amir Temur davrida Erondan keltirilgan ustaning avlodi Ismoil ibn Tohirning nomi ganchkor va turli bezaklar asosida yozilgan nasta’liq xatida saqlanib qolgan. Naqshlarida yulduzsimon bezaklar ko‘p va ayvon ustunlari zarhallangan.

Me’moriy inshoot Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan gumbazsimon, arkli, to‘rtburchak va “Chor” uslubda qurilgan.

Madrasaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, u balandligi jihatidan Buxorodagi boshqa madrasalarga qaraganda pastroq va hujralarining ko‘pligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan dastlabki madrasadir. Madrasaning boshqa madrasalardan farqi shundan iboratki, uning ikki chetida minoralar mavjud emas. Xonaqoh pesh ayvonlari esa 8 tani tashkil qiladi.

Bugungi kungacha me’moriy obida atroflarida bog‘lar tashkil qilingan. Bizgacha Ulug‘bek madarasasi ancha o‘zgargan holda yetib kelgan. 1950-1970 va 1990-1996-yillarda ta’mirlangan. Madrasaning ta’mir talab yerlari qayta rekonstruksiyadan chiqarilgan. Madrasa ko‘chasiga esa o‘rta asr uslubida toshlar yotqizilib, yo‘llar hosil qilingan. Hozirgi kunda madrasa ochiq osmon ostidagi muzey sifatida chel el sayyohlari hamda O‘zbekistonlik milliy madaniy merosga qiziquvchilarning ziyoratgohiga aylangan.

O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ulug‘bek madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.

Me’moriy inshoot rivojlangan va so‘nggi o‘rta asrlarning eng yirik ta’lim muassasasi bo‘lgan. Abdullaxon II davrida Jo‘ybor shayhi Xoja Sa’d tomonidan (1586) butunlay qayta tiklangan va yirik madaniyat va ma’rifat maskani vazifasini o‘tagan. Manbalarda aytilishicha, Ulug‘bek 1419-yil 28-noyabrda madrasaga tashrif buyurgan va ta’lim olayotgan talabalarga in’omlar ulashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Vobkent minorasi

Buxoro - Vobkent minorasi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan Vobkent minorasi Qoraxoniylarning Boxorodagi noibi Sadr Burhoniddin Abdulaziz II tomonidan bunyod etilgan.

Sadr Burhoniddin Abdulaziz II Qoraxoniylar davridagi amaldorlardan biri. Tug‘ilgan yili ma’lum emas. 1199-yil G‘ijduvonda vafot etgan. XII asrda Qoraxoniy hukmdorlari ham islom dinini qabul qilgan bo‘lib, diniy yer-mulklarga ham e’tibor Somoniylar davridagi darajaga ko‘tarilgan. Burhoniddin Abdulaziz XII asrning so‘nggi choragida Buxoro shahrida sadr – vaqf yerlarining boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan va Abduxoliq G‘ijduvoniyning muridlaridan biri bo‘lgan, Vobkent minorasi ham G‘ijduvoniy tashabbusi va mablag‘i evaziga qurilgan.

Rus tadqiqotchisi I.I.Ulyanovning ma’lumotlariga qaraganda, Sadr Abdulaziz II Abduxoliq G‘ijduvoniyning taklifi bilan bu yerda dastlab, 1190-yillarning boshida masjid qurdirgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida masjidning kattaligi 22/18 metrni tashkil qilganligi aniqlandi. 1196-yilda masjidning chap yonida muazzin azon aytishi uchun minora qurilishi boshlanadi va 11 oyda uning qurilishi yakunlanadi. XVI asrda, shayboniylar hukmronligi davrida masjidning o‘ng tomonida madrasa quriladi. XX asrning boshlarida esa eng dastlabki inshoot hisoblangan masjid buzilib ketgan.

Minora rivojlangan o‘rta asrlar davrida, 1196-1197-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. Uning qurilishida har xil o‘lchamdagi pishgan g‘isht, tosh, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Inshoot O‘n ikki qirrali supa asosga o‘rnatilgan g‘o‘la (quyi qismining diametri 6,19 m., yuqori qisminiki – 2,81 m.) shaklida rangdor, pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud bo‘lgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Bo‘rtma naqshli 10 belbog‘ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga o‘xshamaydigan qilib g‘isht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II)ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66 m), g‘isht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi g‘isht panjara bilan to‘silgan. Minoraning tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatdan Minorai Kalonga o‘xshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida qolgan, qurilgan paytida uning balandligi 2,3 m bo‘lganini arxeologik tadqiqotlar ko‘rsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 metr.

Minora Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, minora uslubida bunyod etilgan. 2004-yil minora qafasasining tepa qismi yopildi va hozirda minora yonida saqlanib qolgan madrasa mahalliy aholining e’tiqodi uchun masjid vazifasini o‘tab kelmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Xo'ja Zayniddin majmuasi

Buxoro - Xo'ja Zayniddin majmuasi

Buxoro shahridagi Xo’ja Zayniddin majmuasi 1555 yilgacha qurilgan. Bu erda ko’cha va mahalla me’moriy dizayni manfaatlarini hisobga olgan holda madaniy-monumental va jamoat shahar qurilishining mintaqaviy mazmuni bilan tanishish mumkin.

Masjidning markaziy gumbazli binosining ikki tomoni turar-joy joylashgan joyiga mos ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, unga ayvon (saroyning eng muhim qismi, ya’ni auditoriya) va katta bino ulangan. Tosh plitalardan bilan mustahkamlangan hovuz bu hudud aholisi va masjidlarga tashrif buyuruvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlagan.

Janubi-sharqiy burchakda, suvga zinapoyadan chiqishda, marmardan o’yilgan, bezaklar va epigrafiya bilan bezatilgan ajdarning og’zi shaklida ishlangan toshlar bor edi.

Xo’ja Zayniddin majmuasiga tegishli bo’lgan islomiy binolarning turi xonaqoh-masjid deb ataladi.

Xonaqoh masjidining o’ziga xos xususiyati gumbazli markaziy bino bo’lib, u so’fiylar tomonidan diniy marosimlarida musiqa asboblari bilan xor qo’shiqlarini kuylashlarida qo’llanilgan.

Masjid va xonaqohning birlashishi, aslida klassik islom va tasavvufning birlashuvining ramzi bo’lib, so’nggi o’rta asrlarda keng nishonlangan. Masjid-xonaqoh majmualarida ko’pincha bir nechta xonalar mavjud bo’lib, ular turli funktsiyalarni birlashtirishga imkon berdi (masjidning o’zi, xonaqoh, qisman madrasa, mozor (qabr) va boshqalar).

Majmuaning diqqatga sazovor joylaridan biri bu masjidning tashqi joylaridan birida joylashgan “Xo’ja-Turk” deb nomlangan mozor bo’lib, u ikki tayoq (tortma) bilan qabrga o’xshaydi.

Ushbu qabrning dizayni Qur’onning mumtoz an’analarini o’z ichiga oladi, unga ko’ra hatto hukmdorlar ham hashamatli maqbaralarda emas, balki kamtarona ochiq osmon ostida, g’isht devori va portalga kirish joyi bo’lgan xozir hovlisida ko’milgan.

Ularda dafn qilish sagan – kemerli sarkofagda yoki dakmada – to’rtburchaklar shaklidagi tosh ko’mish platformasida joylashgan. Maqbaralar asosan Temuriylar davrida qurilgan.

Shayboniylar davrida maqbaralar qurilishi taqiqlangan va ular faqat 17-18 asrlar boshlarida tiklana boshlagan. Binoning janubiy qismi, xuddi mo’minlarni qabul qilib, ularni soyali yo’laklar orqali masjid soyasiga tortib olganday, chuqur joydan, o’ziga xos ochiq portikadan iborat.

Bu erda hech narsa kundalik hayotga o’xshamaydi, chunki masjidning ajoyib boyligi va hashamati dindan tasalli izlayotgan odamlarning qashshoqligi va mahrumligi bilan keskin farq qiladi.

Chizma (hozirda qizg’ish ko’k, ilgari zarhallangan yoki oltin rangdan iborat) kundal texnikasi yordamida o’tmishda qo’lga kiritilgan g’ayrioddiy effektni ozgina ifodalaydi.

Biroq, hozir ham Buxoro shahridagi Xo’ja Zayniddin majmuasi ichki qismidagi osmon-ko’k va to’q sariq-qizil ranglarning rang palitrasi kuchli taassurot qoldirmoqda. Alohida to’rtburchaklar maydonlarga bo’linib, geometrik shakllar, naqshinkor kartoshkalar va boy rang naqshlari bilan nafis arkalar bilan to’ldirilgan masjidning ajoyib va ​​mozaikali paneli.

Ayvonlar ikki tomonning masjidining asosiy gumbaziga tutashgan, uning me’moriy echimi chuqur an’anaviy bo’lib, feodal davridagi xalq me’morchiligining dastlabki namunalariga borib taqaladi.

Diqqatga sazovoz joylar

Buxoro - Xo‘ja Govkushon ansambli

Buxoro - Xo‘ja Govkushon ansambli

Buxoro shahridagi Xo‘ja Govkushon ansambli so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki bosqichida, shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.
Uning bunyod etilishda har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht, yog‘och, loy, tosh, tunuka va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Govkushon madrasasi va masjidning o‘rtasidan Shohrud arig‘i o‘tgan. Lekin bu ariq 1930-yillarda ko‘milib ketgan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli hujralar va mezana mavjud. Peshtoqning g‘arbidagi ravoq ustidagi qanosi o‘simliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, o‘ngda xonaqoh-masjid (darsxona) bor. O‘rtadagi hovli (25×35 m)ning to‘rt tomoni hujralar bilan o‘ralgan. Xo‘ja masjidi kirish peshtoqi, hovli atrofi g‘ishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (19,5 m)ga masjid tomidagi ravoqli ko‘prik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi g‘ishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bag‘ishlaydi. Govkushon madrasasi Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, naqshdor, “Chor” uslubida ishlangan.

Madrasaning nomi boshqa madrasalardan tubdan farq qiladi. Madrasa mahalla nomi bilan bog‘liq. Bundan tashqari Govkushon degan qassoblar bozori va mahalla bo‘lgan. Mustaqillik yillarigacha va mustaqillikdan so‘ng me’moriy obidaning ta’mir talab qismlari qayta tiklandi. Madrasa atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Chet el sayyohlari va yurtimiz ziyoratchilarning sayilgohiga aylangan.

1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Xo‘ja Govkushon ansambli ham qayta ta’mirdan chiqdi. UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” qabul qilingan qonunlar me’moriy obidaning huquqiy kafolatidir.

Diqqatga sazovoz joylar
Nurota - Chashma

Nurota - Chashma majmuasi

Nurota - Chashma majmuasi

Nurota hududida joylashgan muqaddas Chashma majmuasi minglab musulmonlar va chet el sayyohlari ziyorat qiladigan muqaddas joydir. «Chashma» so’zi tojikchadan tarjima qilinganda «muqaddas buloq» degan ma’noni anglatadi.

Ushbu tarixiy kompleks «Chilustun» jome masjidi, buloq(Chashma), Panjob (Beshpanja) qudug’i, «Panjvaqta» masjidi (Katta Gumbaz), Shayx Abul Husan Nuriy maqbarasi va Nur qal’asini o’z ichiga qamrab olgan.

Muqaddas «Chashma» bulog’i minglab musulmonlar va chet el sayyohlari ziyorat qiladigan muqaddas joydir. «Chashma» so’zi tojikchadan tarjima qilinganda «muqaddas buloq» degan ma’noni anglatadi.

Nuratoliklarning aytishlaricha, 40ming yil avval xuddi shu joyga osmondan meteorit tushgan ekan va u yuz kun davomida o’zidan nur taratib turgan ekan. Meteoritning tushishi natijasida krater hosil bo’lgan va shifobaxsh xususiyatga ega muqaddas buloq paydo bo’lgan. Nurato shahrining nomlanishi aynan ana shu hodisa bilan bog’liq degan fikrlar mavjud. Shu yerning tub aholisi ushbu hodisaga ilohiy kuch deya qarab, «Olloh bizga nur ato etdi!» deb o’ylashgan. Bu yerning paydo bo’lishb tarixi qadim zamonlarga bori taqaladi. Muqaddas buloq yonida «Nur» qal’asi qoldiqlari saqlanib qolgan.

IX asrda «Chashma» hududida «Chilustun» masjidi qurilgan va u Amir Temur hukmronlik qilgan davrda ya’ni XVI asrdaqayta qurilgan. Masjid muqaddas buloq yonida qurilgan. Unda silindrsimon derazalardan iborat gumbaz shaklidagi quyosh soati mavjud. U masjidning qoq o’rtasida joylashgan. Bundan tashqari masjid qurilishida yog’och o’ymakorligi san’atidan va boshqa O’rta Osiyo milliy bezak namunalaridan mohirlik bilan foydalanilgan.

«Chilustun» masjidi yonida «Panjvaqta» masjidi joylashgan. Bu masjid 1570-1582- yillarda qurilgan. Ma’lumki, masjid qurilishi Buhoro amiri Abdullaxon II buyrug’i bilan boshlangan. Bugungi kunda masjid binosi ikki yoqlama ayvonli katta gumbazdan tashkil topgan. Barcha ustunlar tut va qayrag’och daraxtidan qilingan, asosi esa marmar toshdan iborat. Gumbazning ichki qismi qadama naqsh san’atining ajoyib va betakror namunalari bilan bezatilgan. Ammo ulardan faqat geometrik shakldagilari saqlanib qolgan.

Shayx Abul Husan islom dini targ’ibotchisi bo’lgan. U soddaligi, kamtarligi va Qur’oni Karimni chuqur o’rganganligi bilan xalqning hurmatiga sazovor bo’lgan. Aynan shuning uchun vafotidan keyin muqaddas Chashma yonida dafn etilgan.
Endi esa asosiy diqqatga sazovor joyga fikrimizni qaratamiz. Bu joy albatta muqaddas Chashma bulog’idir.

«Chashma» oddiygina buloq emas, uning doimiy temperaturasi 19.5°C ni tashkil qiladi. Bundan tashqari buloqning suvi foydali minerallar va tuzlar bilan to’yinganligi odamni hayratga soladi. Mikrobiologlarning aytishicha, bu muqaddas suv o’zida 15 xil foydali mikroelementlarni mujassamlashtirgan. Ushbu mikroelementlar insonni tinchlantirish va uning tanasiga ijobiy ta’sir qilish xuxusiyatiga ega ekan.

Qizig’i shundaki, muqaddas buloq suvida tog’ daryolari va irmoqlarida uchraydigan Qorabaliqlar suzib yuradi. Buloqdan qorabaliqlar bilan g’ij-g’ij to’lgan suv kanal orqali oqib o’tadi. Aholi orasida ushbu baliqlar oddiy baliq emas, balki ilohiy baliqlar bo’lib, ularni yeyish mumkin emas degan afsona mavjud. Agar kimdir bu baliqlarni o’ldirsa yoki ovlab yeyishga jur’at qilsa u albatta tuzalmas kasallikka duchor bo’lib, vafot etarkan yoki uning butun badanini oq dog’lar qoplarkan.

Buloq yonida «Panjob» yoki «Besh Panja» qudug’i joylashgan. Quduqqa suv beshta ariq orqali yer osti daryolaridan kelib tuwadi va bu suv quduqdan «Chashma» ga oqib o’tadi. Quduq chuqurligi 7.5 m ni tashkil qiladi. Agar diqqat bilan e’tibor qiladigan bo’lsak, quduq ulkan qo’l panjasi shaklidaligini ko’ra olamiz.

Diqqatga sazovoz joylar
Nurata - Nur Qal'asi

Nurota - Nur qal‘asi

Nurota - Nur qal‘asi

Nur qal’asi Nurota tumanidagi muqaddas “Chashma” yonida joylashgan qadimiy tarixiy yodgorlikdir. Salnomalarda aytilishicha bu qal’aning eskicha nomlanishi “Nuri Buxoro” ya’ni so’zma so’z tarjima qilinganda “Buxoro yog’dusi” degan ma’noni anglatadi.

Tarixchilarning aytishicha, bu qal’a miloddan avvalgi bir necha asrlar oldin qurilgan.

Bu qal’a haqidagi dastlabki ma’lumotlarda miloddan avvalgi 329-327 yillarga ya’ni Iskandar Zulqarnaynning bosqinchilik davrida qal’a qayta qurilgan, uning uzunligi 22 km ga kengaytirilgan deb qayd qilingan.

Nur ya’ni bugungi Nurato Navoiy shahrining shimoli-sharqida joylashgan shaharchadir. Shahar Nurato tepaligi g’arbiy tog’ tizmasining shimoliy yonbag’rida karvon yo’li ustida joylashgan bo’lib, Yettidaryo orqali Buxoro va Samarqand shaharlari shuningdek janubiy Qozog’istonni Zarafshon vodiysi bilan bog’lab turadi. U chol bilan chegaradosh mustahkam qal’alar bilan himoyalangan savdo-sotiqning tutashgan joyi va harbiy-strategik markaz bo’lgan.

Qadimiy qal’a shaharning yuqori qismida tashkil topib, uning ostida buloq joylashgan. Nurato ariqlariga suv aynan ana shu buloqdan boradi.

Qadimda nur qal’asi va Nurota shahrining atrofi mudofaa devori bilan o’ralgan bo’lgan. Bu devor deyarli kvadrat shaklida bo’lib (taxminan 7х7 km) unda shahar darvozasiga qarshi birgina shimoliy tomondan kiradigan yo’l bo’lgan.
Uning qoldiqlarini XX asr o’rtalaridagi xaritalarda ko’rish mumkin.

Nur himoya qurilmasi sifatida tarixda 1004-yilda Abu Ibrohim Ismoilning taxt uchun kurashishi davrida yodga olingan. 1220-yilda Chingizxonning Buxoro tomon otlangan qo’shini Nur qal’asiga yetib keladi. Bu qo’shinning shahar darvozasi yonida paydo bo’lishi shunchalik kutilmagan bo’lganki, hatto shahar aholisi qorong’ulikda mo’g’ul qo’shinlarini uzoqdan yetib kelgan karvon deb o’ylashgan. Keyinchalik Nur qal’asi Buxoro tomon O’tadigan darvoza bo’lib xizmat qilgan. Sohibqiron Amir Temur va boshqa hukmdorlarning qo’shinlari aynan shu yerdan o’tishgan. Tinchlik hukmronlik qilgan davrlarda esa bu darvozadan savdo-sotiq karvonlari, elchilar, sayyohlar o’tishgan.

XX asr boshlarigacha Nuratoni Buxoro amiri tomonidan tayinlangan bek boshqargan. Shaharning asosiy ko’chasi savdo-sotiq va hunarmandchilik rastalari joylashgan yopiq bozordan iborat bo’lgan. Shahar hududi zich qurilgan 4 qismdan iborat bo’lgan. Har bir qism esa uncha katta bo’lmagan guzarlardan tashkil topgan bo’lgan. Har bir guzar besh vaqt namoz o’qiladigan masjidlarni o’z ichiga olgan.

Ayrim kattaroq guzarlarda ikkitadan masjid joylashgan bo’lgan. Qal’a devor va minoralari juda ajib tarzda rejalashtirilgani odamni hayratga soladi. Qal’a devorining asosiy qismi tepalik tomonga yo’naltirilgan. Tepalik ustida esa kuzatuv vazifararini bajarishda qollaniladigan minora mavjud bo’lgan. Qal’a jami yettita minoradan tashkil topgan. Bundan tashqari chashmaga eltadigan yer osti yo’li mavjud bo’lgan. Eng qizig’i shundaki Nur qal’asida joylashgan minoralarni o’girilgan holatda tasavvut qilsak va shu bilan bir paytda yuqoridagi minorani qutb yulduzi tomon yo’naltirsak “Kichik Ayiq” yulduz turkumi maketi hosil bo’ladi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Afrosiyob muzeyi

Samarqand - Afrosiyob muzeyi

Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970 yilda tashkil etilgan bo’lib Afrosiyob shaharchasida – Samarqandning qadimiy, mo’g’illar istilosigacha bo’lgan qismida joylashgan.

Muzey ekspozitsiya zallarida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o’rtalaridan XIII asrning boshlarigacha bo’lgan shahar tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.

Samarqand ikki ming yil davomida (So’g’d yoki So’g’diyonaning) markaziy shahri bo’lib, muzeyda namoyish etilayotgan eksponatlar Samarqandning yuqori darajadagi madaniy, siyosiy, diniy va ishlab chiqarishdagi hayotini yaqqol yoritadi.

Muzeyda Samarqandning moddiy madaniyatini yorituvchi sopol, shisha, tosh, metal, suyak, korapilastika va me’moriy naqshlardan iborat boy to’plamlar saqlanadi. Bular qariyb 20 mingdan ortiq osori-atiqalarni tashkil qiladi.

Bu eksponatlarning asosiy qismi muzeyning 11 ta zalidan iborat ekspozitsiyalarida namoyish etilib, qolgan yordamchi materiallar muzey fondlarida saqlanmoqda.

Birinchi qavat ekspozitsiyasida Afrosiyob shaharchasining o’rganilish tarixi, So’g’dning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha bo’lgan tarixiy davrini eksponatlar bilan yoritgan. Muzeyning markaziy zalida So’g’d hukmdori (Ixshidi) Varxuman saroyidagi “Elchilar xonasi”ning suratlari joylashgan.

Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi munosabati bilan muzeyning ikkinchi qavat ekspozitsiya zallari to’liq qayta ishga tushirildi.

Afrosiyob qazishmalaridan topilgan osori-atiqalar asosida O’rta Osiyoda musulmon uyg’onish davri tarixi va madaniyati namoyish etilmoqda. Eksponatlar mavzusi Samarqandning IX-XIII asrlarga oid moddiy madaniyati tarixini yoritgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Afrosiyob qadimiy shahri

Samarqand - Afrosiyob qadimiy shahri

Afrosiyob qadimiy shahri hozirgi Samarqand sharining shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 gektar. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand So’gʻd manbalarida Smarakande deb atalgan. Miloddan avvalgi 4-asrda Samarqand Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida tilga olinadi. Maroqanda Smarakandening yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda Somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakande 9-asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.

11 — 15-asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 — asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.

Afrosiyob qadimiy shahri Tepaligining shimoli Siyob arigʻi bilan chegaralangan, Janub tomondan „eski shahar“ deb atalgan Samarqand shahriga qoʻshilib ketgan.

Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologik qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.

Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar qanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, ko’cha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam beradi.

Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868 yilda Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki qazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin (1905; 1912— 13)lar shugʻullanishdi. 1919 yilda M. YE. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9-asr) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 ylarda V. L. Vyatkin Afrosiyobda qazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966 yil 13 iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maqsadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob „arxeologik qoʻriqxona“ deb eʼlon qilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat universitetlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik instituti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp asrlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan bo’hronlar davri aniqlandi. Samarqand yushshdlarining shohona saroyi ochildi.

Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi 8—5-alarda So’gʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 329 yilda shahar Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 — 1-asrlarda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Miloddan avvalgi 3-asrda shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin madaniy qatlami Afrosiyobning shimolida, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak Yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaning bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shimoliy qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnaxr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari „Ixshid“, Buxoro hukmdorlari esa „Buxorxudot“ deb atalgan. 712 yilda arablar fotixi Qutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqanda Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni enggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.

9-asrning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat Somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqtisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizasiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hozirgi shahar xiyobonining janubida, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan. Tarixiy manbalarga koʻra Afrosiyobga janubdan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqli suvayirgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni „Juyi arziz“ („Qo’rg’oshin ariq“) deb ataganlar. Ariq shu erda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan.

10-asrning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida xam Samarqandda savdo, hunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaharning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220 yilda Chingizxon qoʻshinlari „Juyi arziz“ toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qirildi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha yetib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. „Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalakda suv chiqarib, kun ko’rgan, soʻng aholi bora-bora Afrosiyobni butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qadimgi Samarqand avvallari „Hisori koʻhna“, „Qal`ai Hisor“ atalib, 17-asrdan boshlab aholi orasida „Qal`ai Afrosiyob“ yoki „Afrosiyob“ deb atala boshlangan.

Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Yahyo Gʻulomovdan soʻng Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjaevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989 yildan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va boshqalar jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.) hamkorlikda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqsa. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijalari qadimgi Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni miloddan avvalgi 6—5-asrlarga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvalaqdan qurilgan yanada qadimgi devor qoldiqlari ochilib, Samarqandning yoshi miloddan avvalgi 8-asr oʻrtalariga oid ekanligi isbotlaydi; shaharning arki aʼlo qismidan milodiy 8-asrga oid murabba (70×70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Amir Temur bog'lari

Samarqand - Amir Temur bog'lari

Samarqand shahrida va atrofida buyuk Sohibqiron Amir Temur bog’lari bo’lgan va ayrimlari saqlanib qolgan. Amir Temur bobomiz tabiatni, insonni sog’lomlashtirish, cho’l-biyobonlarni obodonlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirish borasida juda ko’p hikmatli so’zlarni meros qilib qoldirdi. “…Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, hammomlar qurishni, musofir yo’lovchilar uchun yo’l ustida rabotni bino qilishni, daryolar ustida ko’priklar qurishni buyurdim. Kimki biron sahroni obod qilsa yoki biron bog’ ko’kartirsa yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchunchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’ilsin”.

Movaraunnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan, Zarafshon vodiysida o’nlab sug’orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etildi.

Qashqadaryo viloyatidagi Eski Anhor kanalini Amir Temur bobomiz Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g’alabasi sharafiga qurgan. Tarixchi Hofiz Abro‘ning yozishicha Amir Temur Xurosondagi Murg‘ob vodiysida obodonchilik va dehqonchilik ishlari xarob bo‘lganini ko‘rib, daryodan 20 ta kanal qazdirib, suv chiqarib dehqonchilik va obodonchilik ishlariga asos soladi. Uning topshirig‘i bo‘yicha Ko‘hak – Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko‘priklar qurildi. Shuningdek, Sirdaryodan, Ohangarondan kanal qazildi. Sohibqironning farmoyishiga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘onada irrigatsiya – sug‘orish ishlari olib borildi. Bunday bunyodkorliklar davlatning boshqa hududlarida ham davom ettirilgan. U uzoq Qorabog‘da 42 km kanal qurdirgan. Ozarbayjondagi Mug‘on shahrida 12 ta bog‘ barpo etgan.

Amir Temur davrida betakror bog‘lar yaratilgan va ularga o‘ziga xos nomlar qo‘yilgan. Bular xususidagi dastlabki ma’lumotlar o‘tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog‘lari o‘rta asrlar rassomlari miniaturalarida ham tasvirlangan. Bu bog‘lar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘lgan:

Chorbog‘lar – geometrik (to‘rt burchak) shaklida bo‘lib, har tomoni taxminan 1 km masofaga cho‘zilgan. Sahnidan o‘tgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi baland devorlarning har burchagida minora bo‘lgan. Markazda Saroy joylashgan. Bunday bog‘larning darvozalari shahar tarafga qaratib qurilgan.

Tuzilishi geometrik shaklda bo‘lmagan, tabiiy daraxtzor va chakalaklar bag‘rida barpo etilgan bog‘lar. Bunday bog‘lar hukmdor ov qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy qismi tabiiy, qo‘l tekizilmagan holda saqlangan. Ularning kichik bir qismigagina dam olish uchun saroy va chodirlar qurilgan. Hovuzlar qazilib, favvoralar o‘rnatilgan. Bu turdagi bog‘larning o‘simlik va hayvonot dunyosi nihoyatda boy bo‘lgan.

BOG‘I BALAND: Sohibqiron Samarqand Shimolidagi Cho‘ponota maqbarasi yaqinida (hozirgi aeroport atrofi) nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishida Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bog‘chilik san’ati ustalari hamda me’morlari qatnashgan. Bog‘ o‘rtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr bo‘lib, uning atrofidagi uzumlar, anjirzor va olmazorlar boqqa go‘zal bir tarovat baxsh etib turgan.

BOG‘I BEHISHT: 1378 yilda Sohibqiron Samarqandning G‘arbida suyukli xotini Xayrunisoga atab qurdirgan. Ayrim yozma manbalarda “Bog‘i Jannat” nomi bilan ataladi. Bog‘ o‘rtasidagi atrofi handaq bilan muhofaza etilgan sun’iy tepalik ustida tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli saroy bo‘lgan. Saroyga bir necha ko‘tarma ko‘priklar orqali kirilgan. Bu bog‘ning bir tarafida hayvonot bog‘i bo‘lib, turli xil hayvonlar saqlangan.

BOG‘I DAVLATOBOD: Bu bog‘ Samarqanddan 13 km Janubda, hozirgi katta O‘zbekiston traktining chap tomonida bo‘lgan. Amir Temur bu bog‘da zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, xorijiy elchilarni qabul qilgan. Unda ariqlar, to‘rtta hovuz, katta saroy bo‘lgan. Saroy sun’iy tepa ustiga qurilgan, atrofi handaq bilan o‘ralgan. Unga ikkita ko‘tarma ko‘prik orqali kirilgan.

BOG‘I DILKUSHO: (Ko‘ngil ochuvchi bog‘) 1397 yilda Amir Temur xotinlaridan biri Tukalxonim sharafiga qurilgan. Bu bog‘ Samarqanddan 5 km Sharqda, Panjakent yo‘lining o‘ng tomonida (qadimiy Xijduvon qishlog‘i o‘rnida) joylashgan. Har tarafi 900 metr uzunlikdagi baland paxsa devor bilan o‘ralgan. Bog‘ning to‘rtta darvozasi markazida hashamatli saroy bo‘lgan. Saroy uch qavatli bo‘lib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Sohibqiron olib borgan urushlardan lavhalar chizib qo‘yilgan. Bu bog‘ o‘rnida hozirgi kunda Dilkusho qishlog‘i joylashgan.

BOG‘I JAHONNOMA: (Jahon ko‘zgusi). Amir Temur Samarqanddan yetti farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (taxminan Urgut tumanida). Unda saroy va qal’a bo‘lgan. Bog‘ning hududi juda ham katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan so‘ng topilgan ekan.

BOG‘I MAYDON: Cho‘ponota tepaligi etagida, Samarqandning shimolida joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo‘lgan. Amir Temurning nevarasi Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. Bu bog‘ o‘rni hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi.

BOG‘I NAV: (angi bog‘). Bu bog‘ni 1404 yilda Amir Temur Samarqandning Janubida qurdirgan. Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ to‘rtburchak shaklida bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan, har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida katta hovuz bo‘lgan.

BOG‘I CHINOR: Amir Temur Samarqandning Sharqida (Konigilning janubiy-g‘arb tarafida, hozirgi Qo‘shtamg‘alik tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan. Unda ajoyib chinorlar ko‘p bo‘lgan. Bog‘ning markazida saroy joylashgan.

BOG‘I SHAMOL: Amir Temur 1397 yilda nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bu bog‘ Samarqandning G‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qorayog‘och va fil suagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham Bog‘i Shamol deb ataladi.

Samarqand shahri va atrofidagi Amir Temur bog’lari orasidan eng chiroyli va mashhurlari quyidagilar:

Amir Temur bobomiz Samarqand atrofida bulardan tashqari, yana bir qancha bog‘ va saroylar barpo etgan. Chunonchi, BOG‘I BULDU, BOG‘I ZOG‘ON, BOG‘I NAQSHI JAHON, BOG‘I AMIRZODA SHOHRUX, BOG‘CHA, BOG‘I DILAFRO‘Z, BOG‘I SHEROI, GULBOG‘, LOLAZOR, BEDANA KURGI, CHUMCHUQLIK, G‘OZXONA va boshqalar biri biridan qolishmagan.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Amir Temur jome' masjidi

Samarqand - Amir Temur jome' masjidi

XIV-XV asrlarda – temuriylar davrida Movoraunnahrda obod poytaxtga ega bo’lgan kuchli davlat yuzaga keldi. Bu davlatning poytaxti bo’lgan Samarqandda yirik qurilish ishlari avj oldi. Unda Sharq xalqlarining me’morchilik tajribasi va xalq an’analari mujassamlashgan edi. Samarqand shahridagi Amir Temur jome’ masjidi Markaziy Osiyoda eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi. Amir Temur davrining tarixchisi G’iyosiddin Ali Yazdiyning yozishicha, «…801 yilning ramazoni sharif oyining to’rtinchi kunida (1399 yil 10 may) masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini Amir Temur tanladi. Mashhur ustalar va me’morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…»

Mazkur masjid tarixi haqida Abu Tohirxoja o’zining «Samariya» asarida shunday yozadi: «Amir Temur Ko’ragonning jome’ masjidi shahar ichida, (uning) shimol tomonida, Hazrati Shoh (Dari Ohanin) darvozasining yaqinidadir»… Jome’ning ravoqi ustida: «Amir Tarag’ay o’g’li buyuk hoqon Amir Temur Ko’ragoni 801 yilda ushbu jome’ning solinishiga amr qildi», deb yozilgan. Jome’ darvozasining naqshida esa quyidagi yozuv bor: «Ushbu jome’ni bitkazishga 806 yilda (melodiy 1404) muvaffaq bo’lindi».

Jome’ning eshigi ikki tabaqalik bo’lib, xulo (birinji, mis va rux birga qo’shilib eritilsa, xulo bo’ladi) quyulgan va ustalar jome’ning kirar eriga po’lod qalam uchi bilan juda ham go’zal tabiatli naqshlar qilgan. Jome’ eshigi ustida yozilgan bayt. Uning mazmuni quyidagicha: «Xalq kaftida bori aldov va havasdir. Ish dunyoning yolg’iz egasi bo’lgan tangrining ixtiyoridadir».

Jome’ masjidining umumiy sahni 167x109m, burchaklarida baland minoralar bo’lgan va hozirgi davrda bu minoralar qayta tiklandi. Jome’ masjidi qarovsizlik va zilzilalar ta’sirida asta-sekin emirilib vayron bo’lgan, faqat shimoli-g’arbiy minoraning pastki qismigina saqlanib qolgan bo’lib, uning balandligi 18,2 m. dir Bibixonim jome’ masjidi poydevori xarsang toshdan, devorlari pishiq g’ishtdan ishlangan (qalinligi 4,4 – 5 m).

Ta’mir-tiklashga qadar jome’ masjidi bir-biri bilan bog’lanmagan 6 ta me’moriy bo’laklardan iborat edi. Hovlining to’rida mehrobli va baland peshtoqli bino, ikki yonida uning kichik nusxasi, poyida masjidning ikkiga bo’lingan peshtoqi va shimoli-g’arbda alohida saqlanib qolgan minora bo’lgan. Ilgari bu bo’laklar uch qator oq marmar ustunli, engil ravoqli peshayvonlar bilan birlashgan va ular tepasida gumbazchalar (400 ta) bo’lgan. Ustunlar 480 ta (oraligi 3,5 m) bo’lib, tagkursili, tanasi o’yma naqsh, tepasi rangli koshinlar bilan ishlangan, muqarnaslar bilan bezalgan (hozir ular tuproq ostida ko’milib ketgan, arxeologik qidiruv ishlari natijasida ustunlar, tagkursilar va mayda kosachalardan iborat muqarnasli ustunning boshi topilgan). Har biri tashqi darvozaning peshayvoni bor.

Jome’ masjidining hovli sahniga marmartosh taxtalar yotqizilgan. Hovli o’rtasida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh (Qur’on o’qiladigan maxsus moslama) bor, u dastlab asosiy bino ichida turgan 1875 yilda katta gumbazning qulashidan xavflanib, hovli o’rtasiga chiqarib qo’yilgan. Uning atrofi nafis hoshiyalar, muqarnaslar, o’simliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezalgan. Lavh Ulug’bek farmoniga binoan XV asr o’rtalarida yasalgan. Unga «Sultoni azim, oliy himmatli hoqon, dinu-diyonat homiysi, Hanafiya mazhabining posboni, aslzoda sulton ibn sulton, amiri mo”min Ulug’bek Ko’ragon» degan yozuv bitilgan.

Jome’ masjidga kiraverishdagi peshtoqning yuqori qismi 1897 yilgi zilzila paytida qulagan.

Peshtoq mahobatli bo’lib, o’rtasida kengligi 18,8 metrli ravoq bor. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland. Peshtoqning ichki tomonida kichikroq ravoq o’rnashgan. Unda o’yma marmar hoshiyali darvoza bo’lgan. Uning ustidagi lavhasida masjidning qurilgan yili va Amir Temur shajarasi yozilgan. Qo’sh tavaqali darvoza etti xil temir qotishmasi «haft jo’sh»dan yasalgan. Keyinchalik yo’qolib ketgan. Peshtoqning yon qanotlarida ikkita aylanma zina bo’lib, zinadan yuqoriga- kungura ravoqli maydonchaga chiqilgan va undan minoraga o’tilgan. Peshtoqning keng yuzasi jilvali koshinlar, rang-barang, qalqon shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan.

Jome’ masjidining asosiy mehrobli binosi Amir Temur zamonasining me’moriy uslublari haqida tasavvur beradi.

Asosiy binoning old tomonida peshtoq, markazida ravoq va burchaklarida ikkita ko’p qirrali minora bor.

Peshtoq orqasidagi xona oddiy, ammo salobatli handasaviy shakllar yig’indisidan iborat. Kubsimon prizma binoning asosiy hajmi, tomonlari 14,6 m ga teng. Uning ustida xona devorlari bo’ylab o’tuvchi ravoqlardan iborat sakkiz qirrali prizma bor.

Gumbazning doirali asosi sirtiga Qur’on oyatlari bitilib, usti feruza koshinlar bilan pardozlangan gumbaz bilan berkitilgan. Uning kirish tomonlari ham, bosh peshtoq kabi rang-barang koshinlar bilan qoplangan, sopol g’ishtchalar yotiq, sirlangan rangli g’ishtchalar tik terilgan. Asosiy naqsh shakllari tiniq, lojuvard g’ishchalardan terilib, ularning oralig’i zangori g’ishtchalar, oq toshlar bilan to’ldirilgan. Oddiy handasaviy shakllar va pechak kabi chirmashib ketgan yozuvlar, bino bezagining tarkibiy qismini tashkil etadi.

Mehrobli binoning baland minoralari sathi to’rt burchakli kichik izora taxtalarga bo’lingan. Handasaviy shakl va o’simliksimon naqshlar pannolarni bezagan. Ular parchinkorlik, koshinkorlik uslubida ishlangan. Peshtoq devorining yuzasi kesma koshin bilan qoplangan.

Bu koshinlar (ayniqsa ko’k ranglilari) tiniq shisha kabi yaltirab turadi. Masjid yonidagi ikki kichik bino mehrobli xonaning, asosan, kichik hajmdagi takrori bo’lsa-da, naqshlarining soddaligi va gumbazining kunguradorligi bilan farqlanadi. Jome’ masjidining ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal bo’rtma gulqog’ozdan keng foydalanilgan.

Samarqand shahrining tarixiy obidalar va Amir Temur jome’ masjidi joylashgan hududida keyingi davrda juda katta hajmdagi ta’mirlash ishlari olib borildi. Masjidning old katta ravog’i, masjid binosini o’rab turgan baland devor, ikki kichik gumbaz va minoralari, ichki katta gumbaz va katta ravoq ta’mirlandi va undagi barcha koshin naqshlar qayta tiklandi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Amir Temur maqbarasi

Samarqand - Amir Temur maqbarasi

Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi (Go’ri Amir) Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etilgan. Maqbara qurilishi buyuk Soxibqiron Amir Temur tomonidan 1404 yilda boshlanib, Mirzo Ulug’bek davrida tugallangan.

Amir Temur maqbarasi Samarqand shahrining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, XIV asr oxirida Amir Temurning nabirasi Muhammad Sulton tomonidan qurilgan madrasa yonida tiklangan.

Muhammad Sulton 1403 yilda Kichik Osiyoga bo’lgan xarbiy yurish vaqtida to’satdan kasallikdan vafot etgan. Shahzodaning jasadi Samarqandga olib kelinib, ansamblning janub tomonidagi ayvoni orqasidagi dahmaga dafn qilinadi. So’ng Amir Temur shahzodaga atab maqbara qurish haqida farmon beradi. Shundan keyin dahma ustiga sakkizyoqli bino quriladi.

Amir Temur vafotidan keyin Shohruh Mirzo Hirotni poytaxtga qilib, o’g’li Mirzo Ulug’bekni esa Samarqandga hokim etib tayinlaydi.

Mirzo Ulug’bek buyuk bobosiga hurmat yuzasidan ushbu sakkiz qirralik maqbarani temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi.

Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy ustozi Mirsayid Barakaning jasadi shu maqbaraga ko’chiriladi va Sohibqironning bosh tomoniga dafn etiladi. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur pirining oyoq tomoniga dafn qilinishini vasiyat qilgan. Maqbaraga Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo, Shayx Sayyid Umar, Mirzo Ulug’bek va Ulug’bekning go’dakligida vafot etgan ikki farzandi – Abdulla va Abdurahmonlar ham dafn qilingan.

Ulug’bek tomonidan binoning ichi yangidan bezatildi, maqbara sahniga daxmalar qo’yilib, atrofiga nafis marmar toshdan panjara qilindi. Maqbaraga 1424 yildan boshlab, sharq tomoniga taqab qurilgan ko’p gumbazli galereya orqali kiriladi.

Maqbaraning g’arb va janub tomonlari yondosh qilib qurila boshlagan, lekin bitmay qolgan ulkan imoratlarning tiklanishi Mirzo Ulug’bek hukmronligining so’nggi yillariga to’g’ri keladi.

Muhammad Sulton majmuasidan faqat peshtoqigina saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo’lib, koshinlar bilan devor fonida yaqqol ko’rinib turadi. Koshinlar orasiga binoni qurgan usta – Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va «Dini jannat dili poklarnikidir», deb jimjimador qilib hadis yozib qo’yilgan. Devorlar bezagida girih deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib ishlangan kompozitsiya asosiy o’rinni egallaydi. Gumbazda jez, lojuvard va tilla suvlari ishlatilgan.

Rossiya imperiyasi istilosi yillarida maqbara darvozalari o’g’irlab ketilgan. Sohibqiron Amir Temur maqbarasining darvozalaridan biri Londonda, yana biri Ermitajda saqlanmoqda. Sohibqiron Amir Temurga tegishli bo’lgan uzuk esa Amerikadagi «Metropoliten» (Nyu-York) muzeyida saqlanmoqda.

Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining qoldiqlari ko’rinib turadi. Chorsu hovlisining atrofiga ikki qavatli hujralar qurilgan.

Madrasaning burchaklarida gumbazli darsxonalar bo’lgan. Maqbara devorlariga zangori, havo rang va oq sirli koshinlar qoplangan, bu koshinlar geometrik shaklda terilib, arabcha xat bitilgan.

Gumbaz ostki qismining aylanasi diametri 15 m aylana balandligi 12,5 m. Maqbara hilxonasidan gumbaz uchigacha 36 metrni tashkil etadi. Gumbazda havo rang ko’proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri chiziqli qobirg’alarida tovlanib, quyoshda yaraqlab, guyo osmonga qadalib turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Muqarnaslarida ham shunday koshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli naqshlar bor.

Maqbaraning tashqi gumbazi – yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli va maqbara ichkarisi mo”tadil iqlimli bo’lishini ta’minlash maqsadida uning ustiga ikkinchi gumbaz o’rnatilgan.

Inshootning qanchalik katta bo’lganligini uning g’arb tomonida bitmay qolgan majmuaga qarab aniqlash mumkin. Katta zalga qo’yilgan to’rtta ravog’dan bittasi saqlanib qolgan. Eni 10 metrlik ravoqning ikki tomonidan yo’lak o’tgan. Yo’lakning shimol tomonidan qo’sh gumbazli ikki qavatli binoga, janub tomondan esa galereyaga kiriladi. Amir Temur maqbarasiga shu galereyadan o’tiladi.

Hovli atrofini o’rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo’lingan. Hovlining tashqi burchaklarida to’rtta minora bo’lgan. Yuqoriga ko’tarilgan sari ingichkalashib borgan minora sharafa bilan bezatilgan.

Koshinlar har bir qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan. Ular orasidagi choklar yuqoriga ko’tarilgan sari torayib boradi va tepasiga etib tutashadi.

Mirzo Ulug’bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temurning qabri …» deb yozilgan koshinli lavha bo’lgan. Bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi Davlat ermitajida saqlanadi. Maqbara g’oyatda nafis bezatilgan. Devorning pastki qismida ko’kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning choklari ko’kimtir toshlar terib bezatilgan.

Maqbaraga rangdor oynalar solingan panjarali darchadan yorug’lik tushadi.

Maqbaraning o’rtasiga joylashgan sag’analar ustida temuriylarga bag’ishlangan yozuvli toshlar bor. Amir Temur qabri ustiga to’q yashil rangli nefrit tosh qo’yilgan.

1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Buxoro xonligini zabt etganda Amir Temur qabri ustidagi toshni Mashhadga olib ketgan va ko’p o’tmay yana qaytadan joyiga keltirib qo’ydirgan.

Maqbaraning sharq tomonidagi ravoqda pastga tushadigan zina bor. Bu zinadan maqbaraning ostki qavatidagi dahmaga tushiladi.

Ostki qavatdagi binoning shipi o’n ikki qirrali gumbaz qilib qiya ishlangan, ichki bezaklari juda sodda. Temuriylarga qo’yilgan sag’analar yuqori qavatda qanday tartibda bo’lsa, bu erda ham shu tartibda. Har qaysi qabr usti marmartosh bilan qoplangan.

1994-1996 yillarda maqbarada katta hajmdagi ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.

1941 yil 16-24 iyun kunlari Amir Temur va Bibixonim hilxonasidagi qabrlar ochilgan.

Қабрларнинг очилиш тафсилотлари

Temuriylar xilxonasini o’rga­nish uchun tashkil etilgan hukumat ekspeditsiya­si 1941 yilning 15 iyunida Samarqandga etib keldi. O’sha kuni kechqurun ekspeditsiya a’zolari­ning yig’ilishi bo’ldi. Unda vazifalar va belgilab olindi. Halkaltarosh skulptor-antropolog M.M. Gerasimov tarixiy shaxslarning bosh chanoqlari asosida o’zi yaratgan qiyofalar haqida ma’lumot berdi va suratlar majmuasini namoyish qildi.

1941 yil 16 iyunda ekspeditsiya a’zolari ertalab Amir Temur maq­bara­sida yig’ildilar. Shu paytda qabrlarni qaysi tartibda ochish haqida bahs boshlandi.

M.M.Gerasimov qabrlarni bir boshdan, ya’ni eng chekkadagi Mir Sayyid Umar qabrini ochishdan boshlashni taklif qil­di. Arxeolog V.A. Shishkin esa Mir Say­yid Umar va Mir Sayyid Barakalarning qabrlariga tegmaslikni taklif qildi. O’z fikrini hukumat ekspeditsiyasi asosan Temur va temuriylar qabrlarini o’rga­nish uchun tuzilganligini, xilxonadagi barcha qabrlarni ochishga vaqt etishmasligini va boshqa sabablar bilan dalilladi. Boshqalar uning fikriga qo’shildilar. Shunday qilib, jahon tarixida chuqur iz qoldirib ketgan Temur va temuriylarning dahmalarini ochish boshlandi.

Mironshoh qabrining ochilishi

Mironshoh Amir Temurning uchinchi o’g’li bo’lib, u 1366 yili tavallud topgan. O’z davrining mavjud ta’lim-tarbiyasini puxta egallagan Mironshoh otasidan jasurlikni va qattiqqo’llikni meros qilib olgandi. Mironshoh 14 yoshida Xuroson hokimi qilib tayinlangach, bu borada katta tajribaga ega bo’ldi. Oradan olti yil o’tgach, Amir Temur uni maxsus farmon bilan “Rum­dan to Hamadongacha, Bag’doddan to Darbandgacha” bo’lgan o’lkalarning noibi qilib tayinladi. Uning qo’l ostiga Armaniston, Gurjiston, Ozarboyjon, Kurdiston, Iroq va G’arbiy Eron kabi o’lkalar kirardi. Mironshoh otasining buyrug’i bilan bir qancha harbiy yurishlarda ishtirok etdi va lashkarboshilik qobiliyatini namoyish qildi.

Amir Temur vafotidan so’ng 1405 yilning bahorida Mironshoh o’g’li Abu Bakr bilan ittifoq tuzib, toju taxt uchun kurash boshladi. Toju taxt borasida ham omadi yurishmadi va hayoti ayanchli fojea bilan tugadi. 1408 yilning bahorida Mi­ronshoh qo’shinini turkmanlarning Qora qo’yunli urug’idan chiqqan Qora Yusuf va Sulton Ahmadlarning birlashgan lashkari janubiy Ozarboyjonda tor-mor etdi. Jang paytida Mironshoh lashkarlari orasida edi. U shiddat bilan jang qilib, oxiri qattiq yaralandi va otdan yiqilib tushdi.

Mironshohni yaralagan navkar uning egnidagi shohona liboslarni va qimmatbaho qurol-yaroqlarni tezroq qo’lga kiritish uchun boshini kesib, murdani yalang’ochlaydi. Liboslari va qurollarini o’ziga olib, Mironshohning boshini Qora Yusufning huzuriga eltadi. Navkar jahongir Amir Temurning uchinchi o’g’li, bir paytlar yirik o’lkalarning hukmdori bo’lgan Mironshohni o’ldirganligini bilmas edi. Manbalarda yozilishicha, navkarning bu ishidan qattiq g’azablangan Qora Yusuf uning o’zini ham o’ldirishga buyruq bergan. Bu fojea yuz bergan paytda Mi­ronshoh bor-yo’g’i 41 yoshda edi. Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, Qora Yusuf yuz bergan voqeadan afsuslanib, ke­chirim so’rab, uning jasadini Samarqand­ga jo’natgan. Arxeolog V.A.Shishkin o’ziga ma’lum bo’lgan tarixiy manbalarga tayangan holda Mironshohning jasadi Tabrizdan Shamsi G’uriy ismli darvesh ham­roh­ligida Keshga, so’ng Samarqandga keltirilib, dafn etilgan deb yozadi. M.M. Gerasimov esa Mironshohning jasadi Tabrizdan to’g’ri Samarqandga keltirilib, dafn etilgan deb xulosalaydi. Ammo har ikkalasi ham Mironshohning Tabrizda jang paytida halok bo’lganligi va uning jasadi uzoq yo’ldan keltirilib, temuriylar xilxonasida dafn etil­gan­ligini ta’kidlagan.

M.Ye.Masson va A.Yu. Yakubovskiylar bu erda Mironshohning jasadi borli­giga shubha bilan qaraydilar. Ular o’z fikrlarini quyidagicha dalillashadi:

  1. Mironshoh jang paytida halok bo’l­gan, boshi tanasidan judo qilingan. Uni Samarqandga eltish masalasi paydo bo’lganida, jasadini adashtirib qo’ygan bo’lishi mumkinligi.
  2. Mironshohning qabri ustida boshqa temuriylarnikiga o’xshash yozuvning yo’qligi.
  3. Bu erda topilgan jasadning barcha qismlari o’z o’rnida ekanligi, uning uzoq yo’ldan olib kelinganligi oqibatida paydo bo’ladigan suyaklarning titilishi yuz bermaganligi.

M.M.Gerasimov bu fikrlarga qo’shil­maydi va olib borilgan tinimsiz antropologik tadqiqotlar natijasida yuqori­dagi olimlarning shubhalari noo’rin ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

M.M.Gerasimov Mironshohning suyaklarini diqqat bilan o’rganib chiqib, u qayta dafn etilganligi shundoq ko’rinib turganini aniqladi. Uning boshi, qo’l va oyoq panjalari anchayin tartib­sizroq joylashtirilgan. Shunday qi­lib, Mironshohning jasadi, M.M.Gerasimovning aniqlashicha, Tabrizdan Samar­qandga jo’natilishidan avval yaxshilab mumiyolangan va teridan tikilgan qopga solingan. Boshi esa alohida o’ralgan. Uzoq va mashaqqatli yo’l tufayli deyarli barcha panja suyaklari sinib ketgan. Dafn paytida singan suyaklar bir-biriga tutashtirib qo’yilgan.

Mironshohning qabri cho’zinchoq bo’lib, uzunligi 166 sm, eni 54 sm, balandligi 16 sm dir. Qabrning devorlari to’rt­bur­chakli pishgan g’ishtlar­dan terilgan. Lahad erdan qazilgan bo’lib, tagi va chekkalari ganch bilan mustahkamlangan. Jasad lahadning tubida joylashgan.

U tobutsiz dafn etilgan. Jasadning chap bi­qini sal ko’tarilib, tagiga tuproq qo’yil­gan. Lahadga suv kirganligi uchun jasad ancha ziyon ko’rgan. Qabr ochilgach, antropologlarning zudlik bilan ko’rgan choralari tufayli suyaklar saqlanib qolindi. Ay­niqsa, bosh chanog’ini ehtiyotkorlik va chidam bilan ta’mirlashga kirishildi. Mi­ronshohning bosh chanog’ini o’rganishdan shu narsa ma’lum bo’ldiki, uning ba’zi tishlari yo’qolgan. Antropologlarning fikricha, tishlar Mironshohning o’limi­dan so’ng yo’qolgan. M.Gerasimov Mironshoh­ning bosh chanog’ini diqqat bilan tekshirib, tarixiy manbalarda yozilganidek, haqiqatdan ham uning boshi o’tkir tig’ bilan kesilganligini aniqladi. M.Gera­si­mov­ning fikricha, Mironshohning bosh chanog’ining pastki qismidagi izlar nayzaning tig’idan qolgan izlardir. Bu holat­lar Mironshoh to’g’risidagi tarixiy ma’­lumotlarni yana bir karra tasdiqlaydi va ushbu ochilgan qabrda haqiqatdan ham Mironshoh dafn etilganligini ko’rsa­ta­di. M.Gerasimov quyidagi xulosa­larga kelgan:

  1. Mironshohning qabri deb ochilgan joydan topilgan jasad haqiqatdan ham qayta dafn etilgan.
  2. Topilgan bosh chanog’i tanasidan o’tkir tig’ bilan judo qilinib, so’ngra rombsimon uchli nayzaga o’tqazilgan.
  3. Suyakdagi barcha o’zgarishlar va belgilar temuriylarga xos, nasldan naslga o’tuvchi o’zgarishlarni o’zida saqlagan.
  4. Mironshoh va Shohruh aka-uka bo’­lishib, ular bir onadan tug’ilgan.

Shohruh Mirzo qabrining ochilishi
17 iyun kuni Mironshohning qabrini ochish davom ettirildi. Uning jasadi batamom tozalab bo’lingach, Shohruh Mirzoning qabri ustidan og’ir tosh taxta maxsus asboblar yordamida ko’tarilib, Mir Sayyid Umarning qabri yaqiniga eltib qo’yildi.

Amir Temurning kichik o’g’li 73 yil umr ko’rgan Shohruh otasining o’ng tomoniga qo’yilgan. Qabrning usti temuriylar sulolasiga xos ravishda yozuvlar bitilgan kulrang marmar taxta bilan yopilgan. Bu taxta marmar taxtalardan yasalgan g’ilofning qopqog’idir.

Shohruhning jasadi g’ilofning tubiga, chap elkasi sal ko’tarilgan holda qo’yilgan. Yelkasi tagida esa ozgina soz tuproq ham saqlangan. Jasad bir paytlar ikki xil kafanga o’ralganligi ma’lum bo’ldi. Birinchi kafan qora-ko’kish rangda bo’lib, juda nafis, ikkinchi mato esa ancha dag’al yigirilgan jundan to’qilgan. Shohruh suyaklarining ba’zi joylarida qachonlardir mumiyolangan muskullarning qoldiqlari uchraydi. Shohruhning jasadini Hirotdan Samarqandga ko’chirib kelishdan avval maxsus mumiyolangan a’zolar chirib ketgan va natijada suyaklar yalang’och holda qolgan. Shohruh Mirzoning boshi va chap elkasi tagiga toza tuproqdan yostiqcha qilib sal ko’tarilib, boshi o’ng yoniga burilib, yuzi qiblaga qaratilgan. Uning bosh tomonida yog’ochdan yasalgan qalamdon qo’yilgan. Qalam­don ichida bir necha yuzlab silliq toshchalar saqlangan.

Shohruh Mirzoning jasadi qabrdan chiqarib olingach, Samarqand davlat universitetiga olib kelindi. Suyaklar kimyoviy usullar bilan tozalangach, antropolog L.V.Oshanin tomonidan o’rganib chiqildi. Olimning fikricha, Shohruh 70 yoshlarga etganida barcha tishlari to’kilib ketgan. Antropolog M.Gerasimovning aniqlashicha, Amir Temur 70 yoshida xuddi 50 yoshli kishi kabi g’ayratli va baquvvat bo’lgan. Shohruh esa bu yoshda batamom qarib bo’lgan. Uning bo’yi 157 sm bo’lgan. Antropologlarning aniqlashicha, Shohruh bosh chanog’ining ko’rinishiovro’pocha ko’rinishga ega. Bu qiyofa antropologiya fanida Farg’ona-Pomircha ko’rinish deb atalib, u turonliklarga xosdir.

Shohruhning qabri ochilgan paytida jasad mumiyolanganligi ma’lum bo’ldi.

Mirzo Ulug’bek qabrining ochilishi
18 iyunda Mirzo Ulug’bek qabrini ochildi. Buyuk munajjimning jasadini joylashtirish uchun yaxlit kulrang marmartosh o’yib olingan. Tubiga esa to’rtta marmar taxta yotqi­zilgan. Qabrning ichi 210 sm, eni 68 sm, chuqurligi esa 61 sm. Qabrning og’zi qalin marmar taxta bilan berkitilgan bo’lib, uning sirtida yozuv mavjud. Ushbu yozuvda Ulug’bek to’g’risida ma’lumotlar va o’z o’g’li tomonidan o’ldirilganligi haqida xabar bor. Ulug’bek qabrining qopqog’i otasi Shohruh qabrining qopqog’iga juda o’xshash va yozuvlarning bitilish usullari ham bir xil. M.Masson ikkala toshni ham bir usta yasagan degan xulosaga kelgan.

Qabr ichida Ulug’bek jasadining qol­diqlari quyidagicha joylashgan: jasad chalqancha qilib, chap elkasining tagiga ozgina tuproq o’yib ko’tarilgan. Bosh tomonida qizil gazlamadan tikilgan xaltachaga tuproq solib qo’yilgan. Uning boshi tanasidan nari­roqda, yuzi erga qaratilgan holda qo’yil­gan bo’lib, bosh chanog’i bilan birga uchta bo’yin umurtqasi qo’yilgan. Uchinchi umurtqada o’tkir tig’ning izi yaqqol ko’rinadi. Qo’l va oyoq barmoq­lari tartib­sizroq, boshqa suyaklari esa aslicha joylashgan. Ko’pchilik suyaklar bir necha qavat gazlama bilan o’ralgan. Gazlama qabrning tubida – jasadning bosh va oyoq tomonlarida saqlanib qolgan. Bu gazlamalardan kafan sifatida foydalanilgan. Kafanlarning tagida nafis gazlamadan to’qil­gan cholvorning qoldig’i va uning tepa qismida esa belbog’simon tasmaning qoldig’i saqlan­gan. Jasad bilan birga Ulug’­bekning tizzalari­gacha etadigan ko’ylagi­ning qoldiqlari ham mavjud.

Ulug’bek jasadining yotishi, uni dafn qilingandan so’ng boshqa bezovta qilin­maganligidan darak berib turibdi. Suyaklar anchayin yaxshi saqlangan bo’lib, faqat chap qo’lining bilak qismi tuzlar emirishi oqibatida saqlan­magan. M.Gerasimov o’ldirilgan Ulug’bek bosh chanog’ini diqqat bilan o’rganib chiqib, qilich tig’ining izi uning pastki jag’ida ham qolganligini aniq­ladi. Uning fikricha, zarb nihoyatda kuchli bo’lib, Ulug’bek tizzalangan holatda bo’l­gan va qotil u bilan yuzma-yuz turib, o’ngdan chap tomonga qarab qilich solgan. Umurtqada qolgan izlarga qaraganda, qilich juda o’tkir va qotil bu borada katta tajribaga ega bo’lgan.

Amir Temur qabrining ochilishi
Ekspeditsiya a’zolari oldida turgan navbatdagi vazifa jahongir Amir Temurning qabrini ochish edi. Sohib­qi­ronning qabrini ochish ko’plarda katta haya­jon va qiziqish uyg’otdi. Xalq o’rtasida jahongirning vafoti haqida ko’plab rivoyatlar yurar edi.

19 iyun, payshanba kuni Sohibqiron Amir Temurning qabrini ochishga kirishildi. Jahongirning qabri o’g’il­lari­ning qabri­dan ancha farq qilib, o’z salobati va ulug’­vorligi bilan ajralib turadi. Uning qabri 20 santimetr qalinlikdagi og’ir marmartosh bilan bekitilgan bo’lib, toshning uzunligi 245 sm, eni 90 santimetrdir. Bu qabrtoshga boshqa, ikkinchi yupqa qilib tarashlangan va yozuv bitilgan oniks (aqiq) toshi yopishtirilgan. Ushbu toshning tagida 10 sm qalinlikda ganch qatlam bo’­lib, bu qatlamning tagiga lahadning og’zini yopib turgan beshta qalin tosh taxta yotqi­zilgan. Qabrning lahadi tarashlangan tosh taxtalardan yasalgan bo’lib, uzunligi 3 m, eni va chuqurligi 1 metrdandir 20 iyun kuni qabr ochish ishlari davom ettirildi.

Tobutning ustiga qoramtir ko’kish rangli gazlama yopilgan edi. Tobutning rangi qoramtir, yog’ochlari baquvvat, silliqlangan taxtalardan yasalgan bo’lib, alohida qopqog’i ham bor edi. Tobutning to’rt burchagida to’rtta oyoqchasi bo’lib, uni zax erga tegib turishidan asragan. Tobutni yasagan ustalar uni mustah­kamlash uchun to’rt burchakli temir mixlardan foydalanishgan. Mutaxassislar tobut va uning qopqog’i archa daraxtidan yasalganligini aniqladilar. Shuning uchun ham oradan shuncha yillar o’tganligiga qaramay, u yaxshi saqlangan.

Tobutning qopqog’i ustida ikki qismdan iborat bo’lgan gazlama parchalari, gazlamaning bosh tomonidagi qismida esa oltin iplar bilan solingan naqshlar saqlangan. Gazlama yomon saqlangani, ya’ni qabrni suv bosganligi oqibatida chiriganligi uchun naqshning butunicha ko’rinishini tiklashning iloji bo’lmagan. Gazlama ipakdan nafis qilib to’qilgan bo’lib, uning o’rtarog’ida oltin iplar bilan bitilgan arabcha imlodagi yozuvlar bor.

Arxeolog V.Shishkinning taxminiga ko’ra, Amir Temurning tobuti ustiga yozilgan gazlama qandaydir avliyoning qabri ustidan olingan yoki Ka’badan olib kelingan bo’lishi mumkin. Ekspeditsiya rahbari, professor T.N.Qori-Niyoziy esa “bu gazlama Sohibqironning jangovar bay­rog’i bo’lishi mumkin” degan taxminni aytgan. Tobut ustiga yopilgan gazlamaning rangi qora bo’lib, u ipakdan to’qilgan va tobut qopqog’ini butunicha qoplab turgan.

21 iyun, shanba kuni ham Amir Temur qabrini ochish ishlari davom etdi. Tobutning qopqog’i, ustidagi gazlama qoldiq­lari bilan ohista ko’tarib olingach, atrofni allaqanday xushbo’y hid qopladi. Sohibqironning jasadi uzun qilib yotqizilgan holda, yuzi esa qibla tomonga qaratilgan edi. Suyaklarning ba’zi joylariga kafan qoldiqlari yopishib qolgan va bosh, bo’yin, oyoq tomonlarida mumiyolangan muskullar, teri parchalari yotardi. Jasadning usti yupqa loyqa va tuzlar bilan qoplangan bo’lib, bu qabrga kirgan suvning qoldiq­lari edi.

Ehtiyotkorlik bilan qabrdan chiqa­rib olingan Amir Temurning bosh chanog’i uch soat davomida soya joyda quri­tildi. Shundan so’nggina bosh chanoqni kimyoviy usullar bilan mustah­kamlash mumkin bo’ldi. Bundan oldin antropologlar Amir Temurning bosh chanog’ida qisman saqlanib qolgan soch, soqol va qosh­larning qoldiq­larini avaylab ko’chirib oldilar. Uning sochi va soqolining rangi sarg’im­tir, xuddi zanglagan temirning rangiga o’xshash edi. Shunda olimlarda, Amir Temurning soch-soqoli bo’yalganmikan degan fikr uyg’ondi. Shuning uchun kimyogar-olim V.Kononov uning sochlarini kimyoviy usullar bilan tekshirib ko’rdi. Olimning aniqlashicha, soch-soqolning rangi tabiatan shunday bo’lgan.

Amir Temurning, tarixiy manbalarda yozilganidek, o’ng qo’li bukilmasligi va o’ng oyog’i oqsoq bo’lganligi haqidagi xabar haqiqatga to’g’ri kelishi isbotlandi. Tinimsiz harbiy yurishlar va jangi jadallar, hamisha otda yurish, metin iroda va qat’iyatli fe’l-atvor Sohib­qironning jismoniy kamchiliklarini unchalik bo’rttirib ko’rsatmas edi.

M.Gerasimovning aniqlashicha, Amir Temur 70 yildan ko’proq umr ko’rganligiga qaramay, uning bosh chanog’ida va boshqa suyaklarida keksalik alomatlari ko’rin­maydi.

Amir Temurning soch tolalari qalin va to’g’ri bo’lib, sarg’ish-qo’ng’ir rangda, sal-pal oq ham oralagan. Uning bosh chanog’ida qoshlarining qoldiqlari ham saqlangan bo’lib, uzunligi 12-14 millimetrgacha boradi va rangi to’q-jigarrang. Mo’ylovi saqlanmagan. M.Gerasimovning bosh chanoqdagi o’rniga qarab aniqlashicha, uning mo’ylovi uzun, labidan ham pastga tushib turgan.

Muhammad Sulton qabrining ochilishi
1941 yilning 22 iyun, yakshanba kuni Sohibqironning suyukli nabirasi Muhammad Sultonning qabrini ochishga kirishildi. O’sha kuni kechqurun ekspeditsiya rahbari, professor T.N.Qori-Niyoziy yig’ilish o’tkazdi. Bu yig’ilishda Amir Temur, Shohruh, Ulug’bek, Mironshohlarning qabrlari ochilganligi haqida tuzilgan hujjatlar o’qib eshittirildi va imzolandi. Yig’ilganlarga nemis-fashist bosqichlarining xiyonatkorona urushi haqida xabar berildi.

1941 yil 23 iyunda ishlar davom ettirildi. Amir Temurning suyukli nabirasi va valiahdi bo’lmish, 1403 yili 29 yoshida vafot etgan Muhammad Sultonning qabri bobosi qabrining chap tomonida joylashgan. Qabr ustida an’anaviy yozuvli lavha saqlanmagan. Qabrning tashqi ko’rinishi va tuzilishi bobosining qabriga o’xshash. Lahadning og’zini yopib turgan, ko’n­dalang o’rnatilgan toshtaxtalar ko’chirib olingach, yog’och tobutning chirigan parchalari, tobut ustida oltin iplar bilan yozuv bitilgan choyshab parchalari uchradi. Bu choyshab A.N.Kononovning aniqlashicha, barcha belgilari bilan Amir Temurning qabridan topilgan choyshabga juda o’xshaydi. Tobutning taxtalarida zanglab ketgan temir mixlar saqlangan, qopqog’i chirib, ichiga o’pirib tushganligi uchun jasadning yaxlitligiga putur etgan. Jasadning ustida kafan parchalari saq­langan bo’lib, uning tagidan rayhon barglari topildi. Tobutning ichidan xushbuy hid taraldi. Tubiga maxsus mato to’shalgan. Muhammad Sultonning jasadi ham shariat qoida­lariga rioya qilingan holda dafn etilgan. Sohibqiron Amir Temurning katta o’g’li Jahongirning o’g’li bo’lgan Muhammad Sultonning bo’yi 154 sm bo’lgan.

Muhammad Sultonning sa’y-harakati bilan hozirgi Amir Temur xilxonasi yonida madrasa va xonaqoh qurilgan. Ibn Arabshoh Muham­mad Sulton olimlarning homiysi bo’lganligini ta’kidlab o’tgan.

Sharqshunos V.Bartoldning aniqlashicha, Sohibqiron Amir Temur 1399 yili harbiy yurishga yo’l olarkan, o’z o’rniga Samarqandda Muhammad Sultonni qoldirdi. 1401 yil mart oyi uni Damashqqa chaqirib oldi. Shundan so’ng u bir necha janglarda qatnashib, 1402 yili Kichik Osiyogacha borishga erishdi. Ammo u yoqdan qaytishda yo’lda kasallanib, 1403 yilning 12 martida Qorahisor yaqinida vafot etdi.

1404 yilning martida marhum shahzodaning onasi Xonzodabegim Amir Temurdan o’g’lining jasadini Sultoniyadan Samarqand­ga olib borishga ijozat oldi. Keyinchalik Samar­qandga etib kelgan Amir Temur suyukli nabirasi xotirasiga yangi xilxona bino qilishni buyurdi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Bibixonim maqbarasi

Samarqand - Bibixonim maqbarasi

Samarqand shahrining ko’hna qismida, Amir Temur jome’ masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan yana bir me’moriy obida mavjud, bu obida ichida Amir Temurning suyukli xotini Bibixonim – Saroy­mulk­xonimning maqbarasi joylashgan.

Bibixonim maqbarasi Samarqand shahrida qurilgan davrda juda hashamatli va mahobatli bo’lgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bitilgan yozuvlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi, xuddi Amir Temur maqbarasidek ikki qavatli, pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona bo’l­gan. Maqbaraning gumbazi yiqilgani­dan so’ng uning ichiga qor-yomg’irlar tushib, sa­g’a­naning tomi ham yiqilib tushgan.

1941 yili arxeolog Yahyo Fulomov rah­barligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib bordilar. Ekspeditsiya a’zolari maqbara XI–XII asrlarga oid madaniy qatlam ustida bunyod qilin­ganligini aniqladilar.

1941 yil iyun oyida arxeologlar maqbaradagi qabrlarni ham ochib o’rgandilar.

Ushbu maqbaraga dafn etilganlar marmartoshlardan yo’­nilgan toshtobutlarga ko’milgan. Toshtobutlar dastlab maqbaraning pastiga, ya’ni, sag’anaga qo’yilgan, sag’ana­ning tomi yiqilib tushganidan so’ng toshtobutlar tokchalar ichiga joylashtirilgan. Dastlab shimoliy tokchada turgan toshtobut ochilganda uning ichida paxta, gazlamalarga aralashib yotgan suyaklar aniqlangan.

Ushbu maqbaraga dafn etilganlar marmartoshlardan yo’­nilgan toshtobutlarga ko’milgan. Toshtobutlar dastlab maqbaraning pastiga, ya’ni, sag’anaga qo’yilgan, sag’ana­ning tomi yiqilib tushganidan so’ng toshtobutlar tokchalar ichiga joylashtirilgan. Dastlab shimoliy tokchada turgan toshtobut ochilganda uning ichida paxta, gazlamalarga aralashib yotgan suyaklar aniqlangan.

Shimoliy tokchaga tobutning uzunligi 1 m 90 sm, eni 47-66 sm, balandligi 37sm, bo’lib u ham yaxlit, kulrang marmartoshdan yasalgan. Toshtobut ochilgach undan aralash quralash bo’lib yotgan suyaklar, tuproq, paxta va gazlama qoldiqlari topildi.

M.Gerasimov tobut ichidagi ezilib ketgan suyaklar keksa ayol kishiga tegishli ekanligini aniqladi.

Maqbaraning sharqiy tokchasiga uchta toshtobut yonma-yon qo’yilgan bo’lib, ular ham yaxlit marmartosh­larning ichi yo’nib tayyorlangan.

Sharqiy tokchadagi uchala toshtobutning ikkalasi bo’m-bo’sh bo’lib, faqat bittasining ichida jasad saqlangan. Bu tobutdagi jasad ham titib tashlangan. Jasad dafn qilinishi­dan oldin mumiyo­langan, jasadning yonidan bir necha taqin­choq, rayhon barglari va kafanning qol­diqlari topilgan.

1941 yilda ushbu toshtobut ochilayotganda, uning qopqog’i ustida hech qanday yozuvlar bo’lmagan. Ammo tarixchi S.A.Lapinning yozishicha, u 1889 yili maqbaraga kirganida, ushbu tobutning ustida yozuv bitilgan tosh qopqoqni ko’rgan. Qopqoqning ustida, Qur’ondan ko’chirilgan oyat va pastroqda esa: “Maj­nun­ning o’limidan so’ng ming yil o’tsa hamki, uning kafanidan hamon ishq dardi taraladi”, – degan yozuv bo’lgan. 1926 yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tad­qi­qot o’tkazganida, bu yozuvli taxta o’g’ir­lanib, uning o’rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qo’yilganligi aniqlangan.

Nega toshtobutlardagi jasadlar titib tashlangan, uni kimlar, qachon qilishgan? – degan savol tug’i­lishi mumkin.

Arxeolog M.Ye.Massonning aytishicha, Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlar dastlab 1871 yili Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinganidan so’ng ochilgan. Ammo, tobutlar qanday maq­sadda ochilganligi ma’lum emas. M.Ye.Masson ham bilmagan. Toshtobutlar ikkinchi marta

1926 yili bir guruh o’g’rilar tomonidan ochilgan. O’g’rilar tobutlarni titib marhum­larning taqinchoqlari va boshqa bezaklarini o’g’irlaganlar. Shu tufayli, toshtobutlar 1941 yili uchinchi marta ochilganida uning ichidagi suyaklar ag’dar-to’ntar holatda bo’lgan. Bibixonim maqbarasidagi tosh tobutlarning qopqoqlarida hech qanday yozuvlar bo’lmaganligi uchun bu erga dafn etilgan marhumlarning shaxsiyatlarini aniqlash ancha mushkul bo’ldi. Ammo olimlar birinchi ochilgan toshtobutdagi malika temuriylar xonadoniga mansub oliy martabali ayol bo’lgan­li­gini e’tirof etdilar. Shimoliy tokchadagi ikkinchi toshtobutga dafn etilgan marhumani Bibixonimning onasiga tegishli ekanligi taxmin qilindi.

Sharqiy tokchada joylashgan, uchinchi bo’lib ochilgan maqbaradagi eng yirik toshtobutga dafn etilgan jasadning shaxsiyati haqida ancha bahslar bo’ldi. Ko’plab tarixiy manbalar o’rganilib, jasad Amir Temurning suyukli xotini Bibixonimniki, degan xulosaga keldilar.

Bibixonim XIV asrning 40-yillarida Movarounnahrga xonlik qilgan Chig’atoy xonadoniga mansub amir Qozonxonning qizi bo’lgan. Taxminlarga ko’ra, u 1341 yili hozirgi Qashqadaryo vohasidagi Zanjirsaroyda tavallud topgan. Amir Qozonxon davlatda tartib o’rnatish yo’lida har xil qarshi­liklarga uchrab, 1346 yili bir guruh beklar tomonidan o’ldiriladi. Bu fojea yuz berganida Bibixonim 5-6 yoshlarda edi. U balog’atga etgach, amir Qozog’onning nabirasi Husaynga turmushga beradilar. 1370 yili amir Husayn Xuttalon amiri Kayxusrav tomonidan o’ldirilgach, Amir Temur Bibixonimga uylanadi. U xonning qizi bo’lgan­ligi tufayli Amir Temurning haramida Katta xonim degan unvonga ega bo’ladi.

Bibixonimning go’zalligi, aql-farosati, nozik didi, keng qalbi haqida xalq orasida afsonalar saqlanib qolgan. O’sha davrda yashagan bir shoir Bibixonimning go’zal­ligi haqida: “Uning go’zalligini so’z bilan anglatish mushkul, chunki ul har qanday go’zal so’zdan-da go’zaldir”, – deb yozgan.

Bibixonimning aql-farosati va mehribon­chiligini Amir Temur yuksak baholagan va oqila malikaga temuriy shahzodalarning tarbiyasini isho­nib topshirgan. Bibixonimga tabiat ona bo’lish baxtini bermagan, ammo u bor mehr-muhabbatini Mirzo Ulug’bek, Muhammad Sulton, Xalil Sulton kabi suyukli nabiralariga baxsh etdi. Bibixonim o’z sarmoyasidan Samarqandda ulug’vor madrasa bunyod qildi, olimlar shoirlar va me’morlarga g’amxo’rlik qildi. Arab tarixchisi Ibn Arabshohning yozishicha, uni Xalil Sultonning xotini Shodimulk yashirin ravishda zaharlab o’ldirgan…

Hozirgi kunlarda Samarqand shahrining boshqa tarixiy obidalari qatori Bibixonim maqbarasi ham ta’mirlangan va asliga qaytgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Chorsu ijod galereyasi

Samarqand - Chorsu ijod galereyasi

Registon maydonidan uzoq bo‘lmagan yerda, Sherdor madrasasi orqasida katta bo‘lmagan olti burchakli bino joylashgan bo‘lib, tarixiy kelib chiqishi olti yuz yildan ortiq belgilanadi. XV asrda qurilgan bu inshoot savdo markazi o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, turli xil bosh kiyimlari sotilgan. 4 yo‘l kesishuvida joylashgan bu bino “Chorsu” nomini olgan bo‘lib, fors tilidan “chor” to‘rt, “su” oqim, yo‘l ma’nolarini anglatgan. Imorat qurilganidan buyon bir necha marotaba ta’mirlangan, so‘nggi ta’mir jarayonidan so‘ng esa bino asosini berkitib turgan uch metrlik qatlami olib tashlangan. 2005 yilda Samarqand shahridagi ushbu “Chorsu” Savdo markazi binosi O‘zbekiston Babiiy akademiyasiga topshirilgan va tez orada bu yerda badiiy ijod galereyasi ochilgan.

Bugungi kunda Samarqand shahridagi “Chorsu” ijod galereyasi O‘zbekistonning eng yaxshi rassomlarining ishlari namoyish etadi, ularning asosiy qismi samarqandlik ijodkorlarga tegishlidir. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan yosh ijodkorlar ko‘ragazmalari, ustalarning yangi ishlari taqdimotlari va boshqalar ham tashkil etilib turiladi. Suratlar bilan bir qatorda, bu yerda haykallar, naqshdor idishlar va o‘zbek ustalarining boshqa ishlarini uchratish mumkin.

Samarqand bo‘ylab sayyohat qilarkansiz, mazkur galereyaga tashrif buyurish uchun vaqt ajratish maqsadga muvofiq. Zero, u shaharning asosiy sayyohlik markaziga juda qulay joylashgan. Bu yerda tasviriy san’at orqali Vataniga muhabbatni aks ettirish barobarida, bo‘yoqlar orqali rang-barangligini tasvirlay olgan O‘zbekistonning eng yaxshi ustalarining ishlari bilan tanishish mumkin.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Hazrati Dovud g‘ori

Samarqand - Hazrati Dovud g‘ori

Samarqand shahridan 40 km masofada juda qiziqarli joy – Hazrati Dovud g‘ori mavjud bo‘lib, u yerga har yili yuzlab odam ziyoratga keladi. Rivoyatlarga ko’ra shoh Dovud Isroilni bir necha yil boshqaruvidan so‘ng Alloxning amri bilan yakka xudolikni targ‘ib qilish uchun Osiyoga yuboriladi. Topshiriqni bajarish vaqti Hazrati Dovud Alloxga sig‘inib, zardushtlar, ya’ni otashparastlar g‘azabiga uchraydi va ulardan qochib, tog‘dagi toshni surib, g‘or ichiga g‘oyib bo‘ladi. Qo‘lida tosh va temirlarni erita olish hususiyatiga ko‘ra Hazrati Dovudni pir, temirlar homiysi deb tan olishgan. Boshqa afsonaga ko‘ra, ushbu qobiliyati uchun Samarqand hukmdori Dovudni o‘ziga bo‘ysundirib, u uchun ishlashiga majburlashga qaror qiladi. Yahudiylar shohi Samarqandda temirlar homiysi va mahalliy aholi piriga aylanganligi hech kirga ma’lum emas, lekin bu joy mahalliy aholi tomonidan qadrlanadi.

Aytishlaricha, bu muqaddas joyda qilingan eng ezgu niyatlar amalga oshar ekan. Tosh qoyalarda Hazrati Dovudning kaft izlari bor, shunchaki uning ustiga kaftni qo‘yib, niyatni tilasa bo‘ldi, u albatta ro‘yobga chiqadi. Har birimiz zamonaviy odammiz va ertaklardan ancha yiroqmiz, shundan bo‘lsa-da, eng ezgu niyatlari ro‘yobga chiqqan biz kabi zamonaviy odamlarni uchratamiz va ular o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashishadi. Aytishlaricha, aynan Hazrati Dovud ayniqsa farzandsizlikdan noumid bo‘lgan ayollarga yordam berar ekan. Shu sababli, g‘orga kirvurishda mo‘’jizaga umid qilib, tog‘ga ko‘tarilayogan yangi oila juftliklarini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik bu yerga kelib, bir necha yotib ham qolishadi.

G‘orga yetib borish uchun 2500 zina-poyani bosib o‘tish zarur, ziyoratchilar o‘z manzillariga yetib borishlari uchun ot va eshaklar borishni taklif qilishadi. Eng bardoshlilari bu yo‘lni piyoda yengib o‘tishadi. Tog‘ cho‘qqisida Hazrati Dovudning kichkinagina masjidi bor bo‘lib, u yerda suralar o‘quvchi mulla o‘tiradi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Hazrati Хizr Masjidi

Samarqand - Hazrati Хizr Masjidi

Hazrati Хizr Masjidi Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir. U Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me’moriy obidasi sifatida e’tirof etiladi.

Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati Xizr nomi bilan atalgan. Ma’lumotlarga ko’ra, dastlab sajdagohi mavjud bo’lgan. VIII asrda arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu tepalikdagi ibodatxona o’rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi.

Hoja Doniyor, Qusam ibn Abbos va Hazrati Xizr ziyoratgohlari aslida bitta majmua bo’lgan. Masjidga kiraverishdagi marmar toshda ko’rsatilgan “ 1854 yil ” yozuvi uning Buxoro amiri Amir Muzaffarxon tomonidan tiklanganligiga ishoradir.

1899 yilda masjidning ayvon va darvozaxona qismi qayta qurilgan. Darvoza yuzasiga yozilgan hijriy 1336 yil (melodiy 1916-1917 yillar) yozuvi darvozaxona va minoraning qayta tiklangan vaqtini anglatadi. Fikrimizni xonaqoh mehrobidagi 1274 yil hijriy (1854 melodiy yil), 1302 hijriy yil (1884 melodiy yil) degan yozuvlar isbotlaydi.

Mustaqillik yillarida Hazrati Xizr Masjidi mamlakat rahbariyati qo’llab-quvvatlashi bilan bir necha bor mukammal ta’mirlandi, masjid yonida joylashgan Arzis qudug’i qayta tozalanib, qadimiy holiga qaytarildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Imom Al-Buxoriy majmuasi

Samarqand - Imom Al-Buxoriy majmuasi

Qadimgi Samarqandning me’morchilik yodgorliklari bilan tanishgan sayyohlar ko’pincha yana bir muqaddas ziyoratgohga borishni istab qoladilar. Bu ziyoratgoh, ayniqsa musulmon mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar uchun bag’oyat qadrlidir. Chunki, bu yerda, o’z xizmatlari bilan islom dunyosida mashhur bo’lgan ulug’ olim Imom al-Buxoriy abadiy uyquda yotibdilar. Imom al-Buxoriy dafn etilgan joy Chelak tumanidagi Xartang kishlog’i bo’lib, bu yerda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan qurilgan masjid ham saqlangandir. Bir necha o’n yillardan buyon qarovsiz bo’lib yotgan bu ulug’ joy 1974 yildan so’ng obodonlasha boshlagan edi, negaki, o’sha yili Imom al-Buxoriyning tavalludiga 1200 yil to’lishi munosabati bilan dunyodagi musulmon davlatlarining yirik olimlari bu yerga kelish istagini bildirgandilar. Xorijiy meh¬monlarga bu xarob joyni ko’rsatishga uyalgan Moskvalik «xo’jayin»lar maqbarani obodonlashtirishga ruxsat berishga majbur bo’ldilar. Shundan so’ng bu tabarruk ziyoratgohda katta obodonchilik ishlari bajarildi. Hozirda Imom Al-Buxoriy majmuasi Samarqand va O’zbekistonga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgohga aylangandir.

O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1992 yilning aprel oyida Saudiya Arabistonga tashrif buyurganda podshoh Fahd ibn Abdul Aziz al Saud hazrati oliylari kamoli extirom ifodasi sifatida Prezidentimizga Ka’batullohga yopiladigan ka’bapushning katta bir bo’lagini hadya qilgan edi. Prezident ushbu ka’bapushni lutfan Al-Buxoriy maqbarasi majmuyiga sovg’a qildi. Shu o’rinda, Imom al Buxoriyning xotirasiga bu darajada katta ehtirom ko’rsatilishiga sabab nima? — degan savol tug’ilishi mumkin. Bu savolga javob berish uchun gapni sal oldinroqdan boshlamoq lozimdir. Alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Al-Mug’ayra ibn Bardazbeh Al-Jufariy Al-Buxoriy hijriy 194 yilning shavvol oyini 13 kunida (810 yil 20 iyul) Buxoro shahrida tavallud topgan. Yoshilgidanoq ilmga ehtiyoji zo’r, zehni o’tkir bo’lgan Al Buxoriy, ayniqsa payg’ambarimiz hadislarini alohida mehr va ixlos bilan o’rgangan. 825 yili Al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga jo’naydi.

Haj ibodatini ado etganidan keyin esa olti yil Hijozda qolib hadis ilmi bo’yicha astoydil ta’lim olish uchun Damashq, Qohira, Basra, Kufa va Bag’dod kabi shahar¬larda bo’lib mashhur hadisshunos olimlar bilan uchrashadi. Imom al Buxoriy o’n olti yil davomida olti yuz ming hadisni ajratib, ularni tartibga solib «Al-Jome, As-Sohiyh» nomli ulkan asarni yaratadi. «Sohiyh Al-Buxoriy» nomi bilan mashhur bu asarni islom dini uchun ahamiyati g’oyatda kattadir. Negaki, islom dinining dastlabki asrlarida noaniq, chala va har-xil g’arazli maqsadlarda ataylab to’qilgan soxta hadislar ham xalq orasiga tarqalgan edi.

Bu g’arazli va soxta hadislar el orasida tarqalib islom dini va uning Payg’ambarining obro’siga katta ziyon yetkazmoqda, ishonchsizlik tug’dirmoqda edi. Imom al-Buxoriy to’plagan haqiqiy hadislar esa o’zining to’g’riligi va mantiqliligi bilan barchaga manzur bo’ldi. Natijada islom dinining dushmanlari o’z niyatlariga yeta olmadilar. Shu sababli Imom al Buxoriy to’plagan «Al-Jome As-Sohiyhning obro’si juda oshib ketdi va uni to’plovchisini ham shonu-shuhrati islom olamiga yoyildi. Imom al-Buxoriy xorijiy ellardan qaytgach o’z ona shahri Buxoroda yashay boshladi va ko’plab tolibi ilmlarga ta’lim bera boshladi. Ammo, hasadchilar allomani tinch qo’ymadilar, ular Al-Buxoriyni Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az Zuhayliyga yomonladilar. Amir Xolid ibn Ahmad Al-Buxoriyga saroyimga kelib bolalarimga ta’lim berasan, deb buyruq qiladi. Al-Buxoriy hokimning xabarchisiga: „Men ilmni xor qilib uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilmga kerak bo’lsa o’zi izlasin“ — deb javob beradi. Allomaning bu javobi hokimga yoqmaydi va unga shaharni tark etishni buyuradi.

Shundan so’ng Al-Buxoriy Samarqand tomonga yo’lga chiqib, shahar yaqinidagi Xartang qishlog’iga yetib kelib qarindoshlarinikida bir oz yashaydi va kasallanib 62 yoshida hijriy 256 yili (870 yil 1 sentyabr) vafot etadi. Uni katta izzat-ikrom bilan Xartang qishlog’idagi qabristonga dafn etadilar. Uning qabriga hashamatli maqbara quradilar. Imom al-Buxoriyning maqbarasini o’z ko’zlari bilan ko’rib ziyorat qilganliklarini XII asrda yashagan tarixchi Samaniy va XIV asrlarda yashagan sayyoh Ibn Battutalar yozib qoldirganlar. Imom al Buxoriy „Al-jome, As-Sohiyh» dan tashqari bir necha o’nlab kitoblarning muallifidir. Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi va ko’rsatmasi bilan Xartang qishlog’ida ulkan, hashamatli Imom al-Buxoriy majmuasi bunyod etildi. Bugun u barcha uchun tabarruk ziyoratgohga aylangandir.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Imom Moturudiy yodgorlik majmui

Samarqand - Imom Moturudiy yodgorlik majmui

Imom Moturudiy yodgorlik majmui Samarqand shahrining Registon maydonidan unchalik uzoq bo’lmagan Chokardiza qabristoni hududida joylashgan.

Kalom ilmida moturidiya oqimining asoschisi, Islom olamida Imom-ul-Hudo (Hidoyat imomi) deb tanilgan buyuk ilohiyot olimi, faqih, shayx Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy 870 yilda Samarqandning Moturid mavzesida tug‘ilgan. Dastlab maktabda savod chiqarib, keyin madrasa ta’limini olgan.

Imom al-Moturidiy Imom Ash’ariy, Rudakiy, Abul Hasan Balxiy, Farobiy kabi olimlar bilan bir zamonda yashab, imom Muhammad al-Buxoriyni o‘zining ma’naviy ustozi, deb bilgan. Alisher Navoiy Imom al-Moturidiyning sha’nini ulug‘lab, u kishiga “Buyuk ulamolar sultoni” dea yuksak baho bergan.

IX-X asrlarda Islom dinini noto‘g‘ri targ‘ib va talqin qiluvchilar ko‘payganligi sababli Imom al-Moturidiy o‘zining asarlari bilan ularga qarshi kurashadi. Uning “Kitob al-Tavhid” asari alohida o‘rin tutadi. Imom al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etadi va shahardagi Chokardiza qabristoniga dafn etiladi.

Davlat hukumati tashabbusi bilan Imom Moturudiy yodgorlik majmui 2000 yilda Samarqand shahrining Chokardiza qabristonida bunyod etilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma’naviy-ruhiy hayotidagi o’rni beqiyosdir. U Islom olamida “Imom al-huda” (Hidoyatga boshlovchi imom) va “Imom al-mutakallimin” (Kalom olimlarining imomi) degan sharafli unvonlar bilan mashhur bo’lgan. Ismlari Muhammad, “Moturidiy” taxallusini Samarqandning Moturid qishlog’ida tavallud topganliklari uchun olganlar. Manbalarning dalolat berishicha, Al-Moturidiy fiqh va kalom ilmi bilan yoshlikdanoq qiziqib, hanafiy mazhabi olimlaridan tahsil olgan. Ko’plab mashhur faqih va muhaddislar bilan muloqotda bo’lgan, butun umri davomida shu sohaga oid ko’plab asarlar yozib qoldirgan. “Kitob at-tavhid”, Kitob maqomat”, “Tavilot ahl as-sunna” asarlari shular jumlasidandir.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Ishratxona maqbarasi

Samarqand - Ishratxona maqbarasi

Ishratxona maqbarasi Samarqand shahridagi meʼ-moriy yodgorlikdir. Maqbara Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan (1397—98) bogʻi Dilkusho oʻrtasidagi koʻshk binosi. Ishratxonaning meʼmoriy shakllari, nafis bezaklari xashamatlidir.

Baland devor bilan oʻrab olingan bogʻ oʻrtasidagi kurkam imorat — koʻshki Dilkusho (tarhi 30×22,4 m) peshtoqining ikki qanotiga ikki oshyonli xonalar yondoshgan. Izorasi toshdan, bezaklari silliq gʻishtdan, choklari feruza va lojuvard rang koshin bilan qoplangan. Peshtoq ravogʻi ichida yana bir kichik ravoq boʻlib, uning ichki devoriga izora ishlangan. Ikki yonidagi kichik eshikchalar va darvoza orqali ichkariga kirilgan. Ikki oshyon balandligidagi katta xonaqoh — miyonsaroy (tarhi 8×8 m) toʻridagi eshik orqali tashqariga chiqilgan. Janubdan 3 xonali saroyga oʻtiladi. Shimoldan esa mexrobli, uzunchoq xonai xos (taxminlarga koʻra, koʻshk masjidi)ga oʻtilgan. Mi-yonsaroyning tashqi burchaklarida 4 aylana zina boʻlib, ular orqali yuqoridagi oshyon xona (hujra)larga va gumbaz tomga chiqilgan. Miyonsaroy ostidagi 8 qirrali yer osti “sardoba” — tagxonasida saroy mulki va oziqovqat mahsulotlari saqlangan. Tagxona izorasi koshin va toshdan ishlangan.

Miyonsaroy shipi juda murakkab oʻzaro kesishuvchi ravoklar va burchaklardagi qalqonsimon bagʻallardan tashkil topgan. Izorasi koshinkori naqsh, uning tepasi oppok, ganch ustiga ishlangan rangbarang naqshinkor gullar chama’nzoriga aylangan. Ular orasida bir oz boʻrtib turgan kundal gullari xonani yanada jilvador etgan. Miyonsaroy usti tashqi tomondan ikkinchi gumbaz bilan qoplangan. Bu gumbaz baland davra chambarakka urnatilgani uchun ham qaddi raso va mahobatli. Chambarak yuzasi girihli koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz butunlay feruza gʻishtlar bilan krplangan. Shuning uchun ham koʻshk keyinroq “koʻk gumbaz” nomi bilan atalgan. Ishratxonadagi islimiy va girih naqshlar, zarhal kundal bezaklar milliy meʼmorlik xazinasidagi noyob durdonalardan hisoblanadi.

Hozir ham I. ning qoldiklari garchi ancha qismini yoʻqotgan boʻlsada, kurkam va jozibali koʻrinadi. Uning baland gumbazi 1903 y. dagi kuchli zilzila vaqtida qulab tushgan. Pekin gumbaz tuzilishini 1872 y. da olingan su-ratdan aniqlab olish mumkin. Ishratxona maqbarasi binosi Amir Temur Samarqand atrofida alohida ixlos bilan, shaxsan oʻzi nazoratida qurilgan bogʻ koʻshklari ichida eng mashhuri va eng muxtashami sifatida, ayniqsa saqlanib qolgan yagona namuna sifatida Oʻzbekiston meʼmorchiligi tarixida alohida oʻrin tutadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Mahdumi A’zam yodgorlik majmuasi

Samarqand - Mahdumi A’zam yodgorlik majmuasi

Samarqand “Dahbediya” maktabi asoschisi, Naqshbandiya ta’limoti shayxi Mahdumi A’zam – (to‘liq ismi Said Djalalad-din Axmadal-Kasaniad-Daxbedi — Shaykh Aḥmad ibn Mawlānā Jalāl al-Dīn Khwājagī Kāsānī ‘Makhdūm-i Aʻẓam’, (1461-1542) — O’rta Osiyo imomi va so‘fiysi, so‘fiylik namoyondasi hisoblanadi.

Mahdumi A’zam qabri oldidagi maqbara Samarqand xonlarining buxorolik amirlaridan bo’lmish Yalangtush Bahodur bey (uning shohi — Muhammad Hoshim, Mahdumi A’zamning nevarasi payg‘ambarimiz qarindoshlari oila a’zolaridan hisoblangan) tomonidan qurdirilgan.

Majmuaning eng monumental inshooti bo’lmish Mahdumi A’zam — xonaqoh, olti ustunli, 12 gumbazli uzunasiga cho’ziq bino uzun gumbaz ayvon tarafda joylashgan keng yog’och ayvon bilan uyg’un ishlangan. Binoning birinchi qurilish tarxida zikr tushish uchun mo’ljallangan katta ayvon, qo’shimcha xonalar va tahorat xonasi ham nazarda tutilgan. Xonaqoh hovlisida uzunligi 8 metrlik minora qad rostlangan bo’lib, XIX asr oxiriga qadar saqlangan. Sharqiy tarafdan yana bir inshoot — “kichik masjid” joylashgan. Xonaqohning shimoliy qismida dahma bo’lib, uzunligi 1,55 metr va deyarli to’rtburchak shaklidagi (17,6×16,6 m), kulrang “samarqand marmari” bilan terilgan; burchaklari marmar yarimustunlari bilan bezalib, Qur’on oyatlari bilan ziynatlangan. Xonaqohda 7 yodgorlik toshi va bitta qabr bo’lgan. Xonaqoh atrofidagi katta bo’lmagan qabr g’ishtdan terilgan devor bilan o’ralgan. Ushbu bino Nodir Devonbegi buyrug’i bilan qurilgan. Xonaqoh ostonasida janubdan 9 ta dahma bo’lib, ulardan biri Yalangtush Bohodurga tegishli; Sharqdan joylashgani uning qizi — Iqlimga tegishli. Chegaradan tashqarida 46 ta dahma mavjud. Tarixshunos Komilxon Kattayevning “Mahdumi A’zam va Dahbed” kitobida qabrtoshlarining ro’yxati keltirilgan bo’lib, avliyoning qabri oldida turadi. Quyida u haqda batafsil keltiriladi.

Barcha so’fiylar kabi Mahdumi A’zam ham ilohiy kuchga ega bo’lgan, garchi, u Hazrati Baxouddinning “… shuncha gunohlar qilib ham, men hanuz yashamoqdaman” so’zlarini qaytarganligi ehtimoldan holi emas. Mo’jiza ko’rsatuvchilar o’zlariga nisbatan juda talabchandurlar.

Bizning tarasavvurimizda mo’jiza majmua maydonida joylashgan daraxt bilan bog’liq. Bahaybat va to’rt ildizli, tahminan 600 yillik bu daraxtning ildizida kovak bo’lishiga qaramay, u hanuz barglar bilan qoplanadi. Aytishlaricha, ushbu daraxtni avliyo hayolan Erondan shu yerga ko’chirib o’tgan emish.

Mahdumi A’zam o’quvchilarini ibodat vaqti ko’zlarini ochmasliklariga buyruq beradi. Shunday bo’lsada, bir o’quvchi itoat qilmaydi. Ko’zini ochib qarasa, Eronning zimiston qamoqxansida bo’lib qoladi. Mahbusning baqirig’idan soqchilar qochib ketishadi va tentaknamo bu asirni eroniy shoh huzuriga olib kelishadi. O’quvchi bo’lib o’tayotgan hodisani podishohga tushuntirishga harakat qiladi, lekin bu voqea eron hukmdorini kulguga qo’yadi, xolos. Shunda podshoi-olam “yolg’onchi”ni daraxtga bog’lab, kulimsirab, “Agar shayhing shunchalik qudratli ersa, seni orqaga olib ketsin…” deydi. Ertasiga bu joyda na murid, na daraxt ko‘rinmaydi — faqat daraxt ildizining o’rnigina qoladi…

Aytishlaricha, hayratda qolgan eroniy shoh o’limidan so’ng Hazratning oyog’i ostiga ko‘milishni istashiga buyruq beradi. Bu qabrni ko’rish ham mumkin. Eron tut daraxti esa hanuz o’sib, o’zining g’ayritabiiy shakli va o‘lchami bilan atrofdagilarni hayratga solishda davom etmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Mirzo Ulug'bek madrasasi

Samarqand - Mirzo Ulug'bek madrasasi

Samarqand shahrida bugungi kungacha saqlanib kelgan dunyoga mashhur Registon maydoni Mirzo Ulug’bek madrasasi qurilishi bilan boshlangan. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan va uning hovlisi 81 m dan 56 m gacha bo’lgan. Ushbu madrasaning dizayneri o’sha paytda taniqli olim bo’lgan Qavomiddin Sheroziy edi, Hirot hukmdorlari uchun qurilgan bir qancha me’moriy ansambllar uning ijodiy ishlariga tegishli edi. Ulug’bek madrasasi me’moriy asar sifatida Sharqning qadimiy yodgorliklarining eng yaxshi namunasidir. XV asrda Samarqand shahrida qurilgan barcha binolardan faqat Mirzo Ulug’bek madrasasi hozirgacha saqlanib kelgan, hattoki biroz buzilgan. Madrasa ikki qavatli bo’lib, to’rtta hujra va to’rt burchakda 55 hujra va katta o’quv xonalari mavjud. 2-3 talaba maxsus hujralarda yashab, tahsil olishgan. Har bir xona uch xil vazifani o’tagan (o’qish, yashash, zarur narsalarni saqlash).

Sinf xonalarida muayyan guruhlar uchun fan bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazildi. Masjidning g’arbiy qismida ikkita sinf xonasi o’rtasida joylashgan edi. Uning ikkita eshigi bo’lib, ular sinfxonani va hovlini bog’lab turar edi.

Madrasada yuqori portal mavjud bo’lgan. Uning yon devorlari katta geometrik naqshlar bilan bezatilgan edi. Umuman olganda, madrasada boy naqsh va g’isht va marmar o’yma naqshlari mavjud. Bu madrasaga jozibali ko’rinish beradi.

Naqshda yozilgan ko’p qirrali, besh barmoqli tasvirlar va Qur’on oyatlari Mirzo Ulug’bekning donoligi haqida xabar beradi. Madrasaning to’rt burchagidagi baland minoralar binoni juda jozibali va ko’rkam qiladi.

Mirzo Ulug’bekning buyrug’i bilan qurilgan ushbu madrasa Sharqda birinchi o’quv muassasasi bo’lib, barcha imkoniyatlarga ega edi. Shuningdek, u Mirzo Ulug’bek akademiyasi sifatida dunyoga mashhur edi. Bizning fikrimizni isbotlash uchun Yevropaning taniqli yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi olim Volterning quyidagi fikrini keltirish kifoya: “Transaksoniyada Buyuk Temur taxtiga o’tirgan Mirzo Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyani tashkil qildi. U astronomik jadvallarni tuzishda ishtirok etgan”.

Mirzo Ulug’bek ushbu akademiyada bir necha olimlarga dars bergan. Mashhur Samarqand rasadxonasi usta va shogirdlar uchun koinot markazining bilim sirlariga aylandi. Bundan tashqari, Buxoroning G’ijduvondagi madrasalari akademiyaning poytaxtdagi filiallari edi.

Kirish madrasasining ikkinchi qavatida, madrasa portalida keng kutubxona mavjud bo’lib, unda Amir Temur va uning vorislari to’plagan kitoblar saqlanar edi. Bu yerda madrasa olimlari va o’qituvchilari faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mirzo Ulug’bek har bir olim bilan shaxsan suhbatlashardi va uning o’qituvchilik faoliyatiga oid bilimlari mukammal ekanligiga ishonch hosil qilardi. Bu yerda o’sha davrning taniqli olimlari dars berganlar: Mavlono Muhammad Xavofi, Qozizada Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Muiniddin Koshi va boshqalar. Boshqa olimlar qatori bu yerda ham Ulug’bek va uning shogirdi Ali Qushchi kabi turli xil fanlardan saboq berilgan.

Ulug’bek va uning hamkasblarining eng taniqli ilmiy yutuqlari – bir darajali kamonning porlashini aniqlash uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib keldi. Ko’p sonli aholi punktlari koordinatalarini aniqlash, 1018 yulduz kirgan mukammal yulduz jadvallarini tuzish, soch yilini aniqlik bilan ajratish – 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa va 8 soniya (farq bilan zamonaviy ma’lumotlar 58 soniya), Yerga nisbatan ekliptikaning pasayishi va 5 sayyoraning orbitasini aniqlash. Natijada Samarqand aniq fanlarni o’rganish markaziga aylandi.

Madrasada o’qitish uch bosqichda o’tdi: birinchi – “ando” yoki “kichik qadam” – dastlabki bosqich. Ikkinchi bosqich – «avsat» yoki «o’rtacha», uchinchisi – «a’lo», ya’ni «yuqori» bosqich. Vaqt o’tishi bilan o’quvchilar har bir bosqichda 4-5 yoshda o’qishgan. Yaxshi o’qish uchun grant olindi. O’quvchining qarzdorligi to’g’risida eslatma sifatida, har bir katakka kirish uchun Xadis bilan mozaik paneli o’rnatildi – Muhammad payg’ambarning “hamma xudojo’ylarning qarzi – bilimga intilish” yoki “Beshikdan qabrgacha intilish” bilimlar ». “Sanad” – diplom o’qishni tugatgandan so’ng bitiruvchilarga topshirildi. Madrasada o’qish bepul va vaqfdan olinadigan daromad hisobiga amalga oshirilardi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Mirzo Ulug'bek rasadxonasi

Samarqand - Mirzo Ulug'bek rasadxonasi

Buyuk o’zbek xalqining atoqli farzandi, jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo’shgan benazir alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek rasadxonasi nomi bilan bog’liq ushbu muzey 1964 yilda Samarqand shahrida tashkil etilgan. Majmuaga g’arbiy tomondan kiraverishda olim va davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning hukmdorlik taxtida o’tirgan siymosiga duch kelamiz. Haykal O’zbekiston xalq rassomi Ravshan Mirtojiev tomonidan yaratilgan. Haykalning orqa tomonidagi quyosh va to’qqiz sayyorani o’z ichiga olgan «Yulduzli osmon» nomli panno O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy merosni saqlash va muhofaza etish bosh boshqarmasi va Raxmonov xususiy korxonasi xodimlari ijodining namunasidir. Uni Samarqand ta’mir korxonasi rahbari Baxrillo Abdullaev shogirdlari bilan amalga oshirishdi.

Tariximizdan ma’lumki Mirzo Ulug’bek 1409 yilda taxtga kelib shaharni yanada obodonlashtirilishi Movarounnahrning ilmiy va madaniy markazi bo’lib qolishini ta’minladi. U matematika, astronomiya fanining eng ilg’or olimlarini Samarqandga chorladi, rasadxona qurishga farmon berdi. 1424-1428 yillar mobaynida Samarqand shahrining shimolida Obirahmat arig’i bo’yidagi Ko’hak tepaligi bag’rida jahonga mashhur Mirzo Ulug’bek rasadxonasi qurildi. Bungacha falakiyotni kuzatuv ilmiy ishlari 1417-1420 yillarda qurilgan (hozirgi Registon maydonidagi) Ulug’bek madrasasida olib borilgan.

Rasadxona silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30 m dan iborat ulkan bino bo’lib, unda radiusi 41 m li gigant kvadrant bo’lgan. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida joylashgan bo’lib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 m baland bo’lgan.

Mirzo Ulug’bekning vafotidan keyin uning ilmiy ishlari bir necha vaqt davom etib, keyinchalik rasadxona vayronaga aylangan. Hatto rasadxonaning joyini aniqlashni imkoni mushkul masala edi. 1908 yilda Samarqandlik o’lkashunos olim, arxeolog V. L. Vyatkin (halq orasida Vosi aka nomini olgan) Samarqandlik olim Abu Sa’id Mahzum bilan hamkorlikda Bobur Mirzoning «Boburnoma» va Abu Tohir xojaning «Samariya» nomli tarixiy asari hamda vaqfnoma xujjatidagi ma’lumotlarga asoslanib, rasadxonaning joylashgan joyini aniqlashga muvofiq bo’ldilar. 1908-1909 yillarda qazish ishlari olib borildi, bu esa butun dunyo olimlarining diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etdi. Qoyani o’yib qilingan chuqurlikda marmardan yasalgan ikkita parallel yoy, meridian radiusi 41 m ga teng bo’lgan juda katta kvadrat(qurilma)ning bir bo’lagi topildi.

1946-1948 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining ekspeditsiyasi qazish ishlarini nihoyasiga etkazdi.

Bobur Mirzoning yozishicha, rasadxona uch Oshiyonlik bino bo’lib, to’garak shaklida bo’lgan, binoning devorlari sirli koshinlar bilan qoplangan Abdurazzoq Samarqandiy. bu nodir obidaning ichki qismini shunday tasvirlaydi: «Binoning ichki qismi jahonda tengi yo’q rang – barang naqshlar bilan bezatilib, devor va shiftlarida osmon gradus (darajalari), daqiqalari, hatto soniyalarigacha hisoblanib, etti sayyora hamda «harakatsiz» (sobita) yulduzlar, shuningdek, er kurrasi, etti iqlim, tog’u sahrolar va daryo-yu dengizlar hamda ummonlargacha tasvirlangan».

Rasadxona 1424-1428 yillarda qurilganligi haqida Abu Toxir xojaning «Samariya» kitobida ham aniq ma’lumotlar berilgan.

1417 yilda Mirzo Ulug’bek falakiyotshunoslarni chorlab astronomik jadval tuzish va rasadxona qurish haqidagi rejalarni muhokama qiladi. Kuzatuvlar shu yili boshlanib, 30 yildan so’ng ya’ni 1447 yilda tugaydi. Barcha planetalarning quyosh atrofida aylanishi kuzatiladi. Bu davrga kelib «Ziji» asari ham yozib tugatiladi. Rasadxonada ba’zi kuzatuvlarni oddiy ko’z bilan, ham ya’ni asboblarsiz o’tkazish imkoni bo’lgan.

Rasadxona kvadrantning diametri 80 metr, uning yoyni uzunligi esa 63 metr bo’lgan. Bu Sharqdagi mavjud asboblardan eng yirigi bo’lgan, Beruniy ham ulkan diametrli kvadranti (15 tirsak)liligi haqida ma’lumot bergan.

Qurilishga o’z davrining mashhur olimlari – astronom, matematik, me’morlar jumladan, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar jalb qilingan.

Mirzo Ulug’bek vafotidan so’ng rasadxona Muhammad Ali Qushchi va Miram Chalabiy rahbarligida yana bir necha o’n yillar faoliyat olib borgan.

1994 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan Respublikamizda «Mirzo Ulug’bek» yili deb elon qilindi.

Muzeyning kirish qismi to’g’risida O’zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi Akmal Ikromjonov tomonidan yaratilgan Mirzo Ulug’bek portreti, chap tomondagi devorda qo’lida kitob tutgan holda buyuk olim siymosi gavdalangan ustozu – shogirdlar boshlari uzra 12 yulduz burji tasvirlangan. Devorning o’ng tomonida Mirzo Ulug’bekning shogirdlari Ali Qushchiga «Usturlob» ilmidan ta’lim berayotgan holat tasvirlangan. Olimlar asl nusxasi Angliyada bo’lgan oltin globus va turli xil asbob uskunalardan foydalanayotgan ilmiy amaliy ish jarayoni eshikning ikki yonida «Quyosh namoyon» uslubida tasvirlangan. Muzeyning kiraverishdagi devoriy suratlar muallifi Kamoliddin Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn instituti katta o’qtuvchisi O’zbekiston Badiiy Akademiya qoshidagi ijodkorlar uyushmasi a’zosi: Mirhomid Sobirov, bezak ustalari esa O’zbekiston san’at arbobi Xurshid Nazirov taniqli naqqosh Ahror Asqarov va ularning shogirdlari tomonidan bezatilgan.

Movarounnahrni sohibqiron bobokalonimiz mo’g’ul istilosidan xalos etib, Buyuk Turon davlatini qayta tiklash bilan birga markazlashgan qudratli davlat barpo etgan. Bu haqda Kastiliyadan kelgan Rui Ganzales de Klavixo asarida xam o’ziga xos bayon etilgan. Oyna tagidagi dovul asbobi ham asl eksponat bo’lib Temur davlati armiyasining qudratini namoyon qiluvchi ashyolardan biri hisoblanadi.

Amir Temur va temuriylar sulolasi 1370 yildan 1858 yilgacha Movarounnahr, Xuroson, Iroq, Shimoliy Hindiston, Afg’oniston va boshqa hududlarda hukmronlik qilgan. Amir Temurning uchinchi o’g’li Mironshoh Mirzo avlodidan bo’lgan Zahriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Afg’oniston va Hindiston hududlarida qudratli saltanat barpo etgan. Bu buyuk sulolaning 193 nafar avlodi qariyib 500 yil hukmronlik qilib jahon tsivilizatsiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan.

Amir Temur Sharq va G’arb davlatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatish maqsadida «Buyuk ipak yo’lini» qayta tikladi va savdo sotiq va moddiy aloqalarni yo’lga qo’ydi. Amir Temurning Frantsiya qiroli Karl VI ga yuborgan maktubida shu haqda batafsil ma’lumot berilgan.

Amir Temurning to’rtinchi o’g’li Shohruh Mirzo 17 yoshga to’lganda uning o’g’li Muhammad Tarag’ay Mirzo Ulug’bek dunyoga keladi, Ulug’bekning nikoh to’yi Konigil mavzesida bo’lib o’tadi. Sohibqiron Temur Mirzo Ulug’bekning tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Mirzo Ulug’bek qirq yillik hukmronligi mobaynida o’z davlati sarhadlari, xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1425 yil Mo’g’ilistonga katta qo’shin bilan yurish qiladi.

Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida Sharqda Mo’g’iliston, G’arbda Misr va Rimgacha, janubda Hindistonning markaziy qismi, Shimolda Dashti qipchoq chegaralarigacha bo’lgan bepoyon erlar Temuriylar davlati tarkibida bo’lgan. Bu haqda «Zafarnoma» va «Boburnoma» asarlarida etarlicha manba mavjud.

Mirzo Ulug’bek buyuk Sohibqiron Temurning bunyodkorlik ishlarini davom ettirdi u ko’plab madrasalar, masjid va xonaqo, xammomlar qurdirdi. Shu jumladan, Oqsaroy kabi inshootlarni tamirlaydi.

U Movarounnahrda er solig’ini kamaytiradi. Dehqonchilikning rivojlanishiga katta hissa qo’shadi 1428 yili o’tkazilgan pul islohoti mamlakatda ayniqsa chakana savdoni rivojlantirishda katta hissa qo’shadi.

Mirzo Ulug’bek adabiyot va san’atda yuksak did va bilim sohibi bo’lib, u o’z davrining eng iste’dodli shoirlari: Sakkokiy, Lutfiy, Jomiy, Atoiylar hamkorligida bu sohani yuksak pag’onaga ko’tardi.

Amir Temur tufayli Mirzo Ulug’bek juda boy qutubxona va qo’lyozmalarga ega bo’lishiga qaramay, u saroy kutubxonalariga kitoblar sotib olish uchun juda katta mablag’ sarflar edi.

Kitoblarni bezash, badiyligini oshirish uchun ham miniatura san’atini rivojlantirishga juda katta e’tibor beradi.

Xalq ommaviy san’ati, hunarmandchiligida asosan sharq ustalarining noyob mahoratiga tayanadi.

Mirzo Ulug’bek musiqa san’atiga ham juda katta qiziqish va e’tibor bilan qaraydi. O’zi ham musiqa bilan shug’ullanadi. Bu davrda Darvesh Ahmad Qonuniy, Sulton Ahmad, Sulton Muhammad, Xofizi Changiniy kabi mohir musiqashunos sozandalar halq orasida juda mashhur bo’lishgan.

Mirzo Ulug’bek Movarounnahrni ilm-ma’rifat markaziga aylantirish yo’lida ulkan ishlarni amalga oshiradi. Jumladan Buxoroda 1432 yil, Samarqandda 1417-1420 yillar G’ijduvonda 1432-1433 yillar mobaynida qurdirgan madrasalar eng nufuzli ilm-fan maskani bo’lib hisoblangan.

Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek madrasasi o’z davrining mukammal oliy ta’lim maskani bo’lib, o’z davrida o’ziga xos universitet vazifasini bajargan.

Buxorodagi madrasa kattaligi jihatidan Movarounnahrdagi ikkinchi nufuzli madrasa bo’lib, uning eshigiga Ulug’bek tomonidan «Ilm olishga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan hadis bitilgan.

Madrasada bilim olish muddati 8 yil davom etgan. Shu muddat davomida talabalarga oylik maosh va «Ulfa» deb atalgan maxsus to’lov puli berib borilgan.

1424-28 yillarda Samarqand shahrida qurilgan Mirzo Ulug’bek rasadxonasi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan bo’lgan. Bobur Mirzoning yozishicha rasadxonaning sirti koshin va chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan bo’lgan.

Mirzo Ulug’bek rasadxonasida kvadrantdan tashqari bir necha kuzatish asboblaridan ham foydalanilgan. Ularning orasida armilyar sfera, trikver kabi asboblar mavjud edi.

Mirzo Ulug’bek maktabiga mansub olimlarning aniqlagan ma’lumotlari ulardan bir necha asr oldin yashab o’tgan buyuk allomalar erishgan natijalar bilan solishtirilganda o’ta aniqligi bilan ajralib turar edi. Ekliptika og’maligi, yulduz yilining xisobi, sayyoralarning yillik hisobini aniqlash, kabi masalalar alohida o’rin tutgan. Mirzo Ulug’bekning yulduzlar katalogi 1690 yili Polyak olimi Yan Gaveliyning (1611-1687) «Astranomiya darakchisi» nomli asarida nashr etilgan va bu asarda Mirzo Ulug’bek besh astronom Ptolemey, Tixo Brage, Javani Richchioli, Vilgelm IV va Yan Gaveliy davrasida, to’garak stol atrofida astronomiya muzasi (ma’budasi) Uraniyaning o’ng tomonida birinchi bo’lib o’tiribdi. Uning o’rindig’i orqasida «O’z ishimni munosib avlodlarimga qoldirdim» degan so’zlar bitilgan.

Qadimgi Misrdagidek Yan Gaveliyning asarida ham «Tarozu burji» alohida adolat ramzi xisoblangan.

Mirzo Ulug’bek «Ziji»ning Yevropadagi ilk nashri Oksfort universitetining professori Jon Grivs tomonidan amalga oshirilgan. U «Zij»ga sharh yozib, uning bir qismini 1648 yilda chop ettirgan.

Grinvich observatoriyasining birinchi direktori J.Flemstid 1725 yilda Mirzo Ulug’bek «Zij»ini o’zining «Osmon tarixi» nomli kitobida nashr ettiradi.

Mirzo Ulug’bek «Zij»ini 1724 yili fors tilidan gruzin tiliga Gurjiston podshosi Vaxtand VI tarjima qilgan.

Peterburg akademiyasining birinchi akademik-astronomi Jozef Nikola Delil o’z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab Ulug’bek «Ziji»ni lotin tiliga tarjima qilib, 1739 yili 25 iyunda «Zij» haqida Peterburg akademiyasida frantsuz tilida nutq so’zlagan. Mirzo Ulug’bekning butun Dunyoda katta obro’ e’tibor qozongani osmon yoritgichlarining nomlarida ham o’z aksini topgan. Yan Gaveliyning zamondoshi, Italiyalik astronom Jovanni Richchioli 1651 yilda oydagi kraterni qadimda yashab o’tgan buyuk olimlarning nomlari bilan aytishni taklif qilgan. Oydagi bo’ronlar okeani «sohilidagi» kraterlardan biri Mirzo Ulug’bek nomi bilan atalgan. Ular qatorida Ibn Sino, Ahmad Farg’oniyning ham kraterlarini ko’rish mumkin.

Quyosh sistemasining 1977 yilda ochilgan 2439 raqamli kichik sayyorasida Mirzo Ulug’bek nomi berilgan. Allomamizning «Zij»i ko’plab tillariga tarjima etilgan.

Xindistonda Ulug’bek ilmiy merosiga katta ahamiyat berilganligi kuzatiladi. Xususan Boburiy Muhammadshohning farmoyishi bilan XVIII asrning birinchi yarimida, astronom Savay Jay Sinx tomonidan Jaypur, Banoras va Dehlida rasadxona barpo etilgan. Bunda Samarqand astranomiya maktabi uskunalaridan andoza olishgan.

Mirzo Ulug’bek davrida Samarqand astronomiya maktabining jahonshumul yutuqlari Xitoy astronomiyasining yanada rivojlanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Iezuit monax, olim Antuan Gobil (1689-1759) esa Xitoy astronomiyasi haqida: «Bu sohada Xitoylar nimani bilgan bo’lsa, ularning barchasi G’arbdan Samarqand tomonidan kelgan» deb aytgan edi.

Xitoy orqali Samarqand astronomiya maktabining yutuqlari Koreyada ham tarqalgan.

1432 yilda Koreya qiroli Yi Do Xitoy orqali Samarqand astronomiya maktabi bilan tanishadi. Shu bilan Ulug’bek maktabining an’analari Koreyada ham rivojlanadi.

1470 yilda Ali Qushchi Istambulga yo’l oladi va u erda turib Mirzo Ulug’bek ilmiy maktabining natijalarini keng miqyosda targ’ib va tashviq qiladi.

Mirzo Ulug’bek «Ziji» eng avvalo musulmon mamlakatlarida astronomiya fani rivojiga ulkan ta’sir o’tkazadi.

Mirzo Ulug’bek «Zij»iga eng mukammal sharh Eronlik munajjim va riyoziyot olimi Nizomiddin Birjandiy tomonidan 1523 yilda yozilgan «Sharxi Ziji Ulug’bek»dir.

Qohiralik munajjim Muhammad Al-Misriy (XVI asr) Mirzo Ulug’bek «Ziji»ni osonlashtirish («Tashil Ziji Ulug’bek») nomli asar yozadi va uning jadvallarini Qohira kengliklariga moslashtiradi.

Samarqand, Buxoro, G’ijduvon kabi tarixiy shaharlarimizda uning nomi bilan bog’liq bo’lgan me’moriy obidalar, qadamjolar tamirlandi va obod qilindi.

Ulug’bek nomidagi muassasa hamda tashkilotlarning ko’payib borayotgani diqqatga sazovordir. Jumladan Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga, Farg’ona davlat dorilfununiga Ulug’bek nomi berilgan.

Shuningdek, xalqaro ilmiy axamiyatga ega bo’lgan Kitob kuzatuv kenglik stantsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti Ulug’bek nomida.

1992 yili O’zbekiston poytaxti Toshkentning yirik tumanlaridan biriga Mirzo Ulug’bek nomi berildi va uning haykali o’rnatildi. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Ulug’bek nomli xo’jalik bor. 1995 yilda Toshkent davlat Universitetiga Mirzo Ulug’bek nomi berildi.

Mustaqillik yillarida Mirzo Ulug’bek merosini o’rganish va e’tirof etish yangi bosqichga ko’tarildi. 1994 yilda O’zbekistonda va Parijdagi UNESCO qarorgohida Ulug’bek tavalludining 600 yilligi katta tantanalar bilan nishonlandi. 2009 yilning BMT tomonidan «Astronomiya yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan Mirzo Ulug’bek tavalludining 615 yilligi Samarqandda va Parijda keng nishonlandi. 2009 yil «Maydanak» rasadxonasida yangi kichik sayyora kashf etildi, AQShdagi halqora kichik sayyoralar markazi tomonidan unga «Samarqand» deb nom berildi. O’zbekistonda buyuk bobokalonimizga ko’rsatilayotgan katta ehtirom muzey ekspozitsiyasining yakunlovchi qismida o’z aksini topgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Omon Qo'ton g'ori

Samarqand - Omon Qo'ton g'ori

Omon Qo’ton g’ori yoki Arslon g‘ori Samarqand shariga yaqin Zarafshon tog‘larining shimoliy yonbag‘rida joylashgan. 1947 yil arxeolog D.N. Lev bu yerdan odamning son suyagini qazib olgan. Keyingi o‘rganishlarda qatlamdan belkurak vazifasini bajargan toshqurollar topilgan.Topilgan suyak qoldiqlari Teshik Tosh g‘oridan topilgan qazilmalar tarkibi va xarakteriga tegishlidir. Mazkur topilmalar kechki ashyol madaniyatiga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston chegarasida shu davrlarda odamlar yashaganini isbotlaydi.

Samarqand shahri yaqinidagi Omon Qo’ton g’ori  uzunligi 80 metrga yaqin bo‘lib, bir necha xonalardan tashkil topgan. Katta bo‘lmagan g‘orning kirish qismi o‘rnini qoldiqlar topilgan keng ayvon egallaydi. Boshqa ayvonlar va o‘tish joyi ostidan yil davomida sathi o‘zgaruvchi oqar ko‘l o‘tgan. Aprel oyi o‘rtasida g‘or butunlay suv bilan to‘lib, undan soy ajraladi va u ikki oy davomida yaqinidagi daralarni oziqlantiradi.
Iyun oyida suv sathi keskin pasayib, oy o‘rtasida soy butunlay quriydi. G‘orni ko‘rishga iyun oyi oxirida kelish mumkin, biroq bu vaqtda ham g‘orning pastki qismida suv qoldiqlari saqlanib qoladi va ikkinchi ayvonga o‘tish qiyinroq bo‘ladi.

Umuman olganda, g‘orlar dahshatli ko‘rinishga ega, lekin oyoq ostidan suv o‘tib, uning sathi ko‘tarilsa, vahimali taassurot qoldiradi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Oqsaroy maqbarasi

Samarqand - Oqsaroy maqbarasi

Oqsaroy maqbarasi Samarqand shahridagi meʼmoriy yodgorlik (15-a.) bo’lib Temuriylarning soʻnggi dahmasi hisoblanadi. Oqsaroy maqbarasi qoʻshimcha dahma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) hukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarx/sh katta xona va qaramaqarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi janubga qaragan. Oʻrtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. Oqsaroy qurilishida oʻsha davr meʼmorchiligiga xos murakkab usullar qoʻllanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va oʻzaro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan. Bezaklarning koʻp qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, koʻk ranglar oltin xal bilan oʻzaro uygʻunlashib ajoyib koʻrinish kasb etgan. Naqsh shakllari oʻzaro takrorlan-magan. Bir ravokdagi naqshda bir-biriga oʻxshamaydigan 67 xil bezakgul boʻlgan. Binoning tashqi meʼmorligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. Oqsaroy temuriylar davri meʼmorligining noyob namunasi hisoblanadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Polvon ota jome' masjidi

Samarqand - Polvon ota jome' masjidi

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mitan shaharchasida joylashgan Polvon ota jome’ masjidi ham ziyoratgoh-qadamjolardan biri hisoblanadi. Eski masjidning qachon qurilganligi ma’lum emas. Hozirgi binosi 1989-90 yillarda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan bunyod etilgan. Masjidning shimol tarafida “Polvon ota” (Ahmad Zamjiy) maqbarasi joylashgan. Maqbara avvaldan mavjud bo‘lib, oldingi holati kichik va pastqam binodan iborat chillaxona va maqbaradan tashkil topgan edi.

Bu imorat ham 2001-2002 yillarda buzilib, pishiq g‘ishtdan ko‘rkam va yorug‘ qilib qaytadan barpo etildi.

“Polvon ota” (Ahmad Zamjiy) kim bo‘lgani va qachon qaerda tug‘ilib, vafot etgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Masjidning o‘zida “polvoni Ahmad Zamjiy daftari soniy” nomli eski o‘zbek yozuvidagi kitob saqlanib, unda asosan jangnoma voqealari bayon etilgan.

Ahmad Zamjiy Hazrat Alining o‘g‘li Muhammad Hanafiyning nabirasi bo‘lgan. Abu Muslim Qutayba bilan zamondosh bo‘lib, janglarda yelkadosh bo‘lganligi aytiladi.

Qabri Mitan qo‘rg‘onidan tashqari Xivada ham borligi, Ahmad Abdol deb atalishi rivoyat qilinadi. Vafotidan keyin jasadi turli shahar shohlari tomonidan talash bo‘lganligi uchun vasiyatiga binoan yetti dona tobut yasatilib, yetti tomonga berib yuboriladi va tobut ochilganida hammasida jasadlari borligi ma’lum bo‘ladi. Xalq orasidagi asosan eski rivoyatlar shaklidagi ma’luomatlar shulardan iborat bo‘lib, boshqa ilmiy asoslangan ma’lumotlar mavjud emas.

Mazkur maqbara mahalliy xalq tomonidan e’zozlanib, ziyorat qilinadi. Bugungi kunda yurtimizdagi ko‘plab boshqa obidalar singari bu yerda ham ziyoratchilar soni oshib bormoqda. Xususan, Nurota, Imom al Buxoriy qadamjolarini ziyorat qilishga otlangan ko‘pgina ziyoratchilar safarni aynan shu Polvon ota maqbarasidan boshlaydilar.

Bugungi kunda maqbara bilan birga masjid ham obod qilingan. Yaqinda masjidga keluvchi namozxonlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Ular uchun qulay va zamonaviy taxoratxona qurilib foydalanishga topshirildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Registon ansambli

Samarqand - Registon ansambli

Asrlar davomida Registon ansambli joylashgan maydon Samarqand shahrining markazi bo’lgan. Registon so’zi “qumli joy” degan ma’noni anglatadi. Maydonda birinchi madrasani qurishdan oldin u yerda bir necha asrlar ilgari daryo oqardi. Yillar o’tdi, daryo quridi va u yerda ko’p miqdordagi qum qoldirildi, bu birinchi madrasa XV asr boshlarida qurilgan va Registon maydoni deb nomlangan. Madrasa birinchi marta barpo etilgach, unda barcha bayramlar, paradlar, tantanalar va yakshanba bozorlari bo’lib o’tgan. Ansambl uchta madrasadan iborat: Ulug’bek madrasasi (15-asr), Sher-Dor madrasasi (17-asr) va Tilla-Qori madrasasi (oltin bilan qoplangan; 17-asr). Madrasa – musulmonlarning oliy o’quv yurtidir. Madrasada o’qish 10,12,20-yil davom etgan. Talabalarning barchasi uchun asosiy intizom Qur’onni o’rganish edi. Qolgan fanlar majburiy emas edi va talabalar tomonidan tanlanishi mumkin edi.

Ulug’bek madrasasi Ulug’bekning buyrug’i va rahbarligi bilan qurilgan. Ushbu madrasaning qurilishi 1417 yildan 1420 yilgacha bor-yo’g’i uch yil davom etdi. Madrasa qurilganda Ulug’bek vafotigacha matematikadan va astronomiyadan ma’ruzalar o’qidi.

Oradan ikkiyuz yil o’tgach, Samarqandhukmdori Yalangtush Bahodir madrasaning nusxasini qurishni buyuradi va uning yonida ikkinchi madrasa, Sher-Dor madrasasi qurildi. Bu ikki madrasalar orasidagi farq shundaki, Sher Dor madrasasida ikkita qishki o’quv zali barpo qilingan, ammo asosiy tuzilish Ulug’bek madrasasidagi kabi edi.

Bir necha yil o’tgach, o’sha Samarqand hukmdori uchinchi madrasa, Tilla-Qori madrasasini qurishni buyurdi. Uning tashqi ko’rinishi boshqa ikki madrasa bilan bir xil, ammo ichkariga kirganingizda bir qavatli binoni ko’rasiz. Arxitektura ansamblini yaratish uchun arxitektura tashqi tomondan ikki qavat qurilgan, faqat ichkarida bitta. Madrasa har doim bitta loyiha bilan qurilgan – to’rt burchakli hovli va butun perimetr bo’ylab to’rtta ayvon va hujralar bo’lgan. Asosiy kirish har doim panjara bilan yopilgan kirish uchun ikkita boshqa kirishlar ishlatilgan. Hujralarning eshiklar doimo pastqam qilib qurilgan, chunki “Islom” bu “itoat qilish” degan ma’noni anglatadi, shuning uchun hujraga kirgan yoki undan chiqqan har bir kishi doimo egilib salom berishi va barchaga salomatlik tilashi kerak edi.

Tilla-Qori madrasasi aslida madrasa kabi qurilgan, ammo asosan masjid sifatida ishlatilgan; shunchaki minoralarga qarab, Tilla-Qori-da odamlarni ibodat qilishga chaqirish uchun past minoralar mavjud bo’lgan.

17-asrda Tilla-Qori masjid va Madrasasi Samarqanddagi eng katta masjid hisoblangan. XIX asrga qadar madrasa va madrasa-masjid maqsadli ravishda ishlatilgan va faqat XX asr boshlaridan hozirgi kungacha ular me’moriy yodgorlik sifatida xizmat qilishadi.

Shuningdek, madrasaning g’arbiy tomonida, Xanaqoh va Registon ansamblidagi karvonsaroyda hammom qurilgan. “Hammomi Mirzoyi” ni nafaqat Samarqandda, balki Sharqda ham mukammal qurgan va boshqa hammomlardan (hammomdan) mutlaqo farq qilar edi. Ushbu bino haqida “Boburnoma” da quyidagi ma’lumotlar mavjud: “Mirzo Ulug’bek ushbu madrasa va Xanaqohda mo’tadil hammom qurdi. Bu taniqli Mirzoi hammom edi. Bunday hammom nafaqat Xurosonda, balki Samarqandda ham mavjud». Mirzo Ulug’bek davrida Registon ansambli Samarqand shahrining asosiy ijtimoiy markazi bo’lgan. Bu yerda yig’ilishlar tashkil qilindi, farmonlar e’lon qilindi, “Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha” bayramlari bu yerda o’tkazildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Ruhobod maqbarasi

Samarqand - Ruhobod maqbarasi

Ruhobod — majoziy nom, aslida Samarqand shayxi, alloma avliyo Burhoniddin Sogʻarjiy maqbarasi. Ruhobod maqbarasi nomi “Ruhlar maskani” degan ma’noni bildiradi. Uni 1380 yilda shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga qurishadi. Tasavvuf olimi o‘zining e’tiqodi va avliyoligi bilan mashhur bo‘lgan. U ko‘p vaqtini ziyoratlarda o‘tkazar edi. Ammo u faqatgina Samarqandga dafn etilishini istar edi. Amir Temur ustozini juda hurmat qilar edi va maqbara yaqinidan o‘tayotganda doimo otning ustidan tushar edi. Ruhobod maqbarasida shayxning rafiqasi, bolalari va boshqa qarindoshlari dafn etilgan. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jangdagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashhur Shohruhshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.

Ruhobod maqbarasi binosi hozirgi Samarqand shahri markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddi-qomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabr daxmalar bor. Tashqi tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldiqlari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-asrda oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-a. maqbaraga bogʻlab Madrasa (hozirgi darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Ruhobod maqbarasi qayta gavjum ziyoratgohga aylandi.

Tarixi va afsonalar
Aytishlaricha Burhoniddin Muhammad payg‘ambarning soqolining yetti tolachasiga ega bo‘lgan. Tolachalar solingan mis quticha maqbara gumbazi orasiga suvab tashlangan.

Rivoyat qilishlaricha shayx Xitoyga islomni yoyish uchun boradi. Xitoy imperatori u va saroy sehrgari o‘rtasida musobaqa o‘tkazadi. Xitoylik sehrgar osmonga uchadi. Shayx duo qiladi va oyoq kiymini yechib u bilan sehrgarni urib tushiradi. Ko‘p mingli olomon hayron qoladi va uning oyoqlariga yiqilib: “Biz sening xudoinga iymon keltiramiz” deyishadi.

Natijada u Xitoy saroyida katta hurmat qozondi. Hattoki “Xitoy malikasiga” uylandi ham.

Me’morchilik haqida
Temuriylar davrining boshqa inshootlaridan farqli ravishda Ruhobod maqbarasida kirish peshtoqlari yo‘qligi uning tashqi tomonini teng ahamiyatli qiladi. Maqbara yarim dumaloq gumbazga ega kub shaklidaga bino bo‘lib, uni Shimol, G‘arb va Janub tomonlarida kirish yo‘llari bor. Tashqi pardoz ishlarida asosan pishgan g‘ishtdan foydalanilgan.

Burhoniddin Sogʻarjiy darveshlar jamiyati a’zosi bo‘lgani sababli maqbaraning ichki pardozi ham ancha kamtaronadir. Devorlar alabaster suvoq qilingan va ingichka koshinlar ko‘rini turadi. Sag‘anani XIX asrga oid o‘ymakor eshik ajratib turadi.

Keyngi yillarda esa maqbara yonida Xitoy usulida bezalgan jome masjidi barpo etildi. Harobaga aylangan inshootlar o‘rnida bir qavatli madrasa va minora bunyod etildi va hovuz qazildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Shayton Jiga

Samarqand - Shayton Jiga

Samarqand — qadimiy va sir-sinoatlarga boy shahar. Uch ming yil davomida bu yerlarga Iskandar Zulqaynar, Chingizxon va Amir Temur kabi buyuklarning qadami yetgan. Samarqand shahridan 30 km janubda, ikki tog‘ oralig‘ida Shayton Jiga, degan joy bo‘lib, “Iblis dubulg‘asi” yoki “Iblis tog‘i” ma’nolarini anglatadi.

Vodiy bo‘ylab sochilgan yirik rangdor tog‘ jinslari iblislarning g‘aroyib shakllarini eslatadi. Ba’zilar ularda qadimiy ilohlar siymosini va, hatto hayvonlarning chizgisini ham ko‘radi, masalan, ayiq, yo‘lbars, bahaybat qurbaqa, kaltakesak, yovvoyi qush va boshqalar. Haykallardan biri esa boshi kesilgan devqomat odamni eslatadi. Allaqayerlardadir qoyalar to‘planib qolgan, ular qal’aga o‘xshaydi, chalkash yo‘laklar va toshlarda qotgan g‘aroyib sahnadir. Ba’zida ularga qarab, jang vaqti qotib qolgan askarlarni ko‘rish mumkin.

Bu joylar fayzsiz. Toshli sath ustida ozgina chim ko‘rinmasa, biror-bir daraxt o‘smaydi. Mahalliy aholi bu yerlarda qo‘y-qo‘zilarni o‘tlatishadi. Lekin ular Iblis Qoyasi haqida baralla “yaxshi joy emas” deya gapirishadi, garchi bu nom qayerdan paydo bo‘lganligi haqida bilishmasa-da.

Afsonalardan biriga ko‘ra, budparastlar bu yerga o‘z o‘ljalarini olib kelgan ekanlar. Boshqa hikoya — baxodirlar o‘rtasidagi kuchli kurash tufayli, osmon o‘pirilib yerga qulaganligini so‘zlaydi. Tog‘lar qulab, ajoyib siniqlar hosil bo‘lgan… Ehtimol, bular chindan ham toshga aylangan tirik mavjudodlardir? Balki kimdur qadimiy kuchlarni uyg‘otib, ularga jon berar?

Shunday bo‘lsa-da, olimlar bunday qarashlarga ishonishmaydi. Ularning fikricha, “Haykallar” tabiat hodisalar natijasida hosil bo‘lgan — quyosh, yomg‘ir va shamol.

“Kunduzgi nazorat” filmi suratga olingach, shaharning sirli sinoatini topish maqsadida, Samarqandga, va albatta Iblislar Qal’asiga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni ko‘payib ketgan. Lekin, ular hozircha bu yodgorlikni ko‘rishga muyassar bo‘lmoqdalar. Afsun bilan bog‘liq sinoatlar yechimi oddiy insonning qo‘lida emas.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Sherdor madrasasi

Samarqand - Sherdor madrasasi

Samarqandda Ashtarxoniylar davrida Yalangto’sh Bahodir ta’siri sababli qurilish ishlari yanada jonlanadi. Ushbu ma’rifatparvar va saxovatpesha hokimning bevosita tashabbusi va farmoni bilan Samarqand shahrining Registon maydonidagi vayronalikka yuz tutgan hashamatli Mirzo Ulug’bek madrasasida ta’mirlash ishlarini olib borish hamda batamom buzilib ketgan Mirzo Ulug’bek qurdirgan xonaqoh, Mirzoyi hammomi va karvonsaroylari o’rnida ikkita hashamatli inshoot – Sherdor madrasasi (1619-1636) va Tillakori madrasa-masjidi (1646-1660) bunyod etilgan. Buzib yuborilgan diametri 15 metr bo’lgan katta gumbazli xonaqoh o’rnida Mirzo Ulug’bek madrasasining nusxasi sifatida unga qarama-qarshi turgan Sherdor madrasasi bunyod etilgan. Sherdor madrasasining peshtoqi Mirzo Ulug’bek madrasasi peshtoqi bilan asosan bir xil, binolar bir-biriga o’xshash bo’lsa ham, lekin sifat va me’morcilik jihatidan farq qiladi. Sherdor madrasasi sathi 70×57 metr, ya’ni to’rt burchakli shaklda bo’lib, hovlisi ikki qavatli hujralar bilan o’rab olingan, ularning soni 52 ta, hovlining burchaklarida darsxonalar joylashgan. Ammo bu obidada masjid yo’q, janubi-g’arbiy darsxona esa ziyoratxona hisoblangan, chunki unga tashqi tomondan bevosita Imom Muhammad ibn Ja’fari Sodiq mozori maqbarasi tutashgan.

Sherdor madrasasi fasadidagi minora va gumbazlari Ulug’bek madrasasiga o’xshash, ammo orqa tomondagi fasadlar burchagi guldasta minoralar bilan o’ralgan. XVII asrga kelib er sathi madaniy qatlamlarining ko’tarilishi tufayli XV asrdagi dastlabki yer sathidan ikki metrga yaqin baland ko’tarilgan. Ana shuning uchun bir muncha past ko’ringan Ulug’bek madrasasining qisqargan shaklidek barpo etilgan. Sherdor madrasasi qurilganda XVII asr me’morchiligiga xos ancha yangiliklar qo’llanilgan, qurilish jarayonini tezlashtiruvchi va arzonlashtiruvchi ilg’or usullardan foydalanilgan, ammo ʙadiiy bezaklarning ta’sir kuchi bir muncha pasayib ketganligi sezilib turibdi. Lekin ranglarning o’z o’rnida ishlatilganligi va ayrim pannolarning g’oyat nafis bajarilganligi bu yodgorlikni yaratgan me’mor va naqqoshlarning yuksak mahoratidan dalolat beradi.

Naqshlar butun obida yuzini qoplagan. Ularda chok, yirik xandasaviy suls, kufiy yozuv naqshlari va gul bandlari tasvirlarda uyg’unlashgan bo’lib, faqatgina Samarqand obidalariga xos tarzda ishlangan. Aynan shu usul Samarqand me’moriy bezaklar maktabini tashkil qiladi.

Ulkan peshtoq ravog’i tepasidagi timpon diqqatga sazovordir: Qizg’ish zarhal sher, oq ohuni quvib ketmoqda. Quyosh bodomqovoq, kiyik ko’zli doira shaklida tasvirlangan. Uning yuzi esa zarhal yog’du bilan hoshiyalangan.

Butun kompozisiyasi zangori asosda bo’lib, firuza va zarhal bo’yoqlar bilan tasvirlangan hamda bir biriga chirmashib ketgan navdalar, ochilib yotgan oq gullardan iborat. Ana shu ajoyib tasvir tufayli u «Sherdor» nomini olgan, ya’ni «Sherlarga ega bo’lgan» mumtoz musulmon astronomiyasida quyoshning Asad burjida, ya’ni Sher ustida bo’lishi sa’d, ya’ni baxtiyor zamonga ishoradir. Bundan ushbu binoning abjad hisobida: Yalangto’sh – 816, Bahodir – 212, jami 1028 hijriy hisobi, melodiy hisobda 1619 raqamining kelib chiqishi Sherdor madrasasining qurilishi 1619 yilda boshlanganligiga ishoradir.

Madrasa hovlisining dekorativ bezalishi ham uning tashqi devorlari singari boy va xilma-xildir. Madrasa devorlariga bitilgan yozuvlarga uni yaratgan mashhur me’morlar – usta Abdu Jabbor va o’ymakor naqqosh Avaz Samarqandiy nomlari ham yozib qoldirilgan.

Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan, binoning janubiy va sharqiy fasadlarini, ikki minorani, bosh fasadni, peşshtoq arkini qayta tiklash va ichki hovlisida konservasiyalash borasida juda katta ishlar amalga oshirildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Shohi Zinda majmuasi

Samarqand - Shohi Zinda majmuasi

Samarqand shahridagi Shohi Zinda, ya’ni «Tirik shoh» maqbaralar majmuasi o’tmish ajdodlarimiz tarixi va taqdirida alohida o’rin tutadi. U ko’hna Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo’lib, muqaddas ziyoratgohlaridandir.

Shohi Zinda nomi Muhammad payg’ambarning amakivachchalari Qusam ibn Abbos nomi bilan bog’liq. G’iyosiddin Javhariyning yozishicha, hazrat Qusam ibn Abbos Muhammad (s.a.v.)ni vafot etgandan so’ng, yuvganlardan biridir. O’sha chog’da Qusam 8 yoshda bo’lgan. Payg’ambarimizni hadislarida aynan u kishi to’g’risidagi quyidagi so’zlari Qusam ibn Abbosni kirish eshiklarini peshtoqida yozilgan: “Qusam ibn Abbos o’z xulqlari va tashqi ko’rinishlari bilan menga o’xshaydigan shaxslardandir” deyilgan. Hazrat Qusam imom Xasan bilan emishgan aka-ukadur.

Qusam ibn Abbos Hazrat Amir-ul mo’minin Ali ibn Abu Tolib xalifaligi davrida Makka shahrida hokim bo’lgan. Uning vafotidan so’ng Muoviya ibn Abu-So’fiyon zamonida Xuroson hokimligiga tayinlangan. Usmon o’g’li Sa’id bilan Movarounnahrga kelgan. Usmon o’g’li Sa’id Samarqandni olib, xalq musulmonchilikka qabul qilgan, dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurguzmoq niyatida Qusamni bir qancha islom qo’shini bilan Samarqandda qoldirgan. Uning asosiy vazifasi mamlakatda islomni targ’ib qilish bo’lgan. Bu esa oson kechmadi. Chunki Qadim Movarounnahr xalqi otashparastlikka sig’inardi.

Ular Markaziy Osiyo davlatlarini arablar bosqinchilariga faol kurashga chorladi. Biroq Islom lashkarlari qarshiliklarni tabora engib borib, o’lkaning ichkari qismini ishg’ol qila boshladi. Milodiy 677 yil boshqa dinga e’tiqodchilar shaharga hujum qildi. Samarqand shahri namozgohida Qusamga o’q tegdi va uni Bonu-Nojiya qabristonidagi g’or yoniga dafn etildi. Keng tarqalgan boshqa bir rivoyatda aytilishicha Said ibn Usmon Qusam ibn Abbos bilan birgalikda Usrushonani fath etmoq uchun yo’l olishib, Siyrakasga etishganda bir necha kun to’xtab dam olishadi. Shu erdagi janglarning birida Qusam ibn Abbos vafot etadi. Mayit solingan tobutni shaharga jo’natadilar.

Qusam ibn Abbosning onalari Luboba al Kubro (Ummul-fazl) mo’minlar onasi Maymuna bintiy Xorisning singillari bo’lib, Abbos ibn Mutalibning jufti halollari edilar. Ul muhtarama olti o’g’il ko’rganlar, ular Fazl, Abdulloh, Ubaydulloh, Qusam, Ma’ruf va Abdurahmon. Bularni barchasi turli mamlakatlarga Islom targ’iboti bilan mashg’ul bo’lib shahid bo’ldilar.

Tarix va afsona ana shu tariqa bir-bir bilan uyg’unlashib ketgan.

U ko’hna Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo’lib, sharq musulmonlarining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir. Shohi Zindaga ziyorat qilish va bu qutlug’ joyda toat-ibodat bajo keltirish har bir imonli mo’min-mustofoning xayrli ishi hisoblanadi.

Majmuada binolarning aksariyati podshohlar xonadoniga mansub shaxslarning qabri ustiga qurilgan maqbaralardir. XIasr oxirida yuqori maydonchada dastlabki maqbaralar paydo bo’lgan. Qusam ibn Abbos maqbarasi shulardan biridir. Uning yonida yog’ochga o’ymakorlik uslubga naqshlar solib bezatilgan masjid bo’lgan. 1219 yil mo’g’ullar istilosidan keyin Afrosiyobda hayot so’ngan. Dastlabki maqbaralar nurab asta-sekin emirilgan. Amir Temur hukmronligi davrida uning yaqin qarindoshlari va sarkardalari Qusam ibn Abbos qabri atrofida o’zlari uchun maqbaralar qurdirishgan.

Shohi Zinda majmuasi o’ziga xos yo’laklari va mahobatli binolari bilan sayyohlarni o’ziga maftun etadi.

Samarqanddagi ushbu mashhur zotlar xonaqohi o’ziga xos va tengsiz bo’lib, dovrug’i olamga yoyilgan Misr ehromlari, Toj Mahal kabi etti mo”jizaning biri desa bo’ladigan maqbaralar turkumidir.

U dastlab Samarqand hokimlari va ulamolari tomonidan XI asrda payg’ambar Muhammad (S.A.V)ning amakilarining o’g’li Qusam ibn Abbos sharafiga qurilgan.

Dastavval, bu erda faqatgina XI asrning ikkinchi yarmida Samarqanddagi ilk qoraxoniylar davrida qurilgan «Tirikshoh» nomli maqbara bor edi. Bu joyga ilgari ham tub joy aholisi ziyoratlarga kelib turgan. Keyinchalik xuddi shu erga 1066 yili Tamg’ach Bo’g’raxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar ham vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshootlarining g’arb tomonidagi yo’lakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. O’sha davrda ham Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan.

XIII asrda mo’g’ul istilochilarining Samarqandga qilgan harbiy yurishlari XI-XII asrga oid ko’plab inshootlarning, buzilib, xarobaga aylanishiga sabab bo’ldi. Qabriston XIV asrda qaytadan tiklana boshlandi.

Amir Temur hukmronlik qilgan (1370-1405) davrda qurilish ishlari juda jadal sur’atda olib boriladi. Bu inshootlarning ko’pchiligi bizning davrimizgacha etib kelgan. Turkum majmua Afrosiyobning shimolidan to janubga shaharning qo’rg’on devorigacha cho’zilgan.

Ba’zi dahmalar, XI-XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida binolar Xoja Ahmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yo’l bo’ylab quriladi. Amir Temur davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni qirqma koshinlar bilan yanada boyitiladi. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland tsilindr barabanli qilib quriladigan bo’ladi.

Shohi Zinda me’morchilik majmuasi uch qismdan iborat qilib qurilgan. Majmuaga ulkan o’ymakor darvozadan kiriladi. Peshtoq ravog’ining g’arbiy devorida uning Abdulaziz Bahodir ibn Ulug’bek ibn Shohrux ibn Temur tomonidan hijriyning 838 yilda (1434-1435) bunyod etilgani yozilgan.

Bizgacha etib kelgan maqbara majmuasining va dastlabki binolar qoldiqlarini ko’zdan kechirganda, ularni badiiy pardozlash, bezash texnikasi o’zgarib borganligini payqash mumkin.

Chortoqning o’ng tomonida kichgina hovli ichida madrasa bor uni hijriy 1228 yilda (1812-1813 yy.) hokim Davlat Qushbegi qurdirgan chap tomonda esa Amir Husaynni onasi sharafiga qurilgan yozgi ayvon masjidi bor. Uni Samarqandlik usta Muhammad Sidiq va usta Abdu Zohidlar 1910-1911 yillarda qurishgan. Bu yodgorlik XIX-XX asr ustalarning didi va badiiy mahoratini ko’rsatib turibdi.Masjid orqasida chapda tepalik yon bag’rida qo’sh xonali baland moviy gumbazli maqbara (XV asr o’rtasi) bor.Qo’shgumbazli maqbara Shohi Zinda majmuasi temuriylar zamonasi me’morchiligining ajoyib namunasi.Bir-biri bilan bog’langan ikki to’rt burchak xona, katta xona (ziyoratxona) va kichik xona (qabrxona)ga egadir. Qabrxonada bitta qabrtosh, uning ostida dahma bor. To’rt gumbaz chortoqni yuziga keltiradi. Gumbaz qalpog’i va tahmonlar ko’p pog’anali muqarnasga ega. Devorlarga gul naqshlangan, ammo naqshlar qisman saqlanib qolgan. Qo’shgumbazli maqbara majhullik pardasi bilan to’silgan va tadqiqotchilar o’rtasida ancha-muncha bahslarga sabab bo’lgan edi.

«Shohi Zinda» ziyoratgohining ikkinchi qismi qirq zina bag’ridan boshlanib, sirlar hamda jumboqlarga to’la o’rta asr dahliziga kirib borasiz. Zinaning eni 5 gazni tashkil etadi. Bu erda esa butunlay o’zgacha davr, hayot o’zgacha me’morchilik echimlari mavjuddur.

Bu erda dahma emas, balki diniy fikrlar dunyosi, qabr emas balki uning dafn etish sirlari mavjuddir. Aziz zotlar dahmasida butunlay o’zgacha manzaraga duch kelasiz, u kishining bugungi turmush tashvishlaridan ruhan forig’ etadi va tamoman o’rta asr me’morchiligi, nafis bezakli ajib naqshlar olamiga olib kiradi. Maqbaralarning sirlangan koshinlaridagi ranglar tovlanadi. Bularning barchasi ziyoratchi sayyohlarni o’ziga mahliyo qilib qo’yadi.

Amir Xusayn va uning onasi uchun qurilgan obida me’morchilikning eng nozik uslublarida ijod qilingan. Chunki sarkarda Amir Xusayn strategik jihatdan juda kuchli sardorlardan bo’lgan. Amir Temur ularga ehtirom ko’rsatib mahobatli binolar qudirib ularni shu erga dafn ettirgan. Maqbaradagi fayz va chiroy hattotlarning yozuvlari bilan yanada go’zallashgan. Maqbara 1376 yilda qurilgan bo’lib, bizni kunlarimizga qadar bir necha marta ta’mir etilgan.

Kirish peshtog’ining eshigi 1911 yilda qurilgan, undagi naqshinkor bezak va yozuvlar kishi diqqatini o’ziga tortadi.

Eshikda «O’limdan oldin tavbaga – vaqt o’tmasdan namozga shoshiling» ibratli so’zlari yozilgan. Pastki qism tarkibiga masjid, mulozimxona hamda madrasa ham kiritilgan.

Qo’sh gumbazli maqbaraning ichki gumbazlari naqshinkor qilib ishlangan, panellari esa olti qirrali koshinlar bilan bezatilgan. 1949-1952 yillarda maqbara tekshirildi va bosib yotgan tuproqdan tozalanib, qayta qurildi.

Shodimulk Oqo maqbarasi
Maqbaralar orasida 1372 yilda qurilgan Shodimulk oqo maqbarasi Shohi Zindada Amir Temur davrida qurilgan birinchi inshoot hisoblanadi. Binoda 11 yoshida vafot etgan Amir Temurning jigargo’shalaridan biri Shodimulk oqo dafn etilgan.

Bu binoni Amir Temurning opasi Turqon oqo vafot etgan qiziga atab qurdiradi. 1383 yilda o’zi ham shu erga dafn etilgan.

Maqbarada go’zal naqsh va yozuvlar o’z aksini topgan. Yozuvning birida shunday so’zlar bitilgan:

“Bu jannatiy bog’dir va unda tol’e xazinasi ko’milgan. Bu qabrda qimmatbaho marvarid yashirilgan. Unda sarvqad nazokatli yotibdi, shu sababli, bu joyni jannatga qiyoslash mumkin. Bu o’liklar orasida garchi uning uzugida qudratlilik muhri bo’lsa-da, Sulaymonday odam g’oyibga ravona bo’ldi”.

Binoning ustalari Zayniddin va Bahriddin ekanligi ta’kid etilgan. Boshqa bir yirik jimjimador kitobada shunday deyilgan: “Ushbu shirtdat muqarnaslarga to’la gumbaz va zarhal peshtoqlarni Zayniddindan xotira deb bilgil. Bu maskanda ko’rib turgan har bir san’at va mahorat ijodkor yaratuvchining marhamatidir”. Maqbaraning ichki tomonlari yanada hashamatli va ziynatlidir.

Shuning uchun ham u Shohizinda majmuasining eng go’zal guldastasi hisoblanadi.

Tug’li Tekin maqbarasi
Bu muqaddas joyda orom topgan navbatdagi marhum Amir Husayn bo’ladi. Maqbara peshtoqiga, sag’ona ustiga, hijriy 777 yil sanasi bitilib qo’yilgan. Lavhada quyidagi so’zlarni o’qiymiz: “Dunyoda baxtiyor amir nigohi bilan tug’ilgan jafokash Amir Husayn qutlug’ o’g’lini Olloh o’z jannatiga yo’llagay. U hijriy 777 yilning zulqa’da oyida azoblanib o’ldi”.

Amir Husayn Amir Temurning etakchi izdoshlaridan bo’lib, milodiy 1376 yilda (hijriy 776-777 y.) Temur Ili daryosi yuqorisida joylashgan Uch Turfon mavzeida, mo’g’ul xoni Qamariddinga qarshi qilgan janglaridan birida halokatga uchragan. Uning Shohizindadagi maqbarasi eshigi ustiga quyidagi so’zlar bitilgan: “Agar mening peshayvonim tomi Mushtariyga etsa-da, bari bir bu dunyoning zahri, o’lim jazosi mustahiqdir. Bu zimziyo qabrda birodarlarimiz, yolg’izlikdagi umidim xudoning rahm-shafqatidir”.

Bu qabrtoshdagi marsiya dunyo yanglig’ abadiy fikrni tasdiqlab turibdi: “Oy ostidagi hech bir narsa mangu emas, xoh u ulug’, xoh u kichik odam bo’lsin, u o’ziga zax tuproqdan panoh topadi va u tenglar ichida teng bo’lib qoladi”. Bu so’zlar har bir kishini hushyorlikka tortadi. Maqbarada sarkardaning onasi To’g’li Tekin ham dafn etilganligi to’g’risida tarixiy manbalarda ma’lumot keltirilgan. Bu ulug’ bino 1952-1954 yillarda ilmiy jihatdan o’rganilgan va muhofaza choralari ko’rilib, qayta tiklandi.

Amirzoda maqbarasi
Mashhur tarixiy obida ustalarning san’atini yana bir karra o’z sinovidan o’tkazdi. Chunki me’morchilikdagi koshinpazlikning barcha turlari aynan shu bino qurilishida qo’llanilgan. Bu maqbaraga dafn etilgan sarkarda Amirzoda va unga tegishli aslzodalardan etti nafar kishi dafn etilgandir. Uning peshtoqida faqat vafot etgan yili 1386 (786 y.) yozilgan. Bu maqbarada koshinkorlik yanada yuqori darajada amalga oshirilgan. Unda guldor, sirkor sopol asosiy o’rinni egallaydi.

Binoning ichki qismi ham o’ziga xos uslubda bezatilgan. So’nggi ta’mir davomida maqbaraning fusunkorligi yanada ortdi. Tarixiy va arxeologik izlanishlar ko’plab topilmalarga asoslanib obidani Amir Temur davrining xusunkor binolaridan deb takidlaydi.

Shirinbeka Oqomaqbarasi (XIV-XV asrlar)
Amir Temurning jigargo’shalaridan judo bo’lishi noxushliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Hatto harbiy yurishlarni to’xtatib qo’ydi. Lekin pir-ustozlarining ko’ngil taskini unga yana kuch bag’ishladi. Bu ulug’vor bino Amir Temurning singlisi Shirinbeka oqoga atab qurilgan bo’lib, uning ravoqida marhumaning vafot yili 1385 (787 h.) ko’rsatilgan. Ayni shu kunlarda Sohibqiron saltanatida motam kunlari e’lon qilindi. Malika sha’niga Amir Temur katta maqbara qurdirdi u XV asrning ikkinchi yarmida koshinkorlikning qirqma usulida ijod qilindi.

Undagi bezak san’at uslubi jihatidan boshqa maqbaralardan farq qiladi, uning peshtoq qismi nafis terma koshin bilan qoplangan. Shirinbeka oqo maqbarasi birinchi qirqma koshin ishlatilgan bino edi. Yodgorlikning gumbaz qismi koshinkorlikning nafis uslubi bilan bezatilgan. Binoning ichki bezaklar o’ziga xos uslubda devoriy naqshlarda zarhalli o’simliksimon manzarada ishlangan. Arabiy husni xatda qur’onning “Fath” sur’asi ichki xona gumbazidan pastki qismiga qadar to’la holaticha tiklandi. Yozuvlar yupqa shakldagi tillo bezaklar bilan ziynatlandi. Yuqori gumbaz atroflari ranglishisha panjaralar bilan bezalgan.

Amir Temur odatda “3”, “5” va “7” yillik harbiy yurishlar uyushtirish jarayonida o’zga mamlakatlar tarixi, ma’naviyatidan eng noyob jihatlarni o’z mamlakati tajribasida unumli qo’llagan. Shuning uchun ham uning davrida qurilgan inshootlarda turli millat san’ati na’munalarini uchratamiz.

Bino olimlar va ta’mirlash ustaxonasi xodimlari hamkorligida ilmiy jihatdan o’rganilib, mustahkamlash ishlari olib borildi. Hatto, marhuma jasadi ochib o’rganildi. Olti qirrali zangori sopol taxtachalar bilan maqbaraning panel qismi nafis qilib ishlangan. Ichki qismini yorug’lik bilan ta’minlash uchun yuqori qismlaridagi darichalarga rangli shisha bilan ishlangan panjaralar o’rnatilgan.

Hatto devoriy bezaklar ichida muqaddas Qur’on va payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hadislaridan namunalar yozilgan. Ta’mirlash ishlari maqbara umrining yanada uzoqroq saqlanishiga omil yaratib berdi.

1964-1965 yillardagi arxeologik qazishlar vaqtida Shodimulk oqo maqbarasining shimoliy fasadi yonida XIV asrning o’rtalarida bir-biriga yondosh qilib solingan ikkita maqbaraning qoldiqlari topildi. Binoning ikkinchisida kirish peshtoqi sayqal berilgan sopol bilan bezatilgan.

Maqbarada uchta dahma bo’lib, o’rtadagi dahma badiiy jihatdan kishining e’tiborini o’ziga tortadi. Dahma, shikasta xat bilan bezatilgan.

Afsuski dahmaga bitilgan yozuvlarda tarixiy ma’lumotlar yo’q. Shuning uchun ham maqbara kim uchun qurilganligi to’g’risida aniq ma’lumot yo’q. U hozirda ta’mirlanib sayyohlar uchun ochib qo’yilgan. 1966 yilda maqbaraning shimolida XIII asrning ikkinchi yarmiga oid ikkita bino qoldiqlari topildi. Uning birida peshtoqli ayvon va sag’ana mavjudligi aniqlandi.

Sakkiz qirrali maqbara
Bu maqbaralar ichida me’morchilikning o’ziga xos namunasi sanalgan sodda bezakli, sakkiz yoqli maqbara mavjud. U Ozorbayjon ustalarining san’ati mahsulidir. Chunki tomonlarining ochiqligi, gumbazning ichki bezaklari musaffo osmon jismlarini ramzi ekanligi bilan ajralib turadi.

Maqbaraning tagida 4 ta aslzoda ayol kishining sag’anasi bor. Binoning boy bezaklari bu erda ham temuriylarga tegishli shaxslar yotganligidan darak beradi.

Keyingi ta’mirlash ishlari davomida uning gumbaz qismi qayta tiklandi. Ochiq ravoqlarning timpanlarida hadislar yozildi. Xonaning ichki qismida betakror zarhallangan devoriy naqshlar Qur’oniy oyatlarda o’zini ijobiy mahsulini topdi. Maqbaraning hovli qismi kengaytirildi, xilxonadagi dafn jarayonlari ochib o’rganildi. Yog’och tobutlarda dafn etilgan shaxslarning suyaq qoldiqlari ba’zi ashyolar, ularning irqi va tuzulishi to’g’risida yorqin ma’lumotlar olishida omil yaratdi.

Undagi sakkiz ochiq eshik, musulmonlar tasavvuridagi jannatning eshiklarini eslatadi, chunki payg’ambar Muhammad (s.a.v.) hadislariga ko’ra, «jannat – onalar oyog’i ostidadir». Uning ichki qismida sodda naqshlar solingan. Chiroyli nusxalar ichida muqaddas Qur’ondan maxsus suralar bitilgan. 1963 yilda sakkiz yoqli maqbaraning shimolidan ikkita maqbara qoldiqlari ochildi. Undan dahma devor qoldiqlari va o’ymakor uslubda ishlangan qabr usti toshlari qolgan.

Usta Ali Nasafiy maqbarasi (XIV ASR)
Majmua eng ko’p xilli uslubda barpo etilgan maqbaralar qatoriga kiradi. Chunki bu yodgorlik XIV asrning 60-70 yillarida qarshilik usta Ali Nasafiy tomonidan handasaviy naqshlar qo’llanilgan. Kufiy yozuvida binoning peshtoq va ichki qismi mahorat bilan ishlangan. Uni ko’pincha «guldor maqbara» ham deyishadi, chunki ichki va tashqi devorlarida rang-barang sirli koshinlar, o’simliksimon naqshlarda namoyish etilgan. Binoga geometrik shakl berilishi ham so’zimizning isbotidir. Ular chirmashib, sakkiz qirrali yulduzlar turkumini hosil qiladi. Shakllar, xilma-xil naqshli, zarhal va sirlangan koshinlar bilan bezatilgan. Binoning burchaklarida muqarnas gul bilan to’lgan ravoq bor.

Uning ustki qismidagi gumbaz ham ikki qavatli bo’lgan. Hozirda bu gumbazning faqat asosi-qirrali gumbaz saqlanib qolgan. Uning qoplamasiga arabcha xat bitilgan.

2-noma’lum maqbara (XIV ASR)
2-noma’lum maqbara koldig’i XI asrning ikkinchi yarimda faoliyatda bo’lgan Tamg’och Bug’roxon madrasasi paydevorlari ustida qurilgan. Undagi devoriy naqshlar zarxallangan. Ba’zi manbalarda yodgorlik Ulug’ Sultonbegi nomi bilan ataladi. Bino ishlatilgan go’zal xattotlik san’ati bilan peshtoqning husniga husn ko’shib turibdi.

XII asrda bu erda ajoyib bezatilgan ulkan bino bo’lgan. 1968-1974 yillarda binoning poydevori tuproq qatlamlaridan tozalandi. Bu erdagi yodgorlik Markaziy Osiyodagi ilk inshoatlardan biri bo’lgan. Madrasa peshtoqi naqshli g’ishtlar bilan bezatilgan. Amir Temur vafotidan keyin bu maqbara tabiiy ofatlar ta’siridan katta talofat ko’rdi. Arxiv hujjatlarini chuqur o’rganish natijasida mutaxassislar binoning orqa yon devorlari va gumbaz qismlarini qayta tiklashdi. Maqbaraning peshtoq qismi qur’onning “Ar-Rahmon” surasi oyatlari bilan to’ldirildi.

O’rta qismda olib borilgan arxeologik qazishmalar esa ko’plab qadimiy inshootlarning poydevor xamda xilxonalarini topilishiga zamin yaratdi. Bu o’z navbatida esa «Shoxi-Zinda» majmuasi tarixini yanada boyitdi.

Amir Burunduq maqbarasi (XIV ASR 80 yillari)
Amir Temur o’z sarkardalariga juda e’tiborli bo’lgan. Strategik jihatdan juda kuchli mahoratga ega bo’lgan bu sarkarda sohibqironning har bir zafarli yurishiga o’z ulushini qo’shgan. Amir Burunduq ko’plab harbiy yurishlarda Temur armiyasini g’alaba qozonishiga omil yaratgan. Uning jasadi o’z yaqinlari bilan birga bino xilxonasida, archa tobutida mo’miyolangan holatda dafn etilgan.

Binoning ichki va tashqi tomoni sodda qilib qurilgan. Maqbara sahnida dahma va qabrlar bor. Uning ichki devorlarining pastki qismiga husunkor olti qirrali sirli naqshlar bilan bezak berilgan. Bino atrofida 1963 va 1998 yillarda katta ta’mirlash ishlari olib borildi. Dahmalar ochib o’rganildi. Tekshirilgan dahmalar orasida yosh yigitning dafn etilgani olimlar e’tiborini tortdi. Marhum o’z kiyimida ko’milgan edi. Hozirda uning tanasidagi yaktak Samarqand davlat muzeyida eng noyob amaliy san’at durdonasi sifatida saqlanmoqda. Binoning kirish joyi asl holicha qoldirildi.

Tuman Oqo majmuasi (XIV ASR)
Malika Tuman oqo Amir Temur saroyida «kichik ona» nomlari bilan e’tibor qozongan mashhur ayol. «Zafarnoma»da qayd etilishcha, Tuman oqo 1365 yilda tug’ilgan. Uning otasi Amir Muso Temurga qarshi yurishlarda sobitqadam bo’lgan. Lekin Temurning Tumon oqoga uylanishi ular orasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga zamin yaratdi. Nihoyat 1378 yil Temur Tumon oqo sharafiga Obi – rahmat arig’i bo’yiga go’zal «Bog’i – Behisht» nomli bog’ barpo etadi. Bu Temurning Tumon oqoga bo’lgan hurmat va ehtiromining ramzi edi.

XIV asrning oxirida Temurning kichik xotini Tuman oqo uch xonadan iborat yodgorlik qurdirdi. Ular mulozimxona, masjid va Tuman oqo maqbaralaridan iborat. Devordagi chuqur tokchalarning usti ganjdan ishlangan nafis muqarnaslar bilan bezatilgan. Gumbazchalar tagida quyosh nuri tushadigan darchalar bor. Majmua devorlarida terma koshin ishlatilgan. Obidani ozarbayjonlik koshinkor usta Shayx Muhammad ibn Xoja Bandgir To’g’rabozi bezagan. Devordagi izoralar olti qirrali to’q yashil koshinlar bilan bezatilgan. Naqshlarning ba’zisida zarhalli nusxalar saqlanib qolgan. Maqbara tashqi tomondan koshinkoriy peshtoqi va baland ko’k gumbazi bilan kishi e’tiborini tortadi. Uning peshtoqida 808 hijriy, ya’ni 1405 milodiy sana ko’rsatilgan. «Olloh uning saltanatini davomiy aylasin» so’zi Amir Temurga nisbatan aytilgani sezilib turibdi. Boshqa bir bitikda «Xatti Shayx Muxammad ibn Xoja Bandgir at-Tabriziy» degan so’zlarni o’qiymiz. Bu zot Temur saroyida o’z vaqtida mashhur xattot-kotibi bo’lgan.

Temur vafotidan keyin uning malikalari taqdiri halokat to’foniga duchor bo’ldi. Xalil Sultonning qisqa xukmronligi davrida uning farmoyishi bilan Tuman oqo shayx Nuriddinga nikohqilindi. Biroq u ham suiqasd tufayli o’ldirildi. Ikkinchi marta beva kolgan malika Tuman oqo Shohruh Mirzoni taklifiga binoan Hirotga boradi. Poytaxt yaqinidagi Ko’xisan mavzeyida yashab qoladi. U yashagan mahobatli xonaqohhozir ham o’z jozibasini saqlab qolgan.

Maqbarining ichki gumbaz qismi keyingi ta’mir davomida yupqa holatdagi tillo naqshlar bilan bezatilib, arabiy husni xatdagi barcha yozuvlar qayta tiklandi. Samarqand me’morlari tomonidan binoning tashqi qismidagi qirqma koshinda ishlangan peshtoq bezaklari to’la holatda tiklandi. Bu xayrli ishda Samarqand va Buxoro mudarris va ulamolarining xizmatlari katta bo’ldi. Shirinbeka oqo maqbarasidagi kabi nafis qoplama qilingan Tuman og’o maqbarasi uyg’unligi bilan ajralib turadi. Binodagi salobat o’ziga xos ixchamlik bu maqbarani boshqalaridan ajratib turadi.

Hoja Ahmad maqbarasi (XIV asr) 1360 y.
Bu maqbara XIV asrda qurilgan binolar ichida eng qadimgisi sanaladi. Maqbara yo’lakning oxirida joylashgan. Maqbaraning fasadi janubga qaragan. Bino islom ma’naviyati va uning tarixiga ulkan xizmatlari singan shayx Xoja Ahmad nomi bilan bog’liqdir. Maqbaraning ravoqli peshtoqi tarixiy va badiiy jihatdan katta ahamiyatga ega. O’ymakor koshin qoplamining foni asosan feruza rangli bo’lib, ustiga oq bo’yoq bilan muqaddas Qur’on oyatlari bitilgan. Xuddi shu erda gulni bezak ichida me’mor Faxr Alining nomi mayda harflar bilan jimjimador qilib yozilgan. Oyatlarning ikki yoniga koshin bilan hoshiya qilingan. XX asr boshida Xoja Ahmad maqbarasining qiyshayib qolgan peshtoqigina saqlanib qolgan edi. Shu sababli maqbaraning tashqi devori 1922 yilda qayta tiklanib, tom qismi yopildi. 1962 yilda Xoja Ahmad maqbarasining peshtoq qismi to’g’rilanib, noyob qoplamasi tozalandi va mustahkamlandi.

Binoning poydevor qismida arxeologik qazilma olib borilib, 12 metr uzunlikdagi laxm g’or topildi. Bu tarix uchun yana bir yangilik bo’ldi. Maqbarini peshtoq qismi hamda o’stgi gumbazi qayta tiklandi kirish eshikni Samarqand ustasi mohir san’at sohibi usta Nasrullo o’z o’rniga jamlashtirildi.

Qutlug’ Oqa maqbarasi (1360-1361 yil)
O’ziga xos uslubda qurilgan XIV asr yodgorliklaridan yana biri, bu Qutlug’ oqo maqbarasidir. Peshtoqdagi yozuv qoldiqlarida maqbara qurilgan vaqti 762 hijriy (1360-1361 yil ekani ko’rsatilgan. Bu yozuv maqbaraning aslzodalar uchun qurilganiga shioradir. Xonaning sahnida yosh bola qabri bor. Maqbaraning peshtoqi va ichkarisining ziynati o’ymakor sirli koshin bilan ishlangan bo’lib, uni ham Xoja Ahmad maqbarasining me’mori qurgan bo’lsa ajab emas degan fikr bildiriladi.

Qusam Ibn Abbos majmuasi
Shimoliy qismdagi chortoq majmuaning asosi sari yo’l boshlaydi. Uning kirishida Muhammad (s.a.v.)ning quyidagi hadislari yozilgan: «Arabiy hoshimiy, qurayshiy, makkalik, madinalik Muhammad s.a.v. aytdilar: «Qusam ibn Abbos xulqi va tashqi ko’rinishi bilan menga o’xshaydigan shaxslardandir». Chortoqning sharq tarafida ikki tabaqali o’ymakor naqshli qayrag’och eshik bor. Eshik Amir Temurning farmoyishiga binoan usta Said Yusuf Sheroziy tomonidan 1404-1405 yillar mobaynida ishlangan. Eshikning naqshlari takrorlanmas san’at namunasi sifatida ishlanib, undagi arabiy yozuvlar ustida fil suyaklaridan qadama bezaklar qilingan. ikki tabaqani eshiklardan birida quyidagi so’zlar bitilgan: «Jannat eshiklari faqirlar uchun ochiqdir». Ikkinchi tabaqasida esa «Rahmat eshiklari rahimlilar uchun ochiqdir».

Usti gumbaz yo’lakning o’ng tomonida yanada qadimiyroq XI asrga oid minora bor. Minoraning qoplamasi shaklli g’ishtlardan terib ishlangan.

Biz o’tmishning eng ulug’ san’at namunalarini hazrat majmuasida ko’ramiz. Uning ichki qismida aylanma zina mavjud. Yo’lak XI asrda qurilgan masjidga tomon yo’l boshlaydi. Bu yodgorlik XII asrda qurilgan inshoot qoldiqlari ustida solingan. Devorlarning pastki qismi va mehrobi sirli koshinlar bilan ishlangan.

Xilxonaga g’arb tomondan kichik bir tug’xona tutashgan. Pastki qismida esa chillaxona bor. Ulardan har birining o’ziga xos vazifalari mavjuddir. Ziyoratxonaning XI asr oxiriga oid bezak qoldiqlari shimoliy devorda saqlangan bo’lib, ular 1960 yildagi tekshirishlar natijasida topilgan.

Bu erda mo’g’ullar istilosiga qadar qurilgan masjidning yog’och bo’laklari saqlanib qolgan. Bu o’yma yog’och qismlari qoraxoniylar davriga oid noyob yodgorlikdir. Ziyoratxona XIV asrning 30-yillarida qurilgan. Devoriy gumbaz qo’yilgan sakkizyoqli qismining janubi g’arbiy tomonida o’simliksimon naqshda 735 hijriy sana (1334-1335 milodiy yillar) jimjimador qilib yozib qo’yilgan.

Qusam ibn Abbos maqbarasi kompleksidagi eng asosiy va qadimiy maqbara hisoblanadi. Maqbara xilxona va ziyoratxonadan iborat. Ularning har birini o’ziga hos ziyorat qilish odoblari bor.

Maqbarada Qusam ibn Abbosning qabri bo’lib, u Amir Temur davri sopol koshinlari bilan naqshinkor bezakda ishlangan, qabr ustida «Olloh yo’lida vafot etganlar o’lmaydi, ular tirikdir» degan Qur’oniy oyat chiroyli husni xatda yozilgandir. Qusam ibn Abbosning vafotlari sanasi qabr ustida 57 hijriy (676 milodiy) sana ekani yozib qo’yilgan. Majmuaning barcha xonalari so’ngi ta’mir davomida asl holatida mohir ustalar tomonidan qayta ta’mirlandi. Kishilarni hayratga soluvchi naqsh va bezaklar davomiy ravishda devorlarni bezab xalqimizning buyuk san’at namunalarini dunyo xalqlariga ko’z-ko’z etib kelmoqda. Bu oliy janob ishda Yurtboshimiz ko’rsatayotgan jonbozlik beqiyosdir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyuldagi 337-sonli «Shohi Zinda yodgorligi majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to’g’risida»gi qaroridan so’ng Shohi Zinda majmuasi va uning atrofida amalga oshirilgan ishlar uni asliga qaytarishga ulkan hissa qo’shdi. Yillar davomida ta’mir talab tarixiy binolarining umrini yanada uzoq davrlargacha etkazilishining imkoni tug’ildi.

Ta’mir jarayonida arxeologik, etnografik, tarixiy izlanishlar olib borilib, har bir yodgorlikning holati o’rganildi va mutaxassislardan olingan maslahatlar va ko’satmalar asosida keng qamrovli ta’mirlash ishlari olib borildi.

Maqbaradagi yozuvlar hadis va Qur’on oyatlari manbalar asosida qayta tiklandi.

Bu ishda Samarqand va Buxoro madrasasi hattot va mudarrislari ilmiy jihatdan ko’p masalalarning echimiga o’z hissalarini qo’shishdi. Betakror san’at usuli masjid va maqbaralar husniga yanada chiroy bag’ishladi.

Ziyoratxona ichidagi janubiy devorning yog’och panjarasi orqali xilxonadagi Qusam ibn Abbos qabrtoshini ko’rish mumkin. Xilxona maqbara bilan bir vaqtda – XI asrda qurilgan. XIV asrning 80 yillarida qabr ustiga yangi qabrtosh o’rnatilgan. Uning yon qirralariga zarhal yugurtirilib muqaddas Qur’on oyatlari yozilgan.

Shohi Zinda XIV asr boshidan XV asr o’rtalarigacha bo’lgan serhasham dahmalarning yuz yillik kelib chiqish evolyutsiyasini yoritib beradi. Afsuski, uning XI-XII asrlarga oid asosiy qismi qariyb yo’q bo’lib ketgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Siyob bozori

Samarqand - Siyob bozori

Samarqand shahrining Siyob bozori juda qulay joylashgan bo‘lib, undan bor-yo‘g‘i bir necha chaqirim narida Bibi Xonim masjidi qad rostlagan. Bozordan uzoq bo‘lmagan yerda yana bir yodgorlik — Hazrati Hizr masjidi joy olgan. Bozorning maydoni juda katta bo‘lib, savdo qatorlari besh gektardan kattaroq yerga qurilgan. Bozorga kirish uch tavaqali arkli tepalik ko‘rinishida bo‘lib, ko‘k-havo rang tuslardagi koshinlar bilan bezatilgan. Savdo qatorlari ayvon bilan berkitilgan bo‘lib, bozorni yozning jaziramasidan va qishning qahratonidan himoya qiladi.

Samarqand shahrining Siyob bozori, deyarli hech qachon uxlamaydi. Bu yerda savdo-sotiq quyoshning ilk nurlari chiqishi bilan boshlanib, kech shomgacha davom etadi.

Siyob bozori dehqon bozori hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda, asosan, O‘zbekistonning mehnatkash dehqonlari tomonidan yetishtirilgan mevalar, poliz ekinlari, shuningdek, mahalliy aholi o‘z qo‘li bilan tayyorlagan mahsulotlari sotiladi. Savdo qatorlari mahsulot turiga ko‘ra saralangan. Mahalliy aholini aytishicha, bu yerning quruq mevalari, shirinliklari va yong‘oqlari shunchalik mazaliki, hatto poytaxt aholisi ham ularning xaridi uchun Siyob bozoriga tashrif buyurishar ekan. Shu bilan birga sharq bozorida ziravorlarning xilma-xilini, hatto eng noyoblarini ham uchratish mumkin. Yeguliklardan tashqari, bu yerda mahalliy hunarmand va ustalarning yasagan buyumlari ham mavjud. Non qatori alohida e’tiborni tortadi, axir, Samarqand noni unning alohida navidan tayyorlanadi-da. Siyob bozorida 17 dan ortiq non turini uchratish mumkin.

Sharq bozorini totib ko‘rishsiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqa bozolar kabi bu yerning xushmuomala savdogarlar olinayotgan mahsulotingizni totib ko‘rishingizga undab turishadi. Va albatta, sharq bozorining asosiy hislati — savdolashish “udumi”. Bu yerda har bir xaridor savdolashishni o‘ziga odat qilgan. Zero, savdolashishdan asosiy maqsad pulni tejas emas, balki, osiyliklarda yoshligidan shakllanib keladigan odatning namoyon bo‘lishidir. Kim savdolashish san’atini yaxshi o‘zlashtirarkan, yutuq u kishining hamrohi bo‘ladi.

Doim yangi uzulgan meva hamda turli xil mahsulotlar bilan birga, Samarqandning Siyob bozorining yana bir o‘ziga xosligi bo‘lib, bu — shaharda sodir bo‘layotgan yangilik va hodisalardan xabardor bo‘lish mumkinligidir. O‘zbeklar juda chiqishimli xalq bo‘lib, bu yerliklar notanishlar bilan ham osongina suhbatga kirisha oladilar.

Bu bozorga tashrif buyurib, siz samarqandcha bayramona, ajib muhitga tushish bilan birga, shahar nima bilan yashashini, nafasini his qilasiz. Sersuv sevalar va xushbo‘y noni bilan birga, bu bozordan o‘zingiz bilan xotirangizda yoqimli lahzalarni eslatib turuvchi sharqona muhitning bir bo‘lagini ham olib ketasiz.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Temuriylar darvozasi

Samarqand - Temuriylar darvozasi

Jizzaxdan Samarqand hududiga o’tishda Temuriylar darvozasi deb atalmish oy bor. Bu joy Sanzor daryosidagi eng qisqa dara hisoblanib, Pomir-Oloyning g‘arbiy qismlaridagi Malguzor hamda Nurota tizmalarini ajratuvchi tog‘ yo‘lidir.

Tikka qoya devorlar hosil bo‘lgan dara kengligi 120-130 metrni tashkil qilib, ayrim joylari 35-40 metrgacha torayadi. Dara orqali Toshkentdan Samarqandgacha o‘tuvchi temir yo‘l o‘tgan. Daraning yuqori qismida yozuvlar bo‘lib, ba’zilari qadimiy va forsiy tillaridadir. Ulardan biri Samarqan hukmdori bo‘lmish Amir Temurning nabirasi — astronom Ulug‘bek buyrug‘i bilan qildirilgan.

Chiroyli bir afsonaga ko‘ra (ehtimol, bu bo‘lgan voqeadir), Amir Temur o‘zining 200 000 kishilik qo‘shini bilan Malguzar va Nurota tizmalari orasidan o‘tuvchi daraga kelib to‘xtaydi. Zero, u qo‘shini bilan bu tor yo‘lakdan o‘ta olmasligini tushunib yetadi. Shunda, Sohibqiron darani kengroq qilishga buyruq beradi. Qo‘shini chumolilar kabi tunu-kun ishlaydi va serqoya tog‘ jinslarini vayron qilib, toshlarni olib chiqishadi. Toki, bahaybat palaxsaga to‘qnashmagunlariga qadar, ish samarali tus olib, dara kengayaveradi. Shunda Amir Temur aysungarini chorlab, ilohiy kuchlar yordamida toshni yorishni talab qiladi. Sehrgar esa ovulda yashovchi aql bovar qilmas kuchga ega cho‘ponni keltirishlarini maslahat qiladi. Cho‘pon haqiqatan ham bir nigohi bilan toshni yorib, uni yoriqlarga bo‘lib tashlaydi. Ishning oxirini askarlar tozalash ishlari orqali nihoyasiga yetkazib qo‘yishgan. Shundan qilib, ikki qoya orasida “Temuriylar darvozasi” paydo bo‘lgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand - Tillakori madrasasi

Samarqand - Tillakori madrasasi

Yalangto’sh Bahodir Sherdor madrasasini qurdirganidan o’n yil o’tgandan so’ng, Ulug’bek tomonidan qurilgan Karvonsaroyni tiklash imkoniyati bo’lmaganligi sababli, uning poydevori ustidan yangi madrasa – masjid qurdiradi. Samarqand shahridagi Registon maydonini mukammallashtirgan ushbu inshoot keyinchalik Tillakori madrasasi deb atalgan. Tillakorining qurilishi bilan Registonning ajoyib bir ansambli mukammal shaklga keladi.

Ushbu obidaning me’mori maydondagi hamma binolarning yaxlit bir butun bo’lishini ta’minlash uchun Tillakori madrasasini mavjud imoratlarga moslashtiradi. Imoratlarni qurishda o’sha davrda qo’llanilgan me’moriy qoida-qonunlardan chekinishga to’g’ri kelgan. To’rt tomoni tutashdek tasavvur bo’lishi uchun madrasa fasadini juda uzun qilishga to’g’ri kelgan.

Madrasa-masjidning umumiy kompozitsiyasida masjid markaziy o’rinni egallashi lozim edi. Biroq me’mor simmetrik maydonda yana bir markaz bo’lishini lozim ko’rmagan, bu esa uning yana bir muvaffaqqiyati bo’lgan. Tillakori madrasasi fasad qismining arxitekturasi ikkita bir xil madrasaga mos tushgan. Masjid asosiy o’qdan chetda, bir qavatli hujralar bilan o’ralgan katta hovlining g’arb tomonidadir.

Madrasani old tomoni fasadining ikki qavatli qilib ishlanganligi ulkan va hashamatli Mirzo Ulug’bek hamda Sherdor madrasalarining mahobatliligini ta’minlangan. Hovlining ichki kompozitsiyasida simmetriya bo’lishi uchun har bir fasadning qoq o’rtasida shinam peshtoq qilingan. Kirish qismini chap tomonda g’arbiy fasad bo’ylab katta masjid joylashgan, unga asosiy eshikdan kiriladi. Masjidning to’rida odatdagiday qiblaga qarab qurilgan marmar mehrob bo’lib, uning o’ng tarafida esa marmar zinali baland minbar joylashgan. Masjidning asosiy xonasi, hatto marmar ozorasi ham bo’rtma naqshlar va zar bilan bezatilgan. Qisqa vaqt ichida Ulug’bek madrasasining ikkinchi qavati ham qayta tiklanib, qadimiy holatiga keltirildi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ushbu yodgorliklarning ta’mirlanishi madaniy merosimizga bo’lgan g’amxo’rlikning yorqin namunasidir.

Diqqatga sazovoz joylar

Samarqand qog‘ozi

Samarqand qog‘ozi

Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri – Buyuk ipak yo‘li asrlar davomida tasavvurga sig‘mas darajada insoniyat tamadduniga keskin burilish yasadi, mislsiz kashfiyotlarga sababchi bo‘ldi. U nafaqat uzoq manzillar va elatlarni bir-biriga yaqinlashtirdi, balki turli g‘oya va madaniyatlar o‘chog‘i va chorrahasiga aylandi. Tarix zarvaraqlarida o‘chmas iz qoldirdi.

Ushbu savdo yo‘llarida Xitoy chinni va shoyisi hamda hind ziravorlari qanchalik shuhrat qozongan bo‘lsa, moziyning yaqin ming yilligiga qadar Samarqand qog‘ozi ham Buyuk ipak yo‘lida eng ko‘p xarid qilinadigan noyob tovarga aylandi.

751 yilning iyul oyida Jambul shahri yaqinida joylashgan Talas daryosi bo‘yida (hozirgi Qirg‘iziston) Xitoy jangchilari O‘rta Osiyoga bostirib kirdi.

O‘sha davrdagi Samarqand hokimi Abu Muslim bosqinchilarga qarshi o‘z qo‘shnini yo‘llab, dushmanni yer bilan yakson qildi va Samarqandga 20 mingdan ortiq xitoylik askarlarni asir sifatida olib keldi. O‘z hayotlarini saqlash niyatida hunarmandlikdan xabardor xitoylik asir jangchilar mahalliy hunarmandlarga qog‘oz ishlab chiqarish sir-sinoatlarini o‘rgatdilar.

Shu vaqtdan boshlab Samarqand qog‘ozi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. IX asrga kelib, ushbu tarmoq shahar hunarmandchiligining eng muhim jabhalaridan biriga aylandi. Asta-sekinlik bilan Samarqand qog‘ozi butun sharq va g‘arb bozorlarini ham egalladi. Ushbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga qadar nafaqat O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqda, balki Yevropaning ko‘pgina davlatlariga dong‘i ketdi. Sharq olamida Samarqand qog‘ozlari Misr qog‘ozi kabi keng omma tomonidan foydalanila boshlandi. Bunga ayniqsa IX-X asrlarga kelib, ko‘pgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qo‘lyozmalar aynan Samarqand qog‘oziga yozilishi yaqqol misol bo‘la oladi.

Ming yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini san’at darajasiga yetkazgan samarqandlik hunarmand-qog‘ozgarlar dunyoda eng yupqa, silliq hamda siyohni ko‘p shimmaydigan, o‘ta chidamli noyob qog‘oz turlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Jumladan oq rangli «Samarqand sulton qog‘ozi» o‘zining yupqaligi, silliqligi va yumshoqligi bilan boshqa qog‘oz navlaridan alohida ajralib tursa, «Samarqand shoyi qog‘ozi» sifat jihatdan undan qolishmasa-da, rangi och sariq – novvot rangda bo‘ladi. «Mir Ibragimi» qog‘oz turi yuzida oq rangdagi dumaloq shaklli suv tomchi izlari bilan qoplangan bo‘ladi. «Nimkanop» turi esa ipak qoldiqlari hamda po‘stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlangani uchun, u dolchin rangda bo‘ladi. Ushbu qog‘oz turlarini yaratishda xomashyo sifatida paxta, ipak va tut daraxti po‘stlog‘idan keng foydalaniladi.

Asrlar davomida shaharning Siyob anhori bo‘yida ikki mingga yaqin suv tegirmonlari ishlab turgan va ularning 400 dan ortig‘ida qog‘oz ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shaharga tashrif buyurgan barcha olimu fuzalolar, tarixchilar va sayohatchi mehmonlar bu qog‘ozning sifati va chidamliligidan hayratga tushishgan. Bunga isbot sifatida turli asrlarda yashab ijod etgan ba’zi tarixchi va yozuvchilarning Samarqand qog‘oziga bergan ta’riflarini, yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayd etib o‘tishni lozim deb topdik.

Arab tarixchisi Al-Maqdisiyning (X asr) ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda ishlab chiqarilgan kamonlar, Shoshning sopol idishlari hamda Samarqand qog‘ozlari Buyuk Ipak yo‘lida ayirboshlanadigan mollar ichida eng mashhuri va bebahosi bo‘lgan.

Samarqand qog‘ozi haqida temuriyzoda hoqon, Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solgan Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida shunday deydi: «Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddin chiqadi, Juvozi qog‘ozlar suyi tomon Konigildin keladur, Konigil Siyob yoqosidadurkim, bu suvni Obi rahmat ham der edilar».

Fors tarixchisi Abu Mansur Saalibining (X asr) ta’kidlashicha, Samarqand qog‘ozi sifat jihatidan Misrning pergamentidan yer bilan osmoncha farq qilgan.

Sharqning mashhur fors kalligrafi Sultonali Mashhadiy (XV – XVI asrlar) faqatgina Samarqand qog‘ozida ijod qilishni tavsiya etgan: «Samarqand qog‘ozi juda ham yaxshi! Agarda sen oqil inson bo‘lsang, uni rad etma: unga yozilgan xat juda ravon va go‘zal chiqadi…».

O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan vengriyalik buyuk sharqshunos va tilshunos olim sayohatchi A. Vemberi 1863 yilda Samarqandga tashrif buyurganida, Samarqand qog‘ozi haqida o‘z asarlaridan birida shunday deb yozadi: «Buxoro va Samarqandda ishlab chiqariladigan ushbu qog‘oz butun Turkiston va unga qo‘shni mamlakatlarda ulkan shuhrat qozongan».

XX asr boshida O‘zbekistonda yashagan va tarixiy obidalarni topish yo‘lida qazilma ishlarini olib borgan arxeolog V.Vyatkinning ta’kidlashicha: «Samarqand dunyoning turli davlatlariga ko‘p miqdorda yetkazib beradigan noyob qog‘ozi bilan mashhurdir».

Amir Temur hukmronligi davrida (XIV-XV asrlar) qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. XVIII asrning boshiga qadar Samarqand va uning atrofida 42 ga yaqin qog‘ozgar kosiblar faoliyat ko‘rsatishgan va keyinchalik mamlakatning boshqa hududlari – Qo‘qon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ushbu hunarmandchilik turi keng tarqalgan. Temuriylar hukmronligi qulagach, mahalliy hukmdorlararo jangu jadallar va turli bosqinchilarining tinimsiz hujumlari natijasida yurt iqtisodiy inqirozga yuz tutdi, ko‘pgina hunarmandlik turlari Samarqandda yo‘qolib, aksariyat hunarmandlar tinch vohalarga, jumladan Qo‘qon shahriga (Qog‘ozgar va Chorku qishloqlari) ko‘chib ketishdi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahri asosiy qog‘oz ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylandi va bu an’ana 1930 yilgacha davom etdi.

1995 yilda Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘tkazilgan «Tarixiy yodgorliklarni saqlash» mavzusi bo‘yicha YuNESKOning xalqaro konferentsiyasida asosiy e’tibor yo‘qolib borayotgan qadimiy xalq hunarmandchiligi amaliy san’atini rivojlanishiga qaratildi. Tadbirda turli viloyat va shaharlardan ishtirok etgan usta hunarmandlar qatorida samarqandlik Zarif Muxtorov ham olamga dong taratgan va asrlar davomida yo‘qolib ketgan Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan qatnashdi.

Tarixiy qo‘lyozma va kutubxonalardagi qadimiy manbalardan uzoq izlanishlar olib borganidan so‘ng, turli rivojlangan mamlakatlarda qog‘oz ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqqan hunarmandlar sulolasining davomchisi Zarif Muxtorov bu amaliy san’at turini o‘z xonadonida qayta tiklash harakatiga tushdi.

1995 yildan 2002 yilga qadar o‘tkazilgan sinov-tajribalardan so‘ng Zarif Muxtorov Samarqand qog‘ozi yaratilishi sir-sinoatlarini to‘la o‘zlashtirib, «Konigil» qishlog‘ining Siyob anhori oqib o‘tadigan eng so‘lim go‘shasida hukumatimiz, YuNESKO va Yaponiyaning «JEIKA» xalqaro agentligi ko‘magida «Konigil-Meros» qog‘oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markaziga asos soldi. Hozirgi kunga qadar mazkur markazda O‘rta Osiyo hududlarida keng tarqalgan, mevasi iste’molga yaroqli bo‘lgan, aholi orasida «balx tuti» deb ataladigan tut navi po‘stlog‘idan turli xildagi Samarqand qog‘ozlari ishlab chiqarilmoqda.

Albatta, har bir hunarning o‘ziga yarasha mashaqqatlari va quvonchli damlari bor. Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish jarayonida balxtut novdalari bir necha kun suvda ivitib qo‘yiladi. Undan keyin po‘sti shilinib, po‘stloq ustidagi qo‘pol jigarrang qismi pichoq bilan ajratiladi. Tozalangan sarg‘ish rangli po‘stloqlar qozonda 5-6 soat qaynatiladi va shundan so‘ng ular yog‘ochdan yasalgan o‘g‘irlarda 7-8 soat davomida mayin tolalarga aylangunicha maxsus to‘sinlar orqali tuyib maydalanadi.

Keyingi bosqichda mayin tolasimon po‘stloqlar katta idishga solinib, Siyob suvida aralashtiriladi va to‘rtburchak shakldagi suzg‘ichlardan o‘tkaziladi. Ho‘l qog‘ozlar 8-10 soat davomida taxtakachga bostirib qo‘yiladi, so‘ngra ular birma-bir silliq joyga yopishtiriladi. Yakunlov jarayonida har bir qog‘oz silliq marmar tosh ustiga qo‘yiladi va chig‘anoq yoki aqiq toshi bilan silliqlanadi. Shu tarzda Samarqand qog‘ozi tayyor bo‘ladi.

Mashaqqatli qo‘l mehnatini talab qiladigan bunday qog‘oz ishlab chiqarish fan-texnika rivojlangan hozirgi davrida kerakmi, degan savol o‘z-o‘zidan tug‘ilishi tabiiy. Lekin bundan ming yillar avval, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab dong‘i ketgan va dunyoning turli mamlakatlariga karvonlar orqali yetkazib turilgan Samarqand qog‘ozi bugungi kundagi fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan, uning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Samarqand qog‘ozidan noyob mahsulot sifatida bugungi kunda nafaqat o‘zbekistonlik miniatyurachi rassom va kalligraflar uchun qo‘l kelmoqda, balki undan mamlakatimizdagi va hatto Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda keng foydalanilmoqda.

Hozirgi kunda «Konigil-Meros» hunarmandchilik dargohida Zarif Muxtorov boshchiligida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shaharning bir chetida joylashgan bu hunarmandlik markazi milliy qadriyatlarimiz e’zozi sifatida qadimiy Samarqand qog‘ozlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, ajdodlarimizning bundan ming yillar ilgari ham o‘z hunar va san’atlarini dunyoga ko‘z-ko‘z qilganliklarini isbotladilar. Bu esa maqtovga arzigulik sa’yi-harakatlardir va Samarqandga keladigan har bir chet ellik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Abdulqosim madrasasi

Toshkent - Abdulqosim madrasasi

Beshyog‘ochning oldingi darvozalaridan uzoq bo‘lmagan, Eski Toshkent shahrining g‘arbiy qismida joylashgan Abdulqosim madrasasi Toshkentning qadimiy me’morchiligi juda ko‘rkam bshlganligini eslatib turadi. Arxeologik tadqiqotlar, tarixiy hujjatlar va xalq afsonalari bizga Abdulqosim madrasasining “birinchi tosh”i XIX boshlarida qo‘yilganligi haqida so‘zlaydi.

Abdulqosim madrasasi — o‘z davrining buyuk faylasufi bo‘lmish Abdulqosim xonga qo‘yilgan yodgorlikdir. 1908 yil etnografik ma’lumotlarda N. Ostroumov ushbu yodgorlikka “Nafaqat Toshkentda, balki shahar atrofidagi mashhur eng boobro‘ qarorgohlardan”, deya ta’rif bergan. Mazkur madrasa qurilishi uchun Abdulqosim xon 30 ming rublga yaqin pul sarflagan va har yili 150 nafar o‘quvchi uchun o‘z hisobidan o‘quv pulini to‘lagan. Ba’zi manbaalarga ko‘ra u Qur’on kitobini yod olgan ekan. Abdulqosim madrasasida o‘z vaqtining eng atoqli insonlari o‘qigan, xususan, o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy, birinchi universitet asoschisi Munavvar-qori Abdurashidov, dramaturg G‘ulom Zafariy hamda professor Abdurauf Fitrat kabilar.

Bugun Abdulqosim madrasasi o‘rnida Toshkent milliy hunarmandchilik maktabi, ya’ni “Hunarmand” hunarmandlik uyushmasi joylashgan bo‘lib, u yerda haqiqiy rossom, zargar, naqqosh hamda miniatyura san’ati ustalari ishlaridan namunalarni va o‘quv jarayonini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu yerda, shuningdek, esdalik uchun antiqa buyumlarni xarid qilishingiz ham mumkin, zero, mehmondo‘st mamlakatga qilgan sayohatingizni eslatib tursin.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri

Toshkent - Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri

Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri loyiha muallifi akademik Aleksey Shusev hisoblanadi. Bino qurilishi 1939 yilda boshlangan, ammo 1942 yilda urush davri qiyinchiliklari tufayli to‘xtatib qo‘yilgan. 1944 yilga kelib esa qurilish ishlari qayta tiklangan. 1945 yilning noyabrida Kvantun armiyasining yapon asirlari Toshkentga jo‘natilgan va ular binoning qurilishini tamomlashgan. Qurilishga Me’mor Shusev boshchilik qiladi. Shuningdek, u Moskadagi V.I.Lenin maqbarasi barpo bo‘lishida boshchilik qilgan mashhur me’mor sanaladi. Bu yerda xorijiy tomoshalar, teatr festivallari, solo va terma jamoalar, poytaxtimiz mehmonlarining chiqishlari namoyish etiladi. Alisher Navoiy nomidagi akademik teatr Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng katta teatrdir. Uning tarixi 1929 yil, Muhiddin Qori Yoqubov boshchiligidagi konsert-etnografik ansambli ixlosmandlari tomonidan professional teatr tashkillashtirilgan sanadan boshlanadi. 1939 yilda Toshkent shahridagi mazkur teatr O‘zbek Davlat opera va balet teatri deb qayta nomlanadi, 1948 yilning mart oyida esa rus teatri bilan birlashib Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri nomini oladi. Opera va balet san’atining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun 1959 yili teatrga Akademik, 1966 yilda esa Katta teatr maqomi berildi. Teatr binosi XX asr o‘rtalari me’moriy obidasi hisoblanib, uning ichkari hovlisi milliy folklor san’atining ajoyib dunyosini namoyish etadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - amaliy san’at muzeyi

Toshkent - amaliy san’at muzeyi

Toshkent – amaliy san’at muzeyi dastavval 1927 yilda O’zbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari ko’rgazmasi tashkil qilingan edi. So’ng bu doimiy ko’rgazmaga aylantirilib, “O’zbekiston xalq xo’jaligi ko’rgazmasi” nomini oldi. Ko’rgazmaga qo’yilgan eksponatlar yilma-yil yig’ilib borildi.

Shu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qo’lda tikilgan kashtalar, do’ppilar, zargarlik buyumlari, gilamlar va shunga o’xshash xalq amaliy san’ati namunalari ham sotib olindi. Ana shu to’plangan xalq amaliy san’at asarlari 1937 yilning 7 iyulida Toshkentda ochilgan “Hunarmandchilik muzeyi” da namoyish etila boshlandi.

1960 yilda muzey “O’zbekiston amaliy san’ati doimiy ko’rgazmasi” nomini oldi.
1997 yilda sobiq ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o’tkazildi va “Davlat Amaliy san’at muzeyi” maqomiga ega bo’ldi.

Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kunlarimizgacha bo’lgan davrni qamrab olgan qo’li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho amaliy san’at durdonalari yig’ilgan.

Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlarini badiiy jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an’analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi o’ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san’at asarlari; Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an’anaviy uslubini yo’qotmagan holda uni o’z ijodiy xofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir. Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san’at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang turfa naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san’at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat.

Muzey zaxirasida to’plangan buyumlar 20 nomdagi kollektsiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar bo’yicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi.

O’zbek xalqi o’zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashhurdir. Zebi ziynatli buyumlar yasash san’ati xalqimiz ijodining eng qadimiylaridan hisoblanadi. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me’moriy yodgorliklar, ganch, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo’zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo’zlik, kashtachilik va o’nlab boshqa amaliy san’at turlarida o’z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san’at durdonalari darajasiga ko’tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda.

Darhaqiqat, Respublikamiz muzeylari xazinalarida saqlanayotgan moddiy va ma’naviy madaniyatimiz bebaho yodgorliklari bizning kim bo’lganligimizni namoyon etuvchi nodir guvohlardir. Mustaqilligimiz yillarida respublikamiz muzeylari faoliyatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Muzeylar faoliyatini yaxshilash chora tadbirlari tug’risida 1994 va 1998 yillarda Vazirlar Mahkamasining ikkita qarori qabul qilinganligi, “o’zbekmuzey” jamg’armasi tuzilganligi, Toshkentda O’zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, “Qatag’on qurbonlari xotirasi”, Termizda arxeologiya muzeylari tashkil etilganligi buning yaqqol ifodasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risda”gi Farmonida “O’zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalq ma’naviy ahloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelinayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ’ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g’urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng foydalanish” zarurligi ko’rsatib o’tiladi.

Toshkent shahridagi Respublika Davlat Amaliy san’at muzeyi milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlaydi. Muzey ekspozitsiyalarida xalq amaliy san’atining 50 dan ortiq turi namoyish etib kelinmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston hududida asrlar davomida xalq badiiy hunarmandchiligining o’ziga xos yirik markazlari shakllangan , har bir hudud o’zining badiiy bezak san’ati bilan boshqalardan ajralib turgan. Hususan, Chust do’ppisi, pichog’i, Rishton o’zining lojuvard sopol idishlari, Marg’ilon kamalak tovlanma atlasi, Buxoro zardo’zligi, Shahrixon pichoqchiligi bilan ma’lumu- mashhurdir.

Muzey zallarida sayr etar ekansiz, inson qo’li bilan yaratilgan mo’jizalarni, betakror san’at nafisligini ko’rib, olam-olam zavq olasiz.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Amir Temur xiyoboni

Toshkent - Amir Temur xiyoboni

Toshkent shahrining Amir Temur xiyoboni tarixi – o‘rtaasrlar hukmdoriligining buyuk asoschisi, sohibqiron Amir Temur sanalib, XIX asrning boshlarida Toshkent Rossiya imperiyasining Turkiston Harbiy Okrugi markazi tarkibida bo‘lgan. General Chernyayev buyrug‘i bo‘yicha 1882 yilda barpo qilingan bo‘lib, harbiy namoyishgohlar, otlar va piyodalar sayr etadigan Toshkentning eng qadimiy park maydoni sanaladi. Keyinchalik Amir Temur xiyoboni parki, uning atrofida ayollar va erkaklar gimnaziyasi, o‘qituvchilar ma’ruzalar eshitish zali va davlat banki barpo etilgan. 2009 yilga borib, xiyobonning tashqi qiyofasi yangi hukumat binolari qad ko‘targandan keyin butkul o‘zgardi.

Markaz xiyobonida XIV asrda yashagan davlat arbobi va buyuk sohibqiron Amir Temur haykali qad rostlab turibdi. U hukmdor katta bo‘lgan hududni O‘rtayer dengizidan Hindistongacha bo‘lgan yagona markazlashtirilgan davlatni tashkil etib, 27 ta mamlakat uning qo‘l ostida bo‘lgan. Haykal bronzadan ishlangan bo‘lib, sohibqiron ot ustida saltanat tojini kiyib, savlat to‘kib o‘tirgani gavdalantirilgan. Uning tagkursisida to‘rt xil tilda sohibqironning shiori: “Kuch — adolatdadir” degan yozuvi turibdi. Mazkur haykal muallifi haykaltarosh Ilhom Jabborov hisoblanadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Baroqxon madrasasi

Toshkent - Baroqxon madrasasi

Baroqxon madrasasi – Toshkent shahrida qurilgan Madrasa (1531/32 — 16-asr 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning toʻrt tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan zina bilan tomga chiqilgan). 1904 y.da masjidga aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxoʻja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani oʻz ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor gʻishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. Gʻarb tomondagi ichki peshtoq koʻk gumbazning tarkibiy qismi boʻlgan. Baroqxon madrasasi ning toʻrt burchagida choʻziq xona (qorixona)lar boʻlgan. Bino shakli va bezaklari oʻz holicha qolgan. Uning 22 m li gumbazi koʻk sirkor gʻishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz 1868 y.gi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga turli rangdagi sirkor gʻishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan, Qurʼon suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik koʻchib tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar boʻlib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli gʻishtchalar bilan ajratilgan). 20-asr boshlaridagi taʼmir vaqtida qad. bezaklarning qoldigʻi koʻchirib tashlanib, oq ganch bilan suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining goʻzalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi meʼmoriy yodgorliklari (15-asr ikkinchi yarmidagi Oq saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. 1946, 1949, 1951, 1967 y.larda taʼmir ishlari olib borilgan. Baroqxon madrasasida Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Chоrsu bоzоri

Toshkent - Chоrsu bоzоri

Chоrsu bоzоri qаdimdаn Toshkent hududidаgi eng yirik sаvdо mаrkаzi bo’lib kеlgаn. Yozmа mаnbаlаrdаn mаzkur bоzоrning nоmi turli dаvrlаrdа turlichа bo’lgаnligi mа’lum. Bu: “Chоrsu”, “Jo’bа”, “Rеgistоn”, “Eski Juvа” “Bоlshоy bаzаr” (kаttа bоzоr) nоmlаridir.

“Chоrsu” qаdimiy so’z bo’lib, dаstlаb zаrdushtiylаrning kitоbi “Аvеstо”dа “chоvurchuq” (“to’rt tоmоnlаmа”) shаklidа uchrаydi vа “bоzоr” mа’nоsini аnglаtаdi. Kеyinchаlik bu so’z “chаhоrsu” vа nihоyat “chоrsu” shаklini оlgаn; “chоrsu” dеgаndа “gumbаzli bоzоr” tushunilgаn. XI аsrgа kеlgаndа Turkistоn shаhаr ko’chаlаrining hаr ikki tоmоni bоzоr – rаstаlаrdаn ibоrаt bo’lib, ko’chаlаr kеsishgаn jоydаgi bоzоr mаydоni, ya’ni mаrkаziy gumbаz “chоrsu” dеb аtаlgаn. So’zning mа’nоsidаn Chоrsu bоzоri o’rtа аsrlаrdа shаhаrning mаrkаzidа joylаshgаnligi аniq bo’lаdi. Bа’zi tаdqiqоtlаrdа “chоrsu” fаqаt to’rt yo’l emаs, bаlki bеsh, оlti, undаn hаm ko’prоq yo’llаr kеsishgаn jоy ekаni tа’kidlаngаn. Dаrhаqiqаt, bоzоr hududidа shаhаrning bаrchа dаrvоzаlаridаn kеlgаn yo’llаr tutаshgаn. Bundаy jоylаrdа sаvdо rаstаlаri, kоsiblаrning do’kоnlаri jоylаshgаn.

X–XVI аsrlаrgа оid mаnbаlаridа bоzоr “Jo’bа” vа “Rеgistоn” shаkllаridа hаm uchrаydi. O’rtа Оsiyolik tаriхchi Nаrshахiyning (X аsr) аsаridа “jo’bа” – “bоzоr mаydоni” mа’nоsidа uchrаydi.

Chоrsu bоzоrining “Rеgistоn” dеb nоmlаngаnigа sаbаb – XV–XVII аsrlаrdа shahаr mаrkаzidа bоzоrgа yaqin hududdа bo’lib, undа Хo’jа Аhrоr qurdirgаn jоmе mаsjidi vа mаdrаsа (1451 y.), kеyinchаlik Аbulqоsim shаyх mаdrаsаsi (XVI а.), Ko’kаldоsh mаdrаsаsi (XVI а.) vа uning yaqinidа Bеklаrbеgi mаdrаsаsi (1835 y.) qurilgаn. Mаzkur binоlаr jоylаshgаn mаydоn “Rеgisоn” dеb nоmlаngаn. Аslidа bu so’z “qumlоq mаydоn” mа’nоsini аnglаtаdi, ya’ni bu еrdа kаttа mаydоn bo’lgаni mа’lum. Nаtijаdа uning yaqinidа jоylаshgаn bоzоrning nоmi mаzkur mаydоnning nоmi bilаn аtаlа bоshlаngаn.

XIX аsrgа оid yozmа mаnbаlаrdа mаrkаziy bоzоr “Jo’bа” vа “Chоrsu” dеb tilgа оlinаdi. Jumlаdаn Muhаmmаd Sоlih hаm “Tаriхi jаdidаyi Tоshkаnd” аsаridа Rеgistоndаgi bоzоrni sаvdо mаrkаzi sifаtidа tа’riflаb, u хаlq tоmоnidаn “Jo’bа”, kitоblаrdа эsа “Jo’ybоr” dеyilishini yozаdi. Muаllif bоzоr hаqidа qimmаtli mа’lumоtlаr kеltirgаn.

XIX аsr охiri – XX аsr bоshlаridа hаm Chоrsu bоzоri Toshkent shаhrining gеоmеtrik mаrkаzidа, Tоshkеntning to’rt dаhаsi tutаshgаn yеridа jоylаshgаn. U shаhаrning аsоsiy bоzоri hisоblаngаn. Bu hаqdа o’shа dаvr yozmа mаnbаlаridа qаyd etilgаn. Mаzkur dаvrgа оid rus mаnbаlаridа Chоrsu bоzоri “Bоlshоy bаzаr” (“Kаttа bоzоr”), “Glаvniy bаzаr” (“Аsоsiy bоzоr”) dеb qаyd etilgаn. Ulаrdа Chоrsu bоzоri hаqidа bаtаfsil mа’lumоtlаr kеltirilgаn.

Mаsаlskiyning yozishichа, mаzkur dаvrdа bоzоrning uzunligi shimоldаn jаnubgа 800 m. bo’lib, eni 500 m. chаmаsidа edi. Bоzоr tim vа rаstаlаrdаn (4500 do’kоn) ibоrаt bo’lgаn. Hаr bir rаstаgа mоl sifаtini vа nаrхini nаzоrаt qilib turаdigаn rаstа оqsоqоli sаylаngаn. M.Pоspеlоv vа T.Burnаshеvlаr rаstа vа do’kоnlаr sаvdоgаrlаr uchun mоllаrning хiligа qаrаb qurilgаnligi tа’kidlаgаnlаr. Shu sаbаbdаn rаstаlаrning nоmi sоtilаdigаn mоl bilаn, do’kоnlаr esа, оdаtdа egаsining nоmi bilаn аtаlgаn (go’sht rаstаsi, shоyi gаzlаmаlаr rаstаsi, Shаrifbоy do’kоni). А.K.Gеyns kеltirgаn bоzоr vа rаstаlаrning ro’yхаti hаm diqqаtgа sаzоvоrdir: un bоzоr, kiygiz bоzоr, qo’y bоzоr, go’sht rаstаsi, nоnvоylik rаstаsi, kоvush bоzоr, yog’оch bоzоr, tеmirchilik rаstаsi, chitfurushlik rаstаsi, shаm bоzоr, bаzzоzlik rаstаsi, pichоqchilik rаstаsi, pахtа bоzоr, tаmаki bоzоr, tоvоq bоzоr, zаrgаrlik rаstаsi, misgаrlik rаstаsi, chоyfurushlik rаstаsi, egаr bоzоri vа hоkаzо. Muаllifning hаbаr bеrishichа, bоzоrdаgi sаvdо rаstаlаrining umumiy sоni 1500 tаgа еtgаn vа bundаy rаstаlаr kаrvоnsаrоylаrdа hаm bo’lgаn.

Аmеrikаlik sаyyoh vа diplоmаt Yudjin Skаylеr 1873 yili Tоshkеntgа kеlgаndа Eski shаhаr bоzоri undа kаttа tа’sir qоldirgаnini tа’kidlаgаn. U аsоsiy bоzоr chоrshаnbа kuni, shаhаr аtrоfidаgi hududlаrdаn sаvdоgаrlаr o’z mоllаri bilаn kеlgаnlаridа, yig’ilishini yozgаn. Sаyyoh bоzоrdа hunаrmаndlаr hаm buyum ishlаb chiqаrib, hаm uni shu еrdа, mахsus оchgаn pеshtоqlаridа sоtishlаrigа аlоhidа аhаmiyat bеrgаn. Lеkin bоzоrdа fаqаt ko’p хаrid qilinаdigаn buyumlаr ishlаb chiqаrilishini, аsоsiy ustахоnаlаr esа mаhаllаlаrdа jоylаshishini, shuningdеk, sоtuvchilаr ishsiz qоlmаslik uchun mаhsulоtlаrni kаttа miqdоrdа sоtmаsliklаrini, bоzоrdа rаstаlаr sоtilаdigаn mоlgа qаrаb jоylаshishi, ya’ni bir turdаgi mаhsulоt sоtuvchilаr bоshqа хil mоl sоtuvchilаrdаn аlоhidа o’rinlаrdа turib sаvdо qilishi hаqidа bаyon qilgаn.

Mаrkаziy bоzоr аtrоfidа bir turdаgi mаhsulоt sоtilаdigаn kichikrоq bоzоrlаr hаm bo’lgаn. Ulаr sоtilаdigаn mаhsulоtning nоmi bilаn аtаlgаn. Bundаy mахsus bоzоrlаr jоylаshgаn mаhаllаgа mаzkur bоzоrning nоmi bеrilgаn (Gulbоzоr, G’o’zаbоzоr, Bo’yrаbоzоr, Хоdаbоzоr).

Bоzоr аtrоfidа ustахоnаlаr, hunаrmаnd-kоsiblаr yashаydigаn mаhаllаlаr jоylаshgаn. Ko’p hоllаrdа bundаy mаhаllаlаr u yerdа istiqоmаt qiluvchi hunаrmаndlаrning kаsb-hunаrining nоmi bilаn аtаlgаn (Dеgrеz, Kаllахоnа, Pichоqchilik, Kаduvоt, Pаrchаbоf, Tеmirchii, O’rоqchilik, Kоvushfurushlik, Zirоаtfurush, Qоshikchilik vа b.). Chоrsu bоzоridа nаfаqаt shаhаr ichidа ishlаb chiqаrilgаn, bаlki tаshqi hududlаrdаn kеltirilgаn mоllаr hаm sоtilgаn. XIX аsrning охirlаridаn bоshlаb bu еrdа mаhаlliy vа еvrоpаlik bоylаr o’z do’kоnlаri, оmbоrlаri, bаnklаri vа sаvdо idоrаlаrini qurdirа bоshlаgаnlаr.

Chоrsu bоzоri nаfаqаt sаvdо mаrkаzi edi, bаlki bu yerdа Toshkent shаhаr аhоlisi turli yangiliklаrdаn bоhаbаr bo’lgаn, sаbаbi hоkimining turli fаrmоnlаri mаhаllаlаrdаgi mаsjidlаrdа mа’lum qilingаnidаn tаshqаri, яnа shаhаr bоzоridа hаm jаrchilаr tоmоnidаn e’lоn qilinаrdi. Shuningdеk, mаzkur bоzоr аhоli dаm оlib hоrdiq chiqаrаdigаn jоyi hаm bo’lgаn. Undаgi turli tаоmlаr tаyёrlаnаdigаn оshхоnа, chоyхоnаlаr хizmаtidаn tаshqаri, mаydоnidа хаlq sаn’аti nаmunаlаridаn dоr o’yini, kulgi-hаzil sаhnаlаr nаmоyish эtilаrdi. O’rtа Оsiyoning bоshqа yirik shаhаrlаridа bo’lgаni kаbi, Tоshkеntdа hаm hаyit vа Ro’zа kunlаri bоzоrshаb (tungi bоzоr) o’tаrdi. Bu hаqdа Muhаmmаd Sоlih shundаy yozgаn: “Bоzоrning do’kоn-rаstаlаri Chоrsudаgi qаndоlаtpаzlik do’kоnigаchа dаvоm etаdi. Rаmаzоn оyidа bu yеrdа kеchаsi hаm bоzоr bo’lаdi, хаlq sаvdо-sоtiq, hаr хil o’yin-kulgi qilаdi”.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Foziltepa qishloq xarobasi

Toshkent - Foziltepa qishloq xarobasi

Qang‘li qo‘rg‘on – arxeologik yodgorlik; qo‘rg‘onli qishloq xarobasi (milodiy 4–8, qisman 10–12-asrlar). Toshkent shahrining janubiy-g‘arbida, Izzasoy vodiysida joylashgan Foziltepa qishloq xarobasi so‘nggi Qovunchi madaniyati yodgorliklari sirasiga kiradi. Qo‘rg‘onli qishloq Mingo‘rikdagi Choch shahri tarkibida bo‘lgan. Foziltepa qishloq xarobasi Y.Fulomov rahbarligidagi Toshkent arxeologiya guruhi tomonidan 1967–68 yillarda tekshirilgan. Foziltepaning saqlanib qolgan balandligi 20 m ga yaqin, uning shimoli-shar¬qida qishloq bo‘lib, uning izlari 250 m gacha masofada qayd etilgan. Tepalik maydoni 41×35 m.

Foziltepa ilk o‘rta asrlarda badavlat dehqon qasr-ko‘shki bo‘lgan. Foziltepada o‘tkazilgan stratigrafik tadqiqotlar ilk o‘rta asrlarda hayot 2 bosqichda davom etganligini ko‘rsatdi: 1) xo‘jalik chiqindilari to‘plangan qatlam va paxsa devor qurilgan davri (4–7-asr boshi); 2) paxsa supa ustiga qurilgan mahobatli bino (qasr-ko‘shk) mavjud bo‘lgan davr (7-asrning 2-yarmi – 8-asr). Tadqiqotlarga ko‘ra, qishloq nisbatan tekis yerda (har 2 yerdagi materik qatlam orasidagi farq 0,3 m dan oshmaydi) vujudga kelgan. Qishloq ancha katta hududni qamrab olgan. 8-asrda vayron bo‘lgan, keyinchalik (10–12-asr) hayot biroz jonlangan. Foziltepa o‘rnida so‘nggi o‘rta asrlarda qozoq-qang‘lilarning kuzatuv joyi bo‘lgan degan taxminlar bor. Foziltepadan sirlangan sopol idishlar: xumlar, xumchalar, dastali ko‘zalar, ko‘zachalar (6–7-asrlar) topilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Hazrati Imom majmuasi

Toshkent - Hazrati Imom majmuasi

Toshkentdagi Islom ma’hadida o’qib yurgan kezlarimizda, keyinchalik masjidlarda imom-xatib bo’lib ishlagan paytlarimiz O’zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan Baroqxon madrasasiga tez-tez kelib turardim. Gapning rosti, idora shaharning Eski shahar qismida joylashgani uchun bu yerda jamoat transporti qatnovi muammo edi, bu mavzega kelib-ketishning o’zi bo’lmasdi. Buning ustiga Hazrati Imom mavzeidagi masjid va madrasalar, boshqa tarixiy yodgorliklar ancha qarovsiz, holda edi. Tor, egri-bugri ko’chalar ko’pda tozalanmas, axlat uyumlari hatto idora yonida ham to’planib qolardi. Bu yerga ko’plab xorijiy sayyohlar kelib turishiga qaramay, musulmonlar idorasi tasarrufidagi binolar atrofini obod qilish haqida hech kim bosh qotirmas edi. Yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov eslashicha, Islom olamida mashhur bo’lgan ulug’ alloma Qaffol Shoshiy maqbarasi atrofi oldin mol bozori, somon bozori bo’lgan, keyinchalik uni ko’chirib, chayqov bozori ochishgan. Baroqxon madrasasi hujralarida ovrupalik nogiron va so’qqaboshlar yashagan. Boshqa me’moriy yodgorliklar, osori-atiqalarning holati ham bundan yaxshi emas edi.

2007 yil boshida Mamlakat Prezidenti Farmoni bilan Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamg’armasi tashkil etilib, Hazrati Imom majmuasi asl tarixiy qiyofasini tiklanishi uchun Toshkent shahrining ushbu hududida keng ko’lamli qurilish-ta’mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi. Qisqa vaqt ichida O’zbekiston musulmonlari idorasining yangi binosi, besh ming namozxonga mo’ljallangan hashamatli jome masjid va uning ellik ikki metrli ikki minorasi, Islom ma’hadi binosi qurib bitkazildi, “Tilla Shayx”, “Mo’yi muborak”, “Namozgoh” masjidlari, Baroqxon madrasasi va boshqa obidalar qayta ta’mirlandi, katta obodonchilik ishlari olib borildi, yangi maydonlar, yo’llar barpo etildi.

2007 yil 25 aprel kuni Davlat Prezidenti Hazrati Imom mavzeiga tashrif buyurdi. Bu paytga kelib, tarixiy obidalar ta’miri oxiriga yetayotgan, majmua xiyobonlari sozlanayotgan, idoraning yangi binosi bitgan, jome masjidi qurilishi esa jadal borayotgan edi. Ishlarning borishi bilan yaqindan tanishgan Prezident o’shanda: “Ajdodlarimiz qaysi zamonda bu imoratlarni qanday tiklashgan bo’lsa, xuddi o’shanday qilib ta’mirlashimiz, bittayam zamonaviy chizgi qo’shmasligimiz kerak. Bu ular xotirasiga hurmat sanaladi. Qolaversa, yoshlarimiz, kelajak avlodlar o’tgan ajdodlarimiz san’ati, mahoratidan voqif bo’lsinlar. Bu yerga uzoq-uzoqlardan keladigan mehmonlar, sayyohlar ham ota-bobolarimiz me’morligining o’ziga xosliklarini ko’rish uchungina tashrif buyurishadi, shuni aslo unutmaylik”, deb qimmatli maslahatlarini berdilar. Shundan keyin rosa qirq kun o’tib, Yurtboshimiz Hazrati Imom majmuasini ziyorat qilish maqsadida bu yerga ikkinchi marta tashrif buyurdilar. Bu safar ham majmua hududini yanada obod qilish, uni mamlakatning asosiy ziyoratgohlaridan biriga aylantirish yuzasidan yana qimmatli maslahatlar, yo’l-yo’riqlar berdilar. U kishining aytganlari, orzulari ro’yobga chiqdi, hozir majmuadan yurtdoshlarimiz va chet ellik ziyoratchilarning qadami uzilmayotir

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Ko‘kaldosh madrasasi

Toshkent - Ko‘kaldosh madrasasi

Ko‘kaldosh madrasasi Toshkent shahridagi tarixiy obidalardan biri sanaladi. Muhammad Solih Qoraxo’ja Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Ko’kaldosh» madrasasini Darveshxon qurdirganini yozadi va shu kitobining ba’zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi. Madrasa 1551-1575 yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Bunga dalil sifatida tarixchilar 1569-1570 yillarda yozilgan vaqfnomani keltiradilar. Unga ko’ra, Toshkent hokimi Sulton Darveshxon bir karvonsaroyni madrasaga vaqf qilib bergani aytilgan.

Ko‘kaldosh madrasasi Toshkent shahrining Chorsu maydonidagi Shahriston tepaligida Xo’ja Axror Valiy jome’ masjidining yonida an’anaviy sharq uslubiga rioya qilib bunyod etilgan. Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan o’ralgan. Hujralar soni 38 ta bo’lib, dastlab qurilganda madrasa uch qavatdan iborat bo’lgan. Bosh fasad janubga qaragan, darvozadan kiraverishda chapda masjid, o’ngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonaning usti o’zaro kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan qo’sh ichki va tashqi gumbazlardan iborat bo’lgan. Peshtoq sirkor parchin va jilva naqshlar bilan bezatilgan. XVIII asrga kelib qarovsiz qolgan madrasa karvonsaroy sifatida foydalanilgan. 1830-1831 yillarda Toshkent hokimi Lashkar Beglarbegining davrida darsxona va masjid o’ngidagi nurab to’kila boshlagan zangori gumbazlari va ikkinchi qavatning g’ishtlari ko’chirib olinib, hozirgi kunda buzilib ketgan Beglarbegi madrasasi (bozorning yuqori qismida)ning qurilishida ishlatilgan.

1866-1886 yillarda ro’y bergan zilzila natijasida madrasa peshtoqining yuqori qismi qulab tushadi va madrasa vayronaga aylanadi.

1902-1903 yillarda Toshkent shahri aholisining xayriya mablag’lari hisobidan ta’mirlash ishlari olib boriladi. Mablag’ yetishmasligi sababli ta’mirlash ishlari to’xtab qolib, yodgorlik o’zining avvalgi holatiga qaytarilmadi.

Ko’kaldosh madrasasi va uning yonidagi Xo’ja Ahror Valiy jome’ masjidi 1865 yilda General Chernyaev boshchiligidagi Toshkentni zabt etishda qattiq shikastlandi.

1886 yili rus muhandislari tomonidan xonaqolar va jome’ masjid qayta ta’mirlanish natijasida o’zining dastlabki me’moriy ko’rinishini tamoman yo’qotdi.

Vaqt o’tishi bilan o’zaro urushlar, kuchli zilzilalar, binolarning turli maqsadlarda foydalanishi, bir necha bor qayta ta’mir qilinishi va qayta tiklanishi madrasaning dastlabki haqiqiy go’zalligini, muhtashamligini asta-sekin yo’qotib borgan.

Ayniqsa, XVIII asrning boshlarida madrasa tashlandiq holatga kelib qolgan. Shu asrning oxirida esa, karvonsaroy maqsadida foydalanilgan. Kommunistik mafkuraning hukmronligi davrida madrasa binosi umuman qarovsiz qolib ketgan: xonalar omborxona, yotoqxona, har xil ustaxonalar sifatida foydalanilgan.

Tabiiy yemirilish darajasida ham ta’mirlash ishlari olib borilmadi. Davlat tomonidan olib borilgan ta’mirlash ishlaridagi suiste’molchilik va mas’uliyatsizlik madrasaning yanada ayanchli holatga tushishiga olib keldi.

1974 yilda qabul qilingan madrasani qayta tiklash to’g’risidagi loyihalar loqaydlik sababli surunkasiga bajarilmay keldi.

Madaniyat vazirligining ma’lumotiga ko’ra 1985 yildan 1991 yilgacha ta’mirlashga sarf qilingan mablag’ 347.2 ming so’mni tashkil etgan.

Mustaqillik davrida madrasaning sharqiy tomonidagi jome’ masjid yonidan o’tgan ichimlik suvi quvurining yorilishi natijasida madrasani ikki marta suv bosib, janubiy qismi zaxlab, sho’rlanib ketdi. Ushbu devorlar ostida poydevor bo’lmaganligi sababli 2002 yilda qaytadan g’ishtlari almashtirilib, yangi poydevor qo’yildi.

«Ko’kaldosh» madrasasi sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1990 yil 29 dekabrdagi №4372 sonli qaroriga asosan, 1991 yil 3 iyunda Toshkent shahridagi O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy idorasi (hozirgi O’zbekiston musulmonlari idorasi) tasarrufiga topshirildi. Shu vaqtdan boshlab madrasaning umumiy ta’mirlanishi uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Ilk bor mustaqillik davrida marhum Erkin Saidaxmedov madrasa uchun o’z mablag’lari bilan faol ishtirok etib, keng ko’lamda ta’mirlash ishlarini boshlab berdi. So’ngra bu xayrli ishni marhum Naim ota Jo’raev davom ettirib, ko’zga ko’rinarli darajaga yetkazdi. Naim ota davrida madrasaning shimoliy va janubiy peshtog’i, ichki va tashqi tomonlari dastlabki holatiga keltirildi.

Abdurasul Xudoyberganov davrida madrasaning g’arbiy qismidagi xonaqolarning barchasi hamda bino tashqarisining shimoliy-g’arbidagi tahoratxona buzilib, loyihada ko’rsatilganidek binoning birinchi qavati poydevor asosida qaytadan bunyod etildi. So’ngra 1954 yildan beri ta’mirlanmagan eshik derazalar qayta ta’mirdan chiqarildi. Madrasaning sharqiy qismidagi binolarning ikkinchi qavati tiklanib, usti yopildi.

1996 yilgacha bajarilgan tiklash va ta’mirlash ishlari asosan, xalqning xayr-ehsonlari hisobiga bajarilgan. 1996 yildan boshlab ta’mirlash ishlari shahar hokimining Toshkent shahari ta’miri uchun ajratgan qurilish ashyolari hisobidan bergan yordami hamda O’zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga tushgan xayr-ehsonlar orqali amalga oshirilgan.

Mustaqillik davridagi ta’mirlash ishlarida Buxorolik Ahror Asqarov va Madaniyat vazirligi yodgorliklarni saqlash instituti muhandisi, «Ko’kaldosh» madrasasi qurilish loyihasi muallifi va ta’mirkor usta Mirobid Mirzoahmedov kabilar katta xizmat qildilar.

Mazkur ko’hna bilim dargohida ko’plab olimu fuzalolar dars berganlar, tahsil olganlar. XVI asrda Toshkentda ishlab turgan Xoja Ahror jome’i, Baroqxon va «Ko’kaldosh» madrasalarida o’z zamonasining mashhur olimlaridan Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg’ariylar dars berganlar. O’zbek mumtoz she’riyatining vakillaridan shoir Muhammad Aminxo’ja Muqimiy har gal Toshkentga kelgan vaqtlarida (1880-1890) «Ko’kaldosh» madrasasida istiqomat qilgan. 1889-1891 yillar mobaynida shahrimizda yashagan mashhur shoir Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat ham ushbu madrasada istiqomat qilib, ta’lim olgan va ijod bilan shug’ullangan. Shuningdek Hamza Hakimzoda Niyoziy ham 1910-1911 yillarda madrasa hujralaridan birida istiqfomat qilgan. O’zbek orifona she’riyatning ulkan namoyondasi – shoir Xaziniy ham Toshkentga kelgan paytlarida albatta «Ko’kaldosh» madrasasida to’xtab, mudarris va talabalar bilan ko’plab ajoyib suhbatlar qurgan. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o’zbek she’riyatining taniqli vakillari: Mullo Qo’shoq Misniy, Sayid Xaybatullo Xo’ja Xislat, Sirojiddin Sidqiy Xondaliqiylar ham Ko’kaldosh madrasasida tahsil olganlar. Mashhur ulamolarimizdan Sayid Mahmud Taroziy, Oltinxon To’ra, Yunus Maqsudiy va Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon hazratlari ham XX asr boshlarida tahsil olib, ilm pillapoyalarida yuksalib borishgan.

Madrasada Islom dini qonun-qoidalari, arab va fors tili grammatikasi, adabiyot, odob-axloq, matematika, geometriya, astronomiya kabi fanlar o’qitilgan.darslar arab va fors tillaridagi kitoblar bo’yicha o’qitilgan. Madrasani bitirib chiqqan ilm ahllari arab, fors va turkiy tillarni mukammal o’rganganlar, yuzlab g’azallar, minglab baytlarni yoddan bilganlar, madrasa hujralarida yotib qur’oni karimni yod olganlar.

Ba’zi ma’lumotlarda keltirilishicha hadis ilmining yurtimizda yana qayta jonlanishiga turtki bo’lgan ulamolarimiz orasida Shomiy domla deb shuhrat topgan – Suriyalik atoqli ilohiyot olimi Shayx Muhammad ibni Said ibni Abdulvohid al-Asaliy ash-Shomiy at-Tarablusiy hazratlari ham bir muncha muddat madarasa hujralaridan birida istiqomat qilib, talabalarga dars bergan.

Ushbu madrasa faoliyat boshlanganidan buyon 1999 yilga qadar «Ko’kaldosh madrasa masjidi» deb nomlangan. 1999 yilda O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom tasdiqlanib, 1999 yil 18 avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy ro’yxatdan o’tgandan so’ng «Ko’kaldosh Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurti» deb nomlandi.

Bilim yurti 1999 yil 10 oktyabrda maxsus ruxsatnoma olib, 1 noyabrdan rasmiy faoliyat ko’rsata boshladi.

Mustabid tuzum asorati tanazzulga yuz tutgan bu an’ana buyuk istiqlol bergan erkinlik tufayli va xalqimizning milliy diniy qadriyatlarga cheksiz sadoqati natijasida asta-sekinlik bilan qayta jonlana boshladi. Bu jonlanish Ko’kaldosh madrasasida qayta ochilgan o’rta maxsus islom bilim yurti timsolida yaqqol ko’rinadi.

Bilim yurtida Qur’on, hadis, sarf, nahv, mutolaa kabi diniy ilmlar bilan bir qatorda o’zbek tili va adabiyoti, tabiat, jug’rofiya, ingiliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o’qitiladi, bu ishga malakali mutaxasislar jalb etilgan.

Elimizning yuzdan ortiq diniy ilmga mushtoq farzandlarini o’z quchog’iga olgan Ko‘kaldosh madrasasi Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurtining oldidagi vazifalari aniq va ravshan. Ya’ni, Vatanimizdagi barcha o’quv muassasalari qatori iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, ajdodlarimizning nodir ma’naviy meroslarini chuqur o’rgangan va zamonaviy tafakkurga ega komil insonlar tarbiyalash, xalqimizning ixlosidan hamda ma’naviy jabhada bo’shlik paydo bo’lganidan foydalanib, islom niqobi ostida o’zlarining g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan kimsalarga qarshi o’laroq hamyurtlarimizning diniy savodxonligini oshirish va shu yo’lda xizmat qiluvchi zamonaviy yetuk ulamolar tayyorlashdir.muhim vazifalarimizdan yana biri – bu ko’hna binoda zamon talablariga javob beradigan eng yaxshi o’quv jihozlari bilan jihozlangan, yangi tipdagi islom bilim yurtini barpo qilishni poyoniga yetkazish. Bu vazifani amalga oshirishda bilim yurtining fidoyi murabbiylari, mudarrislari va barcha jamoa bor imkoniyatlarini ishga solib tinmay harakat qilmoqdalar va doimo ijodiy izlanishdadirlar.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Minor jome‘ masjid

Toshkent - Minor jome‘ masjid

Toshkent shahridagi ushbu jome’ masjid «Minor» nomi bilan atalashi uning shu nomli mahallada joylashganligi sabablidir. «Minor» aslida arabcha «manor» so‘zidan olingan bo‘lib, «mayoq», «balandlik» kabi ma’nolarga dalolat qiladi. Mazkur mahalla oqsoqollarining aytishicha, qadimda bu mahalla shaharning boshqa qismlariga nisbatan balandlikda joylashgan.

2014-yilning 4-oktyabr sanasi Muborak Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, me’mor va quruvchilar, mahalla oqsoqollari hamrohligida Minor masjidining ochilishida bevosita ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari masjidning ichki va tashqi ko‘rinishi, bahavo ayvonlari, milliy o‘ymakorlik san’ati asosida ishlangan ustunlar, bino qubbasidagi oltin suvi bilan ziynatlangan naqshu-nigorlarni ko‘zdan kechirib qo‘li gul ustalarimiz ijodiga yuksak baho berdi.

Yurtobishimiz ezgulik maskanini ziyorat qilish chog‘ida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashar ekan «Nima uchun O‘zbekistonimizning madaniyati bu qadar qadimiy degan savol berilsa, avvalo dinimiz, tufayli. Muqaddas islom dinimiz bo‘lmaganida biz bu qadar madaniyatga ega bo‘lmas edik, deya javob bergan bo‘lar edim» deya ta’kidladi.

Masjid barcha zamonaviy shart-sharoitlar va qulayliklarga ega. Masjid xonaqohi, pastki qavatdagi xonaqoh, imom va noiblar hamda boshqa barcha xodimlar xonalari ham zamonaviy isitish va sovutish tizimlari bilan ta’minlangan.

Masjidning to‘laligicha oq marmar bilan qoplanganligi unga o‘zgacha go‘zallik, ulug‘vorlik va hashamat baxsh etib turadi. Qadimiy va zamonaviy me’morchilik san’atini o‘zida mujassam etgan bu inshoot o‘zining maftunkorligi bilan ziyoratchilarni o‘ziga rom etmoqda. Yurtimizning mohir va qo‘ligul ustalari tomonidan ishlangan eshik-romlar, o‘ymakorlik san’ati qo‘llangan naqshinkor ustun va toqilar ziyoratchilar ko‘zida masjidni tom ma’noda san’at asariga aylantiradi.

Shuningdek, masjidning atrofi maysazorga aylantirilgan kvadrat maydonchalar bilan bezalgan bo‘lib, mazkur maydonchalarning ichiga turfa xil manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar uchun yo’lakchalar chetiga dam olish uchun o’tirg’ichlar o‘rnatilgan.

Istirohat bog‘iga aylangan masjidning tashqi hovlisi masjid rangiga monand bo‘lgan oq chiroqlar bilan bezatilgan. Masjidning old tarafidagi favvora ham masjid go‘zalligiga go‘zallik qo‘shib turadi va odamlarni o‘ziga jalb etadi.

«Minor» jome’ masjid umumiy maydoniga jami 5000dan ortiq namozxonga mo‘ljallangan bo’lib Toshkent shahringing yirik masjidlaridan hisoblanadi. «Minor» jome’ masjidining umumiy maydoni 4.5 gektarni tashkil etadi.

Masjid hovlisida ekilgan 1326 tup manzarali daraxtlar Yevropaning Belgiya qirolligidan keltirib ekilgan.

Masjid minorasining balandligi 45 metrni tashkil etsa, moviy gumbaz 34 metr balandlikda joylashgan.

Masjid to‘liq betondan ko‘tarilgan. Devorlarning ikki tomonidan maxsus qoplamalar bilan Xitoydan keltirilgan sun’iy oq marmarlar bilan qoplangan.

Masjid o‘ng va chap ayvonlaridagi to‘qqiz donadan o‘n sakkiz dona ustunlar, masjiddagi turli o‘lchamdagi o‘ttiz bir dona eshiklar Yevropaning Ukraina davlatidan keltirilgan Ukrainskiy Buk daraxtidan, Toshkent shahridagi «Ijod – ijod» hunarmandlar uyushmasi tomonidan yog‘och o‘ymakorlik ishlari amalga oshirilgan.

Masjid honahohining umumiy maydoni 1326 kv metrni tashkil etadi. Masjid mehrobi Samarqand viloyatidagi Registon majmuasi Tilla Kori jome masjidining mehrobidan nusxa olingan. Ushbu masjid qurilishida respublikamizning barcha viloyatidan mohir ustalar jalb etilgan va milliy hunarmandchiligimizning go‘zal namunasini ushbu masjidda ko‘rsatib berishgan.

Masjid mehrobining o‘ng tomonida «Alloh», chap tomonida esa «Muhammad» ismlari mohirlik bilan xattotlar tomonidan yozilgan. Mehrobning yon tomonlarida Qur’oni karim «Baqara» surasining 285-286 oyatlari yozilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - mustaqillik va ezgulik monumenti

Toshkent - mustaqillik va ezgulik monumenti

Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni meʼmoriy-badiiy majmuadir. Oʻzbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda oʻrnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi Yer sharida Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil Oʻzbekiston mamlakati mustahkam oʻrin olganini ifodalaydi. 2005 yil 28 dek.da ushbu monument oldiga farzandini bagʻriga bosib turgan munis oʻzbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali oʻrnatildi (haykaltarosh I.Jabborov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yoʻlak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uygʻun ifodalagan Toshkent shahridagi ushbu yodgorlik mustaqillik va ezgulik monumenti deb ataldi.

2004—2005 yillarda Mustaqillik maydoni pa unga tutash hududda keng koʻlamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta taʼmirlandi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Tasviriy sanʼat gʻalereyasi kabi muhtasham meʼmoriy inshootlar, yashil maydon va xiyobonlar barpo etildi. Ayni vaqtda yangi Mach.muriy bino, Biznes markazi qurilipchi nihoyasiga yetmoqda. Bunday katta bunyodkorlik ishlari tufayli maydonning faqat qiyofasi emas, uning vazifasidagi mazmun-mohiyati ham oʻzgardi. Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol gʻoyalarini, milliy gʻurur va iftixor, vatanparvarlik tuygʻularini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidsntining 2006 yil 3 fevralda “Mustaqillik va ezgulik monu-menti toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali marosimlarda, shuningdek, mustaqil taraqqiyotimiz, milliy qadriyatlarimiz b-p bogliq muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar oʻtkazish munosabati bilan M. va e.m. poyiga 1ulchambar qoʻyish rasmiy marosimini bslgilagan tartibda amalga oshirish joriy etildi va boshqa tadbirlar belgilandi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Oloy bozori

Toshkent - Oloy bozori

Oloy dehqon bozori — Toshkent shahrining eng mashhur va eski bozorlaridan biridir. Oloy bozori tarixi juda uzoq, ya’ni Markaziy Osiyo yerlaridan Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan davrlarga borib taqaladi. Oloy so‘zi “Oloy” tog‘i nomidan kelib chiqqan.

XII-XIX asrlarda Oloy tog‘i yonbag‘rilari savdo-sotig‘i bilan mashhur bo‘lgan. Xususan, mahalliy aholi, shu yerlarda yashagan qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va tojik xalqlari savdo qilishgan. Ular ziravorlar, kulolchilik buyumlari, shoyi matolar, meva hamda mabzavotlar bilan savdo qilishgan. Shu davrlardayoq ovrupacha qurilish tipidagi bozor shakllana boshlagan va Oloy bozori mamlakatdagi eng ommabop bozor hisoblangan.

1950 yillar savdo-sodiq qulayligini ko‘zlab, do‘konchalar qurilishi uchun yerlar ajratila boshlangan. Bu qurilishlar oq g‘ishtdan bo‘lgan. oradan o‘n yillarcha o‘tgach, bozor maydonida ikki qavatli go‘sht bozori bunyod etilgan. Hozirda Toshkent shahridagi Oloy bozori hududida 2000 dan ziyod do‘kon mavjud. Bozor meva va sabzavotlar, tuzlamalar, ziravorlar, sut va sut mahsulotlari, va albatta, xushbo‘y gullarga serobdir. Oloy bozori savdogarlari sizlarni har doim iliq kutib olishadi va siz yaxshi bozorlik va ko‘tarinki kayfiyatda bozordan chiqib ketasiz.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - O’zbekiston tarixi davlat muzeyi

Toshkent - O’zbekiston tarixi davlat muzeyi

1991 yil 31 avgustda o’zbek xalqi uzoq vaqtlardan beri orziqib kutgan Mustaqillikka erishdi. Hayotimizning barcha sohalari kabi muzeylar faoliyatida ham katta tarixiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 21 aprel qaroriga muvofiq Toshkent shahrida O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi qayta tashkil etildi. Mohiyat – e’tibori bilan qaralganda, tom ma’nodagi zamonaviy va milliy muzeyga aynan shu sanada asos solingan edi. Prezident Islom Karimovning «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida» gi Farmoni (1998 yil 12 yanvarь) esa muzeylarimiz rivojidan katta burilish yasadi.

Hozirgi kunda Toshkent sharidagi O’zbekiston tarixi Davlat muzeyi eng yirik ilmiy – ma’rifiy markazlardan hisoblanib, uning jamg’armasida 250 minga yaqin eksponat mavjud. Ular orasida numizmatika, arxeologiya, tangashunoslik va etnografiyaga oid ko’plab qimmatli jamlamalar bor.

O’zbekiston tarixi Davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasi O’zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar bo’lgan taraqqiyotini ashyoviy dalillar va tasviriy vositalar orqali namoyish etishga qaratilgandir. Umumiy sathi qariyb ikki ming kvadrat metr bo’lgan binoning uchinchi va to’rtinchi qavatini egallagan mazkur ekspozitsiyada o’n mingga yaqin eksponat joylashgan. Ularda o’zbek davlatchiligining shakllanishi tarixi, o’zbek xalqining boy an’analari va madaniyati ifoda etilgan.

Dastlabki ekspozitsiyadagi ibtidoiy tuzim davrini ifodalovchi eksponatlar O’zbekiston hududi Sharq tsivilizatsiyasining eng qadimgi o’choqlaridan biri bo’lganligidan guvohlik beradi. Dehqonchilik va chorvachilik asosida ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, dastlabki kimyoviy-texnologik bilimlar asosida hunarmandchilikni rivojlanishi, diniy tafakkur rivojida zardo’shtiylikka asos solinishi, qadimiy Sharqning yuqori darajada rivojlangan markazlari bilan o’zaro madaniy aloqalar, murakkab ichki tuzilmalarga ega bo’lgan qal’a va ilk shaharlarning paydo bo’lishi yirik davlatlarning tashkil topishida katta rolь o’ynadi. Dehqonchilik va chorvachilikning o’ziga xos rivoji va o’zaro bog’liqligi, O’zbekiston xalqlarining ahmoniylar, grek – makedoniyaliklar va sosoniylarga qarshi kurashi, xorozmiylar, baqtriyaliklar, Farg’ona davlati hamda Kushon saltanati haqidagi ma’lumotlar ham juda yaxshi yoritilgan. Zallarda namoyish etilayotgan ajdodlarimizning eramizdan avvalgi va eramizning ming yilliklarida madaniyati yuqori bo’lganligini o’zida mujassam etgan ashyolar mazmun-mohiyatining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bularning ko’pchiligi dunyo madaniyati va san’atining bebaho namunalari hisoblanadi.

Devor yozuvlari, haykaltaroshlik tasvirlari, buddaviylik mavzui bilan bog’langan me’morchilik ishlari ekspozitsiyadan alohida o’rin olgan.

O’zbek xalqining o’rta asrlardagi buyuk madaniy merosi ham ekspozitsiyada o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, Temur va temuriylar davriga bag’ishlangan ekspozitsiyada Amir Temur sa’y- harakatlari natijasi o’laroq, fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi haqida hikoya qiluvchi ko’plab eksponatlarni ko’rish mumkin.

XVIII-XIX asrlarda hunarmandchilikning yuksak darajada rivojlanganligi ekspozitsiyadagi sopol, kandakorlik mahsulotlari, Buxoro baxmallari va adraslari hamda zarduzlik san’ati namunalarida o’z aksini topgan. Shuningdek, mamlakatimizning keyingi taraqqiyoti, xususan, mustamlakachilik davridagi ozodlik uchun olib borilgan kurashlar, ma’rifatparvarlarimizning o’z vatanini ma’rifatli, farovan va ozod qilish uchun olib borgan kurashlari xaritalar, suratlar, rangtasvir vositalari orqali yorqin namoyon etilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Qaldirgʻochbiy maqbarasi

Toshkent - Qaldirgʻochbiy maqbarasi

Toshkent shahridagi Qaldirgʻochbiy maqbarasi (yoki To’labiy maqbarasi) O’zbekistonning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biridir. Maqbara binosi konus shaklidagi gumbazga ega bo’lib, u O’zbekistondagi tarixiy inshootlarga xos emas.

Ushbu binoning qurilish davri XV asrning boshlariga to’g’ri keladi. Ushbu tarixiy maqbarani, ayniqsa, O’zbekiston poytaxti, uning chekkalari va janubiy Qozog’iston hududida yashovchi qozoqlar hurmat qilishadi. Afsonalarga ko’ra, bino Qozog’iston rahbari To’labiy nomi bilan atalgan. U 18-asrning birinchi yarmida Oqsoqollar Ordasini boshqargan va xalq orasida “Muqaddas Qaldirg’och” degan ma’noni anglatuvchi “Qaldirg’och” laqabini olgan, shu sababli Toshkentdagi ushbu binoning ikkinchi nomi “Qaldirg’ochbiy maqbarasi” dir. Afsonalarga ko’ra, ushbu hududlarni bosib olish paytida, barcha mahalliy aholi uylarini tark etganda, bu erda yashagan taniqli qozoq To’labiy hech qayerga ketmagan. Askarlar unga nima uchun u boshqalar bilan qochib ketmaganligi to’g’risida qonuniy savol berganda, u qaldirg’och uyining ayvon ostiga uya qurdi va u uni o’limga mahkum etolmadi, deb javob berdi. Bosqinchilar uning jasoratidan juda hayratda qolishdi va To’labiy va uning oilasini tirik qoldirishdi.

20-asrning birinchi yarmida odamlar orasida musulmon diniga mansub odam To’labiy maqbarasida dafn etilganligi, an’anaviy marosimlarni buzmaganligi va ko’pchilikning fikriga ko’ra u Islomning haqiqiy izdoshi emasligi to’g’risida shubhalar paydo bo’ldi. Ushbu mish-mishlarni tekshirish uchun Qo’qon shahar hokimi qorovul Eshon Quli-Dat madrasasi (Shayxontohur qabristonida joylashgan) bilan maslahatlashgandan so’ng, tunda maqbaraga kirdi. Shunday qilib, 12 yoshli bolakay ushlagan miltillovchi shamlar ostida, ular sag’anadan birini ochishga muvaffaq bo’lishdi. Keyin yostiq ostidan yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan xanjar topildi. Musulmon an’analariga ko’ra, bu qabul qilinishi mumkin emas. Topilgan buyumni topilgan joyda qoldirishga qaror qilindi va barcha ishtirokchilarga nima bo’lganligi haqida gapirish qat’iyan man qilindi.

Bir necha o’n yillar o’tgach, ta’mirlash ishlari paytida, allaqachon “keksa odamga aylangan “Sag’ana”ning ochilishida qatnashgan bola, qimmatbaho toshlar bilan xanjar topmoqchi edi, lekin uni o’sha joyda topolmadi. O’limidan sal oldin u bu haqda o’g’liga aytgan. Shunday qilib, sir oshkor qilindi.

Ayni paytda maqbarada kim dafn etilganligi aniq ma’lum emas. Ammo bino arxitekturaning tarixiy yodgorligi sifatida tan olingan va shahar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qo’riqlanmoqda.

Toshkent shahridagi Qaldirgʻochbiy maqbarasi piramidaga o’xshash g’ayrioddiy va ajoyib gumbaz bilan muntazam to’rtburchaklar shaklga ega. Tadqiqotchilar gumbazlarning bu shakli mahalliy dasht ko’chmanchilarining tuzilmalariga xosdir, chunki bu ularga o’zlarining Tyan-Shan va Olatov tog’ cho’qqilarini eslatadi. Maqbara mavjud bo’lgan davrda uning gumbazi katta zarar ko’rgan. U faqat XX asrning yetmishinchi yillarida tiklangan.

Maqbara zali xoch shaklidagi shaklga ega va to’rtta uyadan iborat bo’lib, uning burchaklarida g’isht va hujshrdan (talabalar uchun maxsus xonalar) qadimgi dumaloq zinapoyalar joylashgan. Kvadrat shaklga ega bo’lgan kripto o’zi asosiy zalning ustida joylashgan.

Asosiy binoning poydevori qariyb bir yarim metr chuqurlikda qo’yilgan va maxsus yog’och qo’rg’onlardan tashkil topgan, shu tufayli maqbara devorlari bugungi kungacha buzilmagan va buzilmagan holda saqlanib kelinmoqda. Binoning jabhasi deyarli ochilmagan, faqat gumbaz poydevori yaqinida XV asr ganch stalaktitlari saqlanib qolgan. Binoning dekorini, hududning va unga tutash hovlining dekorativ dizaynini saqlab qolish mumkin emas edi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi

Toshkent - Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi

Qatag’onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida 2002 yil 31 avgust kuni Toshkent shahrida Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi ochildi. “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi “Shahidlar xotirasi” maydonining markazida joylashgan bo‘lib, maydonga yanada ko‘rk va fayz bag‘ishlab turibdi. Muzey zali yorug‘ va shinam. Zal markazida “Iztirob haykali” o’rnatilgan. Unda farzandini kutayotgan ota-ona, o’z yorini sog’ingan ayol, ota mehriga to’ymagan bola tasvirlangan. Devorlarga muzeyni bo’limlarga ajratuvchi, mavzularga oid, o’sha davrlarga xos lavha – suratlar osilgan. Muzey 7 bo‘limdan iborat. 1. XIX asr o’rtalari va oxirlari. 2. 20-yillardagi qatag’on. 3. “quloq”lashtirish davri. 4. 30-yillardagi qatag’on. 5. 40-50-yillardagi qatag’on. 6. 80-yillardagi qatag’on. 7. Mustaqillik yillarida qatag’onlarni xotirlash va e’zozlash. Har bir bo’limda shu davrga oid hujjatlar, mahfiy qog’ozlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar bor.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

Toshkent - Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi – Toshkent shahridagi me’moriy yodgorliklardan biridir (13-14-asrlar). Rivoyatlarga ko‘ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-asr)ga atab barpo qilingan (q. Zayniddinbobo). Shahar hududida, qabriston o‘rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, cho‘zinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar— tobutxona, chillaxona (12- 13-asrlar), oshxona, ayvonli masjid, chortoq va boshqalar bor.

Old ko‘rinishi janubiy sharqqa qaratilgan, ko‘chadan unga qo‘shimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. To‘rtburchak tarxli (16×18 m), bal. 20,7 m, hamma tomonlari peshtokli. Maqbara markazida Shayx Zayniddin sag‘anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning janubi-g‘arbiy peshtog‘idagi yozuvga ko‘ra, hijriy 1339 yilda (mil. 1920— 21) ta’mirlanib, maqbaraning eski g‘ishtlari yangi g‘ishtlar (26x12x6 sm) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24x24x5 sm) g‘ishtdan terilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Shayxontohur me‘moriy ansambli

Toshkent - Shayxontohur me‘moriy ansambli

Me’morchilik inshootlari turkumidan tashkil topgan, 600 yildan ortiqroq tarixga ega sobiq Shayx Xovand Tohur qabristoni nomi bilan ataluvchi Toshkent shahrining Shayxontohur me‘moriy ansambli ziyoratgohiga hozirgi Alisher Navoiy nomli ko‘cha orqali Tarxi chortoq shaklidagi darvozadan kirilardi.

Darvoza 1892 yilda salobatli, ko‘rkam gumbazli, baland peshtoq qilib, pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, ichidan aylanma zina bilan tomga chiqilgan. Hayit va Navro‘z bayramlarida darvoza tomida chalingan karnay—surnay va nog‘ora sadolari shahar ahlini Shayxontohur ziyoratgohida o‘tadigan milliy bayram sayliga chorlab turgan. Darvozaning qo‘shtabaqali yog‘och eshigida o‘zbek milliy san’atining so‘ngi yutuqlari mujassamlashgan edi. O‘tgan asrning 40-yillarida A.Navoiy ko‘chasining kengaytirilishi munosabati bilan darvoza olib tashlangan.

Ilgari shaharning eng gavjum va fayzli joylaridan biri bo‘lgan bu ziyoratgoh hududida o‘nlab me’morchilik yodgorliklari, atrofi baland daraxtlar bilan o‘ralgan shifobaxsh buloqli langar hovuz va savdo-sotiq rastalari ziyoratgohga fayz bag‘ishlab turgan.

Ziyoratgoh 1924 yilda sho‘rolar tomonidan yopib qo‘yilgan. Shayxontohur me‘moriy ansambli darvozasining o‘ng tomonida Toshkent hokimi Lashkar beglarbegining to‘ngich o‘g‘li Eshonqul dodxoh nomi bilan ataluvchi madrasa (XIX asrning 40-yillarida) bunyod etilgan.

Madrasa o‘tgan asrning 60-yillarida A.Navoiy ko‘chasining kengaytirilishi tufayli buzib tashlangan.Madrasa binosida 1884 yilda rus tuzem maktabi ochilgan.Sho‘rolar davrida binoga kinostudiya joylashtirilgan. «Alisher Navoiy», «Tohir va Zuhra», «Nasriddin Buxoroda» kabi badiiy filmlar shu binoda yaratilgan.

Toshkent shahridagi Shayxontohur me‘moriy ansambli ziyoratgohiga kiraverishda o‘ng tomonda Zanjirlik masjid (masjid shayxontohur daha Zanjirlik mahallasiga tegishli bo‘lgan) joylashgan. Shu tomonda Langar hovuz yonida Xotin masjid bo‘lgan.

1947 yilda 1-troleybus aylanasining qurilishi munosabati bilan buzib Shayxontohur ziyoratgohiga ko‘chirib keltirilgan. Masjid 1966 yilgacha bolalar kutubxonasi vazifasini o‘tagan, o‘ziningg nodir o‘ymakorligi, naqshlari bilan arxitektura yodgorligi sifatida qimmatli bo‘lgan va 1967 yilda buzib yuborilgan.

1908-10 yillarda Namanganlik Hojimat eshon tomonidan Qaldirg‘ochbiy va Shayx Xovand Tohur maqbaralarini birlashtirib, Ovrat masjid qurdirgan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasi tufayli vayrona holga kelib qolgan masjid binosi 1975 yilda Shayxontohur me’moriy ansamblini obodonlashtirish munosabati bilan buzib yuborilgan. Masjid 1947 yilga qadar Eskijo‘va maydoni ro‘parasi, Sag‘bon ko‘chasining boshlanish qismida bo‘lgan.

Yunusxon maqbarasi yonida shu nom bilan ataluvchi madrasa, madrasaning o‘ng tomonida G‘aribboy va Sayidazimboylar tomonidan kim o‘zarga qurilgan bir-biridan muhtasham ziyoratgoh ko‘rinishiga fayziga fayz qo‘shib turgan. Toshkentning eng salobatli maqbaralaridan sanalgan Yunusxon maqbarasining sharqiy qismida “Kuk yo‘tal ota”, “Qabz ota” maqbaralari yaqinida shifo izlab kelgan ziyoratchilarning keti uzilmagan. Bu obidalar o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida buzdirib yuborilgan.

Endilikda Shayxontohur me’moriy ansamblidan faqat uchta maqbaralargina saqlanib qoldi. Bular: Shayx Xovandi Tohur, Qaldirg‘ochbiy va Yunusxon maqbaralari.

Shayx Xovand Tohur. Mamlakatimiz qolaversa, Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham muqaddas ziyoratgoh sifatida ma’lum va mashhurdir. Bu muqaddas va e’zozli dargoh. Toshkent shahri to‘rt dahasining biri hisoblanib, qadimdan Shayx Xovand Tohur dahasi deb atalgan. Mustaqillik qo‘lga kiritigunga qadar bu dargoh juda ko‘p tarixiy voqea va hodisalarni boshidan kechirdi. “Rashahot ayn al-hayot” (“Hayot buloqlaridan oqqan tomchilar”) nomli asarda yozilishicha, Shayx Xovand Tohur ilohiyot va tariqat ilmining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan. Shayx Xovand Tohurning asli Bo‘stonlik tumanidagi Bog‘iston qishlog‘idan bo‘lib, bog‘istonlik mashhur mutasavvif Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘lidir.

Shayx Xovand Tohur o‘sha davr islom olamida o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan “Yassaviya” tariqati yo‘lidan borib, mazkur tariqat maslakdoshlaridan bir nechasi bilan muloqotda bo‘lib, foydali yo‘l-yo‘riqlar oladi. Ul zot ko‘p yillar davomida buzrukvor allomalar mulozimatida bo‘lib, ilmi zohiriy va ilmi botiniy sir-sinoatlaridan voqif bo‘ladi. O‘zining ilmiy yetukligi jihatidan karomatgo‘y allomalar orasida yuksak mavqega ega bo‘ladi. Shayx Xovand Tohurning tavallud topgan yillari haqida hozirgacha manbalarda aniq ma’lumot uchramaydi. Ammo, ul mo‘’tabar zotning vafot etgan yillariga qarab, har holda XIII asrning oxirlarida tavallud topgan bo‘lsalar kerak, deb taxmin qilsa bo‘ladi. Rivoyat qilinishicha, buyuk alloma Shayx Umar Bog‘istoniy ko‘p yillar davomida farzand ko‘rmay, kunlardan bir kun o‘z zavjayi muhtaramlari bilan birga Imom Abubakr Qaffol Shoshiyning muqaddas maqbaralari – hozirgi Hazrat Imom maqbarasiga ziyoratga kelishib, Olloh taolodan farzand ato etishni iltijo qilib so‘rashgan ekan. Shundan so‘ng, ular farzand ko‘rishgan ekan.Bola tug‘ilgach, Shayx Umar Bog‘istoniy chaqaloq bilan Imom Abubakr Qaffol Shoshiyning maqbaralariga yana ziyorat qilish uchun kelganlar. Ular maqbaraga yaqinlashgan hamono maqbara tomiga qo‘nib o‘tirgan bir gala kabutarlar baravariga uchib havoga ko‘tarilishgan ularning qanot qoqib uchishidan “At-Tohur” degan ovoz sadosi yangragan. Shayx Umar Bog‘istoniy bu ovozni ayni vaqtda bashorat deb bilib, chaqaloqqa Xovand Tohur deb ism qo‘ygan ekanlar. Xovand Tohur – pok shayx degan ma’noni bildiradi. “Rashahot”da yozilishicha, Shayx Xovand Tohur tasavvuriga oid ayrim iboralar, jumladan, “tavhid” va boshqa muammolarni sharhlaganlar, Shuningdek, she’rlar ham yozganlar.

Shayx Xovandi Tohur maqbarasi

Shayx Xovandi Tohurning vafot etgan yili 1355 yilga to‘g‘ri keladi.

XV-asrning ikkinchi yarmida Xoja Ahror Valiy Shayx Xovand Tohur qabrlari ustiga ikki bo‘limdan iborat maqbara qurdiradi. Darvoqe, Xoja Ahror Valiyning onalari Xoja Dovudning qizlari edi.Xoja Dovud esa Shayx Xovand Tohurning o‘g‘illari edi.Ammo mazkur maqbara zamonlar o‘tishi bilan puturdan ketib, nurab bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi maqbara esa eski maqbaraning tarxi va loyixasi asosida XIX-asrda qaytadan qurib tiklangan. Maqbara o‘zining ko‘rinishi va hajmi jihatidan kichik hamda kamtarona bezakka ega. U ham ikki bo‘limdan iborat bo‘lib usti gumbaz bilan qoplangan. Maqbaraning chap tomonidagi tosh qotib qolgan sarv daraxti bu yer dastlab usti ochiq qabr bo‘lganligidan dalolat beradi.

Go‘rxona ichiga Xovand Tohurdan boshqa – ul zotning ilohiyot va tariqat ilmidan saboq olib, yetuk karomat sohibi bo‘lib yetishgan, Dovud ismli o‘g‘illari, 1810 yili vafot etgan Toshkent hokimi Yunusxo‘ja va uning o‘g‘li Toshkent hokimi Sultonxo‘jalarning ham qabrlari joylashgan. Shayx dafn etilgan mozor tez orada ziyoratgohga, maqbara atrofida esa asta-sekin yangi-yangi sag‘ana va qabrlar paydo bo‘lib, shaharning eng katta va muqaddas qabristoniga aylandi. Shahardagi nufuzli kishilarning jasadlarini mazkur qabristonga qo‘yish odat tusiga kirgan. Bu qabristondan o‘rin olgan marhum va marhumalar yuksak darajada e’zozlangan. Jumladan, Toshkentga bostirib kelgan rus bosqinchilariga qarshi bo‘lgan, jangda mahalliy qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilgan va 1865 yilning 9-mayida qahramonlarcha halok bo‘lgan Sulton Sayidning lashkarboshisi Alimqul o‘limi oldidan iltimosiga ko‘ra Shayxontohurga dafn etiladi.

Maqbara 1980 yilda qisman, mustaqillik yillarida to‘liq ta’mirdan chiqarilgan.

Boshqa manbadan ma’lumot

Yunusxo‘ja — Shayx Xovandi Tohurning avlodlaridan edi.

XVIII asrning ikkinchi yarimida Toshkent “Chorhokimlik” nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu davrda dahalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar shahar xo‘jaligini, uning tashqi va ichki savdosini izdan chiqargan.

Daha hokimlarining uzluksiz davom etgan o‘zaro urushlardan tinkasi qurigan va bu kurashdan Shayxontohur dahasining hokimi Yunusxo‘janing qo‘li baland kelayotganini ko‘rgan shahar aholisi shahardagi boshqa hokimlarni ag‘darib, Shayxontohur xo‘jalaridan bo‘lgan Yunusxo‘jani shahar hokimi qilib ko‘tardi. Bu voqea XVIII asrning 80-yillarida yuz berdi.Shu tariqa Toshkentda yagona siyosiy hokimiyat o‘rnatildi.

Shayx Xovand Tohur hududida bir necha yuz yillik azamat chinorlar bo‘lib, ular ostida shiyponlar, choyxonalar, har xil shirinlik va turli-tuman matolar bilan savdo qiladigan do‘konlar, oshxonalar hamda tomoshabinlar uchun mahsus qurilgan bolxonalar ham bo‘lgan. Dastlab Yunusxo‘janing royishi va istagi bilan Shayx Xovand Tohur maydoni shaharliklarning eng muqaddas ziyoratgohi, hayit, bayram va sayillarda turli-tuman o‘yin-kulgu va ko‘ngil ochar tomoshalar o‘tkaziladigan saylgohga aylanadi.

Shahar devori qayta tiklanadi va Toshkentni Rossiya shaharlari bilan bog‘laydigan shimoliy-g‘arb tarafdagi shahar, qishloq va Katta Juz elatlarini bo‘ysindirishga kirishildi. Bir necha yurishlardan keyin 1796 yilga kelib ular Chimkent, Sayram, Oltintepa, Qorabuloq, Sarapan va boshqa o‘nga yaqin qishloqlar, Shuningdek, Katta Juz urug‘laridan Usun, Sanchiqli, Sara, Sergeli va boshqalar bo‘ysindirildi.

Oradan yana uch-to‘rt yil o‘tib, Yunusxo‘ja Katta Qozoq Juzi ustiga qilgan yurishlarini tugatdi. Turkiston va uning atrofidan to Chuv daryosigacha bo‘lgan hudud Toshkent hukumati tasarrufiga o‘tdi. Toshkent viloyatining shimoliy-g‘arbiy chegarasi Chuv daryosi yaqinidagi Qorako‘l degan joydan belgilanadi.

Yunusxo‘ja o‘ziga tobe bo‘lgan Katta Juzda xonlik mansabini tugatib qozoq urug‘larini idora qilishni ulardagi biy hamda yirik feodal vakillariga topshiradi. Shu yo‘l bilan u qozoq feodallari orasida o‘ziga ishonchli tayanch kuchlar yaratadi. Chunki, Yunusxo‘ja marhamatiga noil bo‘lgan va mahalliy hokimiyatni qo‘lga olgan qozoq feodallari Toshkent hukumatini va uning siyosatini qo‘llab-quvvatlardi. Katta Juz urug‘lari Toshkent hukumatiga zakot to‘lashi, ayniqsa, Yunusxo‘ja qo‘shinida xizmat qilishga majburligi shu jihatdan muhim edi.

Yunusxo‘ja qo‘shinining alohida bo‘lingan har bir qismida 200 dan 1000 tagacha sipoh bo‘lgan. Har qaysi qismida turli rangli ipak gazmolidan tikilgan bayroq bo‘lib, ularga hokim tomonidan qo‘yilgan xo‘ja mutasaddilik qilgan. Hokim bosh qo‘mondon hisoblangan.

Qo‘shinining juda oz qismigina qolganlari esa o‘q-yoy, nayza, qilich bilan qurollangan. Shuningdek, ularda 5 ta zambarak, 20 ga yaqin cho‘yan va temirdan yasalgan, tuyaga ortib yurilib uning ustida turgan holda otiladigan kichik to‘plar ham bo‘lgan.

Qo‘qon xonligiing Rossiya bilan aloqa o‘rnatishida Toshkent g‘ov bo‘lib qolgan edi. Toshkent g‘ov bo‘lishi hamda muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan Toshkent viloyatini egallash zaruriyati Norbo‘tabiy (1774-1799) va so‘ngra Olimxon (1799-1809) oldida muhim vazifa bo‘lib turar edi. 1799 yilda Qo‘qon xonligining – Xonxo‘ja yetakchiligidagi qo‘shin Toshkentga qarshi yurish boshladi. Bundan xabar topgan Yunusxo‘ja o‘z qo‘shinlari bilan qo‘qonliklarga qarshi chiqib, Chirchiqdan uzoq bo‘lmagan Qorasuv yonida ularga qattiq, zarba berdi. Xonxo‘ja boshliq 70 dan ortiq Qo‘qon harbiy boshliqlarini asir olib qatl ettiradi. G‘alabadan so‘ng Toshkent viloyatining Sirdaryo bo‘ylaridan to Chuv daryosi bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlarni qamrab oldi. Yunusxo‘ja 1800 yilning kuzida Qo‘qonga qarshi yurish boshlaydi. Sirdaryo bo‘yidagi G‘urumsaroy yaqinidagi to‘qnashuvda Yunusxo‘ja katta talofatga uchrab bir gurux, yaqinlari bilan Toshkentga qaytadi.

Toshkent tarixiga oid muhim manba hisoblangan “Tarixi jadidayi Toshkand” asarining muallifi Muhammad Solih Qoraxo‘ja o‘g‘lining yozishicha, Yunusxo‘ja mag‘lubiyatga uchragan harbiy yurishlaridan so‘ng sil kasaliga mabtalo bo‘lgan, oradan ko‘p o‘tmay vafot etgan. Shundan so‘ng hokimlik taxtiga uning katta o‘g‘li Sultonxo‘ja ko‘tarildi. Yunusxo‘ja vafotini eshitgan Olimxon ukasi Umarxon boshchiligida Toshkentga qo‘shin yuboradi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilmasdan shahar atrofidagi qishloqlarni talash va ekin maydonlarini paymol qilishga kirishadi. Ikki o‘rtadagi urush harakatlari uzoq davom etib, 1809 yili Toshkent Olimxon tomonidan bo‘ysundirilib, Qo‘qon xonligiga qo‘shib olinadi.

Toshkentning chorak asrlik (1784-1809) siyosiy mustaqillik davri shu tariqa nihoyalanadi va u to Rossiyaga qo‘shib olingunga qadar Qo‘qon xonligiga qaram bo‘ldi.

Toshkent viloyatida chorak asrlik o‘rnatilgan tinchlik, osoyishtalik, eng muhimi, qo‘lga kiritilgan mustaqillik joylarda, xususan Toshkent shahrida hunarmandchilik, savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish imkonini bergandi.

Yunusxon maqbarasi

Shayx Xovand Tohur maqbarasining shimoli-g‘arbiy tarafida yana bir maqbara Yunusxon (1416-1487) maqbarasi mavjud. Bu maqbara qurilish uslubi jixatidan nafaqat Toshkentda balki Respublikamiz hududida Temuriylar davriga oid bo‘lgan eng qadimiy va kamyob obidadir. Maqbara Yunusxon sharafiga uning kichik o‘g‘li Sulton Ahmad tomonidan 1487-1502 yillar mobaynida qurilgan. Maqbara 1975-80 yillarda qisman va mustaqillik yillarida to‘liq ta’mirdan chiqarilgan.

Yunusxon (1485-1487) – Toshkent hokimi. Mo‘g‘iliston xoni Vaysxoning o‘g‘li, Boburning onasi Qulug‘ Nigorxonimning otasi, yana bir nabirasi Xo‘b Nigorxonimning o‘g‘li Mirza Muhammad Haydar Qashqarda, so‘ng Kashmirda Boburiylar nomidan hukmronlik qilgan. Xolavachchasi Bobirga o‘xshab Boburnomaning davomi sifatida “Tarixi rishidiy” nomliy tarixiy asar yozgan.Asar Abdurashidxon ibn Sulton Saidxon ibn Yunusxonga atab yozilgan.Shuningdek, “Johonnoma” nomli geografik asar yozgani ham ma’lum. Tadbirli lashkarboshi bo‘lgan.

Yunusxon Xurosonda Sharafuddin Ali Yazdiydan ta’lim olgan. Ali Yazdiy vafotidan so‘ng Iroq va Eronda kasb-hunar egallagan. Sherozda yashab ulamolar majlislarida qatnashgan. Bu yerda u “Usta Yunus” nomi bilan mashhur bo‘ladi. Abu Sayid Mirzo Yunusxonni chaqirtirib Jetikent, Farg‘ona va Yettisuv hududini boshqarishni topshiradi. 1462 yilda akasi Eson Bug‘axon o‘limidan so‘ng Mo‘g‘iliston taxtiga o‘tiradi. O‘zaro taxt talashishlar natijasida og‘ir ahvolda qolgan Yunusxonga Xoja Axrorning aralushuvi bilan Toshkent shahri va viloyatini boshqarish olib beriladi. Qisqa muddatli hukmronligi davrida u Toshkentda masjid va madrasalar, mustahkam istehkomlar qurdiradi. 1487 yilda vafotidan so‘ng taxtga o‘g‘li Sulton Maxmudxon o‘tirgan.

Qaldirg‘ochbiy maqbarasi

Shayxontohur qabristonining shimoliy tomonida joylashgan bu maqbara qachon, kim tomonidan qurilganligi-yu, bu yerga kim va qaysi davrda dafn etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

Faqat «Abdullanoma» asarining muallifi Hofiz Tinish Buxoriyning bergan ma’lumotiga qaraganda, Qaldirg‘ochbiy Xoja Ahror Valiyning avlodlaridan bo‘lib, u Mo‘g‘ulistonda hukmronlik qilgan. Lekin, arxeologik ma’lumotlarga qaraganda yodgorlik XIV asrda qurilgan, deb taxmin qilinadi. Albatta, kim, qachon ko‘milganligi noma’lum obida to‘g‘risida turli xil rivoyatlar to‘qilishi tabiiy. Shu sababli, yodgorlikning nomi ham Qaldirg‘ochbiy, Qaldirg‘ochbibi, Qaldirg‘ochboy va boshqa turli nomlar bilan atalib kelingan. O‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida yoniga yuridik institut quriladi. Maqbaradan turli maqsadlarda foydalaniladi.Natijada, maqbaradagi o‘rnatilgan naqshinkor arabiy yozuvli marmartosh chiqarib tashlanadi.Shu bilan qimmatbaho ma’lumot izsiz yo‘qoladi.1966 yilda maqbara zilzila tufayli qattiq shikastlanadi, 1970 yilda ta’mirlanib o‘z holiga keltiriladi.

Keyingi yillarda qozoq birodarlar, bu yerga Toshkentga 12 yil hukmronlik qilgan qozoq millatiga mansub To‘labiy ko‘milgan degan da’voni qilmoqdalar. Bu sohada ko‘p yillardan beri izlanish olib borayotgan arxitektura fanlari nomzodi Abdujabbor Yahyoyevning kuzatishlaricha «qozoq sovet entsiklopediyasi»da yozilishiga ko‘ra To‘lab Alibek o‘g‘li 1663 yil hozirgi Jambul viloyatida tug‘ilgan. 1756 yil Chimkent viloyatining Langar ovulida vafot etgan. 1972 yilgi arxeologik izlanishlarda qayd etilishiga ko‘ra qabr ochib ko‘rilganda sag‘ana ostidan uch erkak va ikki ayolning suyaklari chiqqanligi qayd etilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Toshkent - Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Toshkent shahridagi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan. Muzeyni tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14-martdagi 99-sonli qarori qabul qilingan.

Muzeyning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar davrida ilm – fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ’ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.

Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qo’lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Eksponatlarning soni esa 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “O’zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal’a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri – rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar va yozuvchilar nazarida” kabi ko’rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda. Yaqinda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi 10 yoshda” mavzuidagi yangi ekspozitsiya ochildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Tilla Shayx masjidi

Toshkent - Tilla Shayx masjidi

Hozirgi Hazrati Imom majmuasiga kiruvchi ko‘pgina inshootlar XIX asrda barpo etilgan. Shu asr o‘rtalarida Baroqxon madrasasi ro‘parasida Mo‘yi Muborak nomini olgan yana bir madrasa qurildi. Toshkent shahridagi ushbu majmuadagi diqqatga sazovor joylardan biri Tilla shayx masjidi hisoblanadi. Bu masjid XX asr boshlariga oid bo‘lib, u yerda ikkita mehrob mavjud. Ulardan biri 1890 yilda qurilgan. Asosiy masjid binosi 1902 yilda barpo etilgan.

Qaffol Shoshiy maqbarasi yonidagi Namozgoh masjidi ham Hazrati Imom majmuasiga kiradi. Bu masjid XIX asr o‘rtalarida (1845-1867) Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan qurdirilgan. SHo‘ro davrida mazkur bino avtomaktabga aylantirilgan, uning ayvonlaridan garaj sifatida foydalanilgan. Masjid binosida avtomobillar ta’mirlash ustaxonasi ham joylashgani tufayli inshoot deyarli vayrona holga tushgandi. Bugungi kunga kelib mazkur bino Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta ta’mirlanib ziyoratgohga aylantirildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Xodja Axror Vali masjidi

Toshkent - Xodja Axror Vali masjidi

Toshkent shahridagi Xodja Axror Vali masjidi o’ziga xos tarixga ega. Taxminlarga qaraganda, qachonlardir inson fikrlarini boshqara oluvchi bo’yi uzundan kelgan odamlar (atlantalar) O’zbekiston hududiga kelishgan ekan. Shulardan biri Xo’ja Shayx bo’lgan. “Manokibi Xo’ja Qo’bul Axror Vali” kitobida aytilishicha, xalq uni Abu Islok deb chaqirishar ekan. U qadimgi Od urug’idan bo’lib, ikkta xotini va sakkiz nafar farzandi bo’lgan. Shayx Xo’janing bo’yi taxminan 13 metr bo’lib, u 4000 yil umr ko’rgan! Uning qabriga sajda qilish yetti marta Makkaga safar uyushtirishga barobar ekan. Eng qizig’i shundaki, Shayx Xo’ja birvarakayiga to’rtta payg’ambarga xizmat qilgan ya’ni ular – Dovud, Muso, Iso payg’ambar va Muhammad payg’ambarlardir. Shu bilan birgalikda u uchta dinning ya’ni Iudaizmning – Talmut, Xristian dinining – Bibliya va Islom dinining – Qur’oni Karim kabi muqaddas kitoblarini yod olgan. Shayx Xo’ja Dovud payg’ambar bilan kurishganida bu muqaddas kitoblardagi ma’lumotlarni avloddan-avlodga yetkazish singari noyob qobiliyat bilan taqdirlangan. Bu uchun uni “barcha dinlar itoatchisi” deb chaqirishgan. Qadimgi Movarounnahr hududida arablar jangi boshlanganida Shayx Xo’ja harbiy qo’shinni boshqarib turgan. 652-yilda bo’lib o’tgan navbatdagi to’qnashuvda buyuk Xo’ja Xusrav fojiali vafot etadi.

Shuni ta’kidlab o’tish joizki, Xo’ja Xusrav kelib chiqqan Od urug’i Qur’on suralarida ko’p tilga olingan. Bu urug’ga mansub odamlar baland bo’yi va mo’jizaviy qobiliyatlari bilan boshqalardan ajralib turgan. Ular hatto Xudoni ham tan olmaganlar. Bu esa keyinchalik Od urug’ining qirilib yo’qolib ketishiga olib kelgan.

Ushbu taxminlarni tekshirib ko’rish maqsadida 2003-yil 16- avgustda M.K.Sharipov tomonidan ilmiy ekspeditsiya uyushtirilgan. Ekspeditsiya vaqtida mutaxxasislar 81K-2 nomli maxsus qurilmadan foydalanishadi. Ushbu qurilma elektromagnit to’lqinlar yordamida 60 metr chuqurlikkacha bo’lgan yer ostini tekshirish xususiyatiga ega. Izlanishlar natijassida quyidagilar aniqlangan: qabrda haqiqatan ham ulkan suyaklar mavjud ekan. U yerdagi ayrim suyaklar 2,5 metrdan 6 metrgacha bo’lgan uzunlikni tashkil qilgan. Ammo suyaklar strukturasi buzilgan. Mahalliy aholining aytishi bo’yicha, 1982-yilda ukrainalik sayyohlar Shayx Xo’ja qabrining bir qismini ochishgan ekan. Guvohlarning so’zlariga qaraganda, arxeologlar qabr ochilgan vaqti u yerdan 70-80 sm li qovurg’a suyagi, ko’za va to’rtta tarixiy kitoblarni olganlirlarini ko’rishgan ekan. Bugungi kunda bu topilmalar qayerda ekanligi aniq emas. Ammo 2003-yilda bo’lib o’tgan tekshirishlar natijasida Shayx Xo’ja Axror Vali haqiqatan ham Atlantalar avlodidan bo’lganligi aniqlangan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Xonobodtepa

Toshkent - Xonobodtepa

Qadimiy shahar xarobasi (6–13-asrlarning boshi, 16–17-asrlar). Toshkent janubida, Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, daryodan 0,5 km narida. Shahar xarobasiga oid dastlabki ma’lumotlar (tafsiloti, topilmalar, rivoyatlar) 19-asr oxiri – 20-asr boshida D.M. Gramenitskiy, I.T. Poslavskiy asarlarida keltirilgan. O‘tgan asrning 30–60-yillarida M.Ye. Masson, V.M. Masson, Yu.F. Buryakovlar tomonidan shahar xarobasi o‘rganilgan. 1971–75-yillarda Xonobodtepa xarobalaridada Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (V.A. Bulatova, L.G. Brusenko, L.L. Rtveladze, E.V. Rtveladze, M.I. Filanovich) arxeologik qazishmalar o‘tkazgan. Shahar xarobasi kvadrat (530×500 m) ko‘rinishda, maydoni taxminan 30 gektar. Sharqiy burchagida ark joylashgan, u shahristondan keng xandaq bilan ajratilgan. Shahriston va ark hududining bir qismi o‘rnida hozirgi Toshkent shahrining Xonobodtepa qabristoni joylashgan. 6-asrda bu yerda kichikroq istehkomsiz qishloq bo‘lgan. 7-asr 1-yarmida Chirchiq daryosi toshishi natijasida aholi uni tashlab ketgan. 7-asr o‘rtalarida bu joyda yana odamlar yashay boshlagan, shahar paxsa va xom g‘ishtdan ishlangan, ichki yo‘lak va minorali to‘rtburchak mustahkam devor bilan o‘rab olingan, devor ichkarisiga muhtasham binolar, uy-joylar qurilgan, ularning orasida hovuzlar, jamoat maydonlari, bozorlar joylashgan. 8-asr 1-yarmida ark va shahristonning bir qismi buzilib ketgan, devorlarining ayrim joylarida yong‘in izlari qolgan. 9–12-asrlarda Xonobodtepa hududida hayot qayta tiklanib, asta-sekin obod bo‘la boshlagan, lekin bu avvalgisidan sustroq yuz bergan. 13-asr boshida mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan.

15–16-asrlarda uzoq vaqt vayronalikdan keyin shahristonning bir qismi va arkda yana aholi yashay boshlagan. Ark tarhi to‘rtburak (104×80 m) shakldagi bino bo‘lib, atrofi mustahkam devor bilan o‘ralgan. Devor ichkarisi bo‘ylab ensiz to‘rtburchak uylar qurilib, ularning bir tomoni ark devoriga taqalgan, qarama-qarshi tomoni esa katta to‘rtburchak hovliga qaragan. Shahristonda qal’a janubi-sharqiy devorining bir qismi va bir necha xonalar qoldig‘i topildi. Devorlarning ikki davrda qurilganligi ma’lum bo‘ldi. Dastlabki paxsa devor 7-asr 2-yarmiga mansub bo‘lib, eni tag qismida 7 m gacha, tepasida 3 m dan ziyod bo‘lgan. Keyinchalik paxsa ustiga xom g‘ishtdan devor ko‘tarilib, ichki tomoniga peshtoqli yo‘laklar, o‘q otish uchun nishon tuynuklar ishlangan. 8-asr 2-yarmida devor yonida ostodonlar nekropoli paydo bo‘lgan. Shahar xarobasidan 8-asr 1-yarmiga mansub tangalar, ular orasida Choch hokimi Tarnavchaning yirtqich hayvon tasviri tushirilgan tangasi, Usrushona hokimi Satachariy II, So‘g‘diyona ixshidi Turgar (738–750), turk hokimi Eltegin tangalari, Abbosiylarning Balxda yasalgan felsi, Dayfurtu davlati va Kabarna hokimi Kaviradnaning tangalari, shuningdek, qopqog‘ida qush boshi va soqolli odam yuzi tasvirlangan o‘ymakor naqshli ostadonlar, buqa boshli sirlangan qadah, odam tasviri tushirilgan sopol yorliq (bulla), 6–12-asrlarga oid sirlangan va sirsiz sopol idishlar ham topilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Yunusxon maqbarasi

Toshkent - Yunusxon maqbarasi

Toshkent shahridagi eng muhim diqqatga sazovor joylardan biri – Shayxontohur maqbarasi yaqinida Yunusxon maqbarasi joylashgan bo’lib, XV asrda ushbu inshoot sharafiga bunyod etilgan kishi qanday ajoyib va ​​g’ayrioddiy inson bo’lganligini kam odam biladi. Qizig’i shundaki, Yunusxon Buyuk Mug’al (1415-1485) O’rta Osiyo tarixida o’chmas iz qoldirgan ikki muhim shaxs bilan bog’langan. Ushbu obro’li va ta’sirchan siyosatchi Mavaraunnahrni boshqargan mo’g’ullar istilosi Chingizxonning avlodi edi. Yunusxonning nabirasi Zaxiriddin Bobur, Amir Temurning bevosita avlodi, umrining ko’p yillarini Mavaraunnahrni mo’g’ullar hukmronligidan ozod qilish uchun sarflagan qo’mondon edi. Bundan tashqari, Yunusxonning qarindoshlaridan biri Temuriylar sulolasidan chiqqan yana bir taniqli talaba – Mirzo Ulug’bekning rafiqasi bo’ldi.

13 yoshida Yunusxon otasidan ayrildi, bu uning kelajak taqdirini tubdan o’zgartirdi. Bolani Hirotga, so’ngra Yazdga jo’natishdi, u erda u bolaligini mashhur “G’alabalar kitobi” (“Zafarnom”) muallifi, saroy tarixchisi Amir Temur Sharafiddin al-Yazdiy qo’l ostida o’tkazdi. Donishmand ustozining qat’iy rahbarligi ostida yosh Yunusxon eng yaxshi ta’lim oldi: u tabiatshunoslik, ilohiyot, adabiyot, arab va fors tillarini o’rgangan, musiqa asboblarida chalgan va she’rlar yozishni boshlagan. Yigirma yillik “sharafli surgun” dan vatanidan uzoqda yurgan Yunusxon 1456 yilda qaytib kelib, Mo’g’ul-ulus xoni etib tayinlandi. Temuriylar qo’llab-quvvatlashini qo’lga kiritib, u Farg’onaning bir qancha tumanlarida gubernator bo’ldi va shayx Xo’ja Axrorning ta’siri tufayli Toshkentni o’z mulkiga qo’shib qo’ydi. Muvaffaqiyat Yunus Xonni barcha ishlarida kuzatib bordi, ammo 1485 yilda u gubernatorlik vazifasidan voz kechishga va hokimiyatni o’g’illariga topshirishga majbur bo’ldi, chunki kasallik – falaj unga ta’sir qildi. O’limidan ikki yil oldin u darveshlik so’fiy monastirida Gavendi-at-Taxur qabrida, u erda dafn etilgan. Yunusxonning o’g’illari hurmat belgisi sifatida maqbara qurdilar.

Yunusxon maqbarasi – bu Toshkent shahridagi XV asrning noyob binosi. Toshkentda saqlanib qolgan Temuriylar davri yodgorliklaridan biri bu deyarli O’rta Osiyoda (Erondan tashqari) o’xshash binolarga ega emas, chunki u T shaklidagi xonaka shaklida – darveshlar va ziyoratchilar yashaydigan yashash joyi shaklida qurilgan. Hujayralar ikki qavatda joylashgan. Ikki qavatli gumbazli va portali bo’lgan juda katta inshoot – Yunusxon maqbarasi o’zining kattaligi bilan ajralib turadi. Kirish baland uchli kamar bilan bezatilgan. Maqbara tashqarida qat’iy asketik uslubda bezatilgan: fasad faqat yog’och panjaralar, xattotlik arab yozuvlari va “girih” naqshlari bilan bezatilgan. Yog’och o’ymakor kirish eshigi 1930-yillarda Yunusxon maqbarasiga buzilgan yaqin masjiddan ko’chirilgan. Maqbaraning ichki qismi tosh ustunlar bilan bezatilgan. Mukarnalar tonoz ostida, stalaktit shaklida buklangan holda ko’rinadi. Maqbara zali uch tomondan teshiklari bilan ochiq, tashqi gumbaz esa silindrsimon tamburga qurilgan. Asosiy zalning gumbazli tomi kesishgan kamar va suzib yurish shaklida qilingan. Yunusxon maqbarasi sir-asrorlarga to’la: qadimiy sharq asbobi, almashtirgich eshiklar paneli orasiga mohirlik bilan o’rnatilgan, bu eshiklarni musiqiy qiladi. Bundan tashqari, qabrning o’zi topilmadi va uning haqiqiy joylashuvi bugungi kungacha sir bo’lib qolmoqda.

Hozirda Yunusxon maqbarasi Toshkent shahridagi Islom universiteti majmuasiga kiradi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent - Zangi Ota maqbarasi

Toshkent - Zangi Ota maqbarasi

Zangi ota maqbarasi joylashgan tarixiy majmua Toshkent shahridan uzoq bo‘lmagan qishloqda joylashgan. Mazkur tarixiy san’at yodgorligi qimmatbaho hisoblanadi.

Majmua XII asr oxiri XIII asrning birinchi yarmida yashagan Zangi ota nomini olgan Oyxo‘ja shayhning qabri atrofida yuzaga kelgan. U Xoja Ahmad Yassaviyning beshinchi muridi bo‘lib, Markaziy Osiyodagi turk qabilasining bosh so‘fisi bo‘lgan.

Aytishlaricha, majmua qurilishi Amir Temur hukmronligi davrida boshlangan bo‘lib, avvaliga avliyo Zangi ota va uning xotini Ambar bibi uchun maqbara binolari qurilgan. Majmua uchta maydondan tashkil topgan: ulkan bog‘, masjid, madrasa, minoralarni o‘z ichiga olgan XIV-XIX asrlarga tegishli imorat hamda Ambar bibi maqbarasi.

Janubiy-g‘arbiy qismida masjid bor. U (1870 yil bosh qozi bo‘lgan) zangiotalik qozi tomonidan qurdirilgan. Atrofi hujralar bilan o‘ralgan. Hovliga ikki tarafdan kirish mumkin, darvoza xonasi ark-gumbazli uslubda bezatilgan.

Masjid ro‘parasida 1914-15 yillar o‘ziga xos minora-qal’a qad rostlagan. Tarixiy majmuaga janubdan eski qabriston biriktirilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent Botanika bog‘i

Toshkent Botanika bog‘i

Sayyoramiz tabiati ajib tarzda o‘zaro hamo-hang yaratilgan. Har bir mintaqa tabiati o‘zining xususiyati va chiroyiga esa, har bir mamlakat o‘ziga yarasha noyob va ajoyibdir. Hech qayerda bir xil vodiy yoki o‘xshash chashmani uchratmaysiz. Million yillar davomida yer sayyorasi ajib dunyoga aylangan bo‘lib, hayot bepayon xilma-xilliklar bilan limmo-limdir. Ba’zan ona tabiat bilan aloqani yo‘qotmaslik uchun behalovat shahar shovqinidan bir oz chetlashish darkor. Albatta, bu ishni shahardan chetlashmagan holda qilish mumkin. Zero, juda ko‘p shaharlarda noyob tabiat mintaqalari mavjud. Dunyoning shunday ajoyib nuqtalaridan biri Toshkent Botanika bog‘i hisoblanadi.

Ikkinchi Jahon urushi davrida butun SSSR hududidan Toshkent va uning yaqinidagi shaharlarga insonlar ko‘chirib o‘tilganda O‘zbekiston poytaxtida akademik Fyodor Rusanov tashabbusi bilan Botanika bog‘i ochilgan. Yarim asrlik vaqt mobaynida bu yerga dunyoning barcha burchaklaridan minglab o‘simliklar to‘plangan.

Bugungi kunda Toshkentning noyob tabiat mintaqasida 4500 dan ziyod daraxtlar, gullar va boshqa o‘simliklar mavjud. Botanika bog‘ining o‘zi 5 qismga bo‘lingandir. Ular Markaziy Osiyo florasi, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropa floralariga to‘g‘ri kelib, o‘z ichiga Qrim, Kavkaz, Uzoq Sharq tabiat mintaqalarini olgan. Keskin kontinental bo‘lsa-da, O‘zbekistonning ijobiy klimati bois bu yerda boshqa klimatik mintaqalarning o‘simliklarini o‘stirish imkoniyati mavjud.

Ushbu ajoyib bog‘i bilan tanishish mayin pushti lotos gullari barq urgan kichik hovuzdan boshlanadi. Bog‘ bo‘ylab sayrni boshlarkansiz, u bir nechta yo‘laklarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri markaziy maydonga olib boradi. Bu yerda bog‘ning barcha sektorlari tutashadi, shu sababli istalgan klimatik mintaqalar sayr qilishni boshlashingiz mumkin — xoh bu Amerika bo‘lsin, xoh Yevropa, xoh Osiyo. Lekin sayrni niyatlar tog‘idan boshlagan maqsadga muvofiq. Mazkur tepalikka bir yo‘lak olib boradi. Niyat qilish tartibi zinadan ko‘tarilishdan boshlanib, har bir zina poyani bosarkansiz, hayolan shu tilakka diqqatni jamlash va tepalikka chiqqach, daraxt shoxiga dastro‘molchani bog‘lab tilakni aytish lozim. Dastro‘mol yechilganda tilagingiz ro‘yobga chiqadi. Biroq, daraxtga rahm qilib, shunchaki tepalikka ko‘tarilishning o‘zi yetarli.

Botanika bog‘ida ochiq mintaqalar bilan bir qatorda issiqxona, oranjereya va dorivor o‘tlar uchun maxsus ko‘chatxona ham bor. Ularda tropik va subtropik mamlakatlarning juda ko‘p ekzotik o‘simliklari namoyish etilgan. O‘zbekistonda noyob sanalgan eng mashhur o‘simliklardan metasekvoyya, ginkgo, magnoliya, lola daraxti, yapon behisi, eremurus, botqoq sarvi, gulsapsar va boshqalardir.

Aytish joizki, bu bog‘ qishin-yozin o‘ziga xos go‘zallikka ega: bahorda bu bog‘ gullaydi, yozda yam-yashil bu bog‘da quyoshdan pana topish mumkin, kuzda — yorqin sariq rangdan to‘q qizil ranggacha tuslanuvchi ertakona ranglarda namoyon bo‘ladi. Bu yerda bolalar bilan, do‘stlar bilan sayrga kelish mumkin. Maktab ekskursiyalarini yoki O‘zbekiston ekologlari aktsiyasini uchratish mumkin. Mavrida, bu yerni ekskursiyachi bilan sayr qilish qiziqarliroq: Botanika bog‘i ishchisi noyob o‘simliklar bilan bog‘liq afsona va hikoyalarni ham so‘zlab beradi. Bu — haqiqatan ham sehrli joy bo‘lib, bu yerda miriqib hordiq chiqarish mumkin.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent kurantlari

Toshkent kurantlari

Toshkent kurantlari – Toshkentning birinchi kuranti 2-jahon urushida qozonilgan g‘alaba sharafiga shahar markazida qurilgan (1947, me’mori A.Muhamedshin; bezagida Usta Shirin qatnashgan). Minora tepasidagi zang uradigan soat mexanizmini Belorussiya frontida jang qilgan toshkentlik soatsoz usta A.A.Ayzenshteyn Sharqiy Prussiyaning Allenshteyn (hozirgi Polshaning Olshtino) shahridan esdalik sifatida keltirgan. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi ijroiya komitetining qaroriga muvofiq, A.Ayzenshteyn, V.Solihov, L.Malikov, A.Xitsan, G.Streltsovdan iborat soatsozlar brigadasi ana shu mexanizmni 4 siferblatli qilib Toshkent kuranti minorasiga o‘rnatgan. Minoraning balandligi 28,7 m, o‘lchovi 4,1×4,1 m. Zilzila (1966) natijasida soat buzilgan, zudlik bilan ta’mirlanib, ishga tushirilgan. Kurant 1991, 1992 va 2009 yillarda qayta ta’mirlangan.

2009 yil mayda «O‘zbekiston» anjumanlar saroyi va Toshkent kuranti oralig‘ida yangi kurant qurildi. Ushbu kurant soati Shveytsariyadan olib kelingan.

Toshkent kurantlari shahar me’moriy ansamblining Amir Temur xiyobonidagi tarkibiy qismidir. Bino qurilishida milliy me’morlik va amaliy bezak san’ati an’analari qo‘llangan. Fozg‘on marmari bilan qoplangan va bronzadan ishlangan metall qismlari o‘zaro uyg‘unlashgan. 2009 yilda har ikkala kurantning old qismida Toshkent gerbi tasviri o‘rnatilgan. Toshkent kurantlari har chorak, yarim va bir soatda zang urib turadi. «Toshshaharnur» DUK tasarrufida.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent metrosi

Toshkent metrosi

Toshkent metrosi 1977 yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishga tushirilgan. Ayni paytda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod tarmoqlarining umumiy uzunligi 38,25 km.ni tashkil etadi. Jami 29 bekatdan iborat yer osti tizimi go‘zalligi noyob va o‘ziga xosdir.

Toshkent metrosi qurilishi 1972 yilda boshlangan bo’lib, birinchi liniyasi 9 bekatdan iborat, uzunligi esa 11,4 km (“Sobir Rahimov”, “Chilonzor”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Hamza”, “Yoshlik”, “Xalklar doʻstligi”, “Paxtakor”, “Mustakillik maydoni”, “Markaziy xiyobon” bekatlari). 1977 yil 6 noyabrda ikkinchi bosqich qurilishi boshlangan va 1980 yil 18 avgustda foydalanishga topshirildi, bekatlar soni 12 taga yetdi (“Hamid Olimjon”, “Pushkin”, “Buyuk ipak yoʻli” bekatlari) uzunligi 4,1 km.

Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 4,8 km boʻlgan ikkinchi liniyasining birinchi bosqichi (“Alisher Navoiy”, “Uzbekistan”, “Kosmonavtlar”, “Oybek”, “Toshkent” bekatlari) 1984 yil noyabrda, ikkinchi bosqichi (“Mashinasozlar”, “Chkalov” bekatlari, uzunligi 3,3 km) 1987 yil noyabrda ishga tushirildi. Shu liniyaning uchinchi bosqichi 1989 yil noyabrda (“Gʻafur Gʻulom”, “Chorsu” bekatlari, uzunligi 2,4 km), toʻrtinchi bosqichi (“Tinchlik” va “Beruniy” bekatlari, uzunligi 3,8 km) 1991 yil 30 aprelda ishga tushirildi. Bu liniyaning umumiy uzunligi qariyb 14,3 km ga yetdi.

Toshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bogʻlaydigan (umumiy uzunligi 14 km) uchinchi liniyasining birinchi bosqichi (“Mingoʻrik”, “Yunus Rajabiy”, “Abdulla Qodiriy”, “Minor”, “Bodomzor”, “Habib Abdullayev” bekatlari) 2001 yil 26 oktyabrda ishga tushirildi.

Toshkent metropolitenida qatnaydigan poyezdlarning oʻrtacha tezligi 39 km/soat bo’lib, maksimal tezligi 65 km/soat tashkil etadi. Toshkent metropolitenida sutkasiga oʻrtacha 270—300 ming yoʻlovchi tashiladi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida baʼzi bekatlarda eskalatorlar oʻrnatilgan. Metrodagi “Chilonzor”, “Hamza” bekatlari gumbazsimon, “Mustaqillik maydoni” yigʻmamonolit konstruksiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy meʼmorlik hamda haykaltaroshlik nuqtai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks ettiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy sanʼatning milliy anʼanalari oʻz aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, Oʻzbekistonda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yogʻoch, oyna, turli xil metall va boshqa qurilish materiallri foydalanilgan.

Toshkent metrosi 9 balli zilzilaga bardosh bera oladi. Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 38,25 km, bekatlar soni 29 ta (2004). Metro qurilishi va navbatdagi yoʻl hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.

Toshkent metropoliteni har kuni tongi 05:00 (Yunusobod yo‘nalishida 06:00)dan 00:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Shahar ko‘chalarida Metro bekatlariga tushish joylari “M” belgisi bilan ajratilgan.

Bugungi kunda Toshkent metropolitenini kengaytirish bo‘yicha 3 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular, umumiy uzunligi 54,8 kilometrni tashkil etuvchi yer usti halqa metro yo‘lini qurish, Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishida uzunligi 2,93 kilometrdan iborat 2 ta – “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlarini barpo etish hamda uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan Sirg‘ali liniyasi qurish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda.

2025 yilga borib Toshkent metropoliteni yana 4 barobar kattalashadi va poytaxt yer osti temir yo‘llarining umumiy uzunligi 157 kilometrni tashkil qiladi.

Diqqatga sazovoz joylar

Toshkent teleminorasi

Toshkent teleminorasi

Toshkent teleminorasi Ismail tomonidan qurilgan Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitilgan. 1985-yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan.

Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan. O‘shanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagi inshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan. Bugungi kunda u Markaziy Osiyoning shu xildagi yagona va eng baland binosi hisoblanadi. MDH davlatlari teleminoralari ichida esa, Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Tarixi
XIX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi O‘zbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish va tog‘li tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi.

1971-yilning 1-sentabrida O‘zbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan o‘rganildi, qayta-qayta sinovlardan o‘tkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada bo‘lmagandi. 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi.

Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bog‘liq. Teleminoraning to‘rt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan ko‘tarilib chiqilgan, bir-biri bilan bog‘lanmagan temir-beton asoslarga tayangan bo‘lib, muvozanatini o‘ta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim yaratildi.

Teleminora qurilishi “11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984—85-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab o‘lchovini to‘g‘ri olish oson kechmadi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan.

1985-yil 15-yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Bo‘zsuv yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi.

Teleminora raqamlarda
Balandligi — 375 m. (14 ta to‘qqiz qavatli uy va yana bitta bir qavatli uyning umumiy balandligi bilan teng) Poydevor chuqurligi — 11 m Qurilmaga tirgak bo‘lib turgan po‘lat oyoqlar uzunligi — 93 m Po‘lat oyoqlar poydevori diametri — 15 m Teleminora qurilish materiali — yaxlit payvandlangan po‘lat Minoraning og‘irligi (jihozlarsiz) — 6000 tonna. (Bu 6192 dona „Neksiya“ avtomobilining jamlangan og‘irligiga teng.)

Minora qoʻllanishi
Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele- va radiouzatuvdir. Signal Toshkent shahri, Toshkent viloyati, qisman Sirdaryo viloyati hamda Qozog’iston janubiga uzatiladi. Bundan tashqari gidrometeorologiya xizmati ham oʻtaladi.

Diqqatga sazovoz joylar
Abdolbobo majmuasi va minorasi

Xiva - Abdolbobo majmuasi va minorasi

Xiva - Abdolbobo majmuasi va minorasi

Majmua Dishonqal’aning sharqiy qismida, Polvondarvoza va Qo‘ydarvozalarning o‘rtasida, ularning yo‘llari kelib tutashgan joyda qad ko‘tarib turibdi. Abdolbobo majmuasi va minorasi uncha katta bo‘lmagan, Xiva shahar tashqarisidagi mozoristonga cho‘zilib ketgan. Uning yonida qullar bozori bo‘lgan.

Kompleks tarkibiga yana XIX asrda qurilgan minorali yirik mahalla masjidi va hovuz kirgan. Minora ixcham bo‘lishiga qaramay, ko‘rinishi g‘oyat ko‘rkam, yo‘g‘on qaddi keskin ravishda noziklashib boradi. Cho‘qqisidagi jimjimador sharafa alohida ko‘rk bag‘ishlab turadi.

Balandligi – 10 m, poydevor diametri – 3,2 m.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Abdullaxon madrasasi

Xiva - Abdullaxon madrasasi

Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga yondosh qilib 1855 yilda qurilgan Abdullaxon madrasasi Xiva xoni Abdullaxon (1855-1855) sharafiga uning o‘limidan keyin onasi tomonidan qurilgan. Madrasa peshtoqini hisobga olmaganda madrasaga bezak berilmagan, juda sodda uslubda qurilgan bo‘libdarsxona va unga yondosh bir qavatli hujralar qatorasiga joylashgan, madrasa o‘rtasida quduq bor.

Ustozimiz Komiljon Xudoyberganovning “Xiva xonlari shajarasi” risolasining Abdullaxonga bag‘ishlangan mavzusida xon to‘g‘risida shunday fikr bildiriladi: “Abdullaxon har kimlar so‘ziga kiruvchan bo‘lib, Mir Ahmadning so‘zi bilan bir necha begunohni nohaq qonini to‘kdi. U shoshma-shoshar, besabr kishi edi. Lekin do‘stlashishni, odillikni sevar, jasur va bahodir ham edi. Undan o‘g‘il farzand qolmadi, bir qizi bo‘lib, Abdullaziz to‘raga nasib etdi. Abdullaxon vafotidan keyin uning onasi, o‘g‘lini nomini saqlash maqsadida bir madrasa bino qildirdi”.

Hozirgi vaqtda madrasada “ Tabiat muzeyi” ekspozitsiyasi joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Abdurasulboy madrasasi

Xiva - Abdurasulboy madrasasi

Xiva shahridagi Abdurasulboy madrasasi (1906) Yar Muhammad Devon masjidining janubi-sharqiy burchagiga tutashgan. Buyuk shoir, bastakor va tarjimon Komil Xorazmiy (1825-1899), o’zbek shoiri va musiqashunosi Muhammad Niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy) ning jiyani hisobiga qurilgan. Uning asl ismi Muhammad Niyoz Mirzaboshi, u Xivadagi madrasada tahsil olgan, Ogahiy maktabining talabasi bo’lgan, u Muhammad Rahimxon II kotibi va idorasi rahbari bo’lib ishlagan.

Kirish ikki hovli o’rtasida joylashgan bo’lib, bir-biriga bog’langan gumbazli ikkita qismdan iborat, bir tomoni madrasa hovlisiga qaragan. Abdurasulboyning ikki qizi ikkita hujrada dafn etilgan.

Xiva shahridagi Abdurasulboy madrasasi ikkita hovliga ega, madrasaning yuzasi juda katta (maydoni 30×65 m). G’arbda (6,9×3,6 m; trapetsiya shaklida) burchaklarda ikkita xoch shaklidagi xona, janubda gumbaz bilan qoplangan masjid, shimolda ikkita kirish joyi bo’lgan ikkita hujra mavjud. Sharqiy hovli (7,1 mx 5,5 m; to’rtburchaklar shaklida) ham atrofni o’rab turgan xonalar bilan o’ralgan. Birinchi qavatdagi xonalar (yo’lak ustida) va boshqa talabalar xonalari shiftli shiftlarga ega. Devorlarning jabhalari portal va devorlarning yuqori qismida yashil rangga (sir) bo’yalgan g’isht bilan bezatilgan.

Madrasaga kiraverishda ikkita qanotdan iborat darvoza bor. O’ng ustunda pichoqda yozilgan shunday yozuv bor: “Bog’bek. Ammo otasining ismi yozilgan yozuvning ikkinchi satri saqlanib qolmagan.

Bugungi kunda bu O’zbekistonning madaniy merosidir. Bu suzan kashtasi ustaxonasi joylashgan turistik xizmat va ko’rgazma ob’ekti.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Amir To‘ra madrasasi

Xiva - Amir To‘ra madrasasi

Xiva shahridagi Ichan Qal’aning shimoliy qismida, odamlar yashaydigan joyda Amir To‘ra madrasasi joylashgan. U 1870 Amir To‘raning akasi Muhammad Rahim-xon II (1863- 1910) tomonidan qurilgandir. Madrasaning asosiy old qismi sakkiz qirrali tokcha hamda ikki qavatli qanot arkli baland portal ko‘rinishida. Old qismining qolgan baland devorlari ham ikki qavatlilik ko‘rinishini ifoda etadi.

Ko‘plab madrasalardan farqli ravishda, bunisi juda mo‘’tadil ishlangan bo‘lib, hech qanday devor ishlatilmagan. Madrasaning yon minoralarigagina guldasta deb nomlanuvchi bezak ozgina berilgan. Ularga yashil koshinning ingichka hoshiyasi ko‘rk berib turadi.

Xujralarning oynalariga o‘rnatilgan ganchdan yasalgan nafis panjaralar binoga oddiylik va xushbichimlik bag‘ishlaydi. Amir To‘ra madrasasi o‘lchamini shu kabi boshqa inshootlar bilan taqqoslasa, uning o‘lchami juda katta ham, juda kichkina ham emas, balki o‘rtachadir.

Binoning asosiy old tomoni hech qanday naqshsiz sakkiz qirrali tokchali portal ko‘rinishida. Bu borada ishonchli ma’lumotlar mavjud — ustalar binoning tashqi qismiga bezak berayotgan vaqt shaharga Qizil Armiya bostirib kiradi. Albatta, bunday sharoitlar ishlashning imkoni bo‘lmagan, shu sababli, bezagi usta bir kun oldin bitirishga ulgurgan koshin toshtaxtalar bilangina chegaralanadi.

Binoni qayta ta’mirlanishi XX asrning 80-yillarida boshlanib, 90-yillarida yakunlangan. Bugun Amir To‘ra madrasasi Xiva shahri va Ichan Qal’aning mashhur yodgorliklaridandin.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Anushaxon hammomi

Xiva - Anushaxon hammomi

Xiva shahridagi Anushaxon hammomi Abulg‘ozixon (1603-1663) hukmronligi davrida 1657 yilda qurilgan, xon Karmanaga qilingan omadli yurishidan keyin Xivaga qaytib kelgach yurtga katta to‘y berdi va haloyiq oldida o‘z o‘g‘lining xizmatlarini qadrlab, unga tug‘, lashkar, bayroq va nog‘ora hamda Hazoraspni tuhfa etdi.

Anushaxon sharafiga hammom qurilishi ham Abulg‘ozixon o‘z o‘g‘liga qilgan marhamatlaridan bittasi bo‘lib, umrining oxirida hali o‘lmay turib (60 yoshida) taxtni o‘g‘li Anushaga topshirdi, bu ishni Abulg‘ozixondan boshqa Xorazmda xukmronlik qilgan hukmdorlar qilishmagan. Shundan keyin xon uzlatga chekinib bir talay ilmiy asarlar bitgan.

Hammom ancha murakkab tarh asosida qurilgan, hammomga Oqmasjid yaqinidagi gumbazli kichik xonadan kiriladi. Issiqni yaxshi saqlash uchun hammomning xonalari yer ostida ishlangan bo‘lib, tashqaridan faqat gumbazlar ko‘rinib turadi. Hammomda dahliz, kiyimxona, sovunxona, isiriqxona, issiq suv turadigan hovuzcha, go‘loh bor. Xonalarning o‘zaro bog‘lanishi qadimgi hammomlar tartibini takrorlagan. Hammomning go‘lohi oldida suv olinadigan quduq saqlanib qolgan. Suv tarnovlardan katta yomga yig‘iladi, o‘txonaning dudlari maxsus yo‘llar orqali hammom xonalari ostidan o‘tib isitadi va dudbo‘ron orqali tashqariga chiqib ketadi. Issiq suvli hovuz atrofidagi to‘rtta xona devordagi tuynuklar orqali suv bilan ta’minlanadi. Chuqur xonalar sahni shunday yo‘nalishda joylashganki, mag‘zavalar eng chuqurlikdagi xona orqali maxsus o‘ralarga oqib tushadi.

Bino ichkarisi g‘ishtdan gumbazlar tepasidagi tuynuk – darchalar orqali yoritilgan xonalarda bezak yo‘q, devor va gumbaz sathi suvga chidamli qorishma – hajja bilan suvalgan. Hajja ko‘l bo‘yidagi sho‘rhok tuproqdan maxsus usullar yordamida tayyorlanadi, u oq va qora hajja nomlari bilan mashhur bo‘lib, Xorazmdagi barcha qadimgi binolarning qurilishida ishlatilgan, hozirgi kunlarimizgacha qadimgi suvoqlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.

Xonalar kichik bo‘lgani uchun ustalar oddiy tuzilishdagi gumbazlarni qo‘llashgan.

Birinchi eski hammom Polvon darvoza yaqinida joylashgan va juda sodda bo‘lib, yer tagida qurilgan faqat yuvinish xonasining gumbazi yer ustiga chiqib turgan. Bu hammom shahar aholisiga ko‘p yillar xizmat qilgan. Ikkinchi hammom Anushaxon hammomidir.

Hammom tashqi ko‘rinishidan noyob me’moriy obida bo‘lib, qurilishi jihatidan Sharqdagi boshqa hammomlardan tubdan farq qiladi. Binoning bir qismi yer tagida, yuvinish xonalari ham ana shunday usulda joylashgan. Tashqaridan esa binoning gumbazsimon ustki qismi ko‘rinib turibdi. Yigirmaga yaqin xonasi bor, hammomda beshta kishi xizmat qilgan. Ikkita hammomchi, go‘loh, ikkita suv tashuvchi meshkobchilar ishlagan. Ichkarida sartaroshxona ham mijozlarga xizmat qilgan. Hammomda yuvinish uchun tartib qat’iy o‘rnatilgan payshanba kuni martabali zotlar-xon va uning yaqinlari, juma kuni ulamolar, din arboblari, boshqa kunlari esa shahar aholisi va qishloqlardan kelgan kishilar yuvinganlar. Hammom xonlik tasarrufida bo‘lib, unga vaqf yerlari ham ajratilgan. Hammomga ayollar, bolalar, g‘ayridinlar va teri kasalliklari bilan og‘rigan kishilar kirishi man qilingan.

Hammomni qizdirish uchun shahar ichkarisidagi turli chiqindilar ot, eshak tezaklaridan, hovlilardan chiqqan ortiqcha chiqindilarini yoqib ishlatganlar. Bu esa shahar ichini, havosini toza saqlashga xizmat qilgan. Xonalar pol tagidagi maxsus quvurlar yordamida qizdirilgan, isitish xonasi bo‘lib oldidagi quduqdan ehtiyot uchun suv olib ishlatilgan. Markaziy katta xona tevarak-atrofdagi xonalarning barchasi biror bir vazifani bajargan. Birlarida yuvinish, issiq bug‘dan toblanish mumkin bo‘lsa, boshqalarida tibbiy uqalash seanslari o‘tkazilgan.

Sharqda issiq bug‘dan bod, oyoq-bo‘g‘im xastaliklarini davolashda foydalanganlar. Uqalashning bir qator usullari bo‘lib asab, qon-tomir, organizmning turli qismlaridagi og‘riqlarga naf berishini tabiblarimiz yaxshi bilishgan. Bunga orom berish emas, tabiblar davolash vositasi deb qaraganlar. Bu ish muntazam tarzda bajarib kelingan. Bundan tashqari hammomda alohida xona bo‘lib, u yerda tish og‘rig‘iga davo qilinib, tish olingan, Xivada tish davolash ham o‘tmish asrlardan rivojlanib kelgan.

Qishloq joylarida tish olishni temirchi ustalar, sartaroshlar bajargan. Anushaxon hammomida tish davolab, olishdan tashqari, xafaqon xastaligiga duchor bemorlardan qon ham olingan. Xafaqon («qon bosimi») dardiga mubtalo kishilardan ortiqcha qon olish orqali qon bosimi normallashtirilgan. Bu usul sharqda qadimdan an’ana bo‘lib kelgan.

Anushaxon hammomida mijozlar tanasini yuvish bilan birga o‘z sog‘liqlarini ham tiklashgan. Hammomda mijozlar uchun choyxona bo‘lib o‘zaro suhbatlashib, hordiq chiqarishlariga barcha sharoitlar yaratilgan. Xuddi shu choyxona vazifasini bajargan maxsus xonada oddiy choydan tashqari, shifobaxsh o‘simliklarning ildizi, bargi, mevasi va gulidan damlangan choy va boshqa dorivor suyuqliklar tayyorlangan. Hammomni aynan o‘zida giyohlardan tayyorlangan turli xastaliklarga shifo damlamalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Anushaxon hammomi o‘z davrida Xiva shahri aholisiga beminnat xizmat qilgan, uni o‘z davrini ixtisoslashgan shifoxonasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hammom qayta ta’mirlanib, bugungi kungacha shahar aholisiga uzluksiz xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Hammomning tashqi va ichki ko‘rinishi chet ellik sayyohlarda kun sayin qiziqish uyg‘otib kelmokda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Arab Muhammadxon madrasasi

Xiva - Arab Muhammadxon madrasasi

Arab Muhammadxon madrasasi Xiva shahrining me’moriy obidalari sirasida eng qadimiylaridan biridir. U Ichan Qal’aning markazida, mashhurmas, lekin qadimiy madrasa bo‘lmish Muhammad Aminxonning oldida joylashgan. Arab Muhammadxon madrasasi Xorazm hukmdori shayboniylardan Arab Muhammadxon buyrug‘i bilan poytaxtning Urgunchdan Xiva shahriga ko‘chirilish munosabati bilan qurilgan.

Madrasa nomini olgan Arab Muhammadxon Xorazm tarixida mashhur shaxs bo‘lgan. U 1603-1621 hokimiyatni boshqargan. Bu vaqt ichida u hokimiyatni boshqarish borasida aytarli yutuqlarga erishgan. Aynan uning buyrug‘i bilan Xiva Xorazm davlatining yangi poytaxti bo‘lgan. U hukmronlik qilgan yillar Xorazm chiroyi bo‘yicha Samarqand-u Buxorodan ortda qolmaydigan O‘rta Osiyoning go‘zal shaharlaridan biriga aylangan. Arab Muhammadxon shaharni obodonlashtirish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. Uning buyrug‘i bilan ko‘plab madrasa, masjid va aholi himoyasi binolari qurilgan bo‘lsa-da, ularning ko‘plari hozirgi kunga qadar saqlanmagan.

1616 yil bu sana sharafiga Arab Muhammadxon shahar aholisi uchun madrasa qurishga buyruq beradi. Avvaliga, hozirgi bino o‘rnida boshqa — xivalik mashhur ayol tomonidan qurilgan kichik madrasa bo‘lgan. Arab Muhammadxon bu binoni oldidagi yerlar bilan qo‘shib sotib oladi.

Madrasa bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklidagi g‘ishtdan qurilgan bino ko‘rinishida bo‘lgan. Kirish portalida an’anaviy tarzda Qur’on oyatlari o‘yib yozilgan. Bino burchaklarida kichik minoralar joylashgan. Madrasada, shuningdek, o‘quvchilar uchun hajralar va namoz o‘qish joylari ham mavjud. Masjidning yon tarafida dars xonarali bor.

Madrasa bir necha bor qayta qurilgan va qayta tiklangan. 1838 yil bino eskirganligi sababli Xorazm hukmdori Olloqulixon buyrug‘i bilan madrasa Xivaning eski me’morchiligiga xos ravishda qayta qurilgan. Ikkinchi qavat qurilgan. Madrasadagi hujralar va dars xonalari soni ko‘paytirilgan. Bino portal qisman o‘zgartirilgan. Aynan shunday ko‘rinishi hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Bugun madrasa sayyohlar tomosha qilishlari uchun eng sevimli joyga aylangan.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva - Bikanjon-bika majmuasi

Xiva - Bikanjon-bika majmuasi

Xiva - Bikanjon-bika majmuasi

Xiva shahridagi mazkur Bikanjon-bika tarixiy-madaniy majmuasi mamlakatdagi juda mashhur shaxs Shoqalandar boboning bevosita yaqinida qurilgan. Bugun ushbu majmua tarkibiga bir nechta binolar kiradi:

  • Madrasa
  • Minora
  • Masjid

Ko‘plab afsonalarga ko‘ra Shoqalandar bobo shox bo‘lib, hokimiyatdan voz kechib, jahongashtalik qilishga qaror qiladi. U darveshlik qiladi. Bu so‘zning ma’nosi qalandar. Xiva shahriga u do‘stlari bilan kelib, bu yerda qolishga qaror qilishadi. Shoqalandan bobo yorug‘ dunyoni tark etgach, uning so‘nggi kunlari o‘tgan yerga katta maqbara barpo etishadi.

Qurilish jarayoni muammolarga to‘la bo‘lgan. Madrasa, masjid va minoradan tashkil topgan madaniy majmua qadimiy yerda barpo qilingan.

Shoqalandar boboning o‘limidan so‘ng shogirdlari qabri ustiga maqbara barpo etib, bu joy keyinchalik ziyoratgohga aylangan. Ko‘plab tarixiy manbaalardagi ma’lumotlarga ko‘ra maqbaraning qurilishi XVI asr o‘rtalarida boshlangan. 1894 yilga kelib, uning atrofiga masjid, madrasa hamda minora qurilgan. Qurilishning me’mori va bosh quruvchisi usta Abdullo bo‘lgan. Keksalarning rivoyatlarida usta Abdullo ismi juda mashhurdir. Madrasa qurilishini xonning o‘g‘illaridan boshlagan, imorat poydevori qurilgach, u olamdan o‘tib, qurilish ishlari 4 yilga to‘xtab qoladi.

Muhammad Rahimxon II ning singlisi Bekanjon-Beka qurilishni tugatishga qaror qiladi.

Tarixshunoslarning so‘nggi aniqlagan ma’lumotlariga ko‘ra qurilish jarayoni beruxsat boshlangan. Xon o‘zboshimchalik haqida eshitgach, kelishilmagan qurilishni darhol to‘xtatishga buyruq beradi. Vaqt o‘tib, xon rahm qilib, qurilish davom etishiga ruhsat beradi, lekin boshqa muammo yuzaga keladi. Afsuski, Muhammad Rahimxon II Feruzda qurilishni tugatishga yetarlicha mablag‘ bo‘lmagan. Yuzaga kelgan muammoning yechimi o‘rnida xon ikki nafar pudratchiga yetarli mablag‘ni yig‘ishni buyuradi. Qurilishni yakunlagan ustaning ismi Usta Ovul.

Majmuaning me’moriy xususiyatlari

Binoning kirish qismidan to‘rt metr masofada, deyarli bosh fasadning markazida minora joylashgan. Bikanjon-bika majmuasi bosh fasadi Xiva shahrining shimoliga qaragan, to‘rt burchak asosli, lekin hovlisi ko‘ndalang tushgan va kirish qasmi assimetrik mujmuali bir qavatli madrasadan tashkil topgan.

Unga kirish gumbazli qatorlar orqali o‘tuvchi yo‘lakli uch gumbazli ayvondan boshlangan. Darsxonalar va masjidin me’morchiligi o‘ziga xos:

Darsxona to‘sin bilan qoplangan, masjid esa sferasimon gumbaz bilan qoplangan.

Ayvondan asosiy fasadga chiqish yo‘li qo‘shilgan. To‘g‘ri burchakli xujralar “balxi” qubbasi bilan berkitilgan.

Asosiy fasad uning ortidagi binolardan alohida qilib qurilgan.

Bosh chizmada madrasa o‘lchami 32,0 x 32,0 metr, pofdevor minora diametri 6,5 metr, balandligi 18 metr. Maqbara 6,2 x 6,2 metr, hujra 4,0 x 4,0 metr. Butun bino janubdan shimolga tomon aniq yo‘nalishga ega. Me’moriy majmuaning markaziy qismi to‘rtburchak shakldagi madrasa bo‘lib, uning balandligi bir qavatdan oshmaydi. Madrasaning kirish bo‘limi juda mashhur assimetrik xarakterga ega bo‘lib, kirish qismi 3-gumbazli ayvonga ega bo‘lgan. Masjid va darsxonalar o‘rtasida aniq farqlar mavjud:

1. Masjid binosi sferik shaklli ulkan gumbaz bilan qoplangan;

2. Darsxona tomi oddiy to‘sin bilan berkitilgan;

3. Kirish qismi bosh fasadga yaqin joylashgan;

4. Hujralar to‘g‘ri burchakli shaklda;

5. Hujralar qurilishida maxsus qubbalar, ya’ni balxlardan foydalanilgan;

6. Majmuaning bosh majmuasi qat’iy shimolga qaragan, loyihalar alohidadan barpo etilgan.

Bino fasadining deyarli ro‘parasida bosh minora qurilgan. Janubiy qismida xizmat binosi bor bo‘lib, yassi qilib berkitilgan to‘sin qoplami bilan farq qiladi. Bu yerda mahalliy uylarda istiqomat qiluvchi oilalardagi bolalar o‘rganishi uchun madrasa va namoz xonasi bo‘lgan, degan tahminlar bor.

Bugungi kungacha saqlanib qolgan dalillarga asoslangan holda minoraning balandligi ancha past bo‘lganligini aniqlasa bo‘ladi. Bino asosi esa ko‘plab romb shaklidagi mintaqalar yordamida bezalgan. Minoraning tepa qismi g‘ishtdan yasalgan 3-qavat sharaf bilan ziynatlangan.

Tadqiqotchilar Shoqalandar bobo bugungi kungacha saqlanib qolgan bir nechta dahma va ziyoratxonadan tashkil topgan 3 xonali bino bo‘lgan deb hisoblashadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Bog‘bonli masjidi

Xiva - Bog‘bonli masjidi

Xiva shahri Ichan Qal’asining janubi-sharqida joylashgan bu mahalla masjidi ilmiy adabiyotlarda Bog‘bonli masjidi nomi bilan mashhur. Masjidning marmar lavhidagi epigrafik yozuvida Pahlavon Quli tomonidan 1809 yilda qurilgani yozilgan.

Katta bir gumbazli bu masjid ko‘rinishdan XIV-XV asrlar yodgorligini eslatadi, bunga sabab uning ichki bezaklari, ayvonidagi ikkita ustunining o‘yma naqshlari, ularga yozilgan hadislar shu davrga xosligidir. Bu ustunlar balki, masjidning avvalgi binosidan qolgandir.

1813 yilda muallifi noma’lum bo‘lgan kishi tomonidan yozilgan “Halvati so‘fiho” qo‘lyozmasida ushbularni o‘qish mumkin:-“ Va nurnishon Eltuzarxonning ayyomi davlatinda bino topgan Zubayda xonimning masjidlarini Pahlavon Quli bog‘bonli yiqib toshdin gumbaz qilib adog‘a etkurdi”. Demak, avval xom g‘ishtli nigirik (cho‘bkori) usulida qurilgan masjidning nomi Zubaydaxonim bo‘lgan ekan.

Masjidning g‘arbiy tomoniga yopishtirib bir qabr qurilgan va u Zubaydaxonimning qabri bo‘lishi kerak.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva - Bog‘cha darvoza

Xiva - Bog‘cha darvoza

Xiva - Bog‘cha darvoza

Shahar devorining olamning to‘rt tomoniga qarata qurilgan to‘rtta darvozasi bor. Shimoliy darvoza oldida Xiva xonining bog‘chasi va bog‘cha hovuzi bo‘lgani uchun Bog‘cha darvoza, Urganchga shu darvozadan chiqilgani uchun Urganch darvoza nomlari bilan atalgan. Darvoza XVIII asr oxirida qurilgan va XIX o‘rtalarida Rahimqulixon tomonidan ta’mirlangan. Darvoza ichki tuzilishi shimoldan janubga cho‘zilgan ko‘p xonali imorat bo‘lib, shahar himoyasi vazifasini bajargan. Darvoza kechalari berkitib qo‘yilgan. Darvozani qadimda o‘nga yaqin soqchilar qo‘riqlashgan va ularning maoshi to‘rt tilladan o‘n tillagacha bo‘lgan. Bog‘cha darvozaning ichki qismi ikkita katta gumbaz va o‘rta yo‘lak chekkalaridagi to‘rtta xonasi kichik gumbazlar bilan bostirilgan. Bu xonalar qadimda bojxona, qorovulxona vazifalarini bajargan. O‘lchamlari: 18,0×16,0 m; balandligi – 8,5 m. Bugungi kunda darvoza ichida do‘kon va sartaroshxona ishlab turibdi

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Chodra hovli

Xiva - Chodra hovli

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Chodra hovli Xiva shahridan 11 km sharqda, Yangiariq yo‘lida joylashgan. Bu betakror ko‘rinishdagi bino 1871 yilda Muhammad Rahimxon tomonidan yozgi dam olish qarorgohi sifatida qurilgan. To‘rt qavatli, balandligi 30 metr keladigan bino xuddi minoraga o‘xshatib qurilgan. Pastki o‘lchamlari 16m X 8m. Binoning tagida ikkita omborxona va otxona bor. Birinchi va ikkinchi qavatlarda yashash xonalari joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Do'st Alam madrasasi

Xiva - Do'st Alam madrasasi

Do’st Alam madrasasi (1882) Xiva shahridagi Xon sudi Muhammad Rahimxon II da advokat bo’lgan Do’st Alam pullari bilan qurilgan. Odatda, madrasalarda advokatlar va advokatlar ta’lim olishgan.

Xiva shahridagi Do’st Alam madrasasi kichik bir qavatli bino bo’lib, yuqoridan qaralganda burchak minoralari bo’lgan to’rtburchakka o’xshaydi. Xudaybergan hoji qurilishni nazorat qilgan, Kolondar Ko’chim qurilish ustasi bo’lgan.

Xivaning me’morchilik yodgorliklarining aksariyati Ichan-Qal’a deb nomlangan markaziy qismida joylashgan. Ichan-qal’a shimoldan, janubdan, g’arbiy va sharqdan 4 ta darvozali ulkan qal’a devorlari bilan o’ralgan. Sharqiy darvoza me’morchilik durdonalari joylashgan magistral yo’l bo’ylab g’arbiy bilan bog’lanadi. Ushbu yodgorlik majmuasi YuNESKO tomonidan himoyalangan.

XVI asr oxirida shahar Xiva xonligining markaziga aylandi va taraqqiyot va farovonlikning ikkinchi bosqichini boshdan kechirdi, Sharq musulmonlarining eng muhim va yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar muhtasham yodgorliklarga to’la, ular orasida dunyoviy va diniy binolarni topishingiz mumkin. 19-asrda, Rossiyaning O’rta Osiyoga bostirib kirishi paytida shahar rus qo’shinlari tomonidan zabt etildi va qisman yo’q qilindi.

Afsonalarda aytilishicha, qal’a payg’ambar Muhammad (S.A.V.) tomonidan qurilgan Madina bilan bir xil loydan qurilgan. Shakllanishining boshida shahar o’rnini turli hukmron sulolalar egalladi, uni jangovar qabilalar qayta-qayta bosib olishdi va XIII asr boshlarida Chingizxon qo’shinlari deyarli butun shaharni vayron qilishdi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ichan Qal'a

Xiva - Ichan Qal'a

Ichan Qal’a — O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik. Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismi, Ichan Qal’a shaharning Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal’a)dan baland qo‘rg‘ontepaga o‘xshab ko‘rinadi. Ichan Qal’aga 4 darvoza (Bog‘cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.

Xorazm xalq me’morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan Qal’ada. Undagi me’moriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qad. davridan to mo‘g‘ullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Ko‘qna arkning g‘arbiy devori, Qal’a devorining shimoliy-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va Qal’a devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi mo‘g‘ullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri XVI—XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Shu paytda (Abulg‘ozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan Qal’ada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xo‘jamberdibek madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi, Ko‘hna ark istehkomlari mustaqkamlandi, ko‘rinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686—88). Buxoro bilan Eron o‘rtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (XVIII asrning 1-yarmi) Ichan Qal’a va umuman, Xiva shahri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat bo‘lib turdi).

To‘rtinchi davri XVIII—XX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘rta Osiyo mahalliy me’morligi an’analari asosida masjid, Madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo‘l o‘tkazildi. XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad ko‘tardi. Ichan Qal’aning haroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar ta’mir qilindi. 1840—12 yillarda ikki qavatli Kutlug‘ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon (1806—25), Olloqulixon (1825—42), Muhammad Aminxon (1845—55) hukmronligi davrida Ichan Qal’ada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, Madrasa, maqbaralar barpo etildi: Ko‘hna arksat saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Tosh hovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qo‘rg‘on devorining bir qismi buzilib, o‘rniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko‘tardi. Arab Muhammadxon va Musa Tura madrasalari ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan Qal’aning g‘arbiy qismiga — Ko‘hna ark yoniga Kalpsh minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan bo‘lsada, Ichan Qal’a mujassamotida katta o‘rin tutadi.

Ichan Qal’a qurilishida Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan qo‘llanib kelgan uslub — inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish uslubi (“qo‘sh”)dan foydalanishgan. Mac, Olloqulixon madrasasi bilan Qutlug‘ Murod Inoq madrasasi, Sherg‘ozixon madrasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan Qal’a me’morligining yana bir o‘ziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Mas, Juma masjid yonidagi ikkita kichik Madrasa, Muhammad Amin Inoq va Matpanoboy madrasasi hamda Matniyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, ham-mom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlug‘ Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid o‘rtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir.

Ichan Qal’a me’moriy yodgorliklari yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan Qal’a ansambli me’moriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990 yildan Ichan Qal’a Butun jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan.

1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan asosiy yo‘nalishlarda joylashgan yodgorliklarni muntazam ravishda ta’mirlashtiklash ishlari olib borildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ichan Qal'a devori

Xiva - Ichan Qal'a devori

Ichan Qal’a deb ataluvchi ko‘hna Qal’a devori eramizdan avvalgi VI-V asrlarda hozirgi Xiva shahrida qurilgan. Qal’a devorining uzunligi 2200 metr, umumiy ichki maydoni 26 gektar, ya’ni, sharqdan g‘arbga 450, shimoldan janubga 600 metrni tashkil etadi. Shahardagi ikkala qal’a devori ham xom loydan va ayrim joylari xom g‘ishtdan 8-10 metr balandlikda qurilgan bo‘lib, ustida soqchilar, himoyachilar va arava yurishi uchun yo‘lak, tepa qismidan o‘q otish uchun maxsus teshik – shinaklar qo‘yilgan. Devorning asosi 10-15 metrdan 20 metrgacha, tepasi 4-5 metr qalinlikda qurilgan.

Qadimda qal’a devorining ichkari va tashqari tomonidan qabrlar qo‘yilib, mozoristonga aylantirilgan. Janubiy – Tosh darvozaning g‘arb tomonidan boshlab, shimoliy – Bog‘cha darvozagacha qal’a devorining tashqari tomonida, ichkaridan esa faqat janubiy tomondagina qabrlar bo‘lgan, ularning aksariyati bugungi kungacha saqlanmagan. Faqat oz qismi ta’mirlanib, tarixiy obida sifatida saqlangan.

Bu qabrlarning qal’a devorida qo‘yilishi otashparastlik davridan qolgan. Ma’lum-ki, otashparastlar o‘z yaqinining suyagini uyidan uzoqlashtirmagan. Suyaklarni ostadonlarga joylab uyining devori ichiga qo‘yishgan.

Shahardagi har bir qal’a devorining va darvozalarning o‘z tarixi, rivoyat va afsonalari ham bor. Darvozaning ichkarisida soqchilar uchun maxsus xonalar mavjud bo‘lib, ular mustahkam qilib bitkazilgan. Ko‘hna shahar darvozalari oldida va ichkarisida savdo rastalari, chorsular joylashgan. Darvozalar kechalari yopilib, ertalab saharda ochilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ichan Qal’a hududida arxeologik qazishmalar

Xiva - Ichan Qal’a hududida arxeologik qazishmalar

Xiva shahrining yoshini aniqlash maqsadida Ichan Qal’a hududida arxeologik qazishmalar 1984 – 1995 yillar davomida olib borilgan. Maqsad – shaharning qurilish jihatlari, mudofaa tuzilmalari va birinchi bor aholi yashay boshlagan davr kabi bir qancha muammolarni o‘rganish edi.
Ilk bora Qazishma ishlari Ko‘hna Ark ( bu joyda 10-ta qurilish davri aniqlandi) xonlar qarorgohi Ko‘hna Arkning shimoli – g‘arbiy burchagida joylashgan Oq shayx bobo ko‘shki etagida olib borildi.
Bu erdan eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga oid shaharning ilk ko‘rinishini ko‘rsatuvchi devor qoldiqlari, hunarmandchilik buyumlari va xar xil davrlarga oid g‘ishtlar, qurol – yorog‘ bo‘laklari topilgan.
1984-1985 yillarda o‘tkazilgan qazishmalar natijasida miloddan oldingi VI-V asrlardan boshlab, XIV asrning oxirigacha shaharda etti marta hayot gullagani va tushkunlikka tushgani isbotlandi.
Arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining eski nomi Xeykonik bo‘lgan Polvonyop kanali bo‘yida, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda bunyod qilinganini isbotlashdi.
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.

Ikkinchi Qazishma ishlari Ichan qal’a devorining shimoli – g‘arbiy burchagida 10-14 kv. metr maydonda olib borildi. Bu joyda beshta kurilish davri aniqlangan. Aynan qal’a devorining poydevorida 8 x 2 metrlik zovurda ham qazish ishlari bajarildi. Ish davomida to‘rtta madaniy qatlamdagi mudofaa devorlari qoldig‘i topildi, uzunligi 20 metr, balandligi 0,35-1,37 m bo‘lgan ikkita paxsa devor, jumladan qum ustiga xom g‘ishtlardan (o‘lchamlari 49-42 sm, 41x 43 sm, 9 x 13 sm) qurilgan devor qoldig‘i o‘rganildi.
Arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining eski nomi Xeykonik bo‘lgan Polvonyop kanali bo‘yida, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda bunyod qilinganini isbotlashdi.
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.

Uchinchi Qazishma ishlari davomida Ichan qal’ning janubi – sharqiy burchagida 5-37 kv. metr maydon o‘rganildi. Bu joyda 9 ta qurilish davri aniqlandi. Oldingi qazishmalar singari bu erda ham antik davr devori va minorasining bir qismi aniqlandi. Minora to‘g‘rito‘rtburchakli. Uning qum ustida paxsadan tiklangan 1,1-1,2 metr balandlikdagi devori topildi. Bu devorning ustiga xom g‘isht terilgan. Minora ichidagi xona (3-2,5m) pastgi qismi sathigacha xom g‘isht bilan o‘ralgan va qum bilan to‘ldirilgan. Bu erda miloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalaridan qolgan xumcha bo‘laklari topildi.
Ikkinchi davr quyi katlamdan topilgan buyumlar chamasi, shu davrga kelib, Ichan qalьaning butun mudofaa tizimi yangi shaharsozlik yutuqlari asosida tubdan taьmirlanganini isbotlaydi.
Shunday qilib, arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining Polvon yop kanali (eski nomi Xeykonik) bo‘yida er. av. VI–V asrlarda bunyod qilinganligini isbotlashdi.
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.
4. Qazishma ishlari:- Ichan – qal’ning shimoli – sharqiy burchagida 136 kv. metr maydonda olib borildi. Bu joyda 9 ta qurilish davri aniqlandi.
Qalьa devorlari va minora birinchi davrga mansubdir. Devorlar to‘rtburchak xom g‘ishtdan tiklangan. Uning ost qismiga 1.36 metr balandlikda paxsa urilgan. Shu erda uzunligi 7 metr, qalinligi 2 metr, saqlanib qolgan balandligi 2.5 metr keladigan tashqi qalьa devori ochib qo‘yildi. Minora devorining qalinligi 2.75 metr, minora ichki xonasi yo‘lagining kengligi 0.8 metr. Minora ichki xonasining tubiga yirik kul rang qum solingan, uning ustiga bir qator belgili xom g‘isht terilgan. Xonada palaxmondan otiladigan sopol soqqa (o‘q) va sher kallasi ko‘rinishidagi ko‘za dastagi topilgan.
Yangi mudofaa devori qurilganligi, uning doirasimon yoki cho‘ziq minoralari qal’a devoridan 6-7 metr baland bo‘lgani, qurilishda 23 – 29 sm hajmli pishiq g‘ishtlar ishlatilganligi aniqlandi.
1985-1995 yillar davomida Xivaning eng qadimgi qismi Ichan qal’aning olti joyida, umumiy hajmi 1200 kv. metr, qal’a devorining 7 joyida qazish va o‘rganish ishlari olib borildi. Eng qadimgi madaniy qatlam 7 metr chuqurlikda yotgani aniqlandi.
Shunday qilib, arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining Polvon yop kanali (eski nomi Xeykonik) bo‘yida er. av. VI–V asrlarda bunyod qilinganligini isbotlashdi.
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi

Xiva - Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi

Xiva shahridagi Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi XX asr boshida Vaziri Akbar Islom xo‘ja tomonidan qurilgan. Madrasa 42 ta hujradan iborat bo‘lib, unda 100 ta talaba o‘qigan. Uning old tomoni ikki qavatli bo‘lib, baland peshtoqi madrasani hashamatli qilib ko‘rsatib turibdi. Islom Xo‘ja madrasa vaqfi uchun o‘z mulkidan 14451 tanob (5780 gektar) er ajratgan.

Madrasa kirish eshigining ustiga marmar namoyon mahkamlanib, unga madrasaning qurilish tarixi bitilgan. Madrasa koshinlarini tayyorlagan usta o‘z nomini kirish eshigining chap tomonidagi koshin plitkalardan bittasiga yozib qoldirgan. “Esh Muhammad ibn Xudoy Berdi 1328”. (1910 yil).

Madrasada hozirgi vaqtda Xorazm Amaliy San’ati muzeyi joylashgan. Unda XIII – XX asrlarga oid bo‘lgan bebaho san’at durdonalaridan yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik, gilamchilik, mis o‘ymakorligi, zargarlik buyumlari kabi to‘plamlarning namunalari namoyishga qo‘yilgan.

Islom xo‘ja minorasi

Islom xo‘ja madrasasi oldida qurilgan Islom xo‘ja minorasi o‘zining hashamati va chiroyi bilan Xiva shahriga tashrif buyuruvchilarni hayratga soladi. Minoraning balandligi 51 metr bo‘lib, uning qurilishiga yarim million g‘isht ishlatilgan. Minoraning tepasi bejirim karniz va qubbali fonus bilan tugallangan. Fonus yuzasi turli shakldagi sopol-g‘ishtchalar bilan hoshiyalangan, ularning orasi esa rang- barang sirkor koshinlar bilan to‘ldirilgan. Fonus va karniz yashil-zangori, lojuvard (moviy) va oq rangdagi sirkor g‘ishtchalar bilan qoplangan. Xivaliklar “Xo‘jani minorasida to‘rt fasl va o‘n ikki oyning bezagi bor” –deb ta’riflaydilar. Minoraga aylanma zinapoya orqali (balandligi 35 – 40 sm., 118 ta zinapoya) ko‘tariladi. Ichkariga yorug‘lik tushib turishi uchun aylana bo‘ylab 10 ta tuynuk ishlangan. Yuqorisining umumiy kuzatuv maydonchasida 6 ta panjarali deraza o‘rnatilgan. Minorani 14 ta koshinli belbog‘i bezab turibdi. Uning tepasiga balandligi ikki yarim metrlik misdan ishlangan qubba qo‘yib, ustiga shamol harakatiga qarab aylanib turadigan hilol oy tasviri o‘rnatilgan. 1997 yilda bu o‘nta bo‘lakdan iborat bo‘lgan qubba erga tushirilib, tilla suvi bilan qoplandi va o‘q teshib o‘tgan joylari ta’mirlandi.

Minoraning qurilishiga shoir Niyoziy tarix bitgan va uni xonning buyrug‘i bilan marmarga yozib, minoraning erdan chamasi o‘n metr balandligida o‘rnatishgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Jadid maktabi

Xiva - Jadid maktabi

Xiva shahridagi Ichan Qal’a hududida yangi uslubda o’qitish Jadid maktabi 1910 yilda evropacha uslubda ikki qavatli qilib, Islom Xo‘ja tomonidan madrasa va minorasi yonidan qurilgan. Maktabning birinchi va ikkinchi qavatlarida dahliz va to‘rttadan xonalari bor. Bu maktabda qur’on bilan bir qatorda rus tili, matematika, geografiya, tabiatshunoslik va badantarbiya fanlari ham o‘qitilgan. 1990 yilda binoda «Xalq ta’limi tarixi» muzeyi ochildi. 2004 yilda bino qayta ta’mirlanib, birinchi qavatida o‘zbek kinosining asoschisi, fotograf-kinooperator O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib foto-kino san’atiga asos solgan Xudoybergan Devonov faoliyatiga bag‘ishlangan doimiy ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Devonovdan qolgan boy madaniy meros, tarixiy fotosuratlar va kinolavhalar vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Juma masjid

Xiva - Juma masjid

Juma masjid — Xiva (Xorazm)dagi me’moriy yodgorlik (X-XVIII asrlar). Ichan qal’aning markaziy qismida Ota darvoza va Polvon darvozalarni birlashtiruvchi ko‘chada joylashgan. Juma masjid haqidagi ilk ma’lumot X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozmalarida uchraydi. Manbalarga ko‘ra, Juma masjidning dastlabki binosi buzilib ketgan va o‘rniga Abdurahmon Mehtar buyrug‘iga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan (1788). Masjid o‘ziga xos tarixi va hajmi bilan ajralib turgan. Masjid bir qavatli bo‘lib, atrofi g‘ishtin devor bilan o‘ralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi qadimiy arab me’morligiga xos uslubda (yopiq, ko‘p ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir. Unda ayvonlar bilan o‘ralgan hovli ham, ulkan peshtoq ham, gumbazli xonalar ham yo‘q. Xonaqoh ichi shipdagi ikki tuynuk orqali yoritiladi. Tomi yassi, to‘sinli, shipini 212 ustun ko‘tarib turadi. Ustunlar 17 qatorli, oralig‘i 3,15×3,15 m. Mehrobi janubiy devor markazida joylashgan. Tashqi devorlari oddiy bezaksiz. Bosh tarzidagi eshik yog‘och o‘ymakorligida ishlangan noyob namuna hisoblanadi. Ichki bezaklari sodda ganch suvoq qilingan. Mehrob ravog‘ida iroqi muqarnas va ko‘k rangli bo‘yama naqsh (XVIII asrga oid) saqlangan. Ustunlar masjid tuzilishining asosini tashkil etish bilan birga uning badiiy bezagi hamdir. Ular o‘ziga xos mutanosiblik va ko‘rinishga ega. 212 ustundan X-XIV asrlarga oid 25 ustun eng qad.si bo‘lib, tuzilishida bir qancha uslub namunalari bor. X-XI asrlarga oid 4 ustun chuqur bo‘rtma naqshli, kufiy xati islomiy naqsh bilan uyg‘unlashgan. Unda faqih Abul Fadal Muhammad Laysiy farmoni bilan qurilgani yozilgan. XI-XII asrlarga oid 17 ustun nisbatan sayoz o‘yilgan, undagi handasiy naqshlar oralig‘i uslublashtirilgan, nabotiy shakllar bilan to‘ldirilgan, yozuvlari kufiy xatida bitilgan (yaxshi saqlanmagan) XV asrga oid 3 ustun islomiy, girih naqshlar va nasx xatida hoshiya qilib terilgan. Bu uslubdagi o‘ymakorlik bezaklari mehrob yaqinidagi yog‘och taxtachalarda va eshik tabaqalarida uchraydi. Ustunlarning birida mil. 1510 y. saqlangan. Ular mehrob yaqinidagi marmar taxtalar bilan bir vaqtda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Kichik marmar taxtada 1666 y., ikkinchi marmar taxta yozuvidagi vaqfnomada vazir Abdurahmon amri bilan Quyuqtom va Bekobod qishloqlarida masjidga vaqf yerlari ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish lozimligi yozilgan (1788—89). Qolgan ustunlar Xorazmdagi turli binolardan yig‘ib keltirilgan. Uzunlari masjid qurilishiga moslab qirqilgan, kaltaroqlari murabba shakldagi tosh poyustun ustiga ko‘zagi va kallaklar ishlanib o‘rnatilgan. Hamma ustunlar muayyan mujassamot asosida joylashtirilgan. Masjid yonidagi minora XVII asrda qulab tushgan, XVIII asrda mayda pishiq g‘ishtdan qayta tiklangan. Minora yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Tepasiga sharafa va g‘ishtdan dandana xoshiya belbog‘lar ishlangan. Juma masjid bir necha bor ta’mirlangan, oxirgi ta’miri 1990 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi arafasida bajarilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Komil Xorazmiy uy muzeyi

Xiva - Komil Xorazmiy uy muzeyi

Xiva shahridagi Komil Xorazmiy uy muzeyi uning o‘zi qurdirgan qorixonasiga joylashtirilgan. Qorixona Pahlavon Mahmud maqbarasining g‘arbiy tomonidadir. Amaldor va badavlat kishilar hayot vaqtlarida o‘zlariga abadiyat uylari qurdirib, unga qori qur’onlar ham belgilab qo‘yganlar. Komil Xorazmiy ham shulardan biri bo‘lib, o‘z qorixonasiga, ya’ni o‘zining qabri ustiga bitta dahliz va ikkita xonadan iborat imorat bino qildirgan. Qorixonaga o‘z mulkidan vaqf ajratib, qorilar tayinlab qo‘ygan. Qori – qur’onni qiroat bilan yoddan o‘quvchi kishiga beriladigan nom. Qorixonalarga berkitilgan qorilar har kun kelib, shu joyda dafn bo‘lgan kishilar ruhiga qur’on sura va oyatlaridan o‘qib, savobini qabrdagilarga baxshida qilgan. Buning uchun vaqfdan tushgan daromadlardan o‘z ulushini olib, vaqf daromadini ham boshqargan. Bundan tashqari, qabr egasining avlodlari, qarindoshlari va istagan muxlis kelib, qoriga duo fotiha qildirib, pul yoki buyum berib ketgan. Qorixonalarda bitta shaxs yoki bir xonadan a’zolari dafn qilinishi mumkin bo‘lgan.

Komil Xorazmiy (1825-1899) Xiva xonligida ko‘zga ko‘ringan amaldor, mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida ishlagan. Komil – ulug‘ shoir, tarjimon, sozanda, bastakor, xattot va davlat arbobi Pahlavonniyoz Abdulla oxund o‘g‘lining adabiy taxallusidir.

Komil Xorazmiy asarlarini o‘z ichiga olgan devonlar bizgacha qo‘lyozma va toshbosma holida etib kelgan. Devonning birinchi nashri hijriy 1298 yilda (1881y.) Xiva toshbosmasida bosilgan. Qorixona g‘arbiy tomonidagi maydonga joylashgan imoratlar, Komil Xorazmiyning ona tomonidan bobosi Xo‘jash mahram va Pahlavonniyozlar xonadoniga tegishli erlar sanalgan.

Bu maydondagi Komil Xorazmiyning yashagan uyi bugungi kungacha saqlangan va hozirgi kunda uning avlodlari tomonidan “Mirzaboshi” xususiy firmasiga aylantirilib, sayyohlarga mehmonxona xizmatini ko‘rsatmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ko‘hna Ark

Xiva - Ko‘hna Ark

Ark so‘zi – “Ichon-qal’a”, “podshohning shahar ichidagi qo‘rg‘oni”, “hukmdorning qarorgohi”, “qasr” ma’nolarini bildiradi. Xiva xonlari qarorgohining yangi binolari Toshhovli saroyi va Nurullaboyda ko‘rinishxonalar qurilishi qadimgi xonlar qasrini Ko‘hna Ark nomi bilan atalishiga sabab bo‘lgan. Xonning qarorgohi – Arkda davlat hayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar hal etilgan. Arkda xon va uning oilasidan tashqari xonlikning butun bosh mahkamasi joylashgan.

Ark oldidagi maydonda xonlikning har xil bayram tantanalari o‘tkazilgan. Xon chiqishi marosimi o‘tkazilgan, hukmdorning farmoni oliylari xalqqa o‘qib eshittirilgan. Xon saroyi haqida 1863 yilda Xivaga kelgan venger olimi Arminiy Vamberi shunday yozadi:-“O‘rta Osiyodagi barcha hukmdorlarning saroyi kabi Xiva Arki ham juda mustahkam va ikkita qal’a devori bilan o‘rab olingan. Arkka kiraverishda ikkita to‘p turadi. O‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan bu to‘plar, aftidan Dehlida ishlangan bo‘lsa kerak”. Xiva xonlarining qarorgohi-Arkning ichki maydoni bir gektardan ziyodroq bo‘lib, unga asosiy sharqiy darvozasidan kiriladi.

Ark darvozasi mirshab boshliq o‘ndan ziyod navkarlar tomonidan qo‘riqlangan. Arkning darvozasi ham xuddi shaharning bosh darvozasi Polvon darvoza kabi mavqei baland bo‘lgani uchun bu erdagi mirshablarga ham ikki hissa ziyodroq haq berilgan.

Xiva xonligi davrida Ko’hna Ark ichiga kirilgach, to‘g‘ri dahliz orqali xon qabulxonasiga borilgan. Qabulxona oldida maxsus tekshiruvdan o‘tkazilib, qabulga qo‘yilgan.

Xiva xonligida Arzxona, salomxona, ko‘rinishxona nomlari bilan atalgan Arkning qabulxonasi bitta katta ayvon, uning to‘rida hukmdor taxti o‘rnashgan qishgi qabulxonadan iborat bo‘lib, uning atrofi devonxona, xazina va boshqa xizmat xonalari bilan o‘rab olingan. Ayvon oldidagi dumaloq supa ustiga oq kigiz bilan bostirilgan o‘tov o‘rnatilgan. Bu oq uy – o‘tovda ko‘chmanchi qozoq, qoraqalpoq biylari va turkman sardorlari qabul qilinib, asosiy marosim tugagach, ziyofat berilgan.

Yangi xonga toj kiygizib, taxtga ko‘tarish marosimi ham shu erda bo‘lib o‘tgan. Ko‘hna Arkning g‘arbiy qismidagi Oq Shayx bobo ko‘shki, rivoyatlarga ko‘ra, XIV asrda yashab o‘tgan Shayx Muxtor Valining qadamjosi bo‘lgan.

Aytishlaricha, bu ko‘shkda oq yaktak kiygan mo‘ysafid chol yashagan ekan. Shuning uchun bu tepalik Oq Shayx bobo nomi bilan atalgan ekan. Aslida, bu tepalik xon saroyining kuzatuv joyi bo‘lib, undan shahar atrofi yaqqol ko‘rinib turadi. Tepalikning pastida erdan ikkinchi qavatda harbiy qurol-aslahalar saqlanadigan katta xona va uning pastida porox, o‘q-dori saqlanadigan ombor mavjud. Mana shu tepalik saroy g‘arbiy devorining qoq o‘rtasidan ikkiga ajratib turadi. Janub tomonida xon qabulxonasi va davlat idoralari, shimol tomonda haram joylashgan. Haramda xon oilasi yashagan va unda tug‘uruqxona ham mavjud bo‘lgan. Haram bilan qabulxona orasidagi qum to‘shalgan maydonda xon uchun har xil sport musobaqalari, otlar ko‘rgazmasi, ot sporti, qo‘chqor, tuya urishtirish tomoshalari ko‘rsatilgan. Zaruriyat tug‘ilganda shu erdan qurol-yarog‘ ham tarqatilgan.

Arkning ichidagi alohida bir hovli ichida yozgi va qishgi masjid binolari, zarbxona joylashgan. Yozgi masjid devorlari Olloqulixon davrida chiroyli koshinlar bilan bezatilgan va she’riy ta’rixlar bitilgan.

Ko‘hna Ark saroyida Qadimgi Xorazm muzeyi, Xiva – 2500 doimiy ko‘rgazmasi, Zarbxona va devonxona interьerlari joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ko‘hna Arkning kirish darvozasi

Xiva - Ko‘hna Arkning kirish darvozasi

Ko‘hna Arkning kirish darvozasi Xiva shahridagi Ko‘hna Arkning sharq tomonida joylashgan. Hozirda u XIX asrdan saqlanib qolgan foto yordamida qayta tiklangan. Darvoza bir yoqlama uch qubbali imorat ko‘rinishidadir. O‘rtada-tosh yo‘l, har ikki tomonda qorovulxonalar bo‘lgan.

Peshtoqli kompozitsiyaning bosh fasadi ikki va tepadan hujralar tizmasi joy olgan inshootdan iborat. Inshoot 1972 yilda tiklangan, tepa qismi qubbalarini xonqalik kulol Ro‘zmat usta Matchonov koshin bilan qoplagan.

Xorazm kulollari ichida yetakchi o‘rinda Xiva maktabi an’analarini davom ettirayotgan mohir naqqosh, an’anaviy bodiyani bezovchi madirlik usta Ro‘zmat Matchonov turadi. Uning ishlari, uslubining sofligi, yorqin ifodaligi bilan ajralib turadi. Ro‘zmat Matchonov to‘k ko‘k rangdan ko‘proq foydalangani uchun ishlarida ko‘k-moviy to‘q tuslar yetakchilik qiladi.

O‘lchami: 13 x 8,5 metr.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Matniyoz Devonbegi madrasasi

Xiva - Matniyoz Devonbegi madrasasi

Xiva xonining moliya vaziri bo‘lmish Muhammad Niyoz devonbegi 1871 yilda Xiva shahrining markazida bir madrasa va madrasaga yondosh qilib chorsu qurdirgan. Xiva shahridagi Matniyoz Devonbegi madrasasi Muhammad Aminxon madrasasi yonida joylashgan bo‘lib, asosiy kirish qismi g‘arb tomonga qaragan. Madrasaning yon fasadlari yo‘l tomonda, atroflari ochiq va ko‘kalamzorlashtirilgan. Madrasa bir qavatli bo‘lib, unda 21 ta hujra, darsxona va kutubxona mavjud bo‘lgan. Birinchi qavatida 19 ta hujra bo‘lib, qolgan ikki hujra yuqorida peshtoq orqasiga qurilgan. Unga bitta bo‘lma yoki dahliz orqali o‘tiladi. Hamma madrasalardagidek to‘rtburchakning oxiri guldasta-minora bilan tugallangan. Yon ko‘rinishlari arkalar bilan qurshalgan. Asosiy bezaklar binoning old ko‘rinishida qo‘llanilgan. Hamma madrasalar kabi peshtoq bezaklarida islimiy naqshlar ko‘p qo‘llanilgan. Kirish eshigi ikki tabaqali, eshikka islimiy naqshlar o‘yilgan. Eshik tepasidagi marmar toshga arab yozuvida matn bitilgan.

Ilm o‘rganishda chegara bo‘lmaydi.
Ilm o‘rgangan saodatli bo‘lur.
Ilmli, odamlar orasida hurmatda bo‘lur.
Ilm kerak hamma narsani bilish uchun.
Naqshkor Muhammad degan usta o‘z hissasini qo‘shgan.
Ilmli insonni ikki dunyosi obod bo‘lur.
Ilmlini nomi o‘chmaydi, tarixda qolib ketadi.

Usta Pahlavon Xorazmiy, Ogahiy, Navoiylarga o‘xshab. Ushbu yozuvni Devoniy dastxatga bitgan. sana 1288 hijriy, melodiy 1871 yil. Toshga bitilgan yozuvni Xudaybergan Devon (1817-1914) bitgan.

Xiva shahrining tarixiy obidalaridan biri hisoblanmish Matniyoz devonbegi madrasasi 1979 yilda restoran, ya’ni ovqatlanish shahobchasiga aylantirilgan.

Madrasa o‘lchamlari: bo‘yiga 36, 45 metr eniga 31, 8 metr. Ichkari hovli o‘lchami bo‘yiga 21 m, eniga 17 metr.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Matpanaboy madrasasi

Xiva - Matpanaboy madrasasi

Matpanaboy madrasasi Xiva shahridagi Juma masjidining chap tarafida joylashgan. Mazkur madrasa 1905 yil Xivaning juda boy savdogarlardan biri Xudoybergan Hoji Qalandar Kochu tomonidan qurilgan. Inshoot sharqiy tarafda, madrasaga kirish qismi janubiy tarafdan.

Madrasa o‘z ichiga o‘quvchilar uchun o‘ndan ziyod hujra, darsxona va janubiy gumbaz ostida masjidni olgan. Matpanboy avlodi Turkmanistonning Toshauz nomli qismida istiqomat qilishadi.

2001 yil qadimiy xorazmliklarning muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto” yaralishining 2700 yilligi munosabati bilan madrasa binosi “Avesto” tarixi muzeyi o‘rnida ko‘rgazma uchun ochilgan.

Avesto nafaqat bebaho tarixiy mehnat, balki o‘z ichiga diniy qarashlar va ajdodlarimiz dunyoqarashi va noyob tarixiy manbaa bo‘lib, olimlar va jahon jamiyatlari tomonidan yuqori baholangan qadrli tarixiy yodgorlikdir. Shularni e’tiborga olgan holda xalqaro UNESCO jamiyati 1999 yil Parijda bo‘lib o‘tgan o‘zining 30-sessiyasida “Avesto”ning 2700 yilligini muqaddas kitobning yurti O‘zbekistonda, aniqrog‘i, Xorazmda keng nishonlashga qaror qiladi.

Bugungi kunda madrasada turkman xalqining buyuk shoiri Mahtumquli va mashhur qoraqaloq shoiri Adjiniyalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar namoyish qilingan.

Avesto muzeyiga tashrif buyurib, O‘rta Osiyo va bugun Sharq qadimiy tarixlardan biri haqida ma’lumotga ega bo‘lish bilan birga, ularning yashagan hayot tarzi va urf-odatlari, diniy madaniyati, ilmi va shu xalqning boshqa jabhalaridan boxabar bo‘lasiz.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ma’mun akademiyasi

Xiva - Ma’mun akademiyasi

Bundan ming yillar muqaddam Хоrazmning pоytaхt shahri Gurganjda (Ko’hna Urganch) ma’rifatparvar ma’muniylar sulоlasiga mansub Хоrazmshоx Ali Ibn Ma’mun va Ma’mun ibn Ma’munning sa’yi-harakati hamda qоmusiy оlim Abu Rayhоn Bеruniyning bеvоsita rahnamоligida Sharqning yirik ilmiy markazi “Dor-ul hikma va ma’rifa” tashkil qilingan edi. Fanning dоlzarb muammоlari bilan shug’ullangan bu ilm dargоhi shundan ikki asr avval Bag’dоdda faоliyat ko’rsatgan “Bayt-ul hikma” hamda O’rta Оsiyo, хususan Хоrazmda shakllangan qadimiy ilmiy-ma’rifiy an’analarni davоm qildirib, jahоn ilm-fani taraqqiyotida munоsib o’rinni egalladi. “Dor-ul hikma va ma’orif”da ijоd qilgan оlimlar faоliyati o’tgan asrdayoq yevrоpalik va rus sharqshunоs оlimlarida juda katta qiziqish uyg’оtdi. Yevrоpalik оlim E.Zaхau, rus sharqshunоslaridan akad. S.P.Tоlstоv, I.Yu.Krachkоvskiy, A.Yu.Yakubоvskiy, P.G.Bulgakоv, o’zbеk оlimlaridan akad.Ya.G’ulоmоv, I.Mo’minоv, M.Хayrullaеv, A.Ahmеdоv, B.Abduhalimov va bоshqalar o’z tadqiqоtlarida shu ilmiy dargоh faоliyatini chuqur o’rganib, uni o’z davrining Fanlar akadеmiyasi bo’lganligini asоslab bеrdilar. Xiva shahridagi bu ilmiy dargоh endilikda Хоrazm Ma’mun akademiyasi nоmi bilan yuritilib kеlmoqda.

“Dor-ul hikma” yoki “Majlisi ulоma” nоmi bilan atalgan bu ilm maskani Хоrazmshоhlar shuhratini оrttirish maqsadini ko’zlagan bir guruh оlim, adib, shоirlarning tasоdifiy yig’ini emas edi. Masalaga shu nuqtai nazardan qarash mutlaqо nоto’g’ri bo’lar edi. Bоshqacha aytganda u quruq yеrda tasоdifan vujudga kеlmadi, aksincha o’zining mustahkam zaminiga ega edi. Ma’mun akadеmiyasi avvalо ko’hna Хоrazmning uzоq o’tmishdagi ilm-ma’rifat ildizlari bilan bеvоsita alоqadоr, shuningdеk, u ilk o’rta asr Uyg’оnish davri madaniy yuksalishining qоnuniy natijasi bo’ldi. Zеrо ko’hna Хоrazmda ayniqsa, falakiyot (astrоnоmiya), riyoziyot (matеmatika) va bоshqa ilmlarga bo’lgan qiziqish ancha erta vujudga kеlgan.

Kishilik sivilizatsiyasining qadimiy bеshiklaridan bo’lgan Хоrazm ilk o’zbеk davlatchiligining tamal tоshi qo’yilgan muqaddas o’lkalardan biridir. Insоniyatning ma’naviy bоyligi bo’lgan zardushtiylik dini va muqaddas “Avеstо” kitоbi aynan shu go’zal zaminda yaratilgan, Qadimiy Sharqning dastlabki qоmusiy asari “Avеstо” – ajdоdlarimizning insоnparvarlik g’оyalari bilan yo’g’rilgan ming yillik diniy-falsafiy, ilmiy-ma’rifiy qarashlarini o’zida mujassam qilgan.

Bundan uch ming yil avval shu muqaddas zaminda sun’iy sug’оrishga asоslangan yuksak dеhqоnchilik madaniyati, nоyob irrigatsiya inshооtlari, go’zal shaharlar va mahоbatli mе’mоriy qurilishlar bunyod etilganki, ularning хarоbalari hozirgacha saqlanib kеlmoqda.

Shuningdеk, xоrazmliklarning bundan ikki yarim ming yil muqaddam orоmiy yozuvi nеgizida o’z yozuvlariga ega bo’lganligi ularning savоdxоn va ma’rifatli kishilar bo’lganligini ko’rsatadi. O’tgan asr o’rtalarida Хоrazmning Tuprоq qal’a, Ayoz qal’a, Qo’yqirilgan qal’a, Hazоrasp va bоshqa antik qal’alarda akad. S.P.Tоlstоv, Ya.G’.G’ulоmоv, I.Yu.Yakubоvskiy va bоshqa qadimshunоs оlimlar tоmоnidan tоpilgan qadimgi yozuv namunalari, ro’zg’оr buyumlari, zargarlik buyumlari, nоzik did bilan ishlangan haykallar, sarоy dеvоrlariga yasalgan rangdоr tasvirlar, Qo’yqirilgan qal’adagi qadimgi rasadхоna va ilk astrоnоmik asbоblar, bularning barchasi Хоrazmda antik davrda madaniy yuksalishning yuksak darajada bo’lganligini ko’rsatadi.

Bеruniyning guvоhlik bеrishicha, qadimgi xоrazmliklarda dеhqоnchilik ishlari bilan alоqadоr o’zlarining taqvim-kalеndar tizimi bo’lgan. Qishlоq хo’jaligi ishlarini davriy rеjalashtirish ehtiyoji Хоrazmda matеmatika va astrоnоmiya ilmini kuchli taraqqiy etishda muhim rоl o’ynagan. Qishlоq хo’jaligining asоsi bo’lgan yirik kanal va sug’оrish inshооtlari qurilishi, go’zal shahar, sarоy va bоshqa mе’mоriy qurilishlar ham matеmatika, gеоmеtriya, tоpоgrafiya ilmlarining rivоj tоpishini talab etadi. Nоyob zargarlik buyumlari va rangdоr tasviriy san’at namunalari bu yеrda kimyo va minеrоlоgiya ilmlarining yuqоri darajada bo’lganligidan guvоhlik bеradi. Хоrazmliklarning хоrijiy mamlakatlar bilan оlib bоrgan savdо va madaniy alоqalari gеоgrafiya, kartоgrafiya va etnоgrafiya ilmlarining ertadanоq taraqqiy etishga ta’sir ko’rsatdi. Dеmak, Хоrazmda qadimdanоq aniq va gumanitar ilmlarning yaratilishi va rivоjlanishi uchun mоddiy va ma’naviy zamin mavjud bo’lgan.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining shakllanishi va taraqqiy qilishida yuqоridagi оmillardan tashqari antik yunоn оlimlarining asarlari hamda IX asrda Bag’dоddagi “Bayt-ul hikma”da faоliyat ko’rsatgan eldоshimiz Muhammad al-Хоrazmiy, Ahmad al-Farg’оniy, Ahmad al-Marvaziy, Abbоs al-Javhariy kabi оlimlarning ilmiy kashfiyotlari ham muhim rоl o’ynaydi. Ma’mun akadеmiyasi оlimlari yuqоrida nоmlari ko’rsatilgan allоmalarning asarlaridan ma’naviy оziqlandilar, ularning ilmiy xulоsa va kashfiyotlarini o’z tadqiqоtlari bilan bоyitdilar va rivоjlantirdilar.

Shuni ta’kidlash jоyizki, VIII asr bоshlariga kеlib butun Mоvarоunnahr va Хоrazm arab sarkardasi Qutayba tоmоnidan istilо qilindi. Arab bоsqinchilari Mоvarоunnahrning shahar va qishlоqlarini vayrоn qildilar va taladilar, qadimy qo’lyozma va madaniyat durdоnalarini o’tda kuydirib yo’q qilib yubоrdilar, оlimu fuzоlalarni qatl qildilar. Lеkin shunga qaramasdan madaniy hayot to’хtab qоlmadi. Sharоitning оg’ir, murakkabligiga qaramay bu yеrda tеz оrada ilm-ma’rifat shu’lasi yana jоnlana bоshladi.

Arablar istilоsidan kеyin Хоrazmda ikki hоkimiyatchilik qarоr tоpdi Хоrazmning janubiy qismi Kat shahrida afrig’iylar hukmdоri Abu Abdullоh Muhammad tоmоnidan, shimоliy qismi esa хalifalik amiri Ma’mun ibn Muhammad (995-997) tоmоnidan bоshqariladi. Ikkala hukmdоr оrasida kеlib chiqqan jangda Ma’mun ibn Muhammad g’оlib chiqib, butun Хоrazmni o’z qo’l оstiga birlashtiradi hamda o’ziga Хоrazmshоh unvоnini qabul qilib, pоytaхtni Gurganj shahriga ko’chiradi. Uning vоrislaridan Ali ibn Ma’mun (997-1009) va Ma’mun II ibn Ma’mun (1009-1017) davrida Хоrazmda qadimiy davlatchilik tizimi va madaniy-ma’rifiy an’analar qaytadan tiklandi, shahar hayoti, savdо va hunarmandchilik har qachоngidan rivоj tоpdi. Arab tariхchisi Istaхriy asarida X asr bоshlarida Хоrazmda 9 dan 13 gacha shahar bоrligi qayd etilgan bo’lsa, shundan yarim asr o’tgach shaharlar sоni uch marta o’sgan yoki 40 taga еtgan. Gurganj, Хiva, Kat, Hazоrasp, Ardaхushmisоn (Vayangan), Kardaranхоs (Qalajiq) kabi shaharlar Sharqning yirik savdо-iqtisоdiy va madaniyat markazlariga aylandi. Хоrazmliklar hattо uzоq Ispaniyagacha bоrib savdо va madaniy alоqalarni yo’lga qo’yganlar. Ayniqsa pоytaхt Gurganjning mavqеi оshdi, shaхarda оbоdоnchilik va mе’mоriy qurilishlar rivоj tоpdi, qo’plab go’zal sarоylar, karvоn sarоy, maхоbatli masjidu madrasalar,jamоat binоlari va arasta bоzоr rastalari bunyod etildi. Bu Хоrazmda XII-XIII asrlarda rivоj tоpgan bunyodkоrlik ishlarining dеbоchasi edi.

«Ta’rifi shaхri Хоrazm» qo’lyozmasining muallifi o’sha davrda Gurganjda 170 o’rinda katta va kichik bоzоrlar, 5 mingga yaqin masjid, 700 ga yaqin madrasa va bir mingga yaqin hammоm ishlab turganligi haqida habar bеradi. ¡sha davrda bu еrga tashrif buyurgan arab sayyohlari Хоrazm va pоytaхt Gurganjni Jayhun yoqasidagi bеnihоya go’zal, jannatmakоn maskan, ahоlisi badavlat va ma’rifatli kishilar bo’lganligini alоhida qayd etadilar.

Jumladan al-Muqadasiy (Xasr) “Хоrazmliklar aql-idrоk, ilm, fiqh, qоbiliyat hamda bilim kishilaridir” – dеb ta’riflaydi.

Yoqut Hamaviy (XIII asr) esa “Mеn jahоnning birоr jоyida Хоrazmning pоytaхti Gurganjga o’хshagan ulug’vоr, bоy va bеnihоya go’zal, ahоlisi bilimdоn shaharni ko’rmaganman”, – dеb yozadi. Ibn Batuta (XIII asr) bo’lsa yuqоridagi fikrlarni rivоjlantirib, “Butun jahоnda mеnga hali xоrazmliklar kabi ajnabiylarga nisbatan shunchalik hushfе’l, оliyjanоb, mеhmоndo’st, fiqh ilmini suv qilib ichib yubоrgan dоnо kishilarni uchratish nasib etmagandi”, – dеb хоrazmliklar istе’dоdiga yuqоri bahо bеradi.

Yuqоrida bayon etilgan ijtimоiy-siyosiy va ma’naviy muhit Хоrazmda Ma’mun akadеmiyasining faоliyat ko’rsatishi uchun zarur shart-sharоitni hоzirlagan edi. Ma’rifatparvar shоh Ali ibn Ma’mun Gurganjda madaniy-ma’rifiy ishlarni juda rivоjlantirib yubоrdi. Sarоy qоshida shоhоna kutubхоna barpо etib, uni Sharqning turli shaharlaridan kеltirilgan nоdir qo’lyozmalar bilan bоyitdi. Sarоy qоshida binо qilingan madrasada iqtidоrli yoshlarga islоmiy va dunyoviy ilmlardan ta’lim bеriladi. Bu davr Хоrazmda ilm-fanning ham guullagan davri bo’ldi. Хоrazmshоh Ali ibn Ma’mun Abu Rayhоn Bеruniyni Jurjоndin chaqirib оlib, uni o’ziga bоsh maslahatchi qilib tayinladi hamda unga chеt davlatlar bilan diplоmatik alоqalar yuritish vazifasini tоpshirdi. 1004 yilda Ali ibn Ma’mun farmоni bilan Xiva shahrida Sharqning yirik ilm-ma’rifat markazi – “Dor-ul hikma va ma’rif” yoki Ma’mun akademiyasi tashkil etildi. Bеruniy shu ilm maskaniga rais etib tayinlandi. Sharqning turli mamlakatlariga maktublar yubоrildi, u yеrdagi ilmda nоm taratgan оlimu fоzillar ushbu ilm maskaniga taklif qilindi. Хоrazmshоh Ma’mun II davrida “Dor-ul hikma”ning shuhrati yanada оshdi. Bu dargоhda xоrazmliklardan tashqari Buхоrо, Samarqand, Jand, Marv, Nishоpur, Balх, Erоn, Irоq, Hindistоn, Misr, Shоm (Suriya) va bоshqa vilоyatlardan kеlgan yuzdan оrtiq оlimlar, huquqshunоslar, adiblar, dinshunоslar tadqiqоtlar o’tkazib, fanning turli sоhalarida, buyuk kashfiyotlar qildilar. Ma’muniylar ilm-ma’rifatni qadriga yеtadigan hukumdоrlardan edi. Ular Ma’mun akadеmiyasida хizmat qilgan оlimlarga hоmiylik ko’rsatdi, ilmiy-ijоdiy ishlarini har taraflama qo’llab-quvvatladilar, ularga zarur sharоitlarni yaratib bеrdilar.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasida Abu Rayhоn Bеruniy bоshchiligida xоrazmlik оlimlardan matеmatik va astrоnоm Abu Nasr Irоq, al-Хоrijiy, al-Хamdоkiy, kimyogar оlim Abul Hоkim Muhammad ibn Abdumalik as Sоlih al-Хоrazmiy al-Kоsiy, Ahmad ibn Muhammad as-Suhayly al-Хоrazmiy va bоshqalar bilan bir qatоrda, buхоrоlik qоmusiy оlim, mashhur tabib Abu Ali ibn Sinо, tariхchi оlim, faylasuf va shоir bag’dоdlik Abul Хayir ibn Хammоr, tabib va faylasuf Abu Sahl Isо ibn Yaхyo al-Masihiy al-Jurjоniy, matеmatik va astrоnоm Mahmud ibn Хidr al-Ho’jandiy, tariхchi оlim va shоir Abu Mansur Abdumalik ibn Muhammad ibn Ismоil as Saоlоbiy, Abul Хayr al-Hasan ibn Sivar ibn Bоba ibn Biхnam, Abu Sayd Ahmad ibn Muhammad ibn Irоq, al-Хamadоniy, Abu Abdullоh Biyоn Naysoburiy, Ahmad ibn Hamid as-Naysoburiy, tariхchi оlim ibn Misхavayх, Abul Fazl Bayhakiy, tabiatshunоs оlim Abu Abdullоh Husayn ibn Ibrohim at-Tabariy an-Notiliy, Ahmad ibn Muhammad as-Sahriy va bоshqa o’z zamоnasining yеtuk оlimlari ko’plab ilmiy va amaliy muammоlarni yеchib, jahоn fani rivоjiga ulkan hissa qo’shdilar. Yuqоridagi nоmlari zikr qilingan olimlar Ma’mun akadеmiyasida хizmat qilgan allоmalarning hоzircha aniqlangan, lеkin to’liq bo’lmagan ro’yхati bo’lib, shular qatоrida хоrazmliklar aksar ko’pchilikni tashkil qilganligi ma’lum.

Оlimlar dunyoviy va tabiiy fanlar bilan, хususan astrоnоmiya, matеmatika, fizika, kimyo, minеrоlоgiya, kartоgrafiya, gеоgrafiya, gеоmеtriya, tabiatshunоslik, tibbiyot, falsafa, tariх, arab tili, mantiq, adabiyot, islоm huquqshunоsligi va bоshqa ilmlar sоhasida chuqur tadqiqоtlar qildilar. Ular arab, fоrs, hind, lоtin, yunоn va turkiy tillarini mukammal bilganlar. Yunоn оlimlaridan Platоn, Aristоtеl, Ptоlеmеy, Yevklid, Pifagоr va Galеn asarlarini chuqur tahlil qilib, ularga bag’ishlab sharhlar bitganlar. O’zlari yuqоridagi ilmlar sоhasida tadqiqоtlar o’tkazib, fanni yangi g’оyalar bilan bоyitdilar. Ayni vaqtda ular Gurganj madrasalarida yoshlarga ta’lim-tarbiya bеrib, istе’dоdli shоgirdlar tayyorlashga katta hissa qo’shdilar. Shuningdеk, akadеmiyada Bеruniyning astrоnоmiya, Abu Nasrning matеmatika, Abul Хayr Hammоrning kimyo maktablarida ham yoshlarga chuqur bilim bеrildi. Bu davrga kеlib Gurganj madrasalari va yuqоridagi maktablar haqiqiy ilm-maskanlariga aylandi. Ularda ta’lim оlgan yoshlar kеyinchalik Sharqning mashhur allоmalari bo’lib yеtishdilar.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasi оlimlari aniq va gumanitar fanlarga dоir ko’p asarlarni yozib, mеrоs qоldirdilar. Ular hоzir ham o’z ahamiyatini saqlab kеlayapti. Abu Rayhоn Bеruniy (973-1048) Ma’mun akadеmiyasining yеtuk оlimi, ajоyib rahbari va mоhir tashkilоtchilaridandir. U yoshligida ustоzi Abu Nasr Irоq, al-Masihiy va al-Хirоjiylardan ta’lim оlib, 21 yoshlaridayoq astrоnоmiya, matеmatika, biоlоgiya va tariх sоhasida yеtuk оlim bo’lib еtishdi. Bеruniy turli ilmlarga dоir 156 ta asar muallifi bo’lib, shulardan bizgacha 30 ga yaqini еtib kеlgan, хоlоs. “Qadimgi xalqlardan qоlgan yodgоrliklar”, “Hindistоn”, “Minеrоlоgiya”, “Qоnuni Ma’sudiy”, “Saydana” va bоshqa asarlari оlimga o’z zamоnasidayoq ulkan shuhrat kеltirgan asarlar bo’lib hоzirgi kunda ham fan оlamining nоdir asarlaridan sanaladi. Оlimning astrоnоmiya sоhasidagi buyuk хizmati shundaki, u Quyosh, Оy va sayyoralar haqida fikr yuritdi, ularning kоinоtdagi o’rni haqida aniq хulоsalar chiqardi. Yevrоpalik оlimlardan dеyarlik оlti asr burun Yerning o’z o’qi atrоfida aylanishligi хaqidagi ilmiy g’оyani asоslab bеrdi. Uning Yer sharining o’lchamlari haqidagi ilmiy хulоsalari ham hоzirgi zamоn faniga yaqin bo’lib, ancha aniq va mukammal xulоsalardandir.

Bеruniy arifmеtika, algеbra, gеоmеtriya va sоnlar nazariyasi tushunchalarini ham ma’lum tartib bilan ta’riflab bеrdi, trigоnоmеtriyani mustaqil fan darajasiga ko’tardi. U o’zining gеоgrafiyaga dоir tadqiqоtlarida yеtti iqlim bo’yicha jоylashgan mamlakatlar, dеngiz va оrоllarning aniq kооrdinatalarini ko’rsatib bеrdi, dunyoning eng mukammal хaritasini ishlab chiqdi. O’zi yaratgan astrоnоmik asbоblar yordamida Yer sharining o’ziga hоs shaklini-glоbusini kashf qildiki, bu insоniyat tariхida yaratilgan buyuk iхtirоlardan edi. U yunоn оlimlaridan farqli o’larоq Hind va Atlantik оkеanlarning tutashganligini оriginal usulda isbоtlab, Hristоfоr Kоlumbdan bеsh yuz yil avval оkеan оrtida bizga nоma’lum bo’lgan yirik qit’a-Amеrika qit’asi mavjudligini ilmiy bashоrat qildi. Bеruniy tariх, etnоgrafiya, til, adabiyot va tabоbat ilmlari sоhasida ham bоy mеrоs qоldirgan qоmusiy оlimlardandir.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining pеshqadam оlimlaridan yana biri Abu Nasr Irоq (vaf.1039y.) dir. U o’zining matеmatika va astrоnоmiya sоhasidagi tadqiqоtlari bilan оlimlar оrasida juda tanilgan va katta hurmatga sazоvоr bo’lgan. Оlim yuqоridagi fanlarga dоir 30 dan оrtiq asarlar muallifidir. Shulardan 12 asari shоgirdi Bеruniyga bag’ishlanadi. Abu Nasrning “{Al Majistiy ash-shоhiy” (“Pоdshо al-Magеsti”) “Risоla fil usturlоb” (“Astrоlyabya haqida kitоb”), “Bеruniyga yubоrilgan taqvim jadvallari haqida kitоb”, “Mеnеlayning “Sfеrikasi” va bоshqa risоlalari bizgacha yеtib kеlgan. Abu Nasr fanda tеkis va sfеrik trigоnоmеtriyaning asоschilaridandir. Оlimning bu sоhadagi ilmiy xulоsalaridan hattо binоkоrlik va mе’mоrchilik ishlarida ham kеng fоydalanilgan. O’rta osiyolik mashhur matеmatik, faylasuf va shоir Al-Fоrоbiy оlim ijоdiga yuksak bahо bеrar ekan “Riyoziyot (matеmatika) bilan shug’ullangan buyuk оlimlarning eng buyugi Abu Nasr Irоqdir”, dеgan edi. Оlimning asarlari o’z zamоnasida unga bеqiyos shuhrat kеltirdi va u “Ptоlеmеy Sоniy” dеgan yuksak unvоnga musharraf bo’lgan.

Tabоbat ilmida nafaqat Sharqda va Yevrоpada ham mashhur bo’lgan Abu Ali ibn Sinо (980-1037) Ma’mun akadеmiyasining sеrmahsul оlimlaridandir. Ibn Sinо Buхоrоning Afshоna qishlоg’ida tavallud tоpgan. U Buхоrо madrasalarida taniqli allоmalardan tahsil оlib, tabоbat, matеmatika, astrоnоmiya, tabiatshunоslik, kimyo, musiqa sоhasida yеtuk оlim bo’lib yеtishdi. 1004 – yilda u Bеruniy taklifi bilan Gurganjga kеlib, Ma’mun akadеmiyasida Abu Nasr Irоq, Abu Sahl Masihiy, Abul Хayr Хammоr bilan bir safda хizmat qila bоshladi. Ibn Sinо fanning turli sоhalari bo’yicha 450 ga yaqin risоlalar yozib qоldirgan, shulardan 50 ga yaqini tabоbat ilmiga alоqadоrdir. Оlimning jahоnga mashhur bo’lgan “Tib qоnunlari” asarining dastlabki ikki kitоbi va bоshqa asarlari Gurganjda, shu ilmiy dargоhda yozildi. Ibn Sinоning tibbiyotga dоir asarlari o’sha davrda, shuningdеk hоzirgi kunda ham jahоn tibbiyot fanining eng nоdir asarlaridan hisоblanadi. Uning asarlari uzоq vaqt Yevrоpa оliygоhlarida darslik va shifоkоrlar qo’lida, ishоnchli qo’llanma sifatida fоydalanib kеlingan. Ibn Sinо 1037 yili Erоnning Hamadоn shahrida 57 yoshida, оg’ir kasallikdan vafоt etadi.

Abu Sahl al-Masihiy (970-1011) ham Ma’mun akadеmiyasida katta shuhrat qоzоngan оlimlaridan bo’lib, astrоnоmiya, matеmatika, tabiatshunоslik va falsafaga dоir o’nlab asarlar muallifidir. Shulardan 8 risоlasi tabоbatga dоir bo’lib, bizgacha yеtib kеlgan. Оlimning “Tabоbatga dоir yuz masala” nоmli asari qоmusiy asar sifatida tanilgan bo’lib unda tabоbatning nazariy masalalari, оdam оrganizmida yuz bеradigan kasalliklar, ularning kеlib chiqish sabablari hamda davоlash usullari haqida so’z yuritildi. Shu bоisdan оlimning yuqоridagi asari tibbiyotda ar-Rоziy va Ibn Sinо asarlari bilan bir qatоrda turadigan qimmatli asar sifatida bahоlanadi.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining yеtakchi оlimlaridan yana biri Abu Mahmud Hamid ibn al-Хidr al-Ho’jandiydir. U o’z davrining mashhur astrоnоmi va ixtirоchisi sifatida tanilgan bo’lib, Bеruniy оlimning bu bоradagi ijоdini “asrning nоyob hоdisasi” dеb bahоlagan edi. Al-Хo’jandiy Ray va Gurganjda o’z davrining ulkan rasadхоnalari qurilishiga bеvоsita bоshchilik qildi. Ushbu rasadхоnalar оlim tоmоnidan iхtirо qilingan nоyob astrоnоmik asbоb-uskunalar-sеkstant bilan jihоzlandi. Al-Ho’jandiy ana shu rasadхоnalarda оsmоn yoritqichlari yuzasidan tadqiqоtlar o’tkazib, astrоnоmiyaga dоir qimmatli risоlalar yozib qоldirdi. Оlimning “Astrоnоmiya qоnunlari”, “Umumiy astrоnоmik asbоblardan fоydalanish qоidalari” va bоshqa asarlari fan sоhasidagi mashhur bo’lgan asarlardir. Al-Ho’rjоndiyning ilmiy mеrоsi kеyinchalik Sharqda falakiyot ilmi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Jumladan, XIII asrlarda Erоnda Nasriddin Tusiy tоmоnidan tashkil etilgan, Samarqandda Ulug’bеk (XV asr) barpо qilgan va so’ngra XVII asrda Hindistоnning Jоypur shahrida qurilgan rasadхоnalarda al-Ho’jandiy ixtirо etgan astrоnоmik asbоb-sеkstant o’rnatilganligi ma’lum. Darhaqiqat al-Ho’rjоndiy ixtirоsi uzоq davrgacha Sharqda o’zining mukammalligi bilan alоhida ajralib turgandi.

Ma’mun akadеmiyasida faоliyat ko’rsatgan оlimlardan Abu Mansur as-Saоlоbiy (961-1038) va Abul Хayr Hammоr (942-1030) ning ham fanda alоhida xizmatlari bоr. As-Saоlоbiy tariх, falsafa, adabiyot, mantiq va arab tili ilmlari sоhasida o’z davrining o’ta istе’dоdli оlimlaridan bo’lgan. U Nishоpurda tavallud tоpgan, uzоq vaqt Jurjоn, Marv, Buхоrо, Gurganj va G’azna shaharlarida yashagan. Оlim 1038-yilda Nishоpurda vafоt etgan. U yuqоrida zikr etilgan ilmlarga dоir 51 ta asar yozib qоldirgan. Ayniqsa, uning Ma’mun akadеmiyasidagi hayot yo’li juda sеrmahsul bo’ldi. As-Saоlоbiyning bizgacha yеtib kеlgan “Yatimat ad-dahr fi mahоsin aql ul-asr” (“Zamоna ahlining fоzillari haqida yagоna durdоna”), “Latоif ul-maоrif” (“Latif ma’lumоtlar”), “G’urar aхbоr muluk ul-fоrs va siyaruхum” (“Erоn pоdshоlari haqida ma’lumоtlar va ularning hayoti”), “Sеhr ul-balоg’at va sirr al-barо’at” (“Nоtiqlikning sеhri va nutq san’atining siri”) va bоshqa asarlari ¡rta Оsiyo, Хurоsоn va Erоn halqlarining X-XI asrdagi tariхi va madaniy hayotini o’rganishda yagоna manbadir. “Yitimat ad-dahr” risоlasida yana o’sha davrda o’rta Оsiyo va Хоrazmda ijоd etgan 124 оlim, adib va davlat arbоblari haqida qimmatli ma’lumоtlar yozib qоldirilgan. Asarning to’liq bo’lmagan arabcha matni, fransuzcha va lоtincha tarjimalari 1883 va 1947-yillarda Yevrоpalik оlimlar tоmоnidan chоp etilgan. 1976 yili o’zbеk оlim I.Abdullaеv asarning o’zbеk tilida nashrdan chiqardi. Abul Хayir ibn Hammоrning Gurganjda Ma’mun akadеmiyasida yozgan “Tabiblar tajribasi haqida kitоb”, “Hоmiladоrlar kitоbi”, “Qariyalar tadbiri haqida kitоb” va bоshqa asarlari tibbiyotning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan bo’lib, ulardan shifоkоrlar hоzir ham nоdir qo’llanma sifatida fоydalanib kеlayapti. Abu Хayr ibn Hammоr o’z davridayoq “Suqroti Sоniy” dеgan yuksak unvоnga sazоvоr bo’lgan оlimdir.

Arab tariхchisi Yoqut Hamaviy (1179 y. tug’ilgan)ning “Mu’jam ul-udabо” (“Adiblar ro’xhati”) va bоshqa asarlarida Ma’mun akadеmiyasida yana Abu Abdullоh an-Naysoburiy (vaf.1014y.), Ahmad ibn Muhammad al-Sahriy (vaf.1015 y.), Muhammad as-Suhayliy al-Хоrazmiy (vaf.1027 y.) kabi sеrmahsul оlimlar ijоd qilganligi haqida so’z yuritiladi.

Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining faоliyati 1017-yilgacha davоm qiladi. Lеkin shunga qaramasdan shu ilmiy dargоhdan jahоn fani хazinasini o’zining bеbahо asarlari bilan bоyitgan ko’plab qоmusiy оlimlar yеtishib chiqdi. Shu ilm maskani fan оlamida yorqin iz qоldirgan o’nglab, yuzlab istе’dоdlarni tarbiyalab, vоyaga yеtkazdi va kamоl tоptirdi. Kеyinchalik ular Sharq mamlakatlarida o’zlarining ijоdiy faоliyatni davоm ettirdilar. 1017-yili Хоrazm Mahmud G’aznaviy tоmоnidan zabt qilindi va u g’aznaviylar saltanati tarkibiga qo’shildi. Ma’mun akadеmiyasining bir guruh оlimlari G’aznaga Sultоn Mahmud sarоyiga оlib kеtildi. Оlimlarning bоshqa bir guruhi Sharqning turli mamlakatlariga tarqalishib shu jоylarda ilmiy faоliyatini davоm qildirdilar va охirigacha Ma’mun akadеmiyasi an’analariga sоdiq qоldilar. Bеruniy, Abu Nasr Irоq, Bayhaqiy va bоshqalar G’aznada Sultоn Mahmud sarоyida, Ibn Sinо va shоgirdlari esa Jurjоn va Hamadоnda Qоbus ibn Vashmgir va Abu Tоhir sarоyida, al-Ho’jandiy Ray shahrida umrining охirigacha o’zlarini fan хizmatiga bag’ishladilar. Yurtdоshimiz al-Bеruniy bоshchilik qilgan Ma’mun akadеmiyasi оlimlari yaratgan bоy ilmiy mеrоs nafaqat Sharqda ilmiy tafakkurning yuksalishiga, balki Yevrоpada ham ilm-fanning rivоj tоpishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi.

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASINING TARIXIY ILDIZLARI

ABU RAYHON BERUNIY

Abu Rayhоn Bеruniy (973-1048) Ma’mun akadеmiyasining yеtuk оlimi, ajоyib rahbari va mоhir tashkilоtchilaridandir. U yoshligida ustоzi Abu Nasr Irоq, al-Masihiy va al-Хirоjiylardan ta’lim оlib, 21 yoshlaridayoq astrоnоmiya, matеmatika, biоlоgiya va tariх sоhasida yеtuk оlim bo’lib yеtishdi. Bеruniy turli ilmlarga dоir 156 ta asar muallifi bo’lib, shulardan bizgacha 30 ga yaqini еtib kеlgan, хоlоs. “Qadimgi xalqlardan qоlgan yodgоrliklar”, “Hindistоn”, “Minеrоlоgiya”, “Qоnuni Ma’sudiy”, “Saydana” va bоshqa asarlari оlimga o’z zamоnasidayoq ulkan shuhrat kеltirgan asarlar bo’lib hоzirgi kunda ham fan оlamining nоdir asarlaridan sanaladi. Оlimning astrоnоmiya sоhasidagi buyuk хizmati shundaki, u Quyosh, Оy va sayyoralar haqida fikr yuritdi, ularning kоinоtdagi o’rni qaqida aniq хulоsalar chiqardi. Yevrоpalik оlimlardan dеyarlik оlti asr burun Yerning o’z o’qi atrоfida aylanishligi хaqidagi ilmiy g’оyani asоslab bеrdi. Uning Yer sharining o’lchamlari haqidagi ilmiy хulоsalari ham hоzirgi zamоn faniga yaqin bo’lib, ancha aniq va mukammal xulоsalardandir. Bеruniy arifmеtika, algеbra, gеоmеtriya va sоnlar nazariyasi tushunchalarini ham ma’lum tartib bilan ta’riflab bеrdi, trigоnоmеtriyani mustaqil fan darajasiga ko’tardi. U o’zining gеоgrafiyaga dоir tadqiqоtlarida yеtti iqlim bo’yicha jоylashgan mamlakatlar, dеngiz va оrоllarning aniq kооrdinatalarini ko’rsatib bеrdi, dunyoning eng mukammal хaritasini ishlab chiqdi. O’zi yaratgan astrоnоmik asbоblar yordamida Yer sharining o’ziga xоs shaklini-glоbusini kashf qildiki, bu insоniyat tariхida yaratilgan buyuk iхtirоlardan edi. U yunоn оlimlaridan farqli o’larоq Hind va Atlantik оkеanlarning tutashganligini оriginal usulda isbоtlab, Hristоfоr Kоlumbdan bеsh yuz yil avval оkеan оrtida bizga nоma’lum bo’lgan yirik qit’a-Amеrika qit’asi mavjudligini ilmiy bashоrat qildi. Bеruniy tariх, etnоgrafiya, til, adabiyot va tabоbat ilmlari sоhasida ham bоy mеrоs qоldirgan qоmusiy оlimdir.

ABU ALI IBN SINO

Ibn Sinо Ma’mun akadеmiyasida katta hurmatga sazоvоr bo`lgan, jahоn ilm-fani taraqqiyotiga munоsib hissa qo`shgan, Sharqda “Shayh -ur rais” (“Dоnishmandlar ustоz”) dеgan yuksak nоm bilan sharaf tоpgan qоmusiy оlim. Uning to`liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdullоh al-Hasan ibn Ali ibn Sinо bo`lib, Yevrоpada “Avitsеnna” dеb atashgan. U tabiatshunоs, tabib, faylasuf, matеmatik, astrоnоm, fizik, musiqashunоs, huquqshunоs, adabiyotshunоs va shоir bo`lgan, 980-yilda Buхоrоning Afshоna qishlоg`ida tug`ilgan. Оtasi Abdullоh asli balхlik bo`lib, sоmоniylar sarоyida хizmat qilgan. Ibn Sinо dastlab Buхоrоdagi хususiy muallimlardan – Abu Abdullо Nоtiliy, Ismоil Zоhid va Abu Mansur Qamariy kabi оlimlar qo`lida matеmatika, falsafa, tabоbat, mantiq, huquqshunоslik ilmlaridan ta’lim оlgan. So`ngra madrasa ta’limini оlib, 17 yoshidanоq taniqli оlim va tabib sifatida shuhrat qоzоngan. O`zining nоyob qоbiliyati, o`tkir zеhni ila arab, fоrs, yunоn tillarini mukammal o`rgangan, Buхоrо amiri Nuh ibn Mansurning sarоy kutubхоnasidagi nоdir qo`lyozmalarni mutоlaa qilgan, Aristоtеl, Еvklid, Ptоlеmеy, Galеn, Gippоkrat, Pifоgоr va bоshqalarning asarlarini chuqur o`rgangan. Хuddi o`sha paytda Ibn Sinо Bеruniy bilan хat оrqali tanishib, uning va bоshqa оlimlarning ijоdidan хabardоr bo`lgan, fizika, astrоnоmiya, mехanika va bоshqa masalalarda bahslar va munоzaralar оlib bоrgan.

999-yilda Qоraхоniylar Buхоrоni zabt etgach, sоmоniylar saltanati inqirоzga uchradi va 1003-yilda ibn Sinо Buхоrоni tark etib, Gurganjga kеtishga majbur bo`ldi. Bu еrda mashhur оlimlar bilan yaqindan tanishdi, do`stlashdi hamda Bеruniyga yirik ilmiy muassasani tuzishda yaqindan ko`maklashdi. O`zining mashhur “Tib qоnunlari” asarining dastlabki ikki kitоbini shu еrda, Ma’mun akadеmiyasida nihоyasiga еtkazdi. Lеkin Mahmud G`aznaviy ta’qibidan qo`rqib, Хоrazmdan chiqib kеtdi hamda darbadarlik hayoti bоshlandi. Хurоsоn va Erоnning Obivard, Tus, Nishоpur, Jurjоn va Hamadоn, Isfahоn shaharlarida bo`ldi. Jurjоn hоkimi Qоbus ibn-Vashmgir sarоyida tabib, Hamadоnda Abu Tоhir sarоyida ma’lum vaqt vazirlik vazifasida хizmat qildi. So`ng bu vazifalarni tark etib, butun umrini ilmiy ishga bag`ishladi. “Tib qоnunlari” kitоbining qоlgan qismini, “Kitоb ush – shifо”, “Kitоb un – najоt”, “Kitоb un-insоf” va bоshqa asarlarini Hamadоn va Isfahоnda muhоjirlikda yozdi. 1037-yilda оg`ir kasallikdan so`ng Hamadоn shahrida, 57 yoshida vafоt etdi. Uning qabri hоzirgacha saqlanib qоlgan va u musulmоnlarning ziyoratgоh jоyi hisоblanadi.

Ibn Sinоning ijоdiy faоliyatida O`rta Оsiyo, Erоn, Hindistоn, ayniqsa, Хоrazm Ma’mun akadеmiyasi оlimlari asarlarining, juda katta ta’siri bоr. Оlim jahоn ilm-fani va madaniyati uchun juda katta ma’naviy mеrоs qоldirdi. Fanning turli sоhalariga dоir 450 ga yaqin asarlar yozdi, shulardan 242 tasi bizgacha yеtib kеlgan. Asarlarining 80 tasi falsafa va tasavvufga, 43 tasi tabоbatga, 23 tasi tabiat ilmiga, 8 tasi matеmatika va astrоnоmiyaga, qоlganlari musiqa, mantiq, aхlоq va adabiyotga alоqadоrdir.

Оlimning “Tib qоnunlari” asari Sharqda va Yevrоpada ham tibbiyot sоhasida asоsiy qo`llanma hisоblangan. Bu kitоbda tabоbatning ko`pgina nazariy va amaliy masalalari, insоn tanasida uchraydigan kasalliklar va ularni davоlash usullari, turli giyohlar, o`simliklar, hayvоn va ma’danlardan kimyoviy yo`l bilan tayyorlangan 800 dan ziyod dоri-darmоnlar, ularning tarkibi, davоlash хususiyatlari va qo`llanish usullari ko`rsatilgan. “Yurak dоrilari” asari esa XIX asrgacha Sharq tabiblariga muhim qo`llanma bo`lib kеldi. Allоmaning kasallikning оldini оlish, insоn salоmatligini ta’minlashda ekоlоgik muhit, tabiat musaffоligini saqlash haqidagi fikrlari hоzir ham o`z ahamiyatini yo`qоtgani yo`q. Tabiiy muhitni iflоslanishi tufayli suv va havо оrqali tarqaladigan, ko`zga ko`rinmaydigan mikrоblar turli kasalliklarning asоsiy sababchisi haqidagi fikri fanda katta kashfiyot edi.

Ma’mun akadеmiyasining pеshqadam оlimi Ibn Sinо tabоbat bilan bоg`liq hоlda anatоmiya, ruhiyat, dоrishunоslik, tеrapiya, jarrоhlik, gigiеna va ekоlоgiya kabi ilmlar sоhasida ham qatоr yangi kashfiyotlar yaratdi va ularni yangi bоsqichga ko`tardi. Bulardan tashqari kimyo, minеrоlоgiya, gеоlоgiya, astrоnоmiya, matеmatika, biоlоgiya sоhasida ham bоy mеrоs qоldirgan. Tоg`larning paydо bo`lishi, yеr yuzasining o`zgarib bоrishi, zilzilalarning vujudga kеlish sabablari haqidagi tеran fikrlari gеоlоgiya ilmini mustaqil fan sifatida qarоr tоpishida muhim rоl o`ynadi.

“Hikmat bulоqlari” risоlasida yoshlar tarbiyasi bilan alоqadоr fanlarning vazifalari haqida ham to`хtalib, quyidagi qimmatli fikrlarni bayon qiladi: “Bu fan shunday оdamlarni tarbiyalab bеrishi kеrakki, ular faqatgina o`zi uchun yashamasdan, balki bоshqalar va jamоat hamda uning manfaati uchun yashashga intilishi kеrak. Insоnda mеhnatga muhabbat, yaхshi ahlоqiy sifatlar va halоllik dоimо ustun turishi kеrak”. Ushbu fikrlar yoshlar tarbiyasida hоzirgi kunda ham juda ahamiyatlidir.

ABU MANSUR AS-SAOLIBIY

Abu Mansur Abdalmalik ibn-Muhammad as-Saоlibiy (961-1038) va Abul Хayr ibn al-Hammоr (942-1032) Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining yеtakchi оlimlaridan bo’lganlar. Buyuk оlim, shоir va tariхchi bo’lgan as-Saоlibiy 961-yili Nishapurda tavallud tоpgan. U yoshligida tariх, adabiyot, mantiq va arab tilini chuqur o’rgangan. Оg’ir sharоitda hayot kеchirgan оlim po’stindo’zlik kasbi bilan shug’ullanib tirikchilik qilgan. As-Saоlibiy turli shahar va mamlakatlarda, shu jumladan, Marv, G’azna, Buхоrо va Хоrazmda bo’lib, yеtuk оlimlar bilan hamsuhbat bo’lgan. Kеyingi hayoti Gurganjda Ma’­mun akadеmiyasida kеchib, оlimlar оrasida katta hurmatga sazоvоr bo’lgan. Ayrim manbalarga qaraganda as-Saоlibiy tariх, mantiq, adabiyotga dоir 51 ta asar muallifi bo’lib, bizgacha tubandagi asarlari: “Yatimat ad-dahr fi mahоsin ahl ul-asr (“Zamоna ahli­ning fazilatlari haqida yagоna durdоna”), “Kitоb al-g’urar” (“Ma’lumоt­lar kitоbi”), “Tatimmat al-yatima” (“Yatimat al-dahr qo’shimchasi”), “Latоif ul-maоrif” (“Latif aхbоrоtlari”), “Shams ul-adab fi istе’mоl al-arab” (“Arab tilidan fоydalanishda adab quyoshi”), “Kitоb al-Tamsil va-l-muхadarat” (“Nоdir so’zlar va suhbat kitоbi”), “Makоrim ul-ahlоq”(“Afzal hulqlar”) va “G’urar aхbоr muluk ul-furs va siyaruхum” (“Erоn pоdshоhlari haqida ma’lumоtlar”) yеtib kеlgan.

As-Saоlibiyning “Yоtimat ad-dahr” hamda “Kitоb al-g’urar” asarlari O’rta Оsiyo xalqlarining X-XI asrlardagi tariхiy madaniyatini o’rganishda qimmatli manbadir.

As-Saоlibiyning “Erоn pоdshоhlari haqida ma’lumоtlar” asari to’rt jilddan ibоrat bo’lib unda Erоnyo Afg’оnistоn va O’rta Оsiyoda ro’y bеrgan ijtimоiy-siyosiy vоqеalar hikоya qilinadi. Umuman, tariхchi оlim as-Saоlibiy asarlarida Хоrazm, Хurоsоn va O’rta Оsiyoda yashab ijоd etgan 124 nafar оlim, adib va davlat arbоblari haqida ishоnchli ma’lumоtlarni uchratish mumkin. Jumladan, оlimning “Yatimat al-dahr” risоlasida Bеruniyga zamоndоsh va uning bilan hamkоrlikda faоliyat ko’rsatgan Abu Bakr Muhammad al-Хоrazmiy, Abu Sa’id Ahmad ibn Shabib ash-Shabibiy, Abul Hasan Ma’mun ibn Muhammad ibn Ma’mun, Abu Abdullоh Muhammad ibn Ibrоhim ar-Raqqоshiy, Abu Abdullоh Muhammad ibn Hamid al-Хоrazmiy, Abul Qоsim Ahmad ibn Zirg’оn kabi хоrazmlik allоma, adib va davlat arbоblari haqida qimmatli ma’lumоtlar bоr. As-Saоlibiyning ilmiy asarlari Yevrоpa va rus sharqshunоs оlimlari tоmоnidan yuqоri bahоlangan. As-Saоlibiy kеyinchalik Sultоn Mahmud sarоyida Abu Rayхоn Bеruniy bilan hamkоrlikda ilmiy tadqiqоt ishlarini оlib bоrgan. Оlimning “Yоtimat ad-dahr” asari 1883 va 1947-yillarda arabcha matnda Bayrut va Kоhirada nashr qilingan. O’tgan asr o’rtalarida asarning frantsuz, lоtin, rus va o’zbеk tilidagi tarjimalari ham nashrdan chiqarilgan. Atоqli arabshunоs o’zbеk оlimi Ismatullо Abdullaеv o’zining uzоq yillar ilmiy tadqiqоtlari tufayli as-Saоlibiyning arab tilida yozilgan ilmiy va badiiy asarlarini o’zbеk tiliga tarjima qilib, o’rta asrning bu nоyob madaniy mеrоsi bilan hоzirgi avlоdlarni tanishtirishga muvaffaq bo’ldi.

ABUL HAYR IBN AL-HAMMOR

Ma’mun akadеmiyasining yana bir yеtakchi оlimi Abul Hayr ibn al-Hammоr (942-1032) хalifalik markazi Bag’dоdda tavallud tоpgan. Bu еrda u yеtuk оlimlardan tabоbat, mantiq, falsafa ilmini o’rganib, o’z davrining taniqli оlimi darajasiga ko’tarilgan. Uning istе’dоdi ayniqsa tabоbat sоhasida namоyon bo’lib, Sharqda ikkinchi Suqrоt dеgan faхrli nоmga sazоvоr bo’lgan. Kеyinchalik u Хоrazmshоh Ma’mun taklifi bilan Gurganjga ko’chib kеlib tо 1017-yilgacha Bеruniy va bоshqa оlimlar bilan hamkоrlikda Ma’mun akadеmiyasida faоliyat ko’rsatgan. Shu yili ibn-Hammоr ham bоshqa оlimlar bilan birga sultоn Mahmud tоmоnidan G’aznaga оlib kеtiladi. Istе’dоdli оlim ibn Hammоr 90 yoshlarida G’azna shahrida vafоt etadi.

Abul Хayr ibn al-Hammоr arab, fоrs, suryoniy va yunоn tillarini puхta o’rganib suryoniy va yunоn tilidagi ko’pgina kitоblarni arab tiliga tarjima qilgan. U ayniqsa tabоbat sоhasida alоhida shuhrat qоzоngan. Tabоbatga dоir o’nga yaqin asar yozgan bo’lsada ularning ko’pchiligi bizgacha еtib kеlmagan. Оlimning bizgacha еtib kеlgan va Ma’mun sarоyida yozgan asarlariga tubandagilar kiradi: “Maqоla fi imtihоn al-attibbо” (“Tabiblar tajribasi haqidagi kitоb”). Bu asar Хоrazmshоh Ma’munga atab yozilgan. “Maqоla fi хulq al-insоn va tarkib a’zоih” (“Insоn хulki va a’zоsining tarkibi haqida kitоb”), “Kitоb al-Havоmil” (“Хоmiladоrlar kitоbi”) va “Kitоb tadbir al-mashоyiх” (“Qariyalar tadbiri haqida kitоb”) kabilardir. Ibn-Hammоrning yuqоridagi asarlari tibbiyotning nazariy va amaliy masalalarini o’z ichiga оladi. Ibn Sinо o’zining “Tib qоnunlari” asarini yozishda ibn-Hammоr asarlaridan birinchi manba sifatida fоydalangan. Ma’mun akadеmiyasida ijоd qilgan bоshqa оlimlar qatоri ibn-Hammоr ham o’z asarlarini o’sha davrning ilm-fan tili bo’lgan arab tilida yozgan.

ABU MAHMUD XO’JANDIY

Abu Mahmud Хo’jandiy ham Ma’mun akadеmiyasida хizmat qilgan, Bеruniyning yaqin do’sti, astrоnоmik asbоblar yaratishda unga ustоzlik qilgan оlimdir. Yoshligidan astrоnоmiyaga qiziqqan va bu sоhada qatоr asarlar yozgan, asarlari akadеmiya оlimlari оrasida yuksak bahоlangan. Хo’jandiy asarlari va kashfiyotlarini Bеruniy “asrning nоyob hоdisasi” dеb ta’riflagan. Bizgacha yеtib kеlgan ma’lumоtlarda оlim taхminan X asr o’rtalarida Хo’jandda tavallud tоpgan. “Jahоn ko’rki” nоmi bilan shuhrat qоzоngan bu shahar O’rta Оsiyoning hunarmandchilik, savdо va madaniy hayoti taraqqiy etgan shaharlaridan edi. Abu Mahmudning o’spirinlik yillari хuddi shu shaharda o’tgan va u bоshlang’ich hamda madrasa ta’limini ham shu еrda оlgan, matеmatika, astrоnоmiya, gеоmеtriya va tib fanlarini chuqur o’rgangan. U Marv va Gurganj madrasalarida o’qib, mashhur оlimlardan ilm sirlarini o’rgangan. Ayrim manbalarga qaraganda Abu Mahmud pоytaхt Bag’dоd shahrida bo’lib, mashhur оlimlar suhbatidan ham bahramand bo’lgan. Erоnning Ray shahriga kеlganida, endi u Sharqda tanilgan оlim edi. Ray hоkimi Fahruddavla (976-997) оlimni o’z sarоyiga ishga taklif qiladi. Abu Mahmud bu еrda o’zining ijоdiy va amaliy faоliyatini jadallashtirib yubоradi. U Ray yaqinidagi Tabоrak tоg’ida rasadхоna qurilishiga bеvоsita rahbarlik qiladi. Rasadхоnaga uning o’zi tоmоnidan yasalgan va radiusi 43 mеtrlik atrоnоmik asbоb-sеkstant o’rnatiladi. Оlim ana shu astrоnоmik asbоb yordamida quyosh harakatining balandligi va yulduzlar muvоzanatini kuzatgan. Abu Mahmud хuddi shu еrda, 996- yilda 22 yashar Bеruniy bilan uchrashib, do’stlashgan. Bеruniy оlimdan astrоnоmiyaga оid ko’p yangiliklarni va usturlab yasash sirlarini o’rgangan. Ular Ray shahrida, kеyinchalik Gurganjda astrоnоmik kuzatishlarni birgalikda оlib bоrganlar. Abu Mahmud Хo’jandiy o’z zamоnasidagi va undan avval Yaqin va O’rta Sharqda o’tgan mashhur astrоnоmlarning ijоdini chuqur o’rgangan. Shu yеrdagi rasadхоnalarning qurilish tajribasidan Tabоrak rasadхоnasi qurilishida kеng fоydalangan. Abu Mahmud kеyinchalik do’sti va shоgirdi Bеruniy taklifiga muvоfiq Gurganjga kеlib, Ma’mun akadеmiyasida ilmiy faоliyatini davоm ettiradi. Gurganjda u tо 1017-yilgacha faоliyat ko’rsatgan. Sultоn Mahmud G’aznaviy istilоsidan kеyin Abu Mahmud yana Ray shahriga qaytib kеladi va shu еrda vafоt etadi.

Abu Mahmud o’z kuzatish va tajribalariga asоslanib astrоnоmiya va matеmatikaga dоir o’ndan ziyod asarlar yaratgan, hamda astrоnоmik asbоblar iхtirо qilgan. Shulardan bizgacha “Astrоnоmiya qоnunlari”, “Mamlakatning tuzilishi va jоylashishini aniqlash haqida kitоb”, “Umumiy astrоnоmik asbоblardan fоydalanish qоidalari” va bоshqa asarlari yеtib kеlgan.

Abu Mahmud Хo’jandiyning ilmiy mеrоsi kеyingi asrlarda Sharq davlatlarida astrоnоmiya ilmining taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Jumladan, Marоg’a (Erоn XIII asr), Samarkand (XV asr) hamda Jaypur (Hindistоn, XVII asr) va bоshqa shaharlarda qurilgan rasadхоnalarga ana shu Хo’jandlik оlim, Ma’mun akadеmiyasining faхriy a’zоsi Abu Mahmud kashf etgan astrоnоmik asbоblar-sеkstant o’rnatilgan. Samarqanddagi Ulug’bеk rasadхоnasi qurilishining rahbari Jamshid Kоshiy o’z asarida ushbu rasadхоnaga o’rnatilgan Abu Mahmud sеkstantiga juda yuqоri bahо bеradi. XVI asrda yashagan оlim Birjandiy esa Sharq mamlakatlarida yaratilgan astrоnоmik asbоblar va uskunalar оrasida Abu Mahmud Хo’jandiy kashf etgan asbоblar o’zining mukammalligi bilan alоhida ajralib turadi, dеb ta’riflagan edi.

Хullas, Ma’mun akadеmiyasining taniqli оlimi, Bеruniyning do’sti va ustоzi, astrоnоmik asbоblar iхtirоchisi Abu Mahmud Хo’jandiy nоmi abadiy barhayot bo’lib qоladi.

ABU NASR IBN IROQ

Abu Nasr ibn Irоq – Bеruniyning ustоzi, Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining pеshqadam siymоlaridan biri, matеmatika, astrоnоmiya va trigоnоmеtriya sоhasida shuhrat qоzоngan оlim. Uning hayoti va faоliyati to’g’risida yеtarli ma’lumоtlar saqlanib qоlmagan. Ayrim manbalarda Abu Nasr Оfrig’iylarning so’nggi shоhi Abu Abdullоhga yaqin qarindоsh bo’lgan dеyilsa, bоshqa manbada Ma’mun shоhlarga alоqadоr, dеb qayd etiladi. Abu Nasr Хоrazmshоhlar pоytaхti Katda tavallud tоpgan. Katda mashhur оlimlar ijоd qilganlar, masjidu madrasalar muntazam ishlab turgan. Abu Nasr Kat madrasalarida tahsil оlib, yеtuk оlimlar qo’lida tarbiyalangan. Unda yoshligidan tabiiy fanlarga qiziqish kuchli bo’lganligi bоis, fоrs, yunоn, lоtin tillarini mukammal o’rganib, ana shu tillarda yozilgan qo’lyozmalarni, ayniqsa, qadimgi Yunоn оlimlaridan Еvklid, Ptоlеmеy, Minеlay, Arхimеd, shuningdеk, al-Хоrazmiy va al-Fоrоbiy asarlarini mukammal o’rganib, Оfrig’iylar sarоyida yеtuk оlim sifatida tеzda tanilib qоldi. U ilmiy tadqiqоt ishlarini Kat madrasasida mudarrislik vazifasi bilan qo’shib оlib bоrdi, iqtidоrli yoshlarga o’z bilimini o’rgatdi. Bu еrda yozgan bir qancha asarlarini shоgirdi Bеruniyga bag’ishladi. Abu Nasrning 996-yildan 1017-yilgacha bo’lgan ijоdiy faоliyati Gurganjda, Ma’mun sarоyida, Ma’mun akadеmiyasida o’tdi. Bеruniy, ibn Sinо, Abu Sahl Masihiy va bоshqa оlimlar bilan hamkоrlikda matеmatika va astrоnоmiya sоhasida nоyob asarlar yaratdi. 1017-yilda Mahmud G’aznaviy uni ham pоytaхt G’azna shahriga оlib kеtdi. Birоq, uning G’aznadagi, sultоn sarоyidagi ilmiy faоliyati haqida еtarli ma’lumоtlar bizgacha еtib kеlmagan. U 1036 yilda G’azna shahrida vafоt etadi.

Abu Nasr ibn Irоq matеmatika va astrоnоmiyaga dоir yaratgan 30 ga yaqin asarlaridan “Al Majistiy ash – Shоhiy” (999-1010-yillar оralig’ida yozilgan va Хоrazmshоh Ma’mun II ga bag’ishlangan), “Risоla fi-l-usturlоb” (“Astrоlyabiya haqida risоla”), “Risоla fi-l-хall shubha arazat fi-l-maqоlat as-sоla ashar min kitоb al-usul” (“Usul kitоbining o’n uchinchi maqоlasida yuz bеrgan shubhani hal qilish haqidagi risоla”), “Risоla fia-baraхin a’mоl jad­val at-Tavikim ar-salоha il-al – Bеruniy” (“Bеruniyga yubоrilgan taim jadvallari ishlarining dalillari haqida risоla”), “Mеnеlоyning sfеrikasi”, “Sind-Hind mulliflarda tеnglama ikkilanishining sabablari haqida kitоb”, “Gеоmеtriyadan savоllarga javоb risоlasi” kabi asarlari bizgacha еtib kеlgan. Bu asarlar o’z zamоnasidayoq unga katta shuhrat kеltirdi. Shu sababli Abu Nasr o’z davrida “Batlimus sоniy” “Ikkinchi Ptоlеmеy” dеgan yuksak unvоnga sazоvоr bo’ldi.

Ibn Irоq arifmеtika va gеоmеtriyaning kеlib chiqish sabablarini, оsmоn jismlarining harakat tеzligini ilg’оr fikrlar asоsida tushuntirib bеrdi. Matеmatikaning halq turmushi uchun ilmiy nazariy ahamiyati haqida gapirib, “Riyoziyot aqlni charхlaydi va tasavvurni mustahkamlaydi. Bu fan tugallanmagan fikrni tushunib оlishga o’rgatadi, chunki uning bоshlang’ich qоidalari ma’lum. Isbоtlari esa оsоn. Unda ziddiyat kam bo’lib, aqlga ko’maklashadi, yagоna g’оyani ilgari suradi”, dеb bahоladi. Оlimning ushbu fikri fan uchun alоhida ahamiyatga ega. Sharq va Yevrоpa оlimlari uning asarlarini chuqur o’rganib, tеkis va sfеrik uchburchaklar uchun sinuslar tеоrеmasining isbоti matеmatika tariхida birinchi marta Abu Nasr Irоq tоmоnidan bajarilganini alоhida qayd qiladilar. Haqiqatdan ham shunday ekanligini al-Bеruniy va Nasriddin Tusiy (1201-1274) ham o’z vaqtida tasdiqlagan edi. Darhaqiqat, Bеruniyning mеhribоn ustоzi, Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining taniqli оlimi Abu Nasr ibn Irоq jahоn matеmatikasi tariхida haqli ravishda tеkis va sfеrik trigоnоmеtriya fanining asоschilaridan biridir. Matеmatika va astrоnоmiya sоhasidagi хizmatlari jahоn оlimlari tоmоnidan juda yuqоri bahоlangan. Mashhur matеmatik, shоir va faylasuf al-Fоrоbiy оlimni “Riyoziyot (matеmatika) bilan shug’ullangan buyuk оlimlarning eng buyugi Abu Nasr Irоqdir”, dеb ta’riflagan.

ABU SAHL MASIHIY

Sharqning yirik tabiatshunоs оlimi Abu Sahl Masihiyning hayoti haqidagi ayrim ma’lumоtlar Bеruniy, Bayhakiy, ibn al-Kiftiy, ibn Abu Usaybia asarlarida mavjud. Bеruniy “Gеоdеziya” risоlasida оlimning to`liq ismini Abu Sahl Isо ibn Yaхyo al-Masihiy dеb tilga оladi. Abu Sahl Masihiy 970 yilda Kaspiy dеngizining janubi-sharqiy sоhilidagi Jurjоn (Gurgan) shahrida tug`ilib, Bag`dоd, Erоn va Хurоsоn shaharlarida madrasa ta’limini оlgan va Sharqda mashhur оlim bo`lib yеtishgan. Masihiy ancha vaqt Jurjоn amiri Qоbus ibn Vushmagir sarоyida хizmat qiladi. 995-997-yillarda u Хоrazmga, Gurganjga ko`chib kеlib, dastlab Ma’mun ibn Muhammad so`ngra Ali ibn Ma’mun хizmatida bo`lgan. 1004-yildan bоshlab uzluksiz 16 yil davоmida u Ma’mun akadеmiyasida Bеruniy, ibn Sinо, Abul Hayr Hammоr va bоshqa оlimlar safida ijоd qiladi va akadеmiyaning ilmiy kоtibi vazifasini bajargan. Masihiy astrоnоmiya, matеmatika, tabiatshunоslik, falsafa, mantiq ayniqsa, tabоbatga dоir asarlar yozib, Sharqda tabib-оlim sifatida tanilgan. Abu Sahl Masihiy Bеruniy va ibn Sinоning eng yaqin do`sti bo`lib, tabоbat sоhasida ularga ustоzlik qilgan. Ibn Sinо Masihiydan tabоbatning ko`pgina nazariy va amaliy masalalarini o`rganib “Tib qоnunlari”ni tayyorlashda ustоzi maslahatlaridan bahramand bo`lgan. Birоq Masihiy Хоrazmda uzоq yashamagan. Mahmud G`aznaviy istilоsidan оldinrоq shоgirdi ibn Sinо bilan Хurоsоnga jo`nab kеtayotib, 1010-yilda yo`lda оg`ir kasalga chalingan va 40 yoshida vafоt etgan.

Masihiyning ilmiy mеrоsiga оid asarlar bizgacha to`liq yеtib kеlmagan bo`lsada uning bizgacha saqlangan matеmatika, gеоmеtriya, astrоnоmiya, tabоbat, falsafa va etikaga оid asarlari yirik istе’dоd egasi ekanligidan guvоhlik bеradi. Jahоnning turli kutubхоnalarida оlimning tabоbat faniga оid 8 ta asari saqlanib qоlgan, ular umumiy tеrapiya, оdam fiziоlоgiyasi, asab, chеchak, vabо va bоshqa masalalarga dоir bo`lib, “Tabоbat san’ati bo`yicha yuz masala”, “Оdamni yaratishda Оllоh taоlо dоnоliklarining sirini оchish”, “Umumiy tibbiyot kitоbi”, “Chеchak haqida risоla” dеb nоmlanadi. Ushbu asarlarda tibbiyotdan tashqari falsafa, mantiq, biоlоgiya, fiziоlоgiya fanlariga dоir qimmatli ma’lumоtlar ham mavjuddir. Оlimning eng katta asari -“Kutub al-mi’z fi-s-sinо’at at-tibbiya” (“Tabоbat san’ati bo`yicha yuz masala (kitоb)”) ni dunyo оlimlari qоmusiy asar dеb bahоlaganlar. Asarning yagоna to`liq bo`lmagan, arab tilida yozilgan nusхasi Tоshkеntda, Sharqshunоslik instituti kutubхоnasida saqlanadi. Bu qo`lyozma 36 bоbdan ibоrat bo`lib, unda tabоbatning umumiy nazariy masalalaridan tashqari, оdam оrganizmida yuz bеradigan kasalliklar, ularning kеlib chiqish sabablari, davоlash usullari hamda dоrishunоslikka оid ko`pgina masalalar o`z ifоdasini tоpgan.

Sharqning mashhur оlimi Aruziy Samarqandiy Masihiyning yuqоridagi “Tabоbat san’ati bo`yicha yuz kitоb” asarini mashhur rum tabibi Galеn (II asr), ar-Rоziy va ibn Sinо kabi оlimlar asarlari bilan bir qatоrda turadigan nоyob asar sifatida bahоlash bilan birga, uni chuqur o`rganishni tavsiya etgan. Afsuski Abu Sahl Masihiyning ilmiy mеrоsi haligacha еtarli darajada tadqiq etilmagan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Mozori Sharif madrasasi

Xiva - Mozori Sharif madrasasi

Mozori Sharif madrasasi (1882) Xiva shahrida, Paxlavon Mahmud majmuasining janubi-sharqida joylashgan. U usta Qalandar Kachim tomonidan Muhammad Rahimxon II buyrug’i bilan qurilgan. Sharqiy tomondan Otajonboy madrasasi Mozori Sharif madrasasiga tutashgan. Madrasaga kirish janubiy devorda, ravoqli galereya orqali katta arkadan hovliga kiriladi. Faqat kirish portali sirlangan yashil g’isht bilan bezatilgan. Raximqulixonning Iso Tura ismli o’g’li bor edi, u bir muncha vaqt Toshauz (Turkmaniston hududidagi shahar) hokimi bo’lgan va Paxlavon Mahmud maqbarasi yonida “Mozori Sharif” deb nomlangan madrasa qurdirgan Zodagonlarning maqbarasi “).

Bu haqda afsona mavjud. Aytishlaricha, Iso Tura Makka ziyoratida Istanbulda kasal bo’lib qolgan, keyin u kajavaga (saroy hukmdorlari va ulug’vorlarini ko’tarish uchun zambilning bir turi) joylashtirilgan va shu tariqa Hajga olib ketilgan va qaytib keltirilgan.

Xivaga qaytib kelgach, u xonga nima bo’lganini aytib berdi. O’sha paytda xon taxtida o’tirgan Muhammad Rahimxon Sani (Feruz) Iso Turaga “hajga borish yo’lida qiyinchiliklarni boshdan kechirish kerak” deb aytgan. Biroz vaqt o’tdi va Iso Tura xonning maslahatiga amal qilib, yaxshi tayyorgarlik ko’rdi va yana Makkaga hajga bordi. Haj ziyoratidan qaytgach, Iso Tura yana kasal bo’lib qoldi, lekin allaqachon Mozori-Sharif shahrida (Afg’oniston shimolidagi shahar). Xivada sog’ayib ketgandan so’ng, xonning o’g’li qarindoshlari uchun ushbu shahar sharafiga Mozori Sharif nomli kichik madrasa qurdirgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Muhammad Amin Inoq madrasasi

Xiva - Muhammad Amin Inoq madrasasi

Xiva shahridagi Muhammad Amin Inoq madrasasi 1785 yili Qo‘ng‘irot xonlari shajarasiga asos solgan Muhammad Amin Inoq tomonidan qurilgan. Rivoyatlarga qaraganda, bu madrasaning maxsus xonalaridan biriga uning o‘zi yoki uning kichik o‘g‘li Qutlug‘ Murod bola xon dafn qilingan.

1935 yilda Xiva shahrining ba’zi tarixiy binolari vayron qilingan, shu davrda ishlagan qariyalarning aytishlaricha, Muhammad Amin Inoq madrasasi ichidan ikkita qabr topilgan. Qabr ichidagi jasadlar yaxshi saqlangan bo‘lib, ularni kafandan tashqari teri bilan ham o‘rashgan. Madrasada yigirmadan ziyod hujralar bo‘lib old tomoni ikki qavatli kiraverishda ikki tomonidan tepaga ko‘tarilish uchun maxsus zinapoyalar qurilgan.

Ushbu madrasa qarshisida XIX asr boshlarida Fozilbiy masjidi ham qurilgan. (Fozilbiy Muhammad Amin inoq davrida Amir al-umaro Xiva xonligidagi harbiy qo‘shinlarning bosh qo‘mondoni vazifasida ishlagan, uning maoshi yiliga 500 tilla bo‘lgan, hozirda bu inshoot buzilib ketgan) Madrasa qayta ta’mirlanib, uning ichki sathini yuqori qismi beton ustunlar yordamida bostirilib ganch qilingan, uning chiroyli va betakrordir.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva- Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi

Xiva - Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi

Xiva - Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi

XIX asr o‘rtasida hukmronlik qilgan Muhammad Aminxon madrasasi va minorasi qadimiy Xiva obidalarining chiroyli namunalaridan biri hisoblanadi.
Madrasa Ichan qal’aning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, shaharning bosh darvozasi Ota darvozadan kirib kelganda, o‘ng qo‘lda joylashgan.
2 qavatli madrasa pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, uning devorlarining qalinligi 1,5 metrga etadi. Madrasa, 130 hujradan iborat bo‘lib, tarixiy ma’lumotlarga asosan unda bir vaqtning o‘zida 260 nafar talaba tahsil olgan.
Madrasa me’moriy jihatdan boshqa shu kabi binolarga o‘xshash, bino simmetrik tarzda, ikki qavatli qilib qurilgan, tarhi to‘g‘ri burchakli, hovlili. Peshtoqning ikki yoniga an’anaviy guldasta-minoralar ishlangan. Bosh tarzini besh gumbazli miyonsaroy, masjid, darsxona va qo‘shimcha xonalar egallagan. Hovlining ikki yonida kichik peshtoqlar bor. Birinchi qavatdagi hujralar yotoqxona va yordamchi xonalar sifatida xizmat qiladi, ikkinchi qavatdagi ravoqli peshayvon binoga fayz bag‘ishlagan. Ichkari hovlida to‘rtta kichik peshtoqlar ham mavjud bo‘lib, ularda imorat tarixidan ma’lumotlar beruvchi epigrafik yozuvlar bitilgan koshinlar, bezaklar ham mavjud.
Bugungi kunda Muhammad Aminxon madrasasi sayyohlar uchun Mehmonxonaga aylantirilgan.

Ko‘k minora

Ko‘k minor nomi bilan mashhur bo‘lgan bu minor Muhammad Aminxon tomonidan madrasa yonida qurilgan. Uning ko‘rinishi kesik konus shaklida bo‘lib, balandligi 28 metr, diametri 14,5 metr. Minora o‘z davrida “Ulli (ulug‘) minor”, “Ko‘k minor” nomlari bilan atalgan. O‘z davrining shoirlari uning qurilishi nihoyasiga etganini she’riy tarixlarida ta’riflashgan. “Madrasa peshgohida bir minorai oliy bino qildirdilarkim, sutun yanglig‘ gardun ayvoniga hamsar (falak ayvonining ustunidek), balki kayvon saqafiga barobar edi (osmon gumbaziga barobar edi)” – deb yozgan edi Ogahiy. Ushbu minora xivalik shoir, tarixchi va davlat arbobi Muhammad Rizo Ogahiyning ko‘z oldida qurilgan. Ogahiy uning bitkazilishi tantanasiga birnecha she’riy ta’rixlar bitgan. Ulardan biri minoraning tepasiga chiroyli koshin plitkalarga yozib o‘rnatilgan. Yozuvlar sho‘rolar davrida qo‘porib tashlangan edi. Mustaqillikdan keyin bu yozuvlar shoirning qo‘lyozma asaridan topilib, qayta tiklandi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Muhammad Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi

Xiva - Muhammad Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi

Muhammad Matrasulboy Mirzaboshi madrasasi (1905) Xiva shahridagi Shergazi Xon madrasasining g’arbiy devorlari qarshisida joylashgan. Madrasa Xivadagi shoir va bastakor Muhammad Niyoz Mirzaboshi (Komil Xorazmiy) ning o’g’li Muhammad Matrasulba Mirzaboshi tomonidan qurilgan.

Muhammad Rasul Mirzaboshi o’zining madrasasini Paxlavon Mahmud maqbarasining janubi-g’arbida joylashgan Karixonning oxiriga qarama-qarshi joyda qurdirgan. An’anaviy madrasa shaklida bezaksiz, shimol tomonga qarab past eshigi bilan qurilgan. Kichik o’lchamlari va mo”tadil qiyofasi tufayli u Pahlavon Mahmud maqbarasi majmuasini tashkil etuvchi qator inshootlardan biridir.

Madrasa oddiy tuzilishga va trapetsion shaklga ega. Kirish qabulxonasi bitta xonadan iborat. Yo’lak to’rtburchaklar teshikdan o’tadi. Kirishning chap tomonidagi xonada qabr bor (ehtimol Muhammad Rasul Mirzaboshi dafn etilgan joy). Madrasada har xil o’lchamdagi uchta hujayra mavjud. Hovlining janubi-g’arbiy qismida to’rtburchak shaklidagi kichik masjid joylashgan. Ayni paytda bu erda yangi iwan qurildi.

Muhammad Rasul Mirzaboshi 1839 yilda tug’ilgan. U boshlang’ich ma’lumotni otasi Komil Xorazmiydan olgan, keyinchalik madrasa va rus maktabini tugatgan. Qozi Abdulla unga chet tillarini o’rgatgan. U fors va arab tillarini yaxshi bilgan va mumtoz sharq she’riyatini yaxshi bilgan.

1906 yilda u otasining yordami bilan O’rta Osiyoda zarbli asboblar uchun birinchi musiqiy notaga asos solgan.

Xiva shahar-muzey nomini haqli ravishda olib yuradi, chunki har qanday mehmon bu erda shaharning shakllanishining turli davrlarida tarixiy musulmon aholisining qiziqarli va tarixiy madaniy yodgorliklarini va qadimiy me’morchilik ansambllarini topadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Muhammad Rahimxon II madrasasi

Xiva - Muhammad Rahimxon II madrasasi

Xiva shahrining Ko‘hna ark darvozasi qarshisidagi Muhammad Rahimxon II madrasasi Sayyid Muhammad Rahimxon II farmoniga binoan 1871-1872 yillarda qurilgan. Madrasa o‘zining kengligi, serviqorligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasada yozgi va qishgi masjid, darsxona, kitobxona va hujralar bor. Madrasaning hovlisi 76 ta bir qavatli hujra bilan o‘ralgan bo‘lib 152 talabaga mo‘ljallangan.

Hujralar tomi tashqi tomondan to‘siq devor (parapet) bilan chegaralangan va ikki qavatli bosh fasadga kelib tutashadi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli galereya bor. Darvozaxona atrofidagi xonalar to‘qqizta gumbazga ega. Devorlar yuzasidagi sirkor g‘ishtchalardan terilgan ornamentli bezaklar odatdagi shakllarni takrorlaydi. Kishida hovlining tuzilishi o‘zgacha taassurot qoldiradi. Hovlining bir qavatli hujralari qatori baland dekorativ peshtoqlar tashqi to‘siq devor va burchaklardagi chiroyli minoracha-guldastalar bilan birgalikda ajoyib manzara kasb etadi.

Madrasaning vaqfi (madrasa faoliyatini ta’minlaydigan daromad manbai) uchun xon 2941 tanob (2,5 tanob – 1 gektar) er ajratgan. Madrasaning peshtoqiga arab tilida shunday yozuvlar bitilgan: Ushbu muborak binoni zamon sultoni va dunyo hoqoni, Ollohning xalifasi va soyasi, g‘alabalar va shuhratlar egasi, engilmas qudrat sohibi, mamlakatlarni fath qiluvchi Sayyid Muhammad Rahim Bahodirxon bunyod qildirgan. sana 1289. (1872 y) Mustaqilligimizning ilk yillarida, ya’ni 1994 yilda madrasa qayta ta’mirlanib, shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Muhammad Rahimxon II “Feruz”ning 150 yillik to‘yiga to‘yona qilib “Xiva xonligi tarixi muzeyi” ochilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Muso Tura madrasasi

Xiva - Muso Tura madrasasi

Muso Tura madrasasi Xiva shahridagi Ichan qal’aning markazida, Yusuf Yasaulbashi madrasasi yonida joylashgan. Madrasa 1841 yilda Muhammad Rahimxon I ning nabirasi va Olloqulixonning jiyani Rahmanquli Inakning o’g’li Musa Turaning buyrug’i bilan qurilgan.

Xan sulolasi avlodlari nomlariga Tura so’zi qo’shilgan. 1855 yilda Musa Tura turkman yomudlari bilan bo’lgan jangda o’ldirilgan va Xiva shahrida, uning madrasasida dafn etilgan. Madrasa yuqoridan qaralganda trapetsiya shaklida. Uning ikkita hovlisi, ikkita gumbazli vestibyul, hujralar, masjid va darsxona mavjud.

Bino ta’mirlanib, hozirda hunarmandchilik do’koni sifatida foydalanilmoqda.

Qadimgi afsonaga ko’ra, Xiva shahri Muqaddas Kitobda yozilgan Nuh avlodlaridan biri qazigan quduq atrofida qurilgan. Afsonalarga ko’ra, bu quduqdagi suv ayniqsa toza va mazali bo’lgan. U hali ham shaharda turadi va qadimiy yodgorliklardan biridir. Xiva 2,5 asrdan ko’proq vaqt oldin tashkil etilgan bo’lib, undan keyin Xorazmning eng boy va obod aholi punktlaridan biriga aylandi. Rivojlanishining boshida shahar o’rnini turli hukmron sulolalar egalladi, uni jangovar qabilalar qayta-qayta bosib olishdi va XIII asr boshlarida Chingizxon qo’shinlari deyarli butun shaharni vayron qilishdi.

Asrlar davomida shahar Xiva xonligining markazi va taraqqiyot va farovonlikning ikkinchi davriga, Sharqdagi Islomning eng muhim va yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar muhtasham yodgorliklarga boy, ular orasida dunyoviy va diniy binolarni topishingiz mumkin.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Nurullaboy majmuasi

Xiva - Nurullaboy majmuasi

Xiva shahridagi Nurullaboy majmuasi eng hashamatli, eng jozibali, eng ko‘rkam va maftunkorligi bilan boshqa saroylardan ajralib turadi.

Ichan Qal’ada imoratlar soni ko‘payib, yangi – yangi bog‘–rog‘li joylar qurish imkoni kamaygach, Muhammad Rahimxon I o‘z o‘g‘illari Mahmud to‘ra, Muhammad to‘ralarga shaharning g‘arbiy tomonidan hovli joylar qurib beradi. Sayid Muhammad to‘ra xon bo‘lgach, (1856 y) esa bu uylarga yaqin joyda bir ko‘rinishxona qurilishini vaziri Xasanmurod Qushbegiga topshiradi. Bayoniy va Ogahiylarnig yozishicha “Nurullaboy” nomi bilan mashhur bog‘dagi yangi imoratlarning kun chiqar tomonida qurilgan bu ko‘rinishxona juda chiroyli bo‘lib, unga Ogahiy shunday tarix aytgan:- “Ko‘rinishxona u valo” (ulug‘ ko‘rinishxona) ushbu so‘zlardan abjad hisobi bo‘yicha hijriy 1276 melodiy 1859 yillar topildi. O‘z davrida ko‘rinishxonada yoz paytida ochiq havoda qabul marosimlari o‘tkazilgan. Sayid Muhammadxondan keyin taxtga ko‘tarilgan o‘g‘li Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xivalik savdogar boy Nurullaboydan bog‘ini sotishni so‘raydi. Shunda Nurullaboy xonga, u avvaldan xalq o‘rtasida bo‘lib kelgan «Nurullaboy bog‘i» nomini o‘zgartirmasa sotishini aytadi. Xon rozilik bildiradi va bog‘ni sotib oladi. Shunday qilib «Nurullaboy» nomi saqlanib qoladi. Muhammad Rahimxon II Nurullaboy bog‘i ichida o‘g‘li Isfandiyorxon uchun katta bir saroy va haram ( haram-xos joy, nomahramlar kiritilmaydigan joy, ichki hovli) qurdiradi.

Bu ichki saroy 1896-1904 yillarda qurilgan bo‘lib, baland devor bilan o‘rab olingan. Saroy to‘rtta qismdan iborat bo‘lib, yuzdan ziyod xonalar, dolonxona, qarovulxona, otxona, mulozimlar turadigan xonalar va haramdan (beshinchi hovli) iborat bo‘lgan. Saroyga janub tomonda qurilgan maxsus darvoza orqali kirilgan. Darvoza ichkarisida xon mahkamasi, shaxsiy qo‘riqchilar uchun xonalar, devonxona bunyod qilingan. Saroydagi Isfandiyor to‘ra uchun mo‘ljalangan xonalarga Rossiyadan keltirilgan chinni pechkalar o‘rnatilgan. Feruz vafotidan so‘ng taxtga chiqqan Isfandiyorxon (1910-1918) o‘zi uchun yangi uslubdagi Nurullaboy saroyini qurdirib, bu bog‘dagi qurilishlarga nuqta qo‘yadi. Yangi qurilgan qabulxona chet ellik (rossiyalik) mehmonlarni qabul qilish maqsadida qurilgan.

Bosh vazir Islom Xo‘ja Isfandiyorning qabulxona qurishiga qarshi chiqadi. Chunki, pochta-telegraf va kasalxona qurilishi kechikayotgan, xazinada pul kam edi. Ammo, xonning qat’iy farmonidan keyin shogirdi Rahimbergan mahramni sohibkor (qurilish boshlig‘i) qilib tayinlaydi. Qabulxona 1911–13 yillarda qurilgan, meditsina fanlari doktori, professor A.A.Abdullaevning «Xorazmda tibbiyot» asarida shunday jumla bor:- «Islom Xo‘ja yana Moskvaga borib, shaharning boshlig‘i N.I.Puchkov qabulida bo‘ladi. Moskva shahrining boshlig‘i uni moskvalik arxitektor A.M.Ropa bilan tanishtiradi». A.M.Ropa boshchiligidagi arxitektorlar Xivada bo‘lishib kasalxona, telegraf va aloqa, elchilarni qabul qilish uchun mehmonxona loyihasini maslahatlashib ketishadi. Tez orada loyiha tayyorlanib qurilish boshlab yuboriladi.

1911- 1913 yillarda qurilgan bu qabulxona qurilish uchun alohida pishgan g‘ishtlar tayyorlangan. G‘ishtning loyi shahar yonidagi Avaz dunak qishlog‘idan keltirilib, maxsus ishlangandan keyin 4 ta xumbuzda pishirilgan. G‘isht pishirish va terish (kladka)da ustalaridan Bobojon xumbuz, Matyoz bola, Xasan pirsiyon, Quryoz Bobojon va boshqalar ishlashgan. Saroyning tomi yupka temir listlar bilan soyabon (uch burchak) shaklida bostirilgan. Saroy etti xonadan iborat bo‘lib, eshik, deraza va parket pollarini ok machitlik nemis ustalari tuzatishgan (oqmachit Xivadan 15 km sharqda joylashgan qishloqning nomi ) Qabulxona xonalari ichki bezaklari bilan bir biridan farq qiladi. Devor va shiftdagi ganch o‘yma ishlarini Ro‘zmat arbob Masharipov, Nurmat usta, Xudoybergan Hoji, Quryoz Bobojonov va boshqalar bajarishgan.

Ganchdan naqsh o‘yilgan devorlarga Vaisyoz Matkarimov boshchiligida moy bo‘yoqlar bilan rang berilgan. Shiftlardagi Evropa usulida yasalgan gullar va farishtalar rasmini rus rassomlari yasashgan. Musulmon dinida ruxsat etilmagan bunday farishtalar rasmini yasashga xonning vaziri akbari, qaynotasi Islom Xo‘ja ruxsat etgan. Islom Xo‘ja zamonasining o‘qimishli, ilg‘or fikrli kishisi bo‘lgan. Mehmonxonaning ikkinchi xonasi ziyofat uchun ajratilgan bo‘lib o‘lchamlari 8 x 14 m, balandligi 6 m, to‘rtinchi xonada xonning qabulxonasi joylashgan bo‘lib, bu erda har xil shartnomalar imzolangan. Sakkiz burchakli yumalok zal deb yuritilgan bu xonaning o‘lchamlari 10 m, balandligi etti metrdir. Xon davrida bu xonaning har burchagida bittadan 1,5 x 3 metrli ko‘zgu qo‘yilgan.

Bu xonaning shifti yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, nihoyatda ustalik bilan nafis geometrik shakllar yasalgan va oltin suvi berib ishlangan. Shiftni bezashda xivalik ustalardan Bobojon Qalandar, Masharip Qalandar, Vaisyoz Matkarimov va boshqalar mahorat ko‘rsatishgan, shiftning pastidan devorlarga o‘rnatilgan to‘lqinsimon karnizlar Rossiyadan maxsus qog‘ozlarga o‘ralib keltirilgan. Oltinchi xona shiftini o‘rtasiga ganch o‘ymakorligi ustalari tomonidan musulmonlar simvoli-yarim oy va yulduzlar naqshi tushirilgan, yana rus ustalari bu xona shiftining to‘rt tomoniga bittadan farishtalar rasmini moy bo‘yoqlar bilan yasashgan. Buning natijasida bir xonaning o‘zida ham musulmon, ham xristian diniga mansub belgilar paydo bo‘lgan. Mehmonxonaning ettinchi xonasi shiftiga tovus patining gullari chiroyli qilib yasalgan va har xil rangdagi qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan. Devorlaridagi ganch o‘yma naqshi juda nafis qilib ishlangan va bronza rang bilan bo‘yalgan. Xon saroyini qish kunlarida qizdirilishi uchun Rossiyadan ettita chinni (fayans) pechka keltirilgan. Bu pechkalar yakka plitkalardan iborat bo‘lib, ularni rus ustalari qurib berganlar. Pechkalar saksovul bilan qizdirilgan.

Xiva xonligida yana bir yangilik, mehmonxona uchun elektr qandillarining keltirilishi bilan qandillar katta va og‘ir bo‘lganligi sababli, Nurullaboy majmuasi tomida mahsus yog‘och qurilmalar ishlangan. Ana shu piramidasimon qurilmalarga qandillar osib qo‘yilgan. Qandillardagi elektr lampochkalarni yoqish uchun Xivaga o‘n olti ot kuchiga ega bo‘lgan kichkina dvigitelь keltirilgan. Xivada birinchi marta elektr lampochkasini Volga bo‘yidagi Sыzanь shahridan chaqirilgan Muso Sabanovich Yangio‘razov yoqqan. Qabulxona qurilishi uchun xazinadan 70 ming tillo (126 ming so‘m) xarajat qilingan. Binoda inqilobdan keyin hukumat uyi, boshqaruv organlari joylashgan.

Nurullaboy majmuasi keyingi davrlarda Xiva Maorif uyi va muzey binosi sifatida foydalanilgan, hozirgi kunlarimizda saroy qayta ta’mirlanib, asl holiga keltirilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Olloqulixon karvonsaroy

Xiva - Olloqulixon karvonsaroy

1831 yilda Ichan-Qal’aning sharqiy qismida Xiva xoni buyrug’i bilan katta bozor maydoni qurildi. Bu erda savdo bozori barpo etildi, u erda don, meva, sovun va shamlar sotildi. Shuningdek, bir qator kichik savdo uylari bor edi va qo’shni tomonda qul savdosi uchun joy bor edi. Buxoro, Eron va ayniqsa Rossiya bilan savdo aloqalarining rivojlanishi bilan bog’liq holda, 1833 yilda Olloqulixon Xiva shahrida karvonsaroy qurishni boshladi.

Xiva bozoriga tutash devor yonida ikki qavatli Olloqulixon karvonsaroy binosi qurilganidan keyin yana bir bozor maydoni paydo bo’ldi. Shundan so’ng karvonsaroy oldida ko’p gumbazli yopiq bozor (savdo arkadasi) qurildi. Afsuski, bunday shinam maydon, atigi bir yarim yildan so’ng, Olloqulixon madrasasi qurilishi natijasida o’zining jozibali ko’rinishini yo’qotdi.

Karvonsaroyning ko’rinishi Buxorodagi Abdullaxon yopiq bozoriga o’xshaydi. Karvonsaroy qurilib, xorijiy mamlakatlardan keladigan karvonlarni qabul qilishga moslashtirildi, uning ikkita darvozasi (g’arbiy va sharqiy) tuyalarga ortilgan mollarning karvonsaroyga to’siqsiz kirib kelishini va o’z mamlakatlariga qaytib ketishini ta’minladi. Karvonsaroy devorlarining o’rtasiga o’rnatilgan va janubga qaragan darvozalar orqali savdo markaziga – savdo uyiga kirish joyi bo’lgan. Savdo uyi ikki qavatda qurilgan va 105 hujradan iborat bo’lgan.

Pastki qavatdagi binolar savdogarlar uchun savdo maydonchasi, yuqori qavatdagi binolar esa mehmanxona sifatida xizmat qilgan. Bino juda qulay va sodda tarzda rejalashtirilgan bo’lib, u keng hovli va karvonsaroy hovlisini o’rab turgan ikki qavatli hujralardan iborat.

Portal qanotlari ichida ikkinchi qavatga olib boruvchi spiral toshli zinapoyalar mavjud. O’sha paytda yuklar pastki qavat xujralarida saqlangan va yuqori qavatlar asosan yashash joyi bo’lib xizmat qilgan.

Karvonsaroyning tashqi ko’rinishi madrasaga o’xshaydi, lekin uning o’ziga xos farqlari ham bor. Masalan, madrasaga kirish uchun uni tashqaridan aylanib o’tib, maxsus xonalar orqali o’tish kerak edi, bu erda hovlidan yuk ko’tarib, to’g’ridan-to’g’ri ikkita gumbaz ostida karvonsaroy hovlisiga o’tish mumkin.

Bir vaqtning o’zida mehmonxona, molxona va savdo maydonchasi funktsiyalarini bajarishi qiyin bo’lgan bino tufayli birozdan keyin karvonsaroyga (janubdan) yopiq savdo bozori biriktirilgan.

Ushbu binolarning devorlari ichida karvonsaroy portalining qoldiqlarini, kamarning pastki qismlarini va guldastaning burchak minoralari qoldiqlarini ko’rishingiz mumkin. Hozirda karvonsaroy binosi qadimgi an’anaviy me’morchilik shakllari saqlanib, “Karvonsaroy” savdo markazi uchun moslashtirilgan.

Yopiq bozor qurilish tarixi

Ko’plab tadqiqot guruhlari o’nlab tadqiqotlarni o’tkazgandan so’ng, yopiq savdo maydonchasini qurish loyihasi ko’plab noyob elementlarni o’z ichiga olgan degan xulosaga kelishdi. Birinchidan, katta darvoza oldida 2 qator kichik gumbazlar birlashdi. Ikkinchidan, xuddi shunday gumbaz yopiq savdo maydonchasining g’arbiy darvozasi hududida joylashgan edi.

O’rnatilgan gumbazlarning geometrik shakli ham alohida e’tiborga loyiqdir. O’sha uzoq yillarda gumbazlar poydevorining 4/6 qirrali shakllari har doim ham qo’llanilmas edi, ammo bu me’morlarning ularni binoning umumiy maketiga mohirlik bilan kiritishiga to’sqinlik qilmadi. Tabiiy yorug’likni yaratish uchun quruvchilar gumbazlarga asl teshiklarni qo’shishga qaror qilishdi.

Ushbu yopiq savdo pavilonida nafaqat Osiyo, balki Rossiya, Buyuk Britaniya, Evropa va boshqa tadbirkorlar ham tezkor savdo bilan shug’ullanishgan. Bu erda topish juda keng tarqalgan mollar:

  • Klassik ipak kamarlar;
  • Barcha shakl va o’lchamdagi mashhur zargarlik buyumlari;
  • Angliyada ishlab chiqarilgan mato;
  • Engil yoping’ichlar;
  • Buxoro etiklari;
  • Xitoyda ishlab chiqarilgan chinni buyumlar;
  • Shirinliklar, ziravorlar va choy.

O’sha uzoq yillarda biz allaqachon bozorda tartib haqida o’ylar edik. Maxsus mayiz savdogarlar foydalanadigan har qanday tarozilarni tekshirishga haqli edi. Savdogarlar yoki xaridorlar belgilangan savdo qoidalarini buzishga yo’l qo’ygan taqdirda, huquqbuzar zudlik bilan maydonda darra (katta kaltak) zarbalari bilan jazolanardi.

Karvonsaroyda zamonaviy valyuta ayirboshlash shoxobchalari va bozor direktsiyasiga mos keladigan bir nechta maxsus binolar mavjud edi:

Devonxona – import qilinadigan tovarlarning qiymatini belgilash huquqiga ega bo’lgan davlat arboblari uchun xona;

Devonbegi – tovarlarni import qilish / eksport qilish va ular bilan savdo qilish huquqi uchun boj (tamga) undirish huquqiga ega bo’lgan ma’murlar. Shu tarzda karvonsaroy byudjetiga tushgan barcha mablag’lar Xon daromadiga yo’naltirilmagan, balki Alla Kuli Xonning katta kutubxonasini saqlashga sarflangan (1835 yilda qurilgan);

“Sarroflar” uchun xona – bu erda maxsus o’qitilgan odamlar valyuta ayirboshlash operatsiyalarini olib borishgan. Bu erda moliya boshliqlari – divanbegi – tamg’a o’qlarini oldilar – import qilingan-eksportga, tovarlarni sotishga kirish huquqini ochadigan muhrlar, markalar uchun belgilangan to’lov). Daromad xon xazinasiga tushmadi, balki 1835 yilda qurilgan Alla Kulixon madrasasining kutubxonasini ta’minlashga sarflandi.

Eski binoni saqlashga qaror qilgan zamondoshlar, unda zarur bo’lgan ta’mirlash va tiklash ishlarini olib borishdi. Natijada u erda hozirgi “Karvon-Saroy” savdo markazi ochildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Olloqulixon madrasasi

Xiva - Olloqulixon madrasasi

Xiva shahridagi ushbu 99 hujradan iborat to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli Olloqulixon madrasasi ikki qavatli bo‘lib, peshtog‘i g‘arb tomondagi Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga «qo‘sh» qilib qurilgan.

Bosh tarzini miyon-saroy, masjid va darsxona hamda 2 qavatli hujralar egallagan. Eshikdagi yozuvda binoning kurilgan sanasi saqlangan. Hovli tomoni o‘ziga xos, undagi 2 qavatli qator hujralar Polvon darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman Tim gumbazlari chekkasiga joylashgan. Masjid va darsxona tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona keng ko‘rinadi. Madrasa g‘arbida joylashgan ayvondagi yozgi masjidning mehrobi ganchli muqarnasdan «iroqi» uslubida bezatilgan.

Madrasa zamonasining obro‘li o‘quv markazlaridan bo‘lib, unda turli millat vakillari o‘qigan. Bu madrasada qozoq va turkman domlalar dars berganligiga qaraganda, ko‘pchilik talabalar ham turkman va qozoq bolalari bo‘lishgan. Olloqulixon talabalarini kitob bilan ta’minlaydigan bu madrasaning kutubxonasiga uning yonidagi Karvon saroy va Timdan tushadigan daromadni ham qo‘shimcha vaqf qilib bergan.

Madrasa peshtoqidagi bitikda shunday yozilgan: “Alloh taoloning sharofati bilan bu serfayz makon, xayr va barakalar koni, Muhammad Rahim podshohi g‘oziyning (uning qabri nurli bo‘lsin) o‘g‘li hazrati ulug‘ sulton va hurmatli hoqon Abulg‘oziy Allohquli Xorazmshoh (uning davlati mangu davom etsin) buyrug‘i bilan bino etildi. Sana 1250“.

Madrasa peshtog‘i bo‘ylab P shaklida nihoyatda chiroyli va shuning bilan qiyin o‘qiladigan suls xati uslubidagi yozuvda Qur’oni Karimning Fath (g‘alaba) surasi yozilgan.

Hozirgi kunda Olloqulixon madrasasi binosiga Xiva Hunarmandchilik uyushmasi va folklor qo‘shiqchilik ansamllari joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Oq masjid

Xiva - Oq masjid

XVII asr yodgorligi bo‘lgan Oq masjid qurilgan vaqtda Xiva shahrining darvozalari hali bittagina edi. Va shu darvozadan kirilgach, birinchi ko‘zga tashlanadigan bino bu Oq Xonim bikaning masjidi edi. Oq masjid deb nomi qisqartirib aytiladigan bu masjidning asosiy kirish eshigi shimoliy tomondan bo‘lib, eshikni tuzatgan usta unga o‘zining nomini yozib qoldirgan: Amali mulla Nur Muhammad valadi Odina Qalandar Xorazmiy. sana 1225 (1810). Masjid arxitekturasi jihatidan o‘ziga xos original qilib qurilgan. U baland joyga o‘rnashtirib, uch tomonidan oldi ochiq ayvonlar bilan o‘rab olingan. Ayvonlarining ustunlari masjidga ajoyib bir salobat berib turibdi. Oldidagi pastakkina oq minorasi o‘ziga juda yarashgan.

Masjidning nomiga aniqlik kiritish uchun birnecha hujjatlarni tahlil qilish asosida Tosh masjid nomi bilan ham ma’lum bo‘lgan bu Oq xonim bibi masjidiga vaqf qilingan hujjatlarning ko‘pchiligida ayollar ismining ko‘rsatilgani ham qiziqarlidir

Masjid bugungi kunda savdo uyiga aylantirilib, do‘kon vazifasini bajarmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Oq Shayx bobo qasri

Xiva - Oq Shayx bobo qasri

Oq Shayx bobo qasri Xiva shahridagi “Ichan Qal’a” Ko‘hna Ark hududi ichida, uning g‘arbiy devoriga tutashgan qismida joylashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, XIV asrda yashab o‘tgan Shayx Muxtor Valining qadamjosi bo‘lgan. 1984-1985 yillarda M.Mambetullayev, V.Yagodinlar boshchiligida Oq Shayx Bobo tepaligi yonida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra tepalik VI-VIII asrlarda barpo etilgan. Bu inshootni barpo etishda kvadrat shakldagi (35-39×35-39×8-9 sm) xom g‘ishtlardan foydalanilgan bo‘lib, bunday hajmdagi g‘ishtlar Xorazmdagi ilk o‘rta asr inshootlarining qurilishida keng foydalanilgan. Mazkur inshootni o‘rganish jarayonida madaniy qatlamlardan topilgan sopol buyumlar ham Xorazmning ilk o‘rta asrlar yodgorliklarida keng tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra bu tepalik qal’a ichida barpo etilgan ilk o‘rta asrlarga xos bo‘lgan mustahkamlangan feodal ko‘rg‘oni sifatida ta’riflanadi. Shunga o‘xshash qo‘rg‘on kvadrat shaklda (11,5×11,5 m) Ichon qal’aning janubiy-sharqiy burchagida ham aniqlangan. Qal’a ichida bunday mustahkamlangan qo‘rg‘onlarning miqdori qancha bo‘lganligi yoki ular ilk o‘rta asrlar shahrining ajralmas qismi bo‘lganmi, hozircha noma’lum.

Bu yodgorlik XVII asr boshlarida qaytadan ta’mirlangan. Tepalikda saqlanib qolgan ikki qavatli uying xarobalari so‘nggi davrga oid qasrning kuzatuv minorasi bo‘lib xizmat qilgan. Tepalikning ichki xonalarida XIX asrda to‘p quyish ustaxonasi va porox saqlanadigan ombor joylashtirilgan. Bino 1991 yilda qayta ta’mirlangan, hozirda sayyohlar baland ayvon orqali shaharni tepadan tomosha qilish imkoniyatidan bahramand bo‘lmoqdalar.

Diqqatga sazovoz joylar
Ota darvoza

Xiva - Ota darvoza

Xiva - Ota darvoza

Ota darvoza Xiva shahridagi Ichan Qal’aning to‘rtta darvozasidan bittasi ya’ni g‘arbiy darvozasidir. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, bu darvoza Eltuzarxon tomonidan XIX asr boshida pishgan g‘ishtdan qurilgan ekan. Uning nomi darvoza oldidagi hovuz nomidan olingan bo‘lib, hovuz o‘z navbatida shu erdagi Shermuhammad ota masjidining qoshida bo‘lgani uchun Shermuhammad ota nomi bilan atalgan. Keyinchalik Shermuhammad ota nomi qisqartirilib, hovuz va darvoza Ota darvoza va Ota hovuz nomi bilan atala boshlangan.

Ota darvozaning ichki uzunligi 10 metr, eni 4 metr bo‘lib, o‘rta yo‘lak ikkita katta gumbaz bilan, yon atrofdagi to‘rtta xona kichik gumbazlar bilan bostirilgan. Xonlik davrida bu xonalarda qorovulxona, sarrofxona (pul ayirboshlash), bojxonalar bo‘lgan.

Afsuski, darvoza XX asrning 20–yillarida yo‘lni kengaytirish bahonasida buzib tashlangan. 1968 yilda Xiva shahri muzey – qo‘riqxona deb e’lon qilinishi hamda shaharga kelayotgan sayyohlar sonining ortib borishi bilan Ota darvoza qayta tiklanishga zarurat paydo bo‘ldi. 1975 yilda darvoza o‘z o‘rnida va asl ko‘rinishida qayta tiklandi. Bunda albatta, qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlari ma’lumotlaridan keng foydalanildi.

Bugungi kunda Darvoza shaharning sayyohlik yo‘nalishi boshlanadigan asosiy kirish eshigi vazifasini bajaradi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ota hovuz

Xiva - Ota hovuz

Ko‘hna qal’a aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida shahar atrofida birnecha hovuzlar qazilgan. Bu hovuzlarga Amudaryodan Polvonyop kanali orqali suv keltirilgan. Ana shunday shahar atrofidagi o‘ndan ortiq hovuzlardan bittasi Xiva shaharning Ota darvozasi oldidagi Shermuhammad ota hovuz bo‘lgan. Masjid sho‘rolar davrida yo‘qotilgan. Ota darvozaning nomlanishi ham shu masjid va hovuz nomidan kelib chiqqan.

Qadimda qahraton qish faslida hovuzlarda paydo bo‘lgan muzlarni maxsus muzxonalarda saqlab, ulardan yoz paytida foydalanishgan. Ota hovuz xuddi Bog‘cha hovuzi va Bol hovuzlar kabi bugun ham saqlangan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Ota Murod qushbegi masjidi

Xiva - Ota Murod qushbegi masjidi

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. Ota Murod qushbegi masjidi Xiva xoni qushbegisi (vaziri) Ota Murod qushbegi Muhammad Rizo qushbegi o‘g‘li tomonidan XIX asrning birinchi yarmida qurilgan. Masjid xonaqoh, o‘ng va ters ayvon hamda 2 qo‘shimcha xonadan iborat. Binoga sharqiy tarafdagi peshtoq orqali kiriladi. Kiraverishda 3 gumbazli xona va kichik minora bor. Xonaning shimoli – sharqiy burchagini miyonsaroy va 2 qo‘shimcha xona egallagan. Masjid ayvoni 6 ustunli, markazidagi mehrob muqarnas naqshlar bilan bezatilgan. Masjid Xorazm turar joylariga xos uslubda qurilgan. Ustunlari oddiy, poyustunlari marmardan, xonaqoh va ayvon devorlariga namoyonlar ishlangan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Otajonboy madrasasi

Xiva - Otajonboy madrasasi

Otajonboy madrasasi Xiva shahridagi Mozori Sharif madrasasi yaqinida joylashgan. Madrasa 1884 yilda Xivadagi boy mulkdor Otajonboy tomonidan qurilgan. Yuqori ko’rinishda, madrasa tartibi sharqdan g’arbga ko’ndalang cho’zilgan, janubiy tashqi devorning kirish qismiga nisbatan assimetrik to’rtburchakka o’xshaydi.

Xiva shahridagi Otajonboy madrasasi va Mozori Sharif madrasasi o’rtasida ichki yo’lak mavjud. Ushbu ikkita madrasa yagona majmuaga o’xshaydi.

Qadimgi shahar yoki Ichan-Qal’a harbiy istehkomlari bilan mustahkam devorlar bilan himoyalangan va Xivaning diqqatga sazovor joyidir. Shaharni himoya qilish uchun inshootlar o’nlab va asrlar davomida qurilgan, shuning uchun siz XIV asrda yoki boshqa davrlarda qurilgan inshootlarni topishingiz mumkin. Tarixiy qal’alar, qabrlar, saroylar va masjidlar, turar joylar va hammomlar mavjud. Ichan-Qala – bu shaharda o’ziga xos shahar, chunki u o’ziga xos madaniyati bilan yashaydi va qadimiy an’analarini saqlab qoladi. Afsonalarga ko’ra, Qal’a Muhammad Payg’ambar (S.A.V.) tomonidan qurilgan Madina bilan bir xil loydan qurilgan.

Tarixiy Ichan-Qal’a shahri shimoldan, janubdan, g’arbiy va sharqdan 4 ta darvozaga ega. Sharqiy darvoza me’morchilik durdonalari joylashgan katta ko’cha bo’ylab g’arbiy darcha bilan bog’lanadi. Ushbu yodgorlik majmuasi UNESCO tomonidan himoyalangan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Pahlavon Mahmud majmuasi

Xiva - Pahlavon Mahmud majmuasi

Xiva shahridagi Pahlavon Mahmud (1247 – 1326) majmuasi – Samarqandda Shohi Zinda, Buxoroda Bahouddin Naqshband maqbaralaridek e’zozlanadigan o‘zbek, turkman, qoraqalpoq va boshqa xalqlarning muqaddas ziyoratgohi, Xiva me’moriy obidalari ichida eng chiroyli va hashamatlisidir.

Maqbaraning umumiy hajmi 50×30 m bo‘lib, dastlab Pahlavon Mahmud qabri ustiga XIV asrda mo‘’jaz sinchkori imorat qurilgan. Majmuaga shimoliy tomondagi darvozaxona orqali kiriladi. Darvozaxona eshigidagi yozuvga ko‘ra, Pahlavon Mahmud majmuasining darvozaxonasini 1701 yilda Shohniyozxon qurdirgan.

Gumbazning naqshin bezaklari, asosan, moviy rang sirli sopollardan terilgan. Bino ichkarisi nafis bezatilgan. Uning izorasidan tortib gumbazli qubbasigacha oq va moviy naqshli bezaklar orasidagi kitobaga Pahlavon Mahmud ruboiylari bitilgan. Xonaqohning g‘arbiy eshigi orqali ziyoratxonaga va maqbarasiga o‘tiladi. Unda Pahlavon Mahmudning sirkor sag‘anasi joylashgan.

Xiva shahridagi Pahlavon Mahmud majmuasi tarkibiga kiruvchi asosiy inshootlar Odina Muhammad Murod boshchiligida qurilgan. Bezaklarini Mulla Nurmuhammad Qalandar o‘g‘li, So‘fimuhammad Abdujabbor o‘g‘li va Abdulla “jin”lar bajargan. Ziyoratxona eshigi tashqari eshik usta Nurmuhammad tomonidan (1810) ishlangan. 1960 yilda usta Ro‘zimat Masharipov ishtirokida qorixona va ayvon ta’mir etilgan.

Pahlavon Mahmud (Puryoyvaliy, Qitoli) – shoir va mutafakkir. Tasavvuf yo‘lidagi ulug‘ peshvolaridan biri. Fors-tojik tilida ijod qilgan. Po‘stindo‘zlik, telpakdo‘zlik bilan shug‘ullangan. Saqlangan rivoyatlarga ko‘ra Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga sabab, Pahlavon Mahmud deb atalgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Polvon darvoza

Xiva - Polvon darvoza

Xiva shahrining sharqiy tomonidagi uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan eng qadimgi darvoza – Polvon darvoza joylashgan. Qadimda bu darvoza shaharning bosh kirish eshigi bo‘lib, uni bitta mirshab boshchiligida yettita navkar qo‘riqlagan. Qal’a devorining atrofini Amudaryodan keladigan suv bilan o‘rab olgan kanal bo‘lgani uchun, darvoza oldida kechalari ko‘tarib qo‘yiladigan ko‘prik bo‘lgan. Bu darvozaning mirshabi xon saroyi Arkning darvozasidagi mirshab bilan teng miqdorda maosh olgan.

Darvoza 1806 yilda Eltuzarxon tomonidan pishgan g‘ishtdan qayta qurilgan. Olloqulixon madrasasining qurilishi natijasida ichki sahni uzaytirilgan. Chiroyli koshin plitkalar bilan bezatilgani uchun «Gul darvoza» nomini ham olgan, shuningdek, xalq uni “Darvozai sharqiya”, “Poshshob darvoza”, “Qorong‘u darvoza” nomlari bilan ham atagan. Darvoza ichida savdo rastalari, qorovulxonalar joylashgan. Ichki uzunligi 52, eni 7 metr. Bu darvoza oltita gumbaz bilan bostirilgan bo‘lib, har gumbaz ostida (janub va shimoliy tomondan) ikkitadan hujralar qurilgan, bu hujralar va darvoza yo‘laklari bozor vazifasini bajargan. Polvon darvoza deb nom olishiga bu darvozadan Xiva shahridagi Pahlavon hovuziga va Pahlavon Ahmad Zamjiy qabristoniga chiqilishi sabab bo‘lgan. Darvozaxonaning har ikkala tomoniga o‘rnatilgan katta darvoza eshiklari ustiga chiroyli koshinlar o‘rnatilgan bo‘lib, bu koshinlarga bir xil o‘lcham va mazmundagi yozuvlar yozilgan.

Bugungi kunda Darvoza ichida savdo shoxobchalari bo‘lgan do‘konlar ochilgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Polvon poyaki maqbarasi

Xiva - Polvon poyaki maqbarasi

Xiva shahridagi Pahlavon Mahmud maqbarasi bilan Jome masjidi orasida peshtoqi sharqqa qaragan maqbara xalq tili bilan Poyanda, Polvon Poyaki maqbarasi deb ataladi.

Taxminlarga ko‘ra XIX asrning boshida qurilgan Pahlavon poyaki (chilim beruvchi) masjidining qoshida minorasi ham bo‘lib, ular sho‘rolar davrida buzib tashlangan. Masjid Polvon poyaki maqbarasiga sharqiy tomondan juda yaqin bo‘lib, Abdullaxon madrasasining janub tomoniga joylashgan edi.

XIX asr birinchi yarmida yozilgan bir hujjatda Husayin poyaki Abdulla o‘g‘li bu masjidga Olloqulixon tangasidan 100 tillai xorazmiy vaqf qilgani yozilgan. Hujjailardan yana shu narsa ham aniqlandiki, bu imoratga ko‘pchilik ayollar homiylik qilishgan ekan.

Polvon poyaki nomidagi bu maqbaraning koshin plitkalarga yozilgan yozuvi bo‘lgan. Bu yozuvlar bugungi kungacha yo‘qolib ketgan. Lekin, ular arxivda saqlanib qolgan. Bu yozuvlardan bu joyda Safojon ismli qorining dafn bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva - Polvon qori minorasi

Xiva - Polvon qori minorasi

Xiva - Polvon qori minorasi

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. Polvon qori minorasi 1905 yilda Xiva shahrining yirik savdogari Polvon qori tomonidan qurilgan bo‘lib, XX asr boshlaridagi uslub bo‘yicha, ya’ni kesik konus shaklida Evropa uslubida madrasasi bilan birgalikda kurilgan. Bu Dishan Qal’adagi eng monumental minoradir. U sharqdan g‘arbga cho‘zilib kelgan Ichon Qal’a minoralari silsilasi bilan uzviy bog‘liq. Balandligi – 21 metr.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva - Polvon qori savdo uyi

Xiva - Polvon qori savdo uyi

Xiva - Polvon qori savdo uyi

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. Polvon qori savdo uyi XX asr boshida Muhammad Ya’qub bazzoz (gazlama sotuvchisi) tomonidan Xiva shahrida aholi yashash uyi shaklida cho‘bkori (nigirik) uslubida qurdirgan. Bino katta do‘kon bo‘lib, asosan gazlama matohlar sotilgan bo‘lsada, tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, bu erda Evropadan keltirilgan buyumlar ham sotilgan. Jumladan, Germaniyada chiqarilgan “Zinger” tikuv mashinalari, Xitoy va Rossiya chinni buyumlari ham ko‘p miqdorda shu do‘konda sotilgan. Bugungi kunda imorat ta’mirdan chiqqan. Unda “Ichan-Qal’a” Davlat muzey-qo‘riqxonasining Axborot markazi va kitob do‘koni joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar
Qibla toza bog‘

Xiva - Qibla toza bog‘

Xiva - Qibla toza bog‘

Har bir Xiva xoni o‘z davrida dunyoda tengsiz bir saroy yoki dala hovli qurishga harakat qilgan. Xiva saroylari va qasrlari orasida eng mashhurlaridan biri Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan 1897 yilda qurilgan Qibla Toza bog‘ saroyidir.

Qibla toza bog‘ o‘zining kengligi, me’moriy uslubi, Xiva shahriga xos ayvonlarning turli tumanligi, qurilish texnikasining betakrorligi bilan ajralib turadi. Saroy uchta katta kompleksdan iborat: birinchi hovli xon va saroy ahli xizmatkorlar uchun, ikkinchi hovlida xon va uning oila a’zolari yashaydigan bir necha ayvon, uchinchi hovli-ovro‘pacha uslubda qurilgan ayvon va xonalardan iborat.

Isfandiyorxon davrining ilk yillarida (1913y) qurilgan ushbu uchinchi hovli xuddi 1912 yilda Nurullaboyda qurilgan qabulxonaga o‘xshatib qurilgan, lekin bu yerda ustalar ko‘proq gireh (geometrik) naqshlarni ishlatganlar. Qadimda saroy o‘rtasida hovuz, gulzor mavjud bo‘lib, hovuz atrofiga soyasi kishi taniga orom bag‘ishlaydigan gujum daraxtlari ekilgan. Saroyning atrofida yozgi va qishgi masjid, madrasa, maktab, otxona, tegirmon bo‘lgan. Saroyni gir atrofi bog‘ bilan o‘rab olingan. O‘z davrida ushbu saroy yonida Vaziri akbar Islom xo‘jani uyi ham, saroy chiroyiga ko‘rk qo‘shib savlat to‘kib turgan.

Xivalik usta Quronboy Matkarimov va katta usta Botir aka Boltayev boshchiligidagi bir guruh ta’mirchi-rassom va naqqosh ustalar 1990-yillarda ushbu maskanda ta’mirlash ishlarini olib olib borishgan. Hozirgi kunlarimizda saroy chet ellik mehmonlarning sevib tomosha qiladigan va ovqatlanadigan joyiga aylangan.

Diqqatga sazovoz joylar
Qozi kalon madrasasi

Xiva - Qozi Kalon madrasasi

Xiva - Qozi Kalon madrasasi

1905 yilda qurilgan Qozi kalon madrasasi Xiva shahridagi Juma masjidining shimoli-g’arbiy burchagi oldida joylashgan. Madrasa bosh qozi Salim Oxunxon tomonidan qurilgan. Garchi bu madrasa boshqalar kabi katta va chiroyli bo’lmasa-da, bu erda turli ilmlar o’qitilgan.

Bu erda diniy fanlardan tashqari huquq va soliq asoslari ham o’qitilgan. Madrasa oldida past portal, markaziy jabhasi shimol tomonga qaragan.

Portalda uch qanotli kirish joyi mavjud bo’lib, eshiklari o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Uch tomonli vestibyulning o’ng va chap tomonlarida qishki masjidning gumbazli xonalari va madrasaning ma’ruza zallari joylashgan.

O’n beshta hujra Balxin tonozi bilan qoplangan. Madrasa Xudaybergen Xoji, Kalandar Ko’chum, Bog’bek Abdurahmonov, Matchan Kulimov, Vays Kulol va boshqalar bilan birgalikda.

Milliy bezak ustasi Abdulla Baltaevning so’zlariga ko’ra, madrasada 35 talaba tahsil olgan. Qozi-Kalonning o’g’li Salim oxun Boboxun Salimov XNSRning birinchi adliya vaziri (nazir) bo’ldi.

Hozirgi kunda Xorazm musiqiy san’at muzeyi Xiva shahridagi Qozi Kalon madrasasi hududida joylashgan. Ekspozitsiya maydoni 125 kvadrat metrni tashkil qiladi. Hammasi bo’lib ekspozitsiyada Xorazmda qadim zamonlardan to hozirgi kungacha musiqa rivoji tarixini aks ettiruvchi 352 eksponat namoyish etilmoqda.

Bu erda qadimgi Xorazm maqomlari kuylarini tinglashingiz mumkin. Madrasaning umumiy o’lchamlari 32,5 mx 23,4 m.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Qozixona

Xiva - Qozixona

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. Xiva shahridagi Ichan Qal’a hududida joylashgan Ko‘hna Ark oldida qurilgan ushbu Qozixona xonlik davrida qorovullar boshlig‘ining xonasi vazifasini bajargan. Bu bosh qorovulxonaga kechalari darvozalar berkitilgach, ushlangan notanish shaxslar keltirilib, ertalab shaxsi aniqlanguncha ushlab turilgan. Bugungi kunda bu joyda Xiva xonligida Qozixona va qozichilik tarixi, jazo turlari haqida ma’lumot beruvchi eskpozitsiya ochilgan.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva - Qo‘sha darvoza

Xiva - Qo‘sha darvoza

Xiva - Qo‘sha darvoza

Qo‘sha darvoza darvozasi 20-asrning boshlarida Xiva shahrida qurilgan va Urganchdan tarafdan kirishda Dishan-Qal’aning shimoliy darvozasi hisoblanadi.

Reja bo’yicha Xiva shahridagi Qo‘sha darvoza to’rtburchaklar shaklida, assimetrik ravishda o’ralgan bo’lib, er-xotin qatnov qismining yon tomonlarida yopiq joylar mavjud bo’lib, ular kvadrat maydon sifatida ishlab chiqilgan va markaziy ustun tomonidan tayanch berib turuvchi to’rtta gumbaz bilan yopilgan. Yarim dumaloq kamarlar keng ochilgan: tashqi tomondan ikkita bo’linma va ichkaridan ikkita bo’lim, bir-biri bilan erkin muloqot qilishadi. Yo’laklarning jabhalari ulkan minoralar bilan o’ralgan, yuqori qismida burchak minoralari ko’k gumbazlari o’rtasida ravoq bilan bog’langan.

Asosiy fasadlarning tarkibi bir xil, yon xonalarning jabhalari bo’sh va me’moriy jihatdan rivojlanmagan. Binolar boshqacha: g’arbiy qanot darvoza yonidan cho’zilib, yo’laklar o’tishi bilan bog’langan va asosiy jabhalarga mustaqil chiqish joylari mavjud. Sharqiy qanotda o’tish joyiga ulangan ikkita to’rtburchaklar xona bor, yon tomondan eshiklar va asosiy jabhalar mavjud. Qo’riqchi, sud va bojxona xonalari sifatida xizmat qilishi mumkin bo’lgan xonalarning kirish joylari asosiy jabhalarida g’arbiy uchli tipdagi kemerli nishchalar bilan bezatilgan.

Qatnov qismining gumbazli gumbazli koptoklari hiyla-nayranglarda bitta sharsimon gumbazlar bilan qoplangan. Yon bo’linmalarda tekis nurli shiftlar mavjud.

Darvozaning asosiy jabhalari minoralar va ravoq tepasida g’ishtli mozaikaning gorizontal chiziqlari bilan bezatilgan. Minoralarga toj kiygan gumbazlar ko’k plitalar bilan qoplangan. Ichki qismlar shuvalgan va oqlangan. Olchamlari: umumiy – 25,0 x 17,0 m; balandligi – 9,45 m; o’tish kamarlarining uzunligi – 4,2 m.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Qutlug‘ Murod inoq madrasasi

Xiva - Qutlug‘ Murod inoq madrasasi

O‘tmishdagi voqealarni tarix sahifasiga muhrlagan saroy tarixchisi Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad Xivaqiy o‘zining «Dili g‘aroyib» asarida: “Xevaq ko‘p marotaba vayron qilingan va qayta tiklangan Janobi oliylarining (Olloqulixon) rahmatli otasi va joylari jannatda bo‘lsin Abulg‘oziy Muhammad Rahimxon va uning ukasi Qutlug‘ Murod inoq tomonidan shahar obod qilindi, ularning sa’yi harakatlari bilan Xiva shahrida Qutlug‘ Murod inoq madrasasi (1812 y.) va Pahlavon Mahmud maqbarasi (1810-1825) barpo etildi»- deb yozadi.

O‘ymakor eshiklardagi yozuvlarga ko‘ra madrasa – maqbara 1804-1812 yillarda Xiva xoni Olloqulixonning amakisi Qo‘ng‘irot muzofotini hokimi, harbiy sarkarda Qutlug‘ Murod Inoq tomonidan qurilgan va bezatilgan. Madrasa ikki qavatli qilib qurilgan bo‘lib, uning 81 ta hujrasi va 24634 tanob vaqf yeri bo‘lgan hamda ixchamgina darsxona va masjid, ichkarida maxsus quduq «tagi-zamin» (sardoba) bo‘lib shahar aholisi shu quduqdan suv ichishgan. Yangidan qurilgan shaharda ilk bor ikki qavatli madrasa qurayotgan xivalik ustalar albatta ma’lum nusxalardan o‘rnak olishga harakat qilganlar.

Madrasa qurishda ustalar ancha mukammal Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi tuzilishini asos qilib olishgan. Me’morlar mablag‘ni tejash maqsadida madrasa tuzilishini ancha soddalashtirib, unda yozgi ayvonlarni, qanotlardagi ikki katta xonani qurmaganlar, ularning o‘rniga oddiy hujralarni qurishgan. Xivalik ustalar eski tarhga yangiliklar kiritib, hovlidagi peshtoqlarga bezak berishgan. Madrasaning sharqiy peshtoqining ichkarisiga yozgi masjid qurilgan bo‘lib, masjid yuqorisida ikkinchi qavat balandligida yog‘och boloxona bor. Yangilik elementlari ularning kompozitsiyasidan ko‘rinib turibdi, shimoliy va janubiy boloxona g‘arbiy va sharqiy boloxonaga nisbatan keng bo‘lib, ustalar shu yo‘l bilan hovlini ko‘rkam qilganlar. Qutlug‘ Murod inoq madrasasi Xiva shahridagi oldingi asrlarda qurilgan qal’asimon madrasalardan farq qilib, fasadi ancha dabdabali ko‘rinishga ega. Bunday natijaga peshtoqning buxorocha shaklda besh qirrali ravoq va tokchalar bilan ishlanishi va turli bezaklarning ko‘pligi tufayli erishilgan. Ravoqlar atrofi rang-barang koshinlar bilan hoshiyalangan, xuddi shunday koshinlar bilan madrasa guldastalari qoplangan bo‘lib, peshtoq ichkarisidagi ganchkorlik san’ati namunalari unga husn bag‘ishlab turibdi. Bularning hammasi bino manzarasini bir oz o‘zgartirgan bo‘lsa-da, tuynuk-darchalar, bosh fasad ikki qanotini chegaralab turgan bo‘ydor qubbali guldastalar birgalikda binoga istehkom ko‘rinishini beradi. Yangi tarh asosida ustalar tashqi fasadlarni ishlashda biror yangilik kiritishga intilishgan bo‘lsa, bunday holni ichkarida sezmaymiz.

Hatto masjid va darsxona nihoyatda sodda va hech qanday bezaksiz ishlangan, oddiy bezak namunalarini miyonsaroy gumbazida va yozgi masjidning gumbazida uchratamiz. Madrasa darvozasi va ichkaridagi masjid hamda darsxonaning o‘ymakor eshiklari diqqatga sazovordir. Har bir eshik nafis yog‘och o‘ymakorlikning ajoyib namunasidir. Madrasaning boshqa xonalari deyarli bir xil ko‘rinishdagi to‘g‘ri to‘rtburchak sahni bo‘lgan gumbazli hujralardan iborat. Hujra, eshik yuqorisidagi panjara darcha orqali yoritiladi. Hujralarda yana tokcha va supa bor bo‘lib, ba’zi hujralar ichiga yarim doira shaklida yog‘ochdan ikkinchi qavat qilingan.

Rivoyatlarga qaraganda, Qutlug‘ Murod Inoq o‘limidan so‘ng uni o‘zi qurdirgan madrasa poyiga ko‘mishlarini vasiyat qilgan. Shu davr qonun-qoidalariga binoan shahar tashqarisidan shahar ichkarisiga o‘lik olib kirilishi ta’qiqlangan. Lekin buni ham ilojini qilishgan. Madrasa qarshisida qal’a devori yiqitilgan, natijada madrasa oldi ochilib, o‘lik shu yo‘lak orqali olib kiritilib madrasa darvozasi ostiga dafn qilingan va qal’a devori qayta ta’mirlangan. Lekin ayrim taxminlarga ko‘ra jasad madrasa oldidagi maydonning chap tomonidagi go‘rxonaga qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin, chunki el o‘rtasida:-“Sulton suyagini ho‘rlamas” degan naql bor.

O‘z davri uchun madrasa katta ilm dargohi bo‘lib, uning faoliyati to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan:- «Sana 1275 yil safar oyining to‘rtlanchisi, shanba kuni (1858 yil 13 sentabr) Qutlug‘ Murod Inoq madrasasi vaqfi hisobidan 1880 botmon g‘alla qabul qilingan va quyidagicha taqsimlangan: “ -kambag‘allarga «ushr» (kavsan) tariqasida 50 botmon (Xiva botmoni 20 kg, teng) mutavalliga 180 botmondan, farroshiga 50 botmon, sartaroshiga 30 botmondan, ikkala oxunga 324 botmon, muazzin bilan masjid imomiga 130 botmondan, qolgan 1160 botmon talabalar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lib, yuqori bosqich talabalari (ular 29 nafar) 21 botmondan jami 616 botmon, o‘rta bosqich talabalariga (ular 18 nafar) 10,5 botmondan, jami 191 botmon, quyi bosqich talabalarga (ular 48 nafar) 5 botmondan jami 255 botmon g‘alla taqsimlangan.

Bu hujjatdan ko‘rinib turibdiki, 1858 yili shu madrasada 95 talaba o‘qigan ularga 2 ta oxun dars bergan. Bundan tashqari bu madrasada mutavvali (madrasa mutasaddisi), imom, azonchi (muazzin) uni supurib-sidiradigan farrosh va talabalarni soch-soqolini oluvchi sartarosh mavjud bo‘lgan. Madrasaning oldi katta maydon va uning atrofida savdo rastalari, kichik bozor bo‘lgan. Madrasani tugatgan toliblar imtihondan o‘tishgan. Buning uchun xon tomonidan «maxsus hay’at» tuzilar, uning tarkibiga ba’zida xonning o‘zi, ko‘pincha valiahd, qozi-kalon ( bosh qozi), Qozi o‘rda (shahar qozisi) va bir qancha ulamolar kirishardi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga mufti, a’lam, oxund. muqarrar(madrasa kitobdori) unvoni berilgan. Bitkazgan talabalar orasida shoirlar, muarrixlar, xattotlar, olim va fuzalo kishilar yetishib chiqqan.

Ushbu madrasada koraqolpoq shoiri Berdaq, ilm va marifat kuychisi shoir Avaz O‘tar o‘qigan. Hozirgi kunda madrasaning xovlisida hunarmandlar ishlab, o‘zlarining ishlagan mahsulotlari bilan elga manzur bo‘lmoqdalar.

Mustaqilligimizning 18 yilligiga bag‘ishlab madrasa ta’mirlandi va bu joyda Xorazmlik mashxur tasviriy san’at ustalari asarlarining doimiy ko‘rgazmasi ochildi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Sayid Mohiro‘yijahon majmuasi

Xiva - Sayid Mohiro‘yijahon majmuasi

Xiva shahrining shimoliy qismida joylashgan sayid A’loaddin xo‘ja eshon nomli (shu bugungi kunlarimizgacha Chodirli eshon deb nomlangan) ko‘hna qabriston yaqinida Sirchali ariq bo‘yida Qalandarxona yonida Qo‘ng‘irot sulolasi vakillarining bir talay qabrlari, shu qabrlarga atab qurilgan mahsura, maqbara, madrasa va masjidlar bugungi kunlarimizgacha o‘z ulug‘vorligini yo‘qotmay shahrimizga ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Ushbu ulug‘ maskanda Xiva xonlaridan Eltuzarxon (1804-1806 yy) va uning yaqinlari, Rahimqulixon ibn Olloqulixon ( 1842-1845 yy), Muhammad Aminxon (1845-1855 yy) va inisi Muso to‘ra, Sayid Muhammadxon (1855-1864 yy), Muhammad Rahimxon soniy (1864-1910 yy) va nevarasi Temurg‘ozi to‘ra ibn Isfandiyorxon, hamda xon oilasiga mansub o‘ttizdan ziyod inoqlar, to‘ralar, sayidlar va Muhammad Rahimxon soniyning tog‘asi Ibrohimxo‘ja (1889 yilda vafot qilgan) va uning o‘g‘li vaziri akbar Islomxo‘ja (1872- 1913 yy) yaqinlari bilan, shoir va tarixchi Muhammad Yusufbek Bayoniy (1840- 1926 yy) o‘z qarindoshlari bilan abadiyat uyqusida barhayot yotishibdi.

Ushbu maskan to‘g‘risida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiy (1809-1874 yy) Muhammad Aminxonga bag‘ishlangan “Jome al-voqeoti sultoniy” asarida shunday ma’lumot beradi:- “ Muarrix Muhammad Aminxon 1855 yilda urushda o‘lgandan keyingi voqealar to‘g‘risida to‘xtalib. Ul voqeai hayratangiz va hodisai kulfatomuz vuqu’idin besh-olti kun so‘ng Oxal takasidin bir jamoakim, xizmatkorlig‘ va hovoxohlik jodasin masluk tutar erdilar, peshbinlik yuzidin ixlosmandlik ayon qilib, izhori xizmat qilmoq uchun podshohi sa’id shahidning va shahzodai mag‘furi marhum Muso to‘raning humoyun jasadlarini qatlgohlarida muzallat tufrog‘idin olib, izzat mahfasig‘a soldilar. Abdulla mahram va Erniyoz mahramning dog‘i o‘liklarin tevalarga yuklab, sur’ati tamom bila Saraxsdan Xorazm jonibig‘a tavajjuh ko‘rgizdilar. Xivaning Gandimiyon qishlog‘idagi Muso to‘raning hovlisida xon va shahzodani mayitlarini yuvib, kafanlab ota urug‘larini so‘ngi oshyoni bo‘lmish, qudvatulatqiyo hazrati sayyidi A’loaddin xo‘ja alayhirahmaning javori fayzosorida Imorat mavze’idakim, aboang‘an jada xoni, mag‘firatpanohning marqadu qabrgohidur, eltib dafn qildilar”.

Muhammad Yusufbek Bayoniy o‘zining “Shajarai Xorazmshohiy” asarida Sayid Muhammadxon vafoti to‘g‘risida to‘htalib “ Sayyid Muhammadxon hazrati qutb avliyo shamsil atqiyo Olavuddin xo‘ja eshon alayhi rahmaning javori fayz osorlarida Imorat mavze’ida, o‘zlarining qubbai oliylarida madfun bo‘ldilar”,- deb yozadi. Muhammad Rahimxon soniy 1884 yilda ona tomondan qarindoshchiligi bo‘lgan Shabbozlik avliyo Sayyid Muhammad Mohiro‘yi jahon nomiga va o‘zi uchun otasi Sayid Muhammadxon qabriga yaqin joyda hashamatli bir maqbara qurdirgan. Hozir bu joyda bir xonada Sayyid Muhammad Mohiro‘yi jahon, ikkinchi katta gumbazli xonada Sayid Muhammadxon, Muhammad Rahimxon soniy, Temurg‘oziy to‘ralarni qabrlari bor.

Muzey fondida,1920-yilda XXShJ ning Markaziy ijroiya qo‘mitasining maxsus qaroriga ko‘ra tajribali muxandis Matkarim (naqqosh) Ne’matullaev tomonidan chizilgan Xiva shahrining bosh rejasi saqlanmoqda. Bu reja juda mukammal bo‘lib, tarixiy—topografik va etnografik tadqiqodlarga suyangan holda ishlangan.

Unda bayon qilinishicha Xiva shahri va atrofida shu davrda quyidagi binolar bo‘lgan.

1. Xivada 65-ta madrasa bo‘lib ularning 54-tasi shaharda, 11-tasi shahar atrofida joylashgan.

2. Xivada 79-ta masjid bo‘lib ularning 64-tasi shaharda 15-tasi shahar atrofida joylashgan.

3. Xivada 141 ta qorixona va 57-ta mahsura ( yakka qabrga qilingan maxsus vaqfkorlar)larda jami 340 nafar qorilar bo‘lib, ular yiliga 5643 ming botmon (16-kg) g‘alla va 4430 –tillo pul xizmat xaqi olishgan

• Pahlovon Mahmud maqbarasi atrofida – 14 ta

• Obdol bobo qabristonida – 6 ta

• Uch avliyo maqbarasida – 17 ta

• To‘rt shobboz majmuasida – 13 ta

• Qoralambobo qabristonida – 6 ta

• Sayid Mohi Ro‘yi Johon majmuasida – 74 ta

Shundan ko‘rinib turibdiki, Xiva shahridagi Sayid Mohiro‘yijahon majmuasi o‘z davrining mahobatli inshootlaridan biri bo‘lgan, hozirgi kunlarimizda ushbu aziz maskan ta’mirlanmoqda va kelajakda mahalliy va chet ellik sayyohlarning qadam ranjida qiladigan joyiga aylanadi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Sayyid A’louddin maqbarasi

Xiva - Sayyid A’louddin maqbarasi

Sayyid A’louddin maqbarasi Xiva shahrining Ichan Qal’a arxitektura yodgorliklari ichida qadimiylaridan biri bo‘lib, XIV asr yodgorligidir. U qal’aning g‘arbiy darvozasiga yaqin joylashgan Muhammad Niyoz devonbegi madrasasining sharqiy tomonida bo‘lib, peshtoqli, kvadrat shakldagi ikki xona – ziyoratxona (xonaqoh) va go‘rxonadan iborat. Maqbaraning ziyoratxonasi baland va katta gumbaz bilan yopilgan, qabrxona esa kichik gumbaz bilan bostirilgan. Qabrxona bilan ziyoratxonani yog‘och panjara ajratib turadi. Ichki devorlar ganch bilan suvalgan. XIV asr tarixchilaridan Imom Yofiy va Ahmad Roziy xorazmlik mashhur shayxlar ro‘yxatiga Sayyid Alouddinni ham kiritib, uni shayx Najmiddin Kubrodan keyin yirik shayx bo‘lgan deydilar. Bu so‘zlarni Abdurahmon Jomiyning “Nafahot al-uns” (Do‘stlarning nafasi) kitobidan ham o‘qisa bo‘ladi. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida jumladan quyidagilarni o‘qiymiz,-“Shayx Alouddin Xorazmiy buzurg imom Yofiy bilan yaqin sirdosh bo‘lgan ekan. Imom Yofiyga aytgan ekanlarki, beixtiyor haj safariga borar ekan. Unga bu buyruq ekan”.

Xudoyberdi Qo‘shmuhammad o‘g‘li “Dili g‘aroyib”da shunday yozadi,-“Xiva qal’asining ichinda Sayyid Alouddin Xivaqiyning qabri bor va 300 ulug‘ mashoyix yotgandurlar. Va tashqarisinda hazrat shayx Abul Vafoyi Xorazmiy (XV asr) va uning atrofida yana ming nafar shayx osudadirlar”.

Xiva shahridagi ushbu maqbara devoridagi yozuvlarga qaraganda “Barcha ilmlarning kalitdori” nomini ham olgan shayx Sayyid A’louddin maqbarasi uning shogirdi va muridi naqshbandiylar mazhabining taniqli namoyandasi so‘fi Amir Kulol tomonidan qurilgan ekan.

Maqbarada ikkita qabr bo‘lib, bittasida Sayyid Alouddin mangulikka bosh qo‘ygan, ikkinchisi esa bo‘sh turibdi. Aslida qabr bitta, faqat uning ustidagi sag‘anacha ikkita bo‘lgani uchun ikki qabr tasavvurini beradi. Qabr juda chiroyli yashil, ko‘k va oq rangli koshinlar bilan qoplangan. Bu koshinlardagi barcha naqsh gullari bo‘rtmaliligi bilan odatdan tashqari bir go‘zallik kashf etadi.

XIII-XIV asrlarda Xorazm koshinpazlik san’ati o‘zining sifati va badiiy jihozlanishi bilan yuksaklikka chiqqan edi. Sayyid Alouddin qabridagi chiroyli koshinlar Xivada yagona bo‘lib, uning tengdoshi va o‘xshashi Ko‘hna Urganchdagi Shayx Najmiddin Kubro maqbarasida, Samarqanddagi Amir Temurning singlisi Turkan aka maqbarasi peshtoqida va Shohi Zindadagi Qusam ibn Abbos qabrida uchraydi.

Qabr ustidagi ikkita sag‘anachaning bosh va oyoq uchlarida oppoq yozuvlar ko‘rinib turibdi. Bu yozuvlarning to‘rttalasida ham bir xil mazmundagi so‘zlar bitilgan, yozuv arab tilida va suls xatida bo‘lib, shunday o‘qiladi.

Shayxlarning shayxi, buyuk sayyidimiz Alouddin,
Vafoti bilan aziz Allohning marhamatiga etishdi.
Bizni tark etib ketishi baxtli sha’bon oyining,
Boshlanishidan o‘n kun o‘tgach sodir bo‘lgan edi.

Maqbara xonaqohining janubiy va g‘arbiy devorlarida ham yozuvlar bo‘lib, ular oq devorga qora rang bilan yozilgan. Bu yozuvlar ham tarix bo‘lib, maqbaraning ta’mirlangan vaqtidan xabar beradi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Sayyid ota masjidi

Xiva - Sayyid ota masjidi

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. Xiva shahridagi Sayyid ota masjidi aslida Yor Muhammad devon tomonidan XIX asr boshida, Muhammad Rahimxon I davrida (1806-1825) qurilgan. Bir gumbazli oldi ayvonli bu masjid Sayyid Alouddin maqbarasining janubida, Abdurasulboyning madrasasiga yopishtirib qurilgan. Munis va Ogahiyning asarida bu devonbegining faoliyati haqida ko‘p ma’lumotlar keltirilib, jumladan shunday deyiladi “xonning o‘z sir-asrorlariga sherik qiladigan eng yaqin kishisidir”. Masjidning mehrobi ustida saqlanib qolgan yozuvlardan va xalq orasidagi rivoyatlardan Yor Muhammad devonbegining payg‘ambar avlodidan bo‘lgan ekanligi ma’lum bo‘ladi. Masjid bugungi kunda ta’mirdan chiqqan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Sha Qalandar bobo majmuasi

Xiva - Sha Qalandar bobo majmuasi

Xiva shahridagi Sha-Qalandar Bobo majmuasi bir qavatli madrasa va minoradan iborat. U XIX asr oxirida Shayx Qalandar Bobo dafn etilgan joyda qurilgan. Rivoyatlarga ko’ra Sha-Qalandar Bobo yoki Shayx Qalandar Bobo so’fiy shayxi bo’lgan va Xiva shahriga ikki akasi – darveshlar bilan birga iymon izlab kelgan.

Ular sevgan shaharlari bilan xayrlashishni xohlamaganliklari tufayli bu erda qolishdi. U tasavvufdan dars bergan Xiva shahar aholisi unga ushbu go’zal Sha-Qalandar Bobo majmuasi barpo etilishi orqali minnatdorchilik bildirishdi. Sha-Qalandar Bobo maqbarasi qabriston markazida xuddi shu nom bilan qurilgan va Bikanjon Bik madrasasining janubi-g’arbida joylashgan.

Majmua 1997 yilda ta’mirlangan bo’lib, bitta gumbazli portal va qabrga ega. XVI asrning uchta kamerali maqbarasi bor edi, ikkita qabr bor edi, undan portali bo’lgan yodgorlik gumbazli bino saqlanib qolgan. Madrasa hovlisining perimetri bo’ylab turar joy hujralari, masjidning gumbazli zallari va sinf xonasi joylashgan. Madrasaning asosiy jabhasi portalida balandligi 18 m va poydevori 6 m bo’lgan minora joylashgan.

Diqqatga sazovoz joylar
Shayx mavlon bobo majmuasi

Xiva - Shayx mavlon bobo majmuasi

Xiva - Shayx mavlon bobo majmuasi

Shayx mavlon bobo majmuasi Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida XIX asrda qurilgan bo‘lib masjid, qabriston va minora majmuasidan iborat. Ushbu erdagi qabristonda Shermuhammad Munis va Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiyning qabri bor Maqbara 1989-1999 yillarda ta’mirlangan, sahni120 kv metr, balandligi 11-metr. Xiva shahridagi Shayx mavlon bobo majmuasi 1999 yilda Ogohiyning 190, 2010 yilda 200 yillik to‘ylari arafasida ta’mirlangan.

Shermuhammad Munis Xorazimiy (1778-1829yy) iste’dodli shoir, hassos san’atkor, hushhat hattot, mohir tarjimon, tarixchi, olim, jon kuyar ma’rifatparvar va xalqparvar madaniyat arbobi, o‘tkir siyosatdon. U hayotda juda yaxshi «Mirob» undan «Munisul-ushshoq» “Oshiqlar do‘sti” nomli devoni hamda, marifatparvar pedogog sifatida “Savodi ta’lim”asari va «Firdavs-ul-iqbol» nomli asarlar me’ros qolgan, tarjimon sifatida Mirxondning «Ravzat-us-safo» “Sof hovo bog‘i” asarini tarjima qilgan.

Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiy (1879-1874) XIX asr adabiyotining ko‘zga ko‘ringan buyuk vakillaridan biridir. U Munisning jiyani bo‘lib, Munis qo‘lida tarbiyalanilgan. Ogahiy etuk olim va shoir, tarjimon va tarixchi, Munisdan keyin xonlikni mirobi bo‘lgan. Ogahiy jahon adabiyoti, madaniyatining nodir durdonalari sanalgan 20 madan ortiq asarlarni o‘zbek tiliga o‘girib tarjimashunoslik maktabini yaratgan. U “Riyoz ud-davla” (1825-1842yy) 1844 yilda yozilgan. «Zubdat ut-tavorix» (1843-1846yy) 1846 yilda yozilgan, «Jome’-ul voqeoti Sultoniy» (1846-1855yy) asar 1856 yilda yozilgan, “ Gulshani davlat” (1856-1865yy) asar1865 yilda yozilgan, «Shohidi iqbol» (1865-1873yy) voqealarni yozish bilan uzilib qolgan, ayrim sahifalarida suv dog‘lari bor, Qo‘qon qog‘oziga yozilgan, sarlavhalari qizil siyoh bilan yozilgan, qizil charm muqovada, ko‘chiruvchining ismi va yili ko‘rsatilmagan, 227-varaq, 14-25 sm o‘lchamda. Asarda Xorazm tarixi emas, Buxoro amirligi va Qo‘qon xonlarini Rossiya bilan olib borgan urushlari, bitimlari va uning oqibatlari mukammal ravishda yoritilgan.

Ogahiy tarixga oid asarlar yaratib Munisning bu sohadagi an’analarini ham yanada rivojlantiradi va yuksaklikka ko‘taradi. Munis va Ogahiy hamkorlikda yozgan «Firdavs-ul- iqbol», o‘zining Xorazm tarixiga oid beshta asari faqat o‘zbek xalqining tarixini o‘rganish jixatdan ahamiyatli bo‘lib qolmasdan, balki qardosh tojik, qozoq, turkman, qoraqolpoq, rus, eron, afg‘oniston xalqlarining tarixi, madaniyati, san’ati, urf-odatlari, psixologiyasi, shu xalqlarning kelib chiqishi, tirikchilik manbai, kabilarni o‘rganishda ham boy material beradi. Shunisi xarakterliki, bu asarlar iste’dodli shoir, taraqqiyparvar adiblar Munis, Ogahiylar tomonidan yozilganligi sababli ularda xalqlarning tarixi, hayoti, kundalik mashg‘uloti, masjid, madrasalarning qurilishi, turli hil voqea xodisa bayoni, xalq qo‘zg‘olonlari, urushlar tarixi, buyuk kishilar, olimlar, shoirlarning hayoti va faoliyatlari va boshqa ma’lumotlar realistik asosda to‘g‘ri, aniq ifodalab berilgan.

Adib qalamiga mansub 26 asardan hozirgi kunda 4 tasi topilgani yo‘q, uning asarlarining 22 tasidan 16 tasi Beruniy nomidagi Respublika Sharqshunoslik oliygohida 11 nushada saqlanmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Shayx Muxtor Vali masjidi

Xiva - Shayx Muxtor Vali masjidi

Shayx Muxtor Vali masjidi XIII asrda Xiva shahrida  yashagan buyuk faylasuf Shayx Muxtor Vali nomiga qurilgan. Bu masjid XX asr birinchi yarmida, sho‘rolar davrida buzib tashlangan edi. Yana shu davr, ya’ni sho‘rolar davrida, aniqrog‘i 1988 yilda qayta tiklangan. Bino Sayyid Alouddin maqbarasi oldida, shaharning markaziy ko‘chasida qurilganligi Shayx Muxtor Valiga xivaliklar katta hurmat bilan qarashganidan dalolat beradi. Buzib tashlangan bu masjidning qayta tiklanishida uning saqlanib qolgan foto – suratlaridan keng foydalanildi.

Shuningdek, Shayx Muxtor Vali masjidi ichida namoz o‘qigan Xiva qariyalari, mahalliy aholidan surishtirish, arxiv hujjatlari asosida imorat tarhi chizildi. Shayxning o‘zining dafn bo‘lgan joyi, maqbarasi Xivadan 20 chaqirim janubi-sharqiy tomonda, Ostona qishlog‘ida joylashgan. Masjidda bugungi kunda “Bir gumbaz” oshxonasi xizmat qilmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Sherg‘ozixon madrasasi

Xiva - Sherg‘ozixon madrasasi

Xiva shahridagi Sherg‘ozixon madrasasi XVIII asrning birinchi yarmida qurilgan. Bu madrasa Xorazmdagi o‘quv muassasalari orasida eng ko‘hnasidir. Uni Xiva xoni Sherg‘ozixon 1719 yili Mashhadga muvaffaqiyatli safar qilgandan so‘ng ana shu g‘olibona safar sharafiga qurdirgan. Madrasa binosi bizning davrimizgacha asl holicha to‘la yetib kelmagan. Yillar mobaynida nurab, yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur madrasa o‘z davrida yirik bilim o‘chog‘i bo‘lib, unda ko‘plab tolibi ilmlar tahsil olganlar. Jumladan, turkman xalqining mutasavvif shoiri Maxtumquli ham mana shu bilim dargohida ta’lim olgan.

Sherg‘ozixon (1714-1726) aqlli, jasur, tadbirkor, harbiy ishlarda juda mohir bo‘lgan. Uning ayniqsa rus podshosi Petr I tomonidan Xorazmdagi oltin qumni qo‘lga kiritish uchun yuborilgan knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshchilik qilgan rus qo‘shinini harbiy hiyla bilan tor-mor qilgani barcha tarixchilarni xayratga solgan.

1717-yilning yozida 4000 piyoda, 100 otliq, 6 ta to‘p, 200 tuya, 300 ot (yuk ko‘taradigan) bilan kelgan qo‘shinga qarshi xon ochiq jang olib bormay harbiy hiyla ishlatadi. Xon yuborgan choparlar Bekovich-Cherkasskiyga askarlarni bo‘lib bersa mehmon qilish qulay bo‘lishini aytishadi. Aldangan lashkaboshi qo‘shinni bo‘lib beradi. Xivaliklar rus qo‘shinini yer bilan yakson qilib, Bekovich -Cherkasskiyni bosh terisiga somon tiqib, Buxoro xoniga sovg‘a qilib yuboradilar. Sherg‘ozixon Vazir, Gurlan, Shohobod, Bog‘olon, Xonqa, Uyg‘ur, Hazorasp qal’alarini o‘z tug‘i atrofiga birlashtirdi. Xon o‘zining Mashhadga qilgan yurishi davrida 5000 dan ziyod qizilboshni asir qilib olib kelgan. O‘sha qullar Sherg‘ozixon nomidagi madrasani kurilishida ishlatilgan. Ko‘pgina tarixchilar Xiva xoni Sherg‘ozixonni olim va odil xon, e’tiqodli va diyonatli inson bo‘lganligini ta’riflashgan. Shuning uchun ham xon ilm ahllarini hush ko‘rar ular suhbatidan bahra olar edi.

Qariyalarning rivoyatlariga qaraganda, Sherg‘ozixon Mashhadni bosib olgach (1715 yil) 5000 asirni Xivaga keltirib madrasa boshlatgan. Madrasa 1719 yilda qurilib bitkazilgan. Unga zamonasini tarixchilari “Maskani fozilon” deb nom berishgan. Haqiqatdan ham bu fozillar uyida buyuk shaxslar o‘qib tahsil olganlar. Shulardan biri Pahlavon Quli Ravnoq bo‘lsa yana biri turkmanlarning buyuk shoiri Mahtumquli Firog‘iydir.

Sherg‘ozixon madrasasi Xiva shahridagi Pahlavon Mahmud maqbarasi oldida qurilgan, uning qurilishi to‘g‘risida bir necha tarix aytilib marmarga o‘yilib yozilgan va madrasa peshtog‘iga o‘rnatilgan. Marmar lavhalardan to‘rttasi bugungacha o‘z holicha saqlangan. Madrasaga kirish eshigining yoniga o‘rnatilgan marmar lavhalardagi 32 misralik forsiy she’rdan biz dunyo gulistonidagi bu madrasani Sherg‘ozixon o‘z aql va sahovati bilan qurdirganini, madrasaga vaqf qilib berilgan yerlarni (Sherobod, Xayrobod, Pirnovxast, Polvon bobo qishloqlaridagi 10 000 tanob yerdan har yili juda ko‘p bug‘doy, guruch va jo‘xori hosili olinar edi) mutavalli, mudarris, imom, muazin, kutubxonachi, farrosh va yana shu yerda yashovchi talabalarning oylik maoshini qancha ekanini bilib olamiz.

Shoirlar xonni sharaflab “Xurshidi jahon”, “Sheri xudo” kabi unvonlar bilan ulug‘lab, “ Ushbu manzilda istiqomat etgan har kimsa shubhasiz alloma, bilim mash’ali va sir-asror tadqiqotchisi bo‘lg‘uvsidir” deb yozishgan. Shuningdek, o‘qish qoidalari, qoidani buzgan talaba va ustozga qanday jazo berilishi haqida ma’lumotlarni o‘rganamiz. Bu qoidaga ko‘ra talaba beuzr ikki oy o‘qishga kelmasa hujrasidan (demakki maoshidan ham), muallim bir hafta ishga kelmasa maoshidan mahrum bo‘lar ekan. She’riy lavxadagi “Maskani fozilon” jumlasidan madrasaning hijriy 1132 melodiy 1720 yilda qurilgani aniqlandi. Sherg‘ozixon o‘z xizmatkorlari tomonidan o‘ldirilgan, shuning uchun tarixchilar uning vafoti sanasini “Dod az g‘ulomon”, “Qullar dastidan dod” deb topganlar, 1139 hijriy, 1726 yil. Xonning qabri o‘z madrasasining kun botish tomonidagi hujrasiga dafn qilingan.

Diqqatga sazovoz joylar
Xiva - Shohimardon minorasi

Xiva - Shohimardon minorasi

Xiva - Shohimardon minorasi

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. 1512-1535 yillarda Xorazmda xonlik qilgan Elbarsxon sharafiga qurilgan maqbara majmuasida XVIII asrning o‘rtalarida tiklangan. Qariyalarning aytishlaricha, 1740 yilda Eron shoxi Nodirshox tomonidan Xiva shahri bosib olingan vaqtida halok bo‘lgan eronliklar shu qabristonga dafn qilingan, Shohimardon minorasi ham shu davrda tiklangan. Shohimardon minorasi Xiva shahridagi eng kichik minoralardan biri bo‘lib, balanligi – 5 m, diametri 1,5 m.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Tohir eshon maqbarasi

Xiva - Tohir eshon maqbarasi

XIX asr o‘rtasida qurilgan ushbu Tohir xo‘ja eshon maqbarasi Muhammad Aminxon madrasasining qiblasida, Xiva qal’a devoriga yopishtirib qurilgan. Bir gumbazli maqbaraning peshtoqi sharqqa qaragan. Maqbaraning ichida ikkita mozor bo‘lib, ikkinchisida Fathulla eshon dafn qilingan. Tohir eshon Olloqulixonning piri ekanligi, uning karomati haqida xivaliklarda birqancha afsona va rivoyatlar to‘qilgan.

Olloqulixon 1826 yil oxirida Xurosonga yurish etib, uning Jom tog‘i etagidagi Umg‘on qal’asini olib, g‘alabadan shodligini bildirish uchun Xivadagi piri Tohir eshonga maktub yo‘llaydi. Maktub shunday boshlanadi: – “Haqoyiq va maorifpanoh (haqiqat va ma’rifatni himoya qiluvchi), kamolot va latoyifdastgoh (go‘zal so‘z va fazilat egasi), kashshofi asrori ilohiy (Allohning sir-asrorlarini kashf qiluvchi, ochuvchi) Tohir xo‘ja eshonimizga sadoqatli salomimizdan so‘ngra…”.

Haqiqatan ham xonlik davridagi xivaliklar juda irimchi va xurofotga berilgan bo‘lib, afsona va rivoyatlarga ishonishar, ularni jon – dilidan gapirib, tinglashar edilar.

Tohir eshon maqbarasi Mustaqillik yillarida Xiva shahar Ichan Qal’a mahallasining fuqoralar yig‘ini raisi Sobir arqonchi (Sobirjon Hasanov) tomonidan qayta tiklandi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Tolib maxdum madrasasi

Xiva - Tolib maxdum madrasasi

Xiva shahri o’zining tarixiy obidalari va Ichan Qal’asi bilan dunyoga mashhur. Xiva shahrida asrlar davomida juda ko’plab madrasa, masjidlar va minoralar qurilgan. Shunday madrsalar biri Tolib maxdum madrasasi hisoblanadi. 1910 yilda Xiva shahrida qurib bitkazilgan Tolib maxdum madrasasi bir qavatli, 8 hujrali bo’lib, Islom xo‘ja madrasasiga shimol tomonidan yopishtirib qurilgan. Tolib Maxdum (maxzum, xivachasiga maxsum) – xizmat etilgan kishi, obro’li zot, martabali ziyoli kishi edi. Tolib maxdum Muhammad Rahimxonning yoshlikdan yaqin do‘sti bo‘lib, tanbur chalishni takomiliga etkazgan edi. Uning xon oldida obro‘si katta bo‘lgan. Bugungi kunda Tolib maxdum madrasasi Xiva shahriga tashrif buyuradigan sayyohlarga dam olib, ovqatlanishlari uchun oilaviy oshxona-restoran sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar
Tosh darvoza

Xiva - Tosh darvoza

Xiva - Tosh darvoza

Tosh Darvoza – Xiva shahridagi Ichan-Qal’aning janubiy darvozasi, Ollokulixon davrida 19-asrning 30-40 yillarida qurilgan. Darvoza Kaspiy dengizidan kelgan karvonlar tomonidan ishlatilgan. Asosiy janubiy tarafda ikkita ulkan minoralar mavjud.

Darvoza – markaziy o’qga nisbatan nosimmetrik, janubiy-shimol tomonga uzunlamasına-eksenel kompozitsiyaning uch o’lchovli olti kamerali binosi, so’ngra ikki tonozli xona, kichikroq o’lchamdagi yon yopiq xonalari bilan kamar teshiklari bilan bog’langan. ko’chaning cho’zilgan qismi (ular bojxonachilar, qo’riqchilar va do’konlarga xizmat qilishgan). Janubiy yon xonalar yo’laklarning yon tomonlarida silindrsimon minoralarda ikki qavatli kichik dumaloq kameralar bilan o’tish yo’li bilan bog’langan. Shimoliy ustunlarda tomga olib boruvchi ikkita spiral narvon bor edi.

Tosh-Darvoza fasadlari soddaligi va monumentalligi bilan hayratga soladi. U shaklidagi yassi ramkalardagi tekis profil fasadlari janubiy jabhada katta minoralar va shimoliy jabhada dekorativ guldasta bilan o’ralgan. Yaqin vaqtgacha janubiy fasadning yuqori qismida o’qlar bilan o’ralgan g’isht devorlari bor edi.

O’tish qismidagi qismning yuqori qatlami ko’tarilmagan, ammo gumbaz tuzilmalari saqlanib qolgan. Gumbazning to’rtburchagi ostidagi to’rtta yuk ko’taruvchi kamarlar qo’nish bilan bog’lanib, soxta sharsimon yelkanlarga o’ralgan. Yon xonalarda ham gumbazli shiftlar bor edi.

Tosh Darvoza fasadlari va ichki qismlari bezatilmagan, ular bo’shliqdagi devorning to’qimalarida qolgan.

Xiva shahridagi Tosh Darvoza o’lchamlari: umumiy – 19,7×17,0 m; balandligi – 10,0 m; o’tish yo’lining uzunligi – 4,83 m; yon bo’shliqlar – 3,2×3,2 m; umumiy balandligi – 9,3 m.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Toshhovli saroyi

Xiva - Toshhovli saroyi

Xiva shahridagi mashhur, hali hanuz jahon ahlini lol etib kelayotgan Toshhovli saroyi 1829-1839 yillarda Olloqulixonning amri bilan vazir Muhammad Ya’qub mehtar loyihasi asosida qurilgan. Bu saroy Xivadagi ikkinchi Ark, hukmdor – xonning qasri sifatida qurilgan. Pishgan g‘ishtlardan qurilgan Tosh hovlining nomi binoning o‘ziga xos plani va arxitekturasidan kelib chiqqan. Qadimda binolar xom loy va karkas (cho‘bin) yog‘ochdan qurilgani uchun umri qisqa edi. Keyinchalik g‘ishtni xumbuzlarda pishirib, toshdan imoratlar qurila boshlangan. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratish uchun nomlar paydo bo‘lib, “Tosh” so‘zi ko‘p imoratlarga qo‘yiladigan bo‘lgan. Masalan, Tosh kent, Tosh hovuz, tosh masjid.

Tosh hovli saroyi uchta katta va beshta kichik hovli, ikki qavatli ayvon va xonalardan iborat. Dastlab haram, so‘ngra mehmonxona, keyinchalik arzxona hovlilari bitkazilgan. Haramda xonning oilasi yashagan bo‘lsa, mehmonxona chetdan kelgan elchi, turkman sardori va qoraqalpoq biylari kabi ulug‘ mehmonlarga xizmat qilgan. Arzxonada fuqoraning arzi-dodi tinglansa, xorijdan kelgan elchilar rasman shu erda qabul qilingan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - To‘g‘on Turk ota maqbarasi

Xiva - To‘g‘on Turk ota maqbarasi

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. To‘g‘on Turk ota maqbarasi Xiva shahrining mashhur Toshhovli saroyining shimolida aholi yashab turgan mahalla ichida joylashgan bir gumbazli imoratdir. Bino qadimgi bo‘lgani sababli er sathidan bir metrcha pastda joylashgan. Ushbu shaxs to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar juda kam saqlangan. Xonlik davrining tarixchisi Muhammad Yusuf Bayoniyning bergan ma’lumotlariga ko‘ra uning qabri Ark saroyining ichida. Yana bir o‘lkashunos tarixchining ma’lumotiga ko‘ra bu kishi aslida Turkiston turklaridan bo‘lib, Abu Muslim Xurosoniyning askarlari sardorlaridan bo‘lgan. Jangda Abu Muslim o‘ldirilgandan keyin u Xorazmga qochib kelib, bu erda o‘lgan. Xorazmliklar uning qabrini muqaddaslashtirib, maqbara qurganlar.

Diqqatga sazovoz joylar
To‘ra Murod to‘ra minorasi

Xiva - To‘ra Murod to‘ra minorasi

Xiva - To‘ra Murod to‘ra minorasi

To‘ra Murod to‘ra minorasi Xiva shahrida Ko‘hna Ark maydonining sharqida, aholi yashaydigan uylar qurshab olgan holda joylashgan. Minora 1888 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon ikkinchining inisi bo‘lgan To‘ra Murod to‘ra tomonidan shu erda masjid bilan birgalikda qurilgan. Masjid sho‘rolar davrida buzib tashlangan, ammo, minora saqlangan. Minoraning balandligi 9 metr, asosining diametri 3,5 metr.

Tarixiy, memoriy yodgorliklarning kurilishida ularning reja buyicha joylashuvida albatta usta-me’morlar geometrik proportsiya va simmetriyasining binolar zilzilabardoshligida tutgan o‘rnini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ham aynan minoralarni tiklashda, ularni vertikal o‘qqa nisbatan simmetrik joylashtirishga erishganlar.

Rivoyat qilishlaricha, qurilish ishlari avjiga chiqqan bir paytda xon shikorga otlangan. Me’morlarning tarxi bo‘yicha minora baland qilib qurilishi kerak bo‘lgan, lekin xonning dushmanlari xonga, “ukangiz minorani  baland qilib sizning haramingizni ko‘rib o‘tirmoqchi”, deb etkazishgan. Shu vaqtda xon saroyidagi  To‘ra Murod to‘raga yaqin bo‘lgan odamlar bu gapni to‘raga etkazishgan. To‘ra o‘z me’morlari bilan maslahatlashib, minorani baland ko‘tarmaganlar.

Xon shikordan qaytsa, ukasining minorasi juda ham baland qilib qurilmagan ekan. Xon noto‘g‘ri ma’lumot bergan odamni jazolatgan. Shu tufayli bu minora egasi va uning quruvchilari xon g‘azabiga duchor bo‘lmaganlar.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - To‘rt shabboz bobo majmuasi

Xiva - To‘rt shabboz bobo majmuasi

To‘rt shabboz bobo majmuasi Xiva shahrining shimoliy g‘arbiy qismida Deshon qal’aning Mevaston mahallasida joylashgan. Majmua tarkibida bitta hovuz, minora, masjid va madrasa hamda go‘rxona va bir talay qabrlar mavjud. Majmua o‘z davrida To‘rt shohboz bobo maqbarasi deb nomlangan. Quyida biz ularning nomlarini keltiramiz.

  1. Qutbil avliyo – Xasanquli Azizon.
  2. Qozi Muhammad Azizon.
  3. Jon Muhammad Azizon.
  4. Isfandiyorxon ibn Arab Muhammadxon.

Shularning ichidan biz sizga Isfandiyorxon ibn Arab Muhammadxon to‘g‘risida ma’lumot beramiz:- “Arab Muhammadxonning etti o‘g‘li bor edi:- Isfandiyorxon, Habash Sulton, Elbars Sulton, Abulg‘ozixon, Sharif Muhammad Sulton, Xorazmshoh Sulton, Avg‘on Sulton. Habash bilan Elbars Sultonning onasi Nayman qabila boshlig‘ini qizi edi. Ular Xivada ulg‘aydilar, Avg‘on Sultonning onasi Abulxayrxon avlodidan edi. Isfandiyorxon va Abulg‘ozixon bir onadan tug‘ilgan edilar. Bu davrda Xiva xonligida shavqatsiz qabilalararo urishlar avj olgan edi, bunga nafaqat xon oilasi balki xonlik aholisining keng qatlami jalb qilingan bo‘lib, o‘zbek va turkmanlar o‘rtasidagi urish Abulg‘ozixon davrigacha davom qildi. Arabxonning o‘g‘illari bu urishda bevosita ishtirok etdilar. Uning 4 o‘g‘li, Isfandiyor va Abulg‘ozi bir tomonda, Habash va Elbars ikkinchi tomonda turib ochiq kurashga o‘tdilar. Bu kurashning sababi Habash sulton bilan Elbars Sulton otasining tutgan yo‘liga qarshi chiqib Eron va Buxoroga bosqinchilik urishlari olib borgani edi. Chunki Arabxon bu davlatlar bilan tinchlik munosabatlari olib borishga harakat qilardi Habash va Elbars Nayman, Uyg‘ur kabi qudratli ikki qabilaning boshliqlari qo‘llashi bilan otasi va og‘a-inilariga qarshi ochiq kurashga o‘tdilar. Birinchi marta ular otasiga qarshi chiqqanlarida 1616 yilda Habash Sulton 16 yoshda, Elbars Sulton 14 yoshda edilar. Arabxon bu o‘g‘illariga Vazir shahrini berdi va bir oz tinchtitdi, 5 yilgacha ular otasiga qarshi chiqmadilar.

6-yili Elbars Arabxonning yo‘qligidan foydalanib Xivaga kirdi va otasining o‘ttiz yil maboynida to‘plagan xazinasini va Arabxonga xizmat qiluvchi beklarning mollarini talab qarorgohiga qaytdi. Arab Muhammadxon Hazoraspga o‘tirgan o‘g‘li Isfandiyorxon, Urganchdan Abulg‘ozi va Sharif Muhammad birgalashib Elbars ustiga yurdilar, Elbars qochib ketdi. Abulg‘ozi otasiga Habash va Elbarslarni o‘ldirishni taklif qildi. Lekin otasi bunga ko‘nmadi. Isfandiyorxonning navkarlaridan biri buni bilib qoladi va Habashga aytadi. Shunday keyin Habash Abulg‘ozining ashaddiy dushmaniga aylanadi. Arabxon Xivaga, Isfandiyorxon Hazoraspga qaytgach, Xabash Elbarsni tezlikda Vazirga etib kel deb chaqirtiradi. Abulg‘ozi sir ochilgandan voqif bo‘lib otasining yoniga boradi. Arabxon unga Katni in’om etadi. Oradan 5 oy o‘tgach Arabxon Abulg‘ozinining maslahatiga quloq solmaganiga pushaymon bo‘lib, Isfandiyor va Abulg‘ozixonlarning navkarlari bilan Xivaga kelishlarini buyurdi. Sharif Muhammad onasi bilan Urganchda yashar edi, bu voqeadan oldin kelib otasi yonida turgan edi. Arab Muhammadxon, Isfandiyor va Abulg‘ozi bir tomonda Elbars va Habash bir tomonda turib Toshli Yormish soqasi yonida urish bo‘lgan. Arab Muhammadxon engildi va Elbars bilan Habashni qo‘liga asir tushdi. Habash Sulton otasining ko‘zini o‘ydirib Xivaga yubortirdi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Uch Avliyo maqbarasi

Xiva - Uch Avliyo maqbarasi

Uch-Avliyo maqbarasi Xiva shahrida, Tosh Xauli saroyining g’arbiy devorlaridan unchalik uzoq bo’lmagan joyda joylashgan bo’lib, u uchta avliyo xotirasiga qurilgan va Ichan-Qal’a kompleksiga tegishli. Maqbaraning ulkan zali hujayra tonozli gumbaz bilan qoplangan.

Arxeologik qazishmalar maqbarani yer qatlamlaridan ozod qildi. Maqbarada ko’plab qabrlar mavjud. Eng qadimgi sana 1561 yil bo’lib, uni o’ymakor eshikning panelida ko’rish mumkin. XX asrning 80-yillari boshlarida kuchli yomg’irdan kirish portali buzilgan, bundan tashqari masjidning Ayvon ustunlari katta zarar ko’rgan.

Qo’shni hududni tiklash va rekonstruktsiya qilishdan so’ng Uch-Avliyo maqbarasi Xiva shahrida tez-tez tashrif buyuriladigan makonga aylandi. Zal o’qida chuqur ofsayd joyi “kolab-kari” panjarali kassa bilan tojlangan, bu uning qurilishida ishtirok etgan buxorolik ustalarning ishini davom ettiradi. Maqbara kirish eshigidagi Xiva yog’och o’ymakorlarining nomlari: Abdurahmon, Abdulloh ibn Sayyid Asad Husayn, Ahmad Samarqandiy o’g’li va 969 hijriy. Maqbaraning o’lchamlari: 16×10 m, zal – 6×6 m, portal balandligi – 12 m.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Xeyvak qudug'i

Xiva - Xeyvak qudug'i

Xiva Markaziy Osiyoda joylashgan eng qadimiy shaharlardan biridir. Tarixchilarning ta’kidlashicha, bu haqda birinchi eslatma miloddan avvalgi V asrda sodir bo’lgan. Biroq, olimlar ushbu shahar nomining etimologiyasi to’g’risida bir xil fikrda emaslar. Shaharda faol tarqatilgan afsonalardan biri Xiva shahriga Nuh Alayhissalomning o’g’li – Som asos solganligi haqida xabar qiladi. Bibliyada xabar qilingan yer yuzini suv bosishi tugagandan keyin Som uzoq vaqt cho’lda yurib, dam olishga yotishga qaror qilganiga ishonishadi. Tushida u uch yuzga yaqin ko’p rangli mash’alalarni ko’radi. Ushbu tush, Somga ko’ra, unga alomat sifatida yuborilgan. Bu joyda u tushida unga bashorat qilingan kema shaklida qilingan shaharni barpo etdi. Keyin hozirgi Xiva shahri markazida Som Xeyvak qudug’i chuqurini qazdi va ushbu quduq shaharga nom berdi.

Boshqa bir nazariyani qo’llab-quvvatlovchilar aynan shu erda Ipak yo’li o’tgan deb hisoblashadi. Tarixiy hamjamiyatning ba’zi vakillari kelajakdagi Xiva joylashgan joyda turli mamlakatlardan kelgan boy savdogarlar dam olish va ovqatlanish uchun to’xtashdi. Uzoq yo’ldan charchagan sayohatchilar mahalliy buloqdagi salqin suv bilan tetiklashib, “Hey voh!” (“Oh, qanday ajoyib”) deyishdi. Ushbu quvonchli nido xaritada (Xeyvak) ushbu nomni berdi, keyinchalik u butun shaharning nomiga aylandi, cheksiz cho’l o’rtasida tarqaldi.

Xiva shahrining aholisi Xeyvak qudug’i yaxshi holatda saqlanishi uchun faollik ko’rsatib kelishdi. Ichan-Qala devorining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan. Bugungi kunda ushbu quduq hududida ko’plab arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda, bu gumbaz strukturasining alohida elementlarini va quduqning asl holatini topishga imkon berdi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Xoja Berdiboy Madrasasi

Xiva - Xoja Berdiboy Madrasasi

Xoja Berdiboy madrasasi Xiva darvozasidan bo‘lmish Polvon Darvozadan sharqda yashagan juda boy va hurmatli aholilari tashabbusi bilan 1688 yil barpo qilingan. Bu — bizning kunimizgacha saqlanib qolgan Xivadagi eng qadimiy darvozalardan biridir. Xivaning ko‘plab mashhur yodgorliklarining yoshi ulug‘ bo‘lib, XVIII-XIX asrlarga tegishli.

Madrasa tashqaridan to‘g‘ri burchakli shaklda bo‘lib, ichki hovlisi ham bor. Madrasa ishga tushgan vaqt burchaklarida ayvonlari bo‘lib, kunning eng issiq vaqti madrasa muallimlari va o‘quvchilari u yerda hordiq chiqarishgan. Madrasaning kirish eshiklari yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, o‘yma naqsh bilan bezalgan.

Ichki jihozlari zohidiydir. Faqat oynalaridagi yog‘ochdan o‘yma ishlangan panjaralarigina madrasaga birmuncha sharqona joziba baxshida qilib turadi. Uzoqroqdagi burchagida darsxona joylashgan. U gumbazli to‘rtburchak shaklda. Zero, madrasa kichikroq, o‘z ichiga 16 ta hujrani olgan bo‘lib, unda o‘quvchilar istiqomat qilishgan.

1834 yil Xiva xoni Olloqulixon katta masjid va madrasa qurilishini boshlagan. Qurilish ishlari jarayonida shahar devorining bir qismi buzilib, madrasaning tashqi fasadi Xoja Berdiboy madrasasi hovlisiga tushib qolgan. Buning sababi ikki bino poydevori har xil darajada bo‘lganligidadir. Natijada, ichki Xoja Berdiboy madrasasining ichki hovlisi ikki qismga bo‘lingan va taxlangan xurjumni eslatuvchi ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng xalqda Xoja Berdiboy madrasasini Xurjum deya atay boshlashgan.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Xo‘jash mahram madrasasi

Xiva - Xo‘jash mahram madrasasi

1839-40 yillarda Olloqulixon davrida 30 talabaga mo‘ljallab bitkazilgan Xo‘jash mahram madrasasi Xiva Bojxonasi boshlig‘i Xo‘jashoh mahram tomonidan qurilgan. Madrasada asosan diniy va dunyoviy bilimlar berilsada, ushbu madrasa bojxona xodimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu Xo‘jash mahramning istagi edi. Bojxona boshlig‘i mansabiga ko‘tarilib, boyib ketgan oddiy eroniy qul – Xo‘jash mahram o‘zining shaxsiy mulkidan madrasa ta’minoti uchun 1784 tanob (715 gektar) erni vaqf qilib bergan. Xo‘jash mahramning mardligi, ishbilarmonligini ko‘rgan Muhammad Rahimxon uni katta lavozimlarga ko‘targan.

Mahram-bir-biroviga nikoh ravo bo‘lmagan eng yaqin qarindosh, ulfat, hamdam, sirdosh. Xususiy xizmatchi, ichki xizmatchi ma’nolarini bildiruvchi so‘z. Mahramlar – Xiva xonligi davlat boshqaruvida bevosita xon maslahatchilari bo‘lib, ular tashqi va ichki mahramlarga bo‘linadi.

Bugungi kunda Xo‘jash mahram madrasasi ichida Xiva shahar yog‘och o‘ymakorligi maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Yoqubboy Xo'ja madrasasi

Xiva - Yoqubboy Xo'ja madrasasi

Xivaning “Ichan-qal’a” tarixiy majmuasida XIX-XX asrlarga oid ko’plab arxeologik joylar mavjud. Bu erga etib borganingizda, siz turli vaqtlar va xalqlar o’rtasidagi aloqani sezishingiz mumkin. Aladdin ertakidagi kabi, bu eski shahar ko’chalarida birin-ketin etakchi bo’lgan ko’plab tarixiy maqbaralar va madrasalar mavjud. Xiva shahridagi ana shunday arxeologik joylardan biri Paxlavan Maxmudning qadimgi topinish maqbarasining g’arbida joylashgan Yoqubboy Xo’ja madrasasi. Madrasa 1873 yilda Xivadagi boy savdogar Yoqubboy Xoja tomonidan qurilgan.

Ya’qubboy xo‘ja o‘zining madrasasini Ichon-qal’aning o‘rtasida joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasining shimoli – g‘arbiy tomonidagi qorixonalar bilan  bir qatorda, ko‘kimtir – yashil «bantik»lar bilan bezatilgan peshtoqini g‘arbga qaratib qurdirgan. Shuning uchun ham adabiyotlarda bu madrasa musulmonlarning muqaddas qadamjosi bo‘lgan Pahlavon Mahmud maqbarasi kompleksi jumlasiga kiritilgan.

Devorlari pishgan g‘ishtlardan terilib, oralari hajja bilan suvalgan va asosiga er osti namgarchiligidan saqlanishi uchun marmardan gidroizolyatsiya qatlam qilingan. Madrasa oddiy qilib to‘rtburchak shaklda qurilgan. Uning kirish dahlizi bittagina xonadan iborat bo‘lib, ichki xovliga arksimon ochiqlik orqali chiqiladi. Madrasa hujralarining o‘lchamlari har xil bo‘lib, jami 9 ta. O‘rta hovlining shimoli – sharqiy burchagida to‘rtburchak shaklda qurilgan masjid joylashtirilgan.

Ushbu madrasa peshtog‘idagi kabi deyarlik barcha imoratlarning devorlariga naqsh sifatida to‘q yashil rangli (ko‘zmunchoq) bantiklar o‘rnatilgan. Bu bantiklar ikkita uchburchak va bitta to‘rtburchak shakllarning yig‘indisidan hosil qilingan bo‘lib, ularning o‘ziga xos ramziy ma’nolari bor.

Bantik – javonmard (saxiy, mard yigit)  timsoli. Uning mustahkam gavdasi donishmandlik belbog‘i bilan o‘ralgan va u qudratli himoyachidir.

Bu madrasada UNESCO ning tashabbusi bilan 2003 yilda ochilgan qadimgi usulda, tabiiy bo‘yoqlar tayyorlash va ipak tolasidan  qo‘lda gilamlar to‘qish ustaxonasi ishlab turibdi.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Yunusxon maqbarasi

Xiva - Yunusxon maqbarasi

Xiva shahridagi Yunusxon maqbarasi 1558-1559 yillarda qurilgan. U Xo’ja-Maram madrasasining janubida joylashgan va Xiva shahridagi Ichan-Qal’a kompleksi tarkibiga kiradi.

Maqbara ikki gumbazli portalli bo’lgan. Ikki xona konusning gumbazlari bilan qoplangan.

Yunusxon Xorazmshohlar sulolasining salaflaridan biri bo’lgan. U Xiva shahridagi Yunusxon maqbarasi xonalardan biriga dafn etilgan. Ikkinchi qabrda kim dafn etilgani hali noma’lum.

Qadimgi afsonaga ko’ra, Xiva shahri Muqaddas Kitobda yozilgan Nuh avlodlaridan biri qazigan quduq atrofida qurilgan. Afsonalarga ko’ra, bu quduqdagi suv ayniqsa toza va mazali bo’lgan. U hali ham shaharda turadi va qadimiy yodgorliklardan biridir. Xivaning poydevori 2,5 asrdan ko’proq vaqt oldin boshlangan, undan keyin u Xorazmning eng boy va obod aholi punktlaridan biriga aylangan. O’zining paydo bo’lishining boshida shahar o’rnini turli hukmron sulolalar egalladi, uni jangovar qabilalar qayta-qayta bosib olishdi va XIII asr boshlarida Chingizxon qo’shinlari deyarli butun shaharni vayron qilishdi.

XIII asrning o’rtalarida shahar Xiva xonligining markaziga va taraqqiyot va farovonlikning ikkinchi davriga, Sharqdagi islomning eng muhim va yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar muhtasham yodgorliklarga boy, ular orasida dunyoviy va diniy binolarni topishingiz mumkin.

Diqqatga sazovoz joylar

Xiva - Yusuf Yasaulboshi madrasasi

Xiva - Yusuf Yasaulboshi madrasasi

Yusuf Yasaulboshi madrasasi Xiva shahridagi qadimiy Ichan Qal’a kompleksidagi Paxlvon Maxmud arxeologik yodgorligidan g’arbda, Muso madrasasining to’g’risida joylashgan. U Ichan qal’a kompleksidagi ibodat qilinadigan arxitektura yodgorligi sarasiga kiradi. Madrasa 1906 yili usta Qalandar Qochim tomonidan qurilgan bo’lib, xonlik politsiyasi boshlig’i Yusuf Yasaulboshi nomiga atalgan.

20 asr boshida O’zbek xonligi Rossiya Sultonligi tomonidan zabt etilish paytida Yusuf Yasaulboshi qamoqxonalarni nazorat qilish va Xiva xonligi xavfsizligi uchun javob bergan. U mahfiy hujjatlarni kuzatib borgan va ko’chmanchi qabilalardan yollangan askarlardan tashkil topgan harbiy qismni boshqargan. Yasaulboshi devonxonasi xiva xonligining bosh saroyi Tosh Hovli hududida joylashgan. Yusuf Yasaulboshi madrasasi binosi Xiva shahridagi madrasalarga xos bo’lgan burchaklarida baland bo’lmagan binolardan tashkil topgan to’rtburchak shaklida. U to’la ravishda g’ishtdan qurilgan. Madrasaning kirish qismi uch pog’onali peshtoq bilan bezatilgan. Vestibyul guruhi arkali eshikdan hovli tomonga yo’naltiradigan gumbazli xona bilan yakunlanadi. Deraza va kirish qismi arkalar bilan bezatilgan. Madrasaning shimoli-sharqiy burchagida katta bo’lmagan gumbazli machit mavjud.