Samarqand - Omon Qo'ton g'ori
Omon Qo’ton g’ori yoki Arslon g‘ori Samarqand shariga yaqin Zarafshon tog‘larining shimoliy yonbag‘rida joylashgan. 1947 yil arxeolog D.N. Lev bu yerdan odamning son suyagini qazib olgan. Keyingi o‘rganishlarda qatlamdan belkurak vazifasini bajargan toshqurollar topilgan.Topilgan suyak qoldiqlari Teshik Tosh g‘oridan topilgan qazilmalar tarkibi va xarakteriga tegishlidir. Mazkur topilmalar kechki ashyol madaniyatiga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston chegarasida shu davrlarda odamlar yashaganini isbotlaydi.
Samarqand shahri yaqinidagi Omon Qo’ton g’ori uzunligi 80 metrga yaqin bo‘lib, bir necha xonalardan tashkil topgan. Katta bo‘lmagan g‘orning kirish qismi o‘rnini qoldiqlar topilgan keng ayvon egallaydi. Boshqa ayvonlar va o‘tish joyi ostidan yil davomida sathi o‘zgaruvchi oqar ko‘l o‘tgan. Aprel oyi o‘rtasida g‘or butunlay suv bilan to‘lib, undan soy ajraladi va u ikki oy davomida yaqinidagi daralarni oziqlantiradi.
Iyun oyida suv sathi keskin pasayib, oy o‘rtasida soy butunlay quriydi. G‘orni ko‘rishga iyun oyi oxirida kelish mumkin, biroq bu vaqtda ham g‘orning pastki qismida suv qoldiqlari saqlanib qoladi va ikkinchi ayvonga o‘tish qiyinroq bo‘ladi.
Umuman olganda, g‘orlar dahshatli ko‘rinishga ega, lekin oyoq ostidan suv o‘tib, uning sathi ko‘tarilsa, vahimali taassurot qoldiradi.