Samarqand - Hazrati Dovud g‘ori
Samarqand shahridan 40 km masofada juda qiziqarli joy – Hazrati Dovud g‘ori mavjud bo‘lib, u yerga har yili yuzlab odam ziyoratga keladi. Rivoyatlarga ko’ra shoh Dovud Isroilni bir necha yil boshqaruvidan so‘ng Alloxning amri bilan yakka xudolikni targ‘ib qilish uchun Osiyoga yuboriladi. Topshiriqni bajarish vaqti Hazrati Dovud Alloxga sig‘inib, zardushtlar, ya’ni otashparastlar g‘azabiga uchraydi va ulardan qochib, tog‘dagi toshni surib, g‘or ichiga g‘oyib bo‘ladi. Qo‘lida tosh va temirlarni erita olish hususiyatiga ko‘ra Hazrati Dovudni pir, temirlar homiysi deb tan olishgan. Boshqa afsonaga ko‘ra, ushbu qobiliyati uchun Samarqand hukmdori Dovudni o‘ziga bo‘ysundirib, u uchun ishlashiga majburlashga qaror qiladi. Yahudiylar shohi Samarqandda temirlar homiysi va mahalliy aholi piriga aylanganligi hech kirga ma’lum emas, lekin bu joy mahalliy aholi tomonidan qadrlanadi.
Aytishlaricha, bu muqaddas joyda qilingan eng ezgu niyatlar amalga oshar ekan. Tosh qoyalarda Hazrati Dovudning kaft izlari bor, shunchaki uning ustiga kaftni qo‘yib, niyatni tilasa bo‘ldi, u albatta ro‘yobga chiqadi. Har birimiz zamonaviy odammiz va ertaklardan ancha yiroqmiz, shundan bo‘lsa-da, eng ezgu niyatlari ro‘yobga chiqqan biz kabi zamonaviy odamlarni uchratamiz va ular o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashishadi. Aytishlaricha, aynan Hazrati Dovud ayniqsa farzandsizlikdan noumid bo‘lgan ayollarga yordam berar ekan. Shu sababli, g‘orga kirvurishda mo‘’jizaga umid qilib, tog‘ga ko‘tarilayogan yangi oila juftliklarini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik bu yerga kelib, bir necha yotib ham qolishadi.
G‘orga yetib borish uchun 2500 zina-poyani bosib o‘tish zarur, ziyoratchilar o‘z manzillariga yetib borishlari uchun ot va eshaklar borishni taklif qilishadi. Eng bardoshlilari bu yo‘lni piyoda yengib o‘tishadi. Tog‘ cho‘qqisida Hazrati Dovudning kichkinagina masjidi bor bo‘lib, u yerda suralar o‘quvchi mulla o‘tiradi.