Samarqanddan Buxoroga sayohat - 3 Kun

Sayohat sanasini tanlang

SAYOHAT SANASI O'RIN NARX JOYLAR
Ko'proq ko'rsatish
Kamroq ko'rsatish

Samarqanddan Buxoroga sayohat davomida siz Sharqning durdonasi sanalmish azim shaharning betakror tarixiy obidalarini ziyorat qilasiz. Buxoro jahonning eng qadimiy va tarixiy-me’moriy obidalarga boy go’zal shaharlaridan biri bo’lib, u azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega bo’lgan. Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko’plab tarixchilar, tilshunoslar fikricha, Buxoro so’zi qadimgi hind – sanskrit tilidagi “vixara” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “qal’a” ma’nosini anglatadi. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb ham atalgan. Bu shaharning har bir go’shasida – boy tarixga ega minoralari, osori- atiqalari, muqaddas qadamjolari va obidalarida olis o’tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Shuningdek, u Sharqu G’arbda “ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko’zgusi” nomini olgan. VIII asrda mintaqaga islom dini kirib kelishi ortidan Buxoro asta-sekin eng muhim diniy markazga aylanib, islom olamida sharif sanaladigan to’rtta shahardan biriga aylangan. Buxoroi sharifdan butun jahon tan olgan buyuk olimlar, mutafakkir va donishmandlar etishib chiqqan.

Ushbu zamin Imom Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy, Naqshbandiy, G’ijduvoniy kabi buyuk allomalarning dunyoga tanilishida muhim rol` o’ynadi. Ular yozgan asarlar jahon ma’naviy mulkining durdonalariga aylandi. Ayniqsa, Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” to’plami va boshqa asarlari, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonuni” kitobi islom olami va jahon ilmi javohirlari, deb e’tirof etiladi.

Buxoro hududida ulkan tarixiy ahamiyatga ega muqaddas qadamjolar, masjidu maqbaralar, minoralar va madrasalar joylashgan. Islom ta’limi tizimida universitet maqomida bo’lgan nizomiya madrasalari, ya’ni oliy madrasalar aynan Buxoroda faoliyat yuritgan. Ularning eng mashhurlari Mir Arab va Ulug’bek madrasai oliyalaridir.

Islom madaniyati va san’atining ajralmas qismlari – xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, me’morlik, gilamdo’zlik, misgarlik, yog’och o’ymakorligi sohalarida ham buxorolik ustalar va hunarmandlarning san’atlari bilan siz ushbu Samarqanddan Buxoroga sayohat moboynida tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Buxoro ahli qadim zamonlardan bag’rikenglik namunasi bo’lgan. Qadimda mutaassiblar tomonidan quvg’in ostiga olingan nasorolar va yahudiylar aynan Buxoro zaminida panoh topganlar. Buyuk Ipak yo’lida joylashgan ushbu shaharda ko’plab millat vakillari istiqomat qilganlar va doimo ahil bo’lganlar. XV asrda Buxoro sarroflari 20 dan ortiq davlatning pullarini almashib berish bilan shug’ullanganlar.

  1. Kun: Samarqand → Buxoro; Buxoro sayohati
  2. Kun: Buxoro sayohati
  3. Kun: Buxoro sayohati; Buxoro → Samarqand 
Kun1
1.Kun: Samarqand → Buxoro (-/Т/K)

07:00 – Samarqand → Buxoro (270 km)

10:00 – Buxoro shahriga sayohat

13:00 – Tushlik

15:00 – Buxoro shahriga sayohat

19:00 – Kechki ovqat

Dam olish 3 yulduzli mehmonxonada

Kun2
2.Kun: Buxoro – Sharq durdonasi (N/T/K)

07:00 – Nonushta

09:00 – Buxoroga sayohat

13:00 – Tushlik

15:00 – Buxoroga sayohat

19:00 – Kechki ovqat

Dam olish 3 yulduzli mehmonxonada

Kun3
3.Kun: Buxoro → Samarqand (N/T/-)

07:00 – Nonushta.

09:00 – Buxoroning zamonaviy inshoatlariga sayohat

13:00 – Tushlik

15:00 – Buxoro → G’ijduvon; G’ijduvonda Ulug’bek madrasasi ziyorati

16:00 – Buxoro → Samarqand

19:00 – Samarqand

Narx o’z ichiga oladi

  • Mexmonxonaning 2 kishilik xonasida joylashish
  • Programmada ko’rsatilgan barcha ovqatlanishlar (2x Nonushta; 3x Tushlik; 2x Kechki ovqat)
  • Hamma transferlar va transport vositalarida harakatlanishlar
  • Tarixiy obidalarga kirish chiptalari
  • Spirtli va spirtsiz ichimliklar

Narx o’z ichiga olmaydi

  • Mexmonxonalarda programmadan tashqari xarajatlar
  • Sug’urtaning hamma turlari
  • Programmada ko’rsatilmagan ovqatlanishlar

So'rovingizni quyida keltirilgan so'rovnoma orqali yuborishingiz mumkin.

Samarqanddan Buxoroga sayohat
Narxi
UZS 1,280,000 Kishi boshiga
Sayohatchilarni qo'shish
Kishi
UZS 1,280,000 Kishi boshiga
Buyurtmaga yordam kerakmi? Bizga xabar yuboring

Sayohat faktlari

  • UZS 105,000
  • TT0141
  • Nonushta / Tushlik / Kechki ovqat
  • 12 - 45
  • Buxoro
  • +998915595207