Buxoro – Sharq Durdonasi - 2 Kun

Sayohat sanasini tanlang

SAYOHAT SANASI O'RIN NARX JOYLAR
Ko'proq ko'rsatish
Kamroq ko'rsatish

Sharq Durdonasi hisoblanmish Buxoro shahri o’zining go’zalligi bilan butun duyodan tashrif buyuradigan mehmonlarni hayratga soladi. Buxoro ikki qismdan iborat: eski va yangi shahar. Eski shaharda siz tarixiy obidalarning ulug’vorligi va qadimiy me’morchilikning o’ziga xosligiga guvox bo’lasiz. Eski shaharning moviy gumbazlari uzoqdan ko’zga tashlanadi. Shaharning tarixiy va betakror masjid va minoralari butun eski shahar bo’ylab ulug’vor tarzda qad rostlab turadi. Buxoro shahar aholisining sa’y-harakatlari bilan ko‘plab tarixiy obidalar o‘zining asl qiyofasini haligacha saqlab qolgan. Eski shahar ko’chalari bo’ylab yurib siz juda ko’plab tarixiy binolarni ziyorat qilishingiz mumkin Bu tarixiy binolar o’tmish tarixi va sirlari bilan “hamnafas”. Bu tarixiy obidalarning devorlariga suyansangiz o’tmishdan aytib berilayotgan ovozlarni eshitgandek bo’lasiz.

Sharq Durdonasi – Buxoro shahri tarixiy obidalarining  aksariyati UNESCO himoyasi ostida turadi. Buxoro osmoni ostida Ark qal’asi, Poi-Kalon ansambli, Labi-Xovuz me’moriy majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Sitorai Moxi-Xosa saroyi, Bahovuddin Naqshbandiy majmuasi, Chor Bakr tarixiy majmuasi va boshqa juda ham ko’plab tarixiy obidalar qad rostlagan. Buxoro shahri qadimiy me’morchilik namunalari ajdodlarimiz me’moriy mahoratining yuqori darajasidan dalolat beradi.

Buxoro shahri ilm-fanning turli sohalarida mashhur ijodkorlari bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkin. Buxoroda turli vaqtlarda yashab ijod qilgan dunyoga mashhur insonlar orasida Islom olamining eng taniqli ulamolaridan hisoblanmish Imom al-Buxoriy, meditsina sohasi otasi, olim va entsiklopedist Abu Ali Ibn Sino (G’arbda va Meditsina olamida Avisenna nomi bilan mashhur), buyuk olim va shoir Umar Xayyom, matematik Abu Rayhon Beruniy, buyuk so’fiy ulamo Bahovuddin Naqshbandiy va boshqalar shular jumlasindandur.

Azim shahar Buxoro 10-11 asrlarda Sharqda Uyg’onish davrining markaziga aylandi. Aynan o’sha paytda Buxoroning buyuk olimlari o’zlarining kashfiyotlarini amalga oshirishga muvaffaq bo’lishdi, buning natijasida Sharqning ilmiy tafakkuri G’arbdan ancha ilgarilab ketgan edi. Abadiy sirlarga boy va go’zallikda betakror Buxoro shahri dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuradigan mehmonlar uchun o’z eshiklarni ochadi. Bir bilan birga Sharq Durdonasi hisoblanmish Buxoro shahriga tashrif buyurganligingiz uchun siz aziz mushtariylarga o’z minnatdorligimizni izxor etamiz. Azim sahar Buxoroga xush kelibsiz!

  1. Kun: Samarqand → Buxoro; Buxoro sayohati
  2. Kun: Buxoro sayohati; Buxoro → Samarqand 
Kun1
1.Kun: Samarqand → Buxoro (-/Т/K)

07:00 – Samarqand → Buxoro (270 km)

10:00 – Buxoro shahriga sayohat

13:00 – Tushlik

15:00 – Buxoro shahriga sayohat

19:00 – Kechki ovqat

Dam olish 3 yulduzli mehmonxonada

Kun2
2.Kun: Buxoro – Sharq durdonasi → Samarqand (N/T/K)

07:00 – Nonushta

09:00 – Buxoroga sayohat

13:00 – Tushlik

14:00 – Buxoroga sayohat

17:00 – Buxoro → Samarqand

20:00 – Kechki ovqat (Samarqandda)

Narx o’z ichiga oladi

  • Mexmonxonaning 2 kishilik xonasida joylashish
  • Programmada ko’rsatilgan barcha ovqatlanishlar (1x Nonushta; 2x Tushlik; 2x Kechki ovqat)
  • Hamma transferlar va transport vositalarida harakatlanishlar
  • Tarixiy obidalarga kirish chiptalari
  • Spirtli va spirtsiz ichimliklar
  • Yo'lboshlovchi (Gid) xarajatlari

Narx o’z ichiga olmaydi

  • Mexmonxonalarda programmadan tashqari xarajatlar
  • Sug’urtaning hamma turlari
  • Programmada ko’rsatilmagan ovqatlanishlar

So'rovingizni quyida keltirilgan so'rovnoma orqali yuborishingiz mumkin.

Buxoro – Sharq Durdonasi
Narxi
UZS 1,235,000 Kishi boshiga
Sayohatchilar soni Jami
20 Voyaga yetganlar UZS 1,235,000
21 Voyaga yetganlar UZS 1,235,000
22 Voyaga yetganlar UZS 1,235,000
23 Voyaga yetganlar UZS 1,205,000
24 Voyaga yetganlar UZS 1,205,000
25 Voyaga yetganlar UZS 1,205,000
26 Voyaga yetganlar UZS 1,180,000
27 Voyaga yetganlar UZS 1,180,000
28 Voyaga yetganlar UZS 1,180,000
29 Voyaga yetganlar UZS 1,160,000
30 Voyaga yetganlar UZS 1,160,000
31 Voyaga yetganlar UZS 1,160,000
32 Voyaga yetganlar UZS 1,140,000
33 Voyaga yetganlar UZS 1,140,000
34 Voyaga yetganlar UZS 1,140,000
35 Voyaga yetganlar UZS 1,130,000
36 Voyaga yetganlar UZS 1,130,000
37 Voyaga yetganlar UZS 1,130,000
38 Voyaga yetganlar UZS 1,115,000
39 Voyaga yetganlar UZS 1,115,000
40 Voyaga yetganlar UZS 1,115,000
41 Voyaga yetganlar UZS 1,105,000
42 Voyaga yetganlar UZS 1,105,000
43 Voyaga yetganlar UZS 1,105,000
44 Voyaga yetganlar UZS 1,095,000
45 Voyaga yetganlar UZS 1,095,000
46 Voyaga yetganlar UZS 1,095,000
47 Voyaga yetganlar UZS 1,095,000
Sayohatchilarni qo'shish
Kishi
UZS 1,235,000 Kishi boshiga
Buyurtmaga yordam kerakmi? Bizga xabar yuboring

Sayohat faktlari

  • TT0144
  • UZS 53.350,00
  • Nonushta / Tushlik / Kechki ovqat
  • 20 - 47
  • Buxoro
  • +998915595207