Buxoroga bir kunlik sayohat - 1 Kun

Sayohat sanasini tanlang

SAYOHAT SANASI O'RIN NARX JOYLAR
Ko'proq ko'rsatish
Kamroq ko'rsatish

Navbatdagi bir kunlik sayohat sayyoramizning eng ajoyib shaharlaridan hisblanmish Buxoroga. Har yili dunyoning turli burchaklaridan juda ko’p sayyohlar bu azim shaharga asrlar davomida uzoq yo’lni bosib o’tgan, o’rta asr me’morchiligining ko’plab yodgorliklari toshlarida qotib qolgan tirik tarixni o’z ko’zlari bilan ko’rish uchun kelishadi. 

Buxoroi Sharif Sharqning har qanday maʼnoda oʻziga xos ilm-ma’rifat o’chog’i boʻlgan va hozirgacha shunday boʻlib qolmoqda. Buxoroda zamonaviy o’zbek jamiyatining faxrlanishiga va g’ururlanishiga sabab bo’lgan dunyoga mashhur allomalar, olimu fuzalolar yashab ijod qilishgan. Bu muborak zaminda yashab ijod qilgan ko’p sonli mutafakkirlar, faylasuflar, shoirlar va donishmandlar orasidan eng mashhurlarini ajratib ko’rsatish mumkin: Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy va boshqalar. Shahar aholisi Buxoro zaminini azaldan yuksak qadrlagan, hurmat qilgan va e’zozlagan, shuning uchun unga shaharning o‘zi va mohiyatini ifodalovchi turli nomlar bergan. Butun dunyo yozuvchi va shoirlari bu shaharni  islom diyori, Din qo‘rg‘oni, ilohiy Buxoro deb atab kelishganva hozir ham shunday atashmoqda. Bu nomlarning barchasi, avvalambor, butun musulmon olami uchun Buxoroning diniy qadriyati bilan bog‘liq. Gap shundaki, VIII asrda Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablar O’rta Osiyo hududini Fatx qilishgach, Buxoro yangi din markaziga aylandi. Zardushtiylik dini asta-sekin butunlay yoʻq qilindi va otashparastlik ibodatxonalari masjidlarga aylantirildi. Buxoro shahri munosib ravishda muqaddas shahar maqomini oldi va xalq orasida “Butun dunyoda nur osmondan yerga tushadi, faqat Buxoroda yerdan osmonga koʻtariladi” degan naql paydo boʻldi”. Buxoro uzoq vaqt davomida O‘rta Osiyodagi islom dinining asosiy markazlaridan biri, musulmon ilohiyotining markazi bo‘lib qoldi va uning hukmdorlari o‘zlarini “mo‘minlar amirlari” deb ataganlar. Oʻrta asrlarda “Islom olami yulduzlari” va “Markaziy Osiyoning muqaddas shahri” hududida 360 ta masjid va 80 ta madrasa boʻlgan.

Buxoro eramizdan avvalgi 5-asrdan boshlab toʻxtovsiz rivojlanib kelganligi bilan ham oʻziga xos shahardir. 1993 yilda Buxoroning tarixiy qismi UNESCOning Butunjahon merosi ro’yxatiga kiritilgan. 1997 yilda UNESCO shafeligida butun dunyoda shahar tashkil topganining 2500 yilligi nishonlandi. Ushbu Buxoroga bir kunlik sayohat davomida siz azim shahrning eng diqqatga sazovor tarixiy obidalarini ziyorat qilasiz. 

1.Kun: Samarqand → Buxoro; Buxoro sayohati → Samarqand 

Kun1
1.Kun: Samarqand → Buxoro → Samarqand (-/Т/-)

07:00 – Samarqand → Buxoro (Avtobus)

10:00 – Buxoro shahriga sayohat

13:00 – Tushlik

14:00 – Buxoro shahriga sayohat

17:00 – Buxoro → Samarqand

20:00 – Sayohat tugadi

Narx o’z ichiga oladi

  • Programmada ko’rsatilgan barcha ovqatlanishlar (1x Tushlik)
  • Hamma transferlar va transport vositalarida harakatlanishlar
  • Tarixiy obidalarga kirish chiptalari
  • Spirtli va spirtsiz ichimliklar
  • Yo'lboshlovchi (Gid) xarajatlari

Narx o’z ichiga olmaydi

  • Shaxsiy xarajatlar va xaridlar
  • Sug’urtaning hamma turlari
  • Programmada ko’rsatilmagan ovqatlanishlar

So'rovingizni quyida keltirilgan so'rovnoma orqali yuborishingiz mumkin.

Buxoroga bir kunlik sayohat
Narxi
UZS 475,000 Kishi boshiga
Sayohatchilar soni Jami
20 Voyaga yetganlar UZS 475,000
21 Voyaga yetganlar UZS 475,000
22 Voyaga yetganlar UZS 475,000
23 Voyaga yetganlar UZS 445,000
24 Voyaga yetganlar UZS 445,000
25 Voyaga yetganlar UZS 445,000
26 Voyaga yetganlar UZS 420,000
27 Voyaga yetganlar UZS 420,000
28 Voyaga yetganlar UZS 420,000
29 Voyaga yetganlar UZS 400,000
30 Voyaga yetganlar UZS 400,000
31 Voyaga yetganlar UZS 400,000
32 Voyaga yetganlar UZS 390,000
33 Voyaga yetganlar UZS 390,000
34 Voyaga yetganlar UZS 390,000
35 Voyaga yetganlar UZS 375,000
36 Voyaga yetganlar UZS 375,000
37 Voyaga yetganlar UZS 375,000
38 Voyaga yetganlar UZS 365,000
39 Voyaga yetganlar UZS 365,000
40 Voyaga yetganlar UZS 365,000
41 Voyaga yetganlar UZS 355,000
42 Voyaga yetganlar UZS 355,000
43 Voyaga yetganlar UZS 355,000
44 Voyaga yetganlar UZS 350,000
45 Voyaga yetganlar UZS 350,000
Sayohatchilarni qo'shish
Kishi
UZS 475,000 Kishi boshiga
Buyurtmaga yordam kerakmi? Bizga xabar yuboring

Sayohat faktlari

  • TT0143
  • Nonushta / Tushlik / Kechki ovqat
  • 20 - 45
  • Buxoro
  • +998915595207