Istanbulga sayohat - 7 Kun

Sayohat sanasini tanlang

SAYOHAT SANASI O'RIN NARX JOYLAR
Ko'proq ko'rsatish
Kamroq ko'rsatish

Istanbulga sayohat – o‘tmishda Rim, Vizantiya va Usmoniylar kabi uch buyuk saltanat poytaxti bo‘lganidan bu shahardagi Vizantiya osori-atiqalari, Usmoniylarning ajib obidalari kishini hayratga soladi. Mo‘’jizakor tarixiy obidalarni kuzatar ekansiz, Antik davrda yuz ming odamni bag‘riga sig‘dirgan ippodrom maydoni e’tiboringizni tortadi. Maydon o‘rtasiga Misrdan keltirilgan uch yarim ming yillik tosh ustun o‘rnatilgan. Ehromlarga tengdosh obida yonida Usmoniylar me’morchiligi durdonasi Sulton Ahmad (Moviy jome) masjidi qad rostlagan.

Mezanalari ko‘kka bo‘y cho‘zgan ulkan masjid qarshisida savlat to‘kib turgan Ayo Sofiya ziyoratgohi sayyohlarni maftun etadi. Bir yarim ming yil avval cherkov bo‘lgan, keyin masjid bo‘lgan bu muhtasham binoni Mustafo Kamol Poshsho muzeyga aylantirgan edi, butun dunyo g‘ayridinlarining ayyuhannoslariga qaramay, Erdo‘g‘an janoblari uni yana masjidga aylantirdi. Bugun bu yerda besh vaqt namoz o‘qilmoqda.

Muqaddas qadamjolardan biri – Ayyub al-Ansoriy maqbarasidir. Bu al-Ansoriy 678 yili shahar ostonasida shahid bo‘lgan. 1453 yili shahar Fotih Mahmud tomonidan egallangach, sahoba xoki yotgan maskanda maqbara va masjid bino qilingan.

Sulaymoniya masjidi yana bir muhtasham obida. 1550-1557 yillarda Sulton Sulaymon buyrug‘i bilan qurilgan. Masjidning 53 metrli niliy gumbazi bir necha chaqirimdan ko‘rinadi. Xonaqohning 136 ta derazasidan tushayotgan quyosh nurlarida kamalak jilva etadi.

Ana shu yerda “Muhtasham yuz yil” fil’mi orqali tomoshabinlar sevib qolgan Sulton Sulaymon va Xurram Sultonlarning qabrlarini ham ziyorat qilish mumkin.

1.Kun: Istanbulga uchish

2.Kun: Usmonli imperiysi durdonalari

3.Kun: Misr bozori va Bosfor ko’rfaziga kemada sayohat

4.Kun: Buyuk Orolga sayohat

5.Kun: Istanbulni kashf qilish

6.Kun: Istanbul bozori

7.Kun: Vatanga qaytish

Kun1
Istanbulga uchish (-/-/K)

Uchoqda Istanbulga, Airportdan mehmonxonaga olib borib joylashtiramiz.

Kun2
Usmonli imperiysi durdonalari (N/-/K)

Nonushtadan so’ng 1609 va 1617 yillarda barpo etilgan Sulton Ahmad Jome’ Masjidini ziyorat qilamiz. Undan so’ngra dunyoga mashhur, 532 va 537 barpo etilgan, avval Vizantiya Imperiyasi va dunyoning eng katta cherkovi bo’lgan va keyinchalik Usmonlilar tarafidan masjidga aylantirilgan Aya Sofiya Jome’ Masjidini ziyorat qilamiz. Peshin namozini Aya Sofiya Jome’ Masjidida ato etamiz. Undan so’ngra 15-asrdan 19-asrgacha 400 yil moboynida Usmonlilar Sulolasi sayroyi hisoblangan Topkapi Saroyini ziyorat qilamiz. Istanbul restorantlarining birida kechki ovqatdan so’ng mehmonxonaga qaytamiz.

Kun3
Misr bozori va Bosfor ko'rfaziga kemada sayohat (N/-/K)

Nonushtadan so’ng dunyoga mashhur Misr bozorini aylanamiz. Undan so’ngra kemada Bosfor ko’rfaziga sayohat. Undan so’ng Istanbulning katta bozoriga sayr. Istanbul restorantlarining birida kechki ovqatdan so’ng mehmonxonaga qaytamiz.

Kun4
Buyuk Orolga sayohat (N/T/-)

Nonushtadan so’ng kemada Istanbulning mashhur Orollaridan hisoblanmish Buyuk Orolga (Buyuk Ada, yoki Katta Orol) sayohat. Buyuk Orol restorantlarining birida tushlik qilamiz. Oroldan qaytgandan so’ngra bo’sh vaqt.

Kun5
Istanbulni kashf qilish (N/-/-)

Nonushtadan so’ng har kim Istanbulni o’zicha kashf qiladi. Ushbu kunda yo’lboshlovchi va Avtobus sizning xizmatingizda bo’lmaydi.

Kun6
Istanbul bozori va Bosfor ko'rfazida kechki ovqat (N/-/K)

Nonushtadan so’ng Istanbul bozorini aylanamiz. Soat 17:00 da kemaga olib borilamiz va Bosfor ko’rfazida bo’ylab harakatlanadigan kemada ovqatlanamiz.

Kun7
Vatanga qaytish (N/-/-)

Mehmonxonadan Airportga olib borilamiz va vatanga qaytish.

Narx o'z ichiga oladigan xizmatlar

  • Mehmonxonaning 2 kishilik xonasida 6 kecha
  • 6x Nonushta, 1x Tushlik, 4x Kechki ovqat
  • Bosfor ko'rfazi bo'ylab harakatlanadigan kemada kechki ovqat
  • Transferlar
  • Tarixiy obidalarga kirish chiptalari
  • O'zbek tilida yo'lboshlovchi

Narx o'z ichiga olmaydi

  • Sayohat programmasida ko'rsatilmagan barcha xizmatlar
  • Sayohat programmasida ko'rsatilmagan barcha ovqatlanishlar
  • Spirtli ichimliklar
  • Xalqaro uchoq chiptalari (chiptalar biz orqali sotib olinishi mumkin)
  • Sug'urtalarning har qanday turi
  • Shaxsiy xarid xarajatlari

So'rovingizni quyida keltirilgan so'rovnoma orqali yuborishingiz mumkin.

Istanbulga sayohat
Narxi
UZS 4,085,000 Kishi boshiga
Sayohatchilarni qo'shish
Kishi
UZS 4,085,000 Kishi boshiga
Buyurtmaga yordam kerakmi? Bizga xabar yuboring

Sayohat faktlari

  • SAIS100
  • 1 850 000 so'm
  • Nonushta / Tushlik / Kechki ovqat
  • 4 - 40
  • Istanbul
  • +998915595207