Xiva - To‘ra Murod to‘ra minorasi
To‘ra Murod to‘ra minorasi Xiva shahrida Ko‘hna Ark maydonining sharqida, aholi yashaydigan uylar qurshab olgan holda joylashgan. Minora 1888 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon ikkinchining inisi bo‘lgan To‘ra Murod to‘ra tomonidan shu erda masjid bilan birgalikda qurilgan. Masjid sho‘rolar davrida buzib tashlangan, ammo, minora saqlangan. Minoraning balandligi 9 metr, asosining diametri 3,5 metr.
Tarixiy, memoriy yodgorliklarning kurilishida ularning reja buyicha joylashuvida albatta usta-me’morlar geometrik proportsiya va simmetriyasining binolar zilzilabardoshligida tutgan o‘rnini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ham aynan minoralarni tiklashda, ularni vertikal o‘qqa nisbatan simmetrik joylashtirishga erishganlar.
Rivoyat qilishlaricha, qurilish ishlari avjiga chiqqan bir paytda xon shikorga otlangan. Me’morlarning tarxi bo‘yicha minora baland qilib qurilishi kerak bo‘lgan, lekin xonning dushmanlari xonga, “ukangiz minorani baland qilib sizning haramingizni ko‘rib o‘tirmoqchi”, deb etkazishgan. Shu vaqtda xon saroyidagi To‘ra Murod to‘raga yaqin bo‘lgan odamlar bu gapni to‘raga etkazishgan. To‘ra o‘z me’morlari bilan maslahatlashib, minorani baland ko‘tarmaganlar.
Xon shikordan qaytsa, ukasining minorasi juda ham baland qilib qurilmagan ekan. Xon noto‘g‘ri ma’lumot bergan odamni jazolatgan. Shu tufayli bu minora egasi va uning quruvchilari xon g‘azabiga duchor bo‘lmaganlar.