Xiva - Tolib maxdum madrasasi
Xiva shahri o’zining tarixiy obidalari va Ichan Qal’asi bilan dunyoga mashhur. Xiva shahrida asrlar davomida juda ko’plab madrasa, masjidlar va minoralar qurilgan. Shunday madrsalar biri Tolib maxdum madrasasi hisoblanadi. 1910 yilda Xiva shahrida qurib bitkazilgan Tolib maxdum madrasasi bir qavatli, 8 hujrali bo’lib, Islom xo‘ja madrasasiga shimol tomonidan yopishtirib qurilgan. Tolib Maxdum (maxzum, xivachasiga maxsum) – xizmat etilgan kishi, obro’li zot, martabali ziyoli kishi edi. Tolib maxdum Muhammad Rahimxonning yoshlikdan yaqin do‘sti bo‘lib, tanbur chalishni takomiliga etkazgan edi. Uning xon oldida obro‘si katta bo‘lgan. Bugungi kunda Tolib maxdum madrasasi Xiva shahriga tashrif buyuradigan sayyohlarga dam olib, ovqatlanishlari uchun oilaviy oshxona-restoran sifatida xizmat ko‘rsatmoqda.