Xiva - Shohimardon minorasi
Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha – Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir. 1512-1535 yillarda Xorazmda xonlik qilgan Elbarsxon sharafiga qurilgan maqbara majmuasida XVIII asrning o‘rtalarida tiklangan. Qariyalarning aytishlaricha, 1740 yilda Eron shoxi Nodirshox tomonidan Xiva shahri bosib olingan vaqtida halok bo‘lgan eronliklar shu qabristonga dafn qilingan, Shohimardon minorasi ham shu davrda tiklangan. Shohimardon minorasi Xiva shahridagi eng kichik minoralardan biri bo‘lib, balanligi – 5 m, diametri 1,5 m.