Sayohat sanasini tanlang
SAYOHAT SANASI | O'RIN | NARX | JOYLAR |
---|
Yevropaga sayohat bu o’zga xalqlar tarixi, madaniyati va tabiyat manzaralaridan bahramand bo’lishdir. Sayohatimiz Frankfurt shahri orqali Parijga, keyin Bryussel, Amsterdam va Berlin shaharlari bo‘ylab davom etadi. Bu sayohatda siz har bir shaharning eng mashhur joylari, tarixiy obidalari va san’ati bilan tanishishingiz, shuningdek, Yevropaning mashhur savdo markazilarida xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin.
Yevropaga sayohat davomida siz Parijning 1889 yilda Xalqaro ko’rgazma uchun Gyustav Eyfel tomonidan qurilgan Eyfel minorasi, dunyoga mashhur Luvre muzeyi, Orse muzeyi, Napoleon I buyurtmasi bo’yicha qurilgan Triumfal arka va Elisey maydoni, Parijning eng baland nuqtasida qurilgan oq gumbazli Sakre-Kyor cherkovi va boshqa diqqatga sazovor joylarini tamosha qilasiz. Bundan tashqari Fransuzlarning milliy taomlaridan tatib ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Bryussel shahri Yevropa Ittifoqining poytaxti sifatida dunyoga mashhur. Yevropaga sayohatimiz asnosida siz Bryussel shahrining eng mashhur binolari va maydonlariga tashrif buyurasiz.
Amsterdam shahri o’zining mukammal kanal tizilmalari, o’ziga xos oziq-ovqat sanoati va bog’lari bilan mashhurdir. Rang-barangligi bilan o‘ziga maftun qilishi mumkin bo‘lgan ushbu shaharga tashrif buyurgan har bir sayyoh u bilan butunlay xayrlashishni istamaydi va qayta kelish ilinjida: «Tot de volgende keer!» (Tez orada ko’rishguncha) deydi.
Sayohatingizning so’nggi bosqichi Germaniyaning poytaxti Berlin shahri. Berlin shahar tarixi 2.jahon urushi tufayli vatandoshlarimiz orasida o’ziga xos ahamiyatga ega. Biz bilan Berlinning eng diqqatga sazovor joylari hisoblanmish Reyxstag binosi, Brandenburg darvozasi, 2.jahon urushida Adolf Hitler yashagan va ishlagan yer osti bunkeri joylashgan maydon va bunker bilan bog’liq tarix, kommunistik davrda sovet ittifoqi elchixonasi (ayni damda Rossiya elchixonasi) joylashgan Unter den Linden ko’chasi va shu ko’chada joylashgan mashhur binolar, Jandarmenmarkt (Gendarmenmarkt) maydoni, Checkpoint Charlie chegara o’tish nuqtasi (g’arbiy va sharqiy Berlin orasida chegara o’tish nuqtasi bo‘lgan) va Aleksander maydoni (Alexanderplatz)ni tamosha qilish imkoniyatingiz bor.
Yevropaga sayohat sizlarni Frankfurtdagi Aeroport kuzatib qo’yishimiz bilan yakuniga yetadi. Sizlarni navbatdagi sayohatlarimizda biz bilan birga bo’lishingizni istab qolamiz!
- Toshkent – Frankfurt – Parij
- Parij – sevgi shahri
- Parij – sevgi shahri
- Parij – Bryussel – Amsterdam
- Amsterdam – Gullar shahri
- Amsterdam – Gullar shahri
- Roermond Outletda xarid kuni
- Köln va Düsseldorf
- Berlin – turfa xillik shahri
- Berlin – turfa xillik shahri
- Berlin – turfa xillik shahri
- Frankfurt – Toshkent