Sharq Durdonasi hisoblanmish Buxoro shahri o’zining go’zalligi bilan butun duyodan tashrif buyuradigan mehmonlarni hayratga soladi. Buxoro ikki qismdan iborat: eski va yangi shahar. Eski shaharda siz tarixiy obidalarning ulug’vorligi va qadimiy me’morchilikning o’ziga xosligiga guvox bo’lasiz. Eski shaharning moviy gumbazlari uzoqdan ko’zga tashlanadi. Shaharning tarixiy va betakror masjid va minoralari butun eski shahar bo’ylab ulug’vor tarzda qad rostlab turadi. Buxoro shahar aholisining sa’y-harakatlari bilan ko‘plab tarixiy obidalar o‘zining asl qiyofasini haligacha saqlab qolgan. Eski shahar ko’chalari bo’ylab yurib siz juda ko’plab tarixiy binolarni ziyorat qilishingiz mumkin Bu tarixiy binolar o’tmish tarixi va sirlari bilan “hamnafas”. Bu tarixiy obidalarning devorlariga suyansangiz o’tmishdan aytib berilayotgan ovozlarni eshitgandek bo’lasiz.
Sharq Durdonasi – Buxoro shahri tarixiy obidalarining aksariyati UNESCO himoyasi ostida turadi. Buxoro osmoni ostida Ark qal’asi, Poi-Kalon ansambli, Labi-Xovuz me’moriy majmuasi, Ko’kaldosh madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Sitorai Moxi-Xosa saroyi, Bahovuddin Naqshbandiy majmuasi, Chor Bakr tarixiy majmuasi va boshqa juda ham ko’plab tarixiy obidalar qad rostlagan. Buxoro shahri qadimiy me’morchilik namunalari ajdodlarimiz me’moriy mahoratining yuqori darajasidan dalolat beradi.
Buxoro shahri ilm-fanning turli sohalarida mashhur ijodkorlari bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkin. Buxoroda turli vaqtlarda yashab ijod qilgan dunyoga mashhur insonlar orasida Islom olamining eng taniqli ulamolaridan hisoblanmish Imom al-Buxoriy, meditsina sohasi otasi, olim va entsiklopedist Abu Ali Ibn Sino (G’arbda va Meditsina olamida Avisenna nomi bilan mashhur), buyuk olim va shoir Umar Xayyom, matematik Abu Rayhon Beruniy, buyuk so’fiy ulamo Bahovuddin Naqshbandiy va boshqalar shular jumlasindandur.
Azim shahar Buxoro 10-11 asrlarda Sharqda Uyg’onish davrining markaziga aylandi. Aynan o’sha paytda Buxoroning buyuk olimlari o’zlarining kashfiyotlarini amalga oshirishga muvaffaq bo’lishdi, buning natijasida Sharqning ilmiy tafakkuri G’arbdan ancha ilgarilab ketgan edi. Abadiy sirlarga boy va go’zallikda betakror Buxoro shahri dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuradigan mehmonlar uchun o’z eshiklarni ochadi. Bir bilan birga Sharq Durdonasi hisoblanmish Buxoro shahriga tashrif buyurganligingiz uchun siz aziz mushtariylarga o’z minnatdorligimizni izxor etamiz. Azim sahar Buxoroga xush kelibsiz!
- Kun: Samarqand → Buxoro; Buxoro sayohati
- Kun: Buxoro sayohati; Buxoro → Samarqand