Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo‘qdir.
Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) do‘st bo‘lgan. 10-12 yoshidan she’rlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bo‘lmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur o‘zbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan chog‘larida bolakay Navoiy bilan ko‘rishadi va uning she’riy iqtidorini yuqori baholaydi.
Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo‘ladi, o‘z davrining taniqli shaxslari bilan ko‘rishadi. O‘zining she’riy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk she’riy to‘plamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’sha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bo‘lib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki nizolar tufayli Navoiy o‘zining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan.
1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori bo‘ladi. Shu vaqtdan e’tiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir bo‘ladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko‘rsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.
1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda o‘z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yo‘lovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta so‘fiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik va boshqalarni qurdiradi. Biroq, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoqmaydi va turli fitnalar orqali Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini buzishadi.
Shunday qilib, Navoiy egallab turgan mansabidan ozod etilib, 1487 yil Astrobod shahriga hukmdor sifatida yuboriladi. Bu yerda u ikki yil xizmat qiladi. Mazkur muddat nihoyasiga yetgachgina, X. Boyqaro unga Hirotga qaytib, hokimiyatda mansabga ega bo‘lishiga ruhsat beradi. Lekin Navoiy bu taklifni rad etadi. Rad javobiga qaramay, Boyqaro sultonning yaqin kishisi lavozimini (“mukarrabi xazrati sultani”) taklif etadi. Bunday lavozimda Navoiy barcha davlat ishlari bilan bog‘liq ishlarda qaror qabul qilish huquqiga ega edi.
Shu vaqtdan Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi va u ko‘proq ijod bilan shug‘ullanadi. U yaratgan asarlarining katta qismi aynan shu davrga tegishli. Navoiy temuriylarning so‘nggi hukmronlik yillarida (1370-1506) yashab ijod qilgan. Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501 yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan.
Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Hamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilariing hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).
Navoiyning “Hamsa”si mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U – turkiy tilida ham bu kabi yirik ko‘lamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chig‘atoy tilida (eski o‘zbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u o‘zining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.
Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o‘z qalamini sinab ko‘radi va o‘z ovozi, o‘z uslubi borligini ko‘rsata oladi. Sharq adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun o‘rtasidagi sevgi bayon qilinadi. O‘z ifodasida Navoiy odamiylik va so‘fiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. O‘zining so‘fiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Hayrat ul-Abror” dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida so‘fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko‘tarilgan.
Mazkur dostonlarda, bir vaqtning o’zida shoirning insonparvarlik dunyo qarashlari orqali dunyoning dolzarb muammolari qo‘yiladi. “Hamsa”dagi boshqa ikki dostonida – “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”) hukmdor bilan bog‘liq muammolar (Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, o‘zbek tilida) yetakchi o‘ringa chiqadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navoiy temuriylar saroyiga yaqin bo‘lib, do‘sti va podshoh Husayn Boyqaroga ta’sir ko‘rsata olgan. Shu sababli, Navoiy bu dostonlarida H. Boyqaroga qaratilgan g‘oyalarni ifodalab o‘tgan: dunyoning va shoh taxtining o‘zgaruvchanligi; hukmdorning o‘z xalqi oldidagi majburiyatlari… Hamsanafislik an’analariga nisbatan, Navoiy o‘zining ijtimoiy va siyosiy qat’iyati va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Abd ar-Rahmon Jomiy (1414-1492) Navoiyning “Hamsa”sini o‘qib, unga juda yuqori baho bergan.
O‘zining ijtimoiy va badiiy mohiyatiga binoan, Navoiyning “Hamsa”si O‘rta Osiyoda yuqori o‘ringa ega bo‘lgan. U ko‘p marotaba qayta ko‘chirilgan. Hozirgi kunda “Hamsa” yoki uning dostonlarining katta ro‘yhati mavjud. Birgina Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondining o‘zida XV-XX asrlarda qayta ko‘chirilgan 166 ta qo‘lyozma bo‘lib, ular to‘liq “Hamsa” asari yoki uning alohida dostonlarini tashkil etadi. Shulardan 84 tasi to‘liq doston ko‘rinishidadir. Navoiy “Hamsa”sining miqdori va keng tarqalishi uni O‘rta Osiyo intellektual hayotida alohida o‘rin egallaganligini ko‘rsatadi.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan№ tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.Navoiy forsiy tilida yozilgan o‘z she’rlarini “Devoni Foniy” nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bo‘lgan. To‘plam shaklida chiqarilgan g‘azallarini o‘zini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, “Sittai zaruriya” (“Olti zaruriyat”) va “Fusuli arbaa” (“Yilning to‘rt fasli”) nomli ikki to‘plam yaratadi.
Alisher Navoiy o‘z she’riyati orqali o‘zbek (chig‘atoy) adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldiradi. U nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, so‘fiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. Navoiyning diniy asarlari ham nashr qilingan: “Arbain” (“Qirq ruboiy”), “Munadjat” (“Allohga iltijo”).
So‘fiy prozaik asari “Nasaim al-muhabbat” (“Muhabbat shabadasi”)ning to‘liqroq matni nashr qilingan bo‘lib, unda 750 ta so‘fiy shayhlar haqida ma’lumot keltirilgan. Navoiy ilmiy asarlar ham yaratgan. Ular qatoriga fors va turkiy tillar qiyosi keltirilgan asarlarni kiritish mumkin: “Muhokamat al-lug‘atayn” (“Ikki til bahsi”); aruz nazariyasiga oid (she’r yozish hajmi) – “Mezon al-avzan” (“Hajm mezoni”), muammo janri nazariyasiga oid – (jumboq) “Mufradat”.
Bundan tashqari, u tarixiy mavzularda risolalar yaratgan: “Tarixi muluki Adjam” (“Eron shohlari tarixi”), “Tarixi anbiya va xukama” (“Payg‘ambarlar va donolar tarixi”). Badiiy maktublarini “Munshaat” to‘plamiga jamlagan. Uning shoh asarlari: Abd Ar-Rahmon Jomiy hayoti haqida – “Xamsat al-mutaxayyirin”, 1494, “Xalati Sayyid Xasan Ardasher” (“Sayyid Xasan Ardasher hayoti”), “Xalati Pahlavon Muhammad” (“Pahlavon Muhammad hayoti”)lardan iborat.
Alisher Navoiyning so‘nggi asari “Mahbub ul-qulub” (1500). Unda shoirning so‘nggi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.
Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.
Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan.